- Savatga boshqa "ABDULLA ORIPOV HAYOTI VA IJODI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
TARBIYA JARAYONIDA MUOMALANING TUTGAN O‘RNI MUOMALA MAHORATI
5000 so'm

TARBIYA JARAYONIDA MUOMALANING TUTGAN O‘RNI MUOMALA MAHORATI
Tarbiya jarayonida muomalaning tutgan o‘rni va muomala madaniyati
Kirish
Tarbiya – inson shaxsida ma’naviy, axloqiy va madaniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan jarayon bo‘lib, u jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotining asosi hisoblanadi. Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat” degan fikri tarbiyaning ahamiyatini chuqur ifodalaydi. Har bir tarbiya jarayoni o‘z ichiga muomala madaniyatini ham oladi, chunki insonlararo muloqot tarbiyaning eng muhim vositasidir.
Tarbiya va uning mazmuni
Keng ma’noda tarbiya – inson shaxsini jamiyatda faol ishtirok etishga tayyorlovchi barcha ijtimoiy, ma’naviy va madaniy ta’sirlar majmuasidir. Tor ma’noda esa u pedagogik faoliyat sifatida bola yoki yoshlarning axloqiy, estetik, jismoniy va intellektual rivojiga qaratilgan jarayonni anglatadi. Tarbiya faqat oilada emas, maktabda, jamoatchilikda va hatto ommaviy axborot vositalarida ham shakllanadi.
Muomala – tarbiyaning ajralmas qismi
Har bir insonning tarbiyalanganlik darajasi uning muomalasida namoyon bo‘ladi. Muomala – bu odob, til, xulq va so‘zlashuv madaniyatining bir butun ifodasidir. “Tili shirin, xushmuomala o‘qituvchi eng obro‘lidir” degan xalq naqli bu fikrni tasdiqlaydi. Har bir tarbiyachi va ota-ona o‘z muomalasida yumshoqlik, sabr, muloyimlik va mehrni namoyon etishi lozim.
Sharq mutafakkirlari muomala haqida
Imom G‘azzoliy: “Bola qalbi naqshsiz toza gavhar kabidir, unga qanday naqsh tushirilsa, shunga aylanadi” – deya, tarbiyada so‘z va muomala ahamiyatini ta’kidlagan. Ilusayn Voiz Koshifiy esa “Yaxshi so‘zdan chiroyli yodgor yo‘q” degan hikmati bilan insoniy muloqotning ma’naviy jihatini ochib bergan.
Muomala madaniyatining asoslari
Muomala madaniyati xalqimizning ko‘p asrlik urf-odatlari, axloq me’yorlari va diniy qadriyatlarida mujassamdir. Salomlashish, hurmat ko‘rsatish, kattalarni e’zozlash, kichiklarga mehr ko‘rsatish – bularning barchasi tarbiya jarayonining ajralmas qismidir. “Assalomu alaykum” – bu nafaqat so‘z, balki tinchlik va ezgulik ramzidir.
Salomlashish odobi
Har bir inson tongni ota-onasi va yaqinlari bilan salomlashishdan boshlashi, katta yoshdagilarga hurmat bilan salom berishi, ularning hol-ahvolini so‘rashi lozim. Bu nafaqat muomala madaniyati, balki oiladagi samimiylik va mehr-muhabbatning ifodasidir.
Oila va muomala
Oiladagi muloqotning sofligi farzandlar tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ota-onaning bir-biriga “rahmat”, “marhamat”, “yaxshi borib keling” kabi so‘zlar bilan murojaat etishi bolalarning ham odobli bo‘lishiga, mehr-muhabbatli oilaviy muhit shakllanishiga yordam beradi. Imom G‘azzoliy aytganidek: “O‘zingga nisbatan qanday muomala bo‘lishini istasang, boshqalarga ham shunday munosabatda bo‘l.”
Tarbiya va ta’limning uzviyligi
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi. Bu sharqona hayot falsafasining asosi. Ilm – insonni aql bilan qurollantirsa, tarbiya – unga odob, axloq va madaniyat baxsh etadi. Har bir ota-ona va ustoz farzandni nafaqat bilimli, balki xushmuomala, e’tiqodli, milliy qadriyatlarga sodiq inson qilib tarbiyalashga mas’uldir.
Xulosa
Tarbiya jarayonida muomala madaniyati beqiyos o‘rin tutadi. Yaxshi so‘z, muloyim muomala, ehtirom va hurmat – jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhit yaratadi. Shuning uchun har bir inson, ayniqsa ota-ona va tarbiyachilar, o‘z so‘zining, xatti-harakatining boshqalarga ta’siri haqida chuqur o‘ylashi zarur. Farzand tarbiyasi – bu vaqt emas, qalb ishi.
