Tana skeleti suyaklari tuzilishi va birikishi

8000 so'm


Tana skeleti suyaklari tuzilishi va birikishi

 

 

Slayd 1

Tana skeleti suyaklarining tuzilishi va birikishi

Slayd 2

Oldingi mavzuda qayd etilganidek, odam organizmining hayoti doimo tashqi muhit bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’lanishda tayanch-harakatlanish sistemasi muhim ahamiyatga ega. Harakatlanish tufayli odam ish bajaradi, atrofdagi odamlar bilan muloqotda bo’ladi (og’zaki va yozma nutq orqali), jismoniy tarbiya va sport bilan shug’uIlanadi.

Slayd 3

Odamning harakatlari juda xilma-xil va turli maqsadga qaratilgan bo’lib, bola o’sib-ulg’aygan sari bu harakatlar rivojlanib, tobora mukammallashib boradi.

Slayd 4

Skeletning umumiy ko’rinishi.
Suyak sistemasi odam skeletini tashkil qilib, uning funksiyasi ko’p qirrali. Eng muhimi gavdada u tayanch va himoya vazifasini bajaradi. Skeletning tayanch funksiyasi tufayli odam o’z qomatini to’g’ri tutadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish vazifasini ham o’taydi. Masalan, bosh miya kalla suyagi qopqog’i ichida, orqa miya umurtqa pog’onasining kanalida; o’pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko’krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta’siridan himoyalangan. Suyaklarning ko’mik qismida qonning shakIli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab ehiqariladi.

Slayd 5

Bundan tashqari, suyaklar mineral tuz]ar deposi (to’planadigan joyi) bo’lib xizmat qiladi. Odam skeleti qariyib 206 ta suyakdan tashkil topgan bo’lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir (1-rasm). Suyaklar 4 xii shaklda bo’ladi. Naysimon suyaklar – bular o’z navbatida ikki xiI bo’ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo’l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari). G’ovak suyaklar – bular ham ikki xil: uzun g’ovaksimon (qovurg’a, to’sh, o’mrov), kalta g’ovaksimon (umurtqa, qo’l va oyoqning kaft, kaft-usti suyaklari) bo’ladi. Yassi suyaklar – bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va ehanoq suyaklari. G’alvirsimon suyaklar – yuqorigi jag’, peshona, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g’alvirsimon suyaklar.

Slayd 6

Ko’krak qafasi suyaklariga 12 ta ko’krak umurtqasi, 12 juft qovurg’alar va to’sh suyagi kiradi (4- rasm). Bularning bir-biri bilan birikishi natijasida ko’krak qafasi hosil bo’lib, unda odam hayoti uchun muhim bo’lgan ichki organlar joylashadi.Qovurg’alarning 12 jufti ham orqa tomondan ko’krak umurtqalariga birikadi. Ulardan 7 jufti haqiqiy (chin) qovurg’alar deyilib, oldingi tomondan to’sh suyagining yon tomoniga o’zining tog’aylari yordamida bevosita birikadi.
Umurtqa pogonasi.A- oldindan ko’rinishi: 1- bo’yin qismi; 2- ko’krak qismi; 3- bel qismi; 4- dumg’aza qismi; 5- dumqismi.B- yon tomondan ko’rinishi (o’rtasidan arralangan): 1- umurtqa pog’onasining kanali; 2- bo’yin lordozi; 3- bel lordozi: 4- ko’krakkifozi; 5- dumg’aza kifozi:
4-rasm. Ko’krak qafasi: 1-7- haqiqiy (chin) qovurg’alar; 8-10- soxta qovurg’alar; 11-12¬yetim qovurg’alar; 13- lo’sh suyagining qiIichsimon o’simtasi.

Slayd 7

Ulardan pastki uch jufti soxta qovurg’a deyilib, bular bir-biri bilan tog’ay yordamida o’zara, so’ngra esa 7- qovurg’aning tog’ayiga birikadi. Bulardan ham pastda joylashganlari (11-12- qovurg’alar) oldingi tomondan to’sh suyagiga birikmay, qorin muskullari orasida joylashadi. Bular yetim qovurg’alar deb ataladi.To’sh suyagi uch qismdan: yuqorigi – dasta, o’rta – tana qismi va pastki – qilichsimon o’simtadan iborat.

Slayd 8

Suyaklarning birikishi Yuqorida tana suyaklari bayon etilganda ularning bir-biriga birikishi haqida qisqacha ma’lumot berilgan edi. Shu bilan birga, bu birikish ularning harakatlanishida muhim ahamiyatga ega.
Bo’g’imr iug tuzilishi.1- bo’g’im xa!tachasi; 2-suyaklarning bo’g’im yuzasi; 3- bo’g’im yuzasi va bo’shlig’i.

Slayd 9

Suyakning tuzilishi:1- suyak usti pardasi;
2-¬ustki qattiq plastinkasimon qavat; 3- ichki g’ovak qavat;4- ilik bo’shlig’i.

Slayd 10

Suyaklarning yoshga bog’liq xususiyatlari. Suyaklar odamning yoshiga qarab o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bola tug’ilganda uning tanasidagi suyaklarning ko’p qismi tog’aydan iborat bo’ladi. Shuning uehun yosh bolalarning suyaklari yumshoq, egiluvchan xususiyatga ega. Bula o’sgan sari suyaklarning tog’ay qismi suyakka aylana boradi. Bu jarayon odam skeletining turli qismlarida har xii kechadi.Yangi tug’ilgan bolalarda bosh suyagi o’zaro birikmagan bir nechta suyakdan iborat bo’ladi. Shuning uchun bosh suyagining qopqog’ida, ya’ni o’zaro birikmagan suyaklar o’rtasida yumshoq joylar (bo’shliqlar) bo’lib, ular liqildoq deb ataladi. Katta Jiqildoq peshona va tepa suyak]ari o’rtasida joylashgan bo’lib, uning bo’yi 3,5 srn, eni 2,5 srn bo’ladi.
Chaqaloq holaning kalla suyagi:A- yon tomondan ko’rinishi;
B- yuqoridan ko’rinishi; 1- peshona liqildog’i; 2- ens. liqildog’i; 3- yon liqildoqlar

Slayd 11

70-75%i issiqlik energiyasi sifatida tana haroratining doirniyligini ta’rninlash uchun sarflanadi, ortiqcha qisrni teri va nafas chiqarish yo’li orqali tashqariga ajratiladi. Bu energiya ovqat tarkibidagi oqsil yog’ va uglevodlarning kislorod bilan oksidlanishi natijasida hosil bo’ladi. Bundan tashqari, rnuskullarda zahira holda ATF, KF, glikogen kabi energiya beruvchi rnoddalar bo’lib, rnuskul ish bajarganda, ular parchalanib, energiya hosil qiladi. Jismoniy mehnat qiluvchilar, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanuvchilar muskullarida energiya manbai bo’lgan ATF, KF, glikogen kabi moddalarning zahira miqdori ko’p bo’ladi. Shuning uchun bunday odamlar jismoniy mashq bajarganda tez charchamaydi, chunki yuqorida ko’rsatilgan moddalar parcha¬lanib, muskul ishi uchun zarur bo’lgan energiya bilan ta’minlaydi.
Yelka muskullari dinamikharakatining tasviri.1- yelkaning oldingi ikki boshli muskuli; 2 yelkaning orqa qismidagi uch boshli muskul.A- yelkaning ikki boshli muskuli qisqarganda qo’lning tirsak bo’g’imi bukiladi; B- yelkaning uch boshli muskuli qisqarganda qo’lning tirsak bo’g’imi yoziladi.

Slayd 12

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 13

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tana skeleti suyaklari tuzilishi va birikishi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar