=== Taqdimot 1 ===
Tarbiya jarayonida muomalaning tutgan o‘rni muomala mahorati
=== Taqdimot 2 ===
Tarbiya jarayoni haqida
REJA:
01
Sharq mutaffakirlari muomala madaniyati haqida
02
Tarbiya jarayonida muomalaning tutgan o‘rni
03
=== Taqdimot 3 ===
Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari naqadar haqiqat ekanini bugun, har qachongidan ham yaxshi anglaymiz.
=== Taqdimot 4 ===
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyat hisoblanadi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga o‘tadi.
=== Taqdimot 5 ===
Pedagogik adabiyotlarda “Tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi.
=== Taqdimot 6 ===
Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy qiyofasi, estetik didining o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila, tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning nafaqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki axloqiy-ma’naviy sifatlarining qaror topishi ham tezlashadi.
=== Taqdimot 7 ===
Har bir tarbiyachining dunyoqarashi tarbiyalanganligi, odobliligi uning muomalasida namoyon bo‘ladi. Muomalani asosiy vositasi til. Xalqimizda shunday naql bor “Bola shirin so‘zning gadoyi”, bas shunday ekan tarbiyachi muomalasida tilga juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Tili shirin, xushmuomala o‘qituvchi eng obro‘lidir. Ilusayn Voiz Koshitiy shunday degan edilar: “Haq vaqtini so‘zlar aytursizlar yaxshi so‘zdin bo‘lakni aytmangizlar va ko‘p so‘zlamoq ko‘ngilni qaro qilur” yoki “Mumkin ersa yaxshi so‘z qil oshkor, yaxshi so‘zdin xo‘b yo‘qdur yodgor”; “Nasihatin shirin so‘zu muloyimlik birla ibtido qilgan, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushro‘ylik ko‘rgazmaviy nasihat korga kelmas”.
=== Taqdimot 8 ===
Xorun-ar Rashid bir tush ko‘rdiki. og‘zidan barcha tishlari to‘kilmish. Erta tong turib bul tushning ta’birini aytuvchini chaqirib so‘radikim, bu tushning ta’biri nedur?, “Andog‘kim sendan o‘zga hech kim qolmagaydir”. Bu so‘zni eshitiboq Xorun ar-Rashid “Mening yuzimga bundoq dardlig’ va anduqlig‘ so‘zni aytding.
Mening barcha qarindoshlarim o‘lsalar, so‘ngra men qandog’ ishga yararman va na yanglig” ruzg‘or so‘rarman? – dedi va unga yuz tayoq urmoq buyurdi.
So‘ngra yana bir ta’birchini chaqirib so‘radi.
Ta’birchi dedi: “Ey amir al mo‘min-in, sening umring barcha akrabotlaring umridan uzoq bo‘lur”
=== Taqdimot 9 ===
Xorun ar-Rashid: dedi: “Barcha aqling yo‘li birdur va ikkovingning ta’biring negizi bir yerga borur, ammo bu iborat bila ul iboratning orasida farq bag‘oyat ko‘pdur”. Buyurdi so‘nggi ta’birchiga yuz tillo berdilar.
Buyuk vatandoshimiz Imom G‘azzoliy bunday deydi: “Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqsh-u tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, shu bilan o‘sadi va dunyo-yu oxiratda saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallim-u ustozlari ham sherik bo‘ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, oxir-oqibat halok bo‘ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo‘lganlarning gardaniga tushadi”.
=== Taqdimot 10 ===
Muloqot madaniyatimizda xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelingan urf-odatlari, an’analari, axloq normalari mujassam bo‘lib, maqollar, hadislar, hikmatli so‘zlar, pand-nasihatlar, axloq-odob durdonalari shakllarida xalqni ma’naviy yetuklikka boshlab kelmoqda.
Bir kishi ikkinchi bir kishi bilan salomlashar ekan, “Assalomu alaykum” (arabcha so‘z bo‘lib “sizga tinchlik tilayman” ma’nosini anglatadi) so‘zini aytadi, javob beruvchi esa “Vaalaykum assalom” (ma’nosi: “sizga ham tinchlik tilayman”, “sizga ham tinchlik bo‘lsin”) deydi.
=== Taqdimot 11 ===
Salomlashish beg‘araz, chin qalbdan bo‘lishi bilan bir qatorda, biron kishi bilan muloqot qilishdan oldin salomlashishning quyidagi qoidalariga amal qilish joizdir: ertalab uyqudan turgach, yuvinib, ota-ona, oila a’zolari bilan muloqotni iltifot bilan salom berib, “yaxshi dam oldingizmi? deyish bilan kunni boshlash kerak. Katta yoshdagi kishilarni, qo‘ni-qo‘shni va qarindoshlarni, ustozlarni, tengdoshlarni uchratib qolgudek bo‘linsa, ko‘ksiga qo‘lni qo‘yib sharqona diyonat bilan salom berib, hol-ahvollari so‘raladi. Kattalar, ayollar, qiz-juvonlar bilan uchrashganda, ularga qarshi borib salomlashish odobdandir.