=== Taqdimot 1 ===
Tarbiya jarayonida muomalaning tutgan o‘rni muomala mahorati
=== Taqdimot 2 ===
Tarbiya jarayoni haqida
REJA:
01
Sharq mutaffakirlari muomala madaniyati haqida
02
Tarbiya jarayonida muomalaning tutgan o‘rni
03
=== Taqdimot 3 ===
Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari naqadar haqiqat ekanini bugun, har qachongidan ham yaxshi anglaymiz.
=== Taqdimot 4 ===
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyat hisoblanadi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga o‘tadi.
=== Taqdimot 5 ===
Pedagogik adabiyotlarda “Tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi.
=== Taqdimot 6 ===
Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy qiyofasi, estetik didining o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila, tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning nafaqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki axloqiy-ma’naviy sifatlarining qaror topishi ham tezlashadi.
=== Taqdimot 7 ===
Har bir tarbiyachining dunyoqarashi tarbiyalanganligi, odobliligi uning muomalasida namoyon bo‘ladi. Muomalani asosiy vositasi til. Xalqimizda shunday naql bor “Bola shirin so‘zning gadoyi”, bas shunday ekan tarbiyachi muomalasida tilga juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Tili shirin, xushmuomala o‘qituvchi eng obro‘lidir. Ilusayn Voiz Koshitiy shunday degan edilar: “Haq vaqtini so‘zlar aytursizlar yaxshi so‘zdin bo‘lakni aytmangizlar va ko‘p so‘zlamoq ko‘ngilni qaro qilur” yoki “Mumkin ersa yaxshi so‘z qil oshkor, yaxshi so‘zdin xo‘b yo‘qdur yodgor”; “Nasihatin shirin so‘zu muloyimlik birla ibtido qilgan, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushro‘ylik ko‘rgazmaviy nasihat korga kelmas”.
=== Taqdimot 8 ===
Xorun-ar Rashid bir tush ko‘rdiki. og‘zidan barcha tishlari to‘kilmish. Erta tong turib bul tushning ta’birini aytuvchini chaqirib so‘radikim, bu tushning ta’biri nedur?, “Andog‘kim sendan o‘zga hech kim qolmagaydir”. Bu so‘zni eshitiboq Xorun ar-Rashid “Mening yuzimga bundoq dardlig’ va anduqlig‘ so‘zni aytding.
Mening barcha qarindoshlarim o‘lsalar, so‘ngra men qandog’ ishga yararman va na yanglig” ruzg‘or so‘rarman? – dedi va unga yuz tayoq urmoq buyurdi.
So‘ngra yana bir ta’birchini chaqirib so‘radi.
Ta’birchi dedi: “Ey amir al mo‘min-in, sening umring barcha akrabotlaring umridan uzoq bo‘lur”
=== Taqdimot 9 ===
Xorun ar-Rashid: dedi: “Barcha aqling yo‘li birdur va ikkovingning ta’biring negizi bir yerga borur, ammo bu iborat bila ul iboratning orasida farq bag‘oyat ko‘pdur”. Buyurdi so‘nggi ta’birchiga yuz tillo berdilar.
Buyuk vatandoshimiz Imom G‘azzoliy bunday deydi: “Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqsh-u tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, shu bilan o‘sadi va dunyo-yu oxiratda saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallim-u ustozlari ham sherik bo‘ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, oxir-oqibat halok bo‘ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo‘lganlarning gardaniga tushadi”.
=== Taqdimot 10 ===
Muloqot madaniyatimizda xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelingan urf-odatlari, an’analari, axloq normalari mujassam bo‘lib, maqollar, hadislar, hikmatli so‘zlar, pand-nasihatlar, axloq-odob durdonalari shakllarida xalqni ma’naviy yetuklikka boshlab kelmoqda.
Bir kishi ikkinchi bir kishi bilan salomlashar ekan, “Assalomu alaykum” (arabcha so‘z bo‘lib “sizga tinchlik tilayman” ma’nosini anglatadi) so‘zini aytadi, javob beruvchi esa “Vaalaykum assalom” (ma’nosi: “sizga ham tinchlik tilayman”, “sizga ham tinchlik bo‘lsin”) deydi.
=== Taqdimot 11 ===
Salomlashish beg‘araz, chin qalbdan bo‘lishi bilan bir qatorda, biron kishi bilan muloqot qilishdan oldin salomlashishning quyidagi qoidalariga amal qilish joizdir: ertalab uyqudan turgach, yuvinib, ota-ona, oila a’zolari bilan muloqotni iltifot bilan salom berib, “yaxshi dam oldingizmi? deyish bilan kunni boshlash kerak. Katta yoshdagi kishilarni, qo‘ni-qo‘shni va qarindoshlarni, ustozlarni, tengdoshlarni uchratib qolgudek bo‘linsa, ko‘ksiga qo‘lni qo‘yib sharqona diyonat bilan salom berib, hol-ahvollari so‘raladi. Kattalar, ayollar, qiz-juvonlar bilan uchrashganda, ularga qarshi borib salomlashish odobdandir.
