Tabiiy fanlarni o‘qitishning ko‘rgazmali metodlari

4000 so'm


Tabiiy fanlarni o‘qitishning ko‘rgazmali metodlari

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlarni o‘qitishning ko‘rgazmali metodlari

Slayd 2

Reja:
1. Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi. Suratlar bilan ishlash metodikasi.
2. Kuzatish uslubi, uning turlari. Amaliy uslublar, ularning turlari. Tajriba-tabiatshunoslikni o‘qitishning yetakchi uslubi.
3. Amaliy ishlarga tayyorlanish bosqichlari va olib borish tartibi. Eksperimentlar.

Slayd 3

O’quv jarayonida ko’rgazmali metoddan foydalanish, bilimlarni puxta o’zlashtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ta’lim jarayonida ko’rgazmalilik printsipi bilan bog’langanda yanada kengayadi va takomillashadi. Ko’rgazmali metodning vazifasi o’quv jarayonida o’quvchilar qarab turib, predmetlarni kuzatib va idrok qilib, sezgi organlari yordamida jism yo jarayonlar haqida ma’lum axborotga ega bo’ladilar, ularni taqqoslash va farqiy belgilarini topish asosida fikrlaydilar, shu asosida muayyan bilimlar shakllanadi, keyinchalik so’zlar, ko’rsatish va tushuntirish orqali qayta ishlanadi va ularning bilim doirasi yanada kengaytiriladi. Ko’rgazmali metod, shu bilan belgilanadiki, ularni qo’llash asosida yangi bilimlar olish maqsad qilib qo’yiladi. Bu jarayonda o’quv filmlaridan, diafilm va diapazitivlarning axborot matnlari yozuvlar yangi bilimlar egallash uchun bilimlar manbai bo’lib izmat qiladi. Har qanday holatda ham ko’rgazma vositalar qo’llanilganda bolalarning faol idrok etishlari va fikrlashlari ko’zda tutiladi, shuning uchun ham ular oldida aniq bilish vazifasi qo’yiladi. Unda jismlar va jarayonlarni kuzatish, qarab chiqish va namoyon bo’lgan borliq va jarayonlarni o’rgatish ko’rsatilishi lozim.

Slayd 4

Ko’rgazmali metodlarni umumpedagogik tamoyil
Ko’rgazmali metodlarni umumpedagogik tamoyil, ko’rgazmalilik bilan adashtirmaslik kerak. Bu tushunchalar bar xil bo’lib, bir-biriga sira o’xshamaydi. Ko’rgazmali vositalar deyarli hamma tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladi. Ko’rgazmalilik o’quv-chilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni tuzatish (korrek-siyalash)da katta ahamiyatga ega. To’g’ri qo’yilgan savol, keyinroq esa tizimlangan savollar majmuasi namoyish qilinayotgan obyekt va tajribalarga e’tiborni jalb qiladi. Bu savollar o’quvchilarni maqsadga yo’naltirgan holda, izchillik bilan kuzatish, taqqoslash, xulosa chiqarish va umumlashtirishga da’vat qiladi.
Tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladigan ko’rgazma natural (tirik tabiiy obyektlar va tasviriy jadvallar, sistemalar, mulyajlar, kino, diafilm, diapozitiv) bo’Iishi mumkin.
Ko’rgazmalilikning tasviriy vositalari, jadval va rasmlar o’quvchilarga o’rganilayotgan obyektlaming tuzilishi, shakli, rangi, ularning tabiiy o’rab olgan muhiti, hayot tarzi kabilar to’g’risida tasawurlar beradi.

Slayd 5

Boshlang’ich sinflarda jismlar, narsalar, hodisalarga oid tasav-vurlarni vujudga keltirish uchun natural va tasviriy ko’r-gazmalilikdan keng foydalanilsa, yuqori sinflarda tasviriy va simvolik (timsol) ko’rgazmalardan foydalaniladi, chunki bola rivoj-lanishining dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq ko’rsatmaii material orqali o’ziashtirishga qobiliyatli bo’Iadi. O’quv kino va diafilrnlarni ko’rsatish ham ta’limning ko’rgazmalilik usuh’ga kiradi. Bolalar filmni ko’rish orqali filmda ko’tarilgan savollarga javob topishlari lozim.
Sayohat ham ko’rgazmaii usullarni tashkil qiladi. Sayohat o’qituvchi tomonidan puxta o’ylanib, yaxshi tayyorlansa va uyushtirilsa samarali natija beradi. Sayohatdan olingan taassurotlarni kuzatish natijalarini umumlashtirish juda muhim.

Slayd 6

Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi.
Tabiatshunoslikni o’qitish uchun, ayniqsa, tabiiy jismlar kerak, chunki ular o’quvchilarda tabiiy jismiarni bevosita ko’rish asosida tasawur va tushunchalar hosil qilishga imkon beradi (bar bir o’quvchi tabiiy material bilan mustaqil ishlay olishi uchun uni yetarli miqdorda — o’quvchilar soniga qarab to’plash kerak).
Qabul qilish uchun teri sezgisi, hid bilish, maza sezishni talab qilmaydigan yirik jismiarni o’qituvchi uzoqdan turib namoyish etadi. Yirik o’simliklar, masalan, makkajo’xori, pomidor, poliz ekinlari (o’simlik barg, ildiz, mevalari bilan) yoki hayvonlar, parrandalar (mushuk, qush va boshqalar) shunday ko’rsatilishi mumkin.
Narsani o’quvchilarning barchasi yaxshi ko’rishlari uchun u sinf doskasiga o’qituvchi stoli balandligida o’rnatiladi. Tirik hayvonlarni namoyish qilish o’quvchilarga faqat ularning tashqi ko’rinishi haqidagina emas, balki harakati, qiliqlari, ovozi va hokazolar haqida ham tasawur hosil qilish imkonini beradi, bu tasawurlar ancha to’liq va ravshan bo’ladi.

Slayd 7

Suratlar bilan ishlash metodikasi.
Tabiatshunoslikni o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarga ular hali ko’rmagan ko’pgina obyekt va hodisalar to’g’riisda ma’lumotlar beradi. Biroq eng jozibali va qiziqarli hikoya ham, agar u yaxshi surat ko’rsatilmasa, yetarli, to’liq va yorqin tasawurlar bera olmaydi. Faqat suratlarni diqqat bilan ko’rib chiqish orqali tabiiy holdagi jism bilan tanishishdagiga yaqin keladigan taassurotlarni hosil qilish mumkin.
Tabiatshunoslik darslarida ko’pincha devoriy suratlar ishlatila-diki, ular bo’yicha sinf o’quvchilarining barchasi ishtirokida ish olib boriladi. Yirik suratlar bo’lmasa, kichikroq suratlardan foydalanish mumkin, ularni har bir o’quvchiga ko’rsatish kerak.
Tabiat va mehnat kalendariga yozilgan ma’lumotlarni faqat tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika (zarur hisoblashlar qilish, masalalar tuzish, diagramma chizish), ona tili (insho tayyorlash, biror davrda tabiatni ko’rsatish uchun she’rlarva nasriy asardan parchalar tanlash), mehnat ta’limining qishloq xo’jalik mehnati bo’limi (biror davrdagi ob-havo o’quv-tajriba maydonidagi o’simliklarning o’sishi va rivojianishiga qanday ta’sir ko’rsatganligini tahlil qilish) darslarida ham umumlashtirish mumkin.

Slayd 8

Bolalarni jism va hodisalarni ko’ra olish, eshitish va qabul qilib olishga o’rgatish boshlang’ich sinf o’qituvchisining eng muhim vazifalaridan biridir. Bolalar ko’pincha ikkita tanish daraxtga (masalan, chinor va zarangga) qaraydilaru, ularni bir-biridan ajrata olmaydilar. Bolalar suratni ko’rib, undagi eng muhim tomonlarni ko’ra oladilar, deb bo’lmaydi. O’qituvchi ular oldiga aniq obyektlarni topish, ularni ta’riflash, savollarga javob berishga oid muayyan vazifalar qo’yishi kerak.
Kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun bolalarni jism va hodisa­larni taqqoslashga o’rgatish muhimdir. Kuzatish uchun biror narsani ko’rsata turib, o’qituvchi ularni nimaga o’xshashligini so’rashi kerak. O’xshashlikni aniqlab, o’quvchilar e’tiborini narsalar o’rtasidagi farqlarga qaratish kerak. Bunda kuzatishga iloji boricha ko’proq sezgi a’zoiarini jalb etish muhim. Bolalar ko’ribgina qolmasdan, kerak bo’lganda ushlab, hidlab ham ko’rsin.
Kuzatuvchanlik tabiatga, ishlab chiqarishga, muzeyga, fermaga, zooparkka ekskursiyalar o’tkazish vaqtida ham rivojlanadi. Bu ekskursiyalar shunday ko’rishgina emas, balki sinchiklab qarash, shunday eshitishgina emas, balki diqqat bilan quloq solish qobiliyatini tarbiyalaydi. Tabiatshunoslikni o’qitilishini to’g’ri yo’lga qo’yilishi boshlang’ich sinfdayoq bolalarni tabiat jismlari va hodisalarini kuzatishga o’rgatadi.

Slayd 9

Tabiatning rivojlariishida har yili mavsumiy davriylikni kuzatamiz. Bu yil fasllari va jonli hamda jonsiz tabiatning har biriga xos bo’lgan hodisalardir.
Har qanday organizm mazkur joyda necha ming yillar davomida yuzaga kelgan (o’z atrofidagi) muhit bilan birgalikda bir butunni tashkil etganidan, kishilar o’simliklar bilan hayvonlarni parvarishlash yuzasidan olib boradigan ijodiy ishlarida mavsumiy hodisalarni kompleks tarzda o’rganmasdan iloji yo’q. Bunga tirik tabiat qonunlarini bilishga imkon beradigan umumiy fenologik kuzatuvlar yordamida erishish mumkin, xolos.Umumiy fenologik kuzatuvlar haqiqiy tadqiqot ishining boshlanishi hisoblanadi va har qanday tadqiqot singari o’qituvchiga atrof tabiatda u ilgari payqamagan narsalami ko’rishga imkon beradi. O’qituvchi mohirlik bilan boshchilik qiladigan bo’lsa, fenologik kuzatuvlar o’quvchilarga ham tarbiyaviy jihatdan ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabda umumiy fenologik kuzatuvlardan tabiat-shunoslikka doir sinf mashg’ulotlarini joyning tabiati va xo’jaligi bilan bog’lab olib boriladigan metod sifatida foydalanish mumkin va lozim.

Slayd 10

O’qituvchi birinchi mashg’ulotdayoq o’quvchilar tabiat-shunoslik darslarida nimalarni o’rganishlari bilan tanishtiradi va ularga qaysi vaqtda tong otishini (qachon yop