=== Taqdimot 12 ===
Tarbiya masalalariga e’tiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar ham barchamizga ayon. Ammo bugun kishilarimizga ana shu haqiqatni aytsangiz sizga: “Nima qilay, ishlamasang bo‘lmasa!”, “Ko‘ryapsiz-ku, osonmas, hayot tashvishlari, bolalarning yeb-ichishi-yu, kiyim kechagi …”, “Ha endi o‘zi omon bo‘lsa, tarbiyasi bir gap bo‘lar…”.
Yo‘q, tarbiya “bir gap bo‘ladigan” narsa emas! Uning uchun jon kuydirish shart.
=== Taqdimot 13 ===
Mol-dunyo, kiyim-kechakka hirs qo‘yish dardidan forig‘ bo‘lib, tarbiya bilan shug‘ullanish kerak.
Go‘yo ko‘pchilikning farzand tarbiyasi bilan band bo‘lishga ortiqcha vaqti yo‘q emish. Vaholanki, tarbiya masalalari bilan ortiqcha vaqtda emas, har daqiqada shug‘ullanish darkor. Olimlar bir sutkada farzand tarbiyasi uchun faqatgina o‘n ikki daqiqagina vaqt ajratadigan ota-onalar bor ekanini aniqlaganlar. Bu daqiqalar ham asosan dasturxon atrofida o‘tirganda, bola ko‘chaga chiqayotganda, maktabga ketayotgandan beriladigan kichik tanbehlarga sarf bo‘lar ekan, xolos.
=== Taqdimot 14 ===
Eng muhimi, farzandlarimizni sog‘lom, komil inson qilib tarbiyalaylikki, ular o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga, muqaddas dinimiz an’analariga sodiq bo‘lishsin.
=== Taqdimot 15 ===
Agar ko‘pchiliklar ichida biron-bir do‘stini. qarindoshini yoki tanishini uchratib qolinsa, u kishining o‘ziga emas, shu yerda o‘tirgan yoki turganlarning barchasiga salom beriladi.
Kichik yoshdagilar bilan muloqotda bo‘lganda ular hurmat bilan salom berishsa, iloji boricha hammalarining salomlariga umumiy so‘rashilgan holda javob berishga harakat qilinadi.
=== Taqdimot 16 ===
Ota-ona, opa-singil, do‘stlar, ustozlar, qarindosh-urug‘lar va boshqalar bilan muloqot qilishning debochasi salomlashib bo‘lingach, ular bilan haqiqiy muloqot boshlanadi. Imom G‘azzoliy aytganidek. “O‘zingga nisbatan kishilardan qanday muomalani kutsang, ularga nisbatan ham xuddi shunday muomalada bo‘lgin”.
=== Taqdimot 17 ===
Oilada bo‘ladigan muloqotning sofligi, mazmundorligi, oiladagi bolalarning xulq-atvoriga, ma’naviy kamolotiga ta’sirini kuchaytirish ko‘p hollarda ota-ona o‘rtasidagi va ularning bolalar bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotiga bog‘liqdir. Oiladagi kundalik muloqot bu hayotiy ehtiyoj, bolani ijtimoiy va madaniy hayotga tayyorlashning asosidir. Ota-onaning oiladagi moddiy, tashkiliy, tarbiyaviy va o‘zaro shaxsiy masalalar yuzasidan bir-biri bilan bo‘ladigan munosabatlari, samimiy erning xotinga, xotinning erga nisbatan o‘zaro hurmati, iffati asosida qurilsagina, bunday oilada musaffo ma’naviy muhit vujudga keladi.
=== Taqdimot 18 ===
Ota-onaning bir-biriga “adajonisi” yoki “oyijonisi” deb murojaat etishlari, “rahmat”, “marhamat”. biron joyga borilayotganda “yaxshi borib keling” yoki “bexatar borib keling”, “yaxshi keldingizmi? “ kabi so‘zlar muomalani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadi, (“Islom nuri” jurnali. 1990-uy, № 32.) farzandlarining ota-onaga nisbatan hurmatini, mehr-muhabbatini oshiradi, ota-ona ular uchun ideal bo‘lib qolishlariga yordamlashadi.
=== Taqdimot 19 ===
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”. Shunday ekan, ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borish talab etiladi.
Shuni unutmasligimiz kerakki, yurt kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimiz va yoshlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liqdir. Shu sababli har bir ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur.
=== Taqdimot 20 ===
Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.
=== Taqdimot 21 ===
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, farzandlarimizni ilm-fan va ta’lim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa ma’naviyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasida esa ma’naviy tarbiya katta ahamiyatga ega.
=== Taqdimot 22 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.