=== Taqdimot 12 ===
Tarbiya masalalariga e’tiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar ham barchamizga ayon. Ammo bugun kishilarimizga ana shu haqiqatni aytsangiz sizga: “Nima qilay, ishlamasang bo‘lmasa!”, “Ko‘ryapsiz-ku, osonmas, hayot tashvishlari, bolalarning yeb-ichishi-yu, kiyim kechagi …”, “Ha endi o‘zi omon bo‘lsa, tarbiyasi bir gap bo‘lar…”.
Yo‘q, tarbiya “bir gap bo‘ladigan” narsa emas! Uning uchun jon kuydirish shart.
=== Taqdimot 13 ===
Mol-dunyo, kiyim-kechakka hirs qo‘yish dardidan forig‘ bo‘lib, tarbiya bilan shug‘ullanish kerak.
Go‘yo ko‘pchilikning farzand tarbiyasi bilan band bo‘lishga ortiqcha vaqti yo‘q emish. Vaholanki, tarbiya masalalari bilan ortiqcha vaqtda emas, har daqiqada shug‘ullanish darkor. Olimlar bir sutkada farzand tarbiyasi uchun faqatgina o‘n ikki daqiqagina vaqt ajratadigan ota-onalar bor ekanini aniqlaganlar. Bu daqiqalar ham asosan dasturxon atrofida o‘tirganda, bola ko‘chaga chiqayotganda, maktabga ketayotgandan beriladigan kichik tanbehlarga sarf bo‘lar ekan, xolos.
=== Taqdimot 14 ===
Eng muhimi, farzandlarimizni sog‘lom, komil inson qilib tarbiyalaylikki, ular o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga, muqaddas dinimiz an’analariga sodiq bo‘lishsin.
=== Taqdimot 15 ===
Agar ko‘pchiliklar ichida biron-bir do‘stini. qarindoshini yoki tanishini uchratib qolinsa, u kishining o‘ziga emas, shu yerda o‘tirgan yoki turganlarning barchasiga salom beriladi.
Kichik yoshdagilar bilan muloqotda bo‘lganda ular hurmat bilan salom berishsa, iloji boricha hammalarining salomlariga umumiy so‘rashilgan holda javob berishga harakat qilinadi.
=== Taqdimot 16 ===
Ota-ona, opa-singil, do‘stlar, ustozlar, qarindosh-urug‘lar va boshqalar bilan muloqot qilishning debochasi salomlashib bo‘lingach, ular bilan haqiqiy muloqot boshlanadi. Imom G‘azzoliy aytganidek. “O‘zingga nisbatan kishilardan qanday muomalani kutsang, ularga nisbatan ham xuddi shunday muomalada bo‘lgin”.
=== Taqdimot 17 ===
Oilada bo‘ladigan muloqotning sofligi, mazmundorligi, oiladagi bolalarning xulq-atvoriga, ma’naviy kamolotiga ta’sirini kuchaytirish ko‘p hollarda ota-ona o‘rtasidagi va ularning bolalar bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotiga bog‘liqdir. Oiladagi kundalik muloqot bu hayotiy ehtiyoj, bolani ijtimoiy va madaniy hayotga tayyorlashning asosidir. Ota-onaning oiladagi moddiy, tashkiliy, tarbiyaviy va o‘zaro shaxsiy masalalar yuzasidan bir-biri bilan bo‘ladigan munosabatlari, samimiy erning xotinga, xotinning erga nisbatan o‘zaro hurmati, iffati asosida qurilsagina, bunday oilada musaffo ma’naviy muhit vujudga keladi.
=== Taqdimot 18 ===
Ota-onaning bir-biriga “adajonisi” yoki “oyijonisi” deb murojaat etishlari, “rahmat”, “marhamat”. biron joyga borilayotganda “yaxshi borib keling” yoki “bexatar borib keling”, “yaxshi keldingizmi? “ kabi so‘zlar muomalani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadi, (“Islom nuri” jurnali. 1990-uy, № 32.) farzandlarining ota-onaga nisbatan hurmatini, mehr-muhabbatini oshiradi, ota-ona ular uchun ideal bo‘lib qolishlariga yordamlashadi.
=== Taqdimot 19 ===
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”. Shunday ekan, ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borish talab etiladi.
Shuni unutmasligimiz kerakki, yurt kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimiz va yoshlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liqdir. Shu sababli har bir ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur.
=== Taqdimot 20 ===
Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.
=== Taqdimot 21 ===
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, farzandlarimizni ilm-fan va ta’lim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa ma’naviyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasida esa ma’naviy tarbiya katta ahamiyatga ega.
=== Taqdimot 22 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Ko‘proq tarbiya va pedagogika bo‘yicha taqdimotlar →
Ziyonet – tarbiya va ta’lim resurslari
Manba: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
Islom.uz – Imom G‘azzoliy hikmatlari
E’tiboringiz uchun rahmat! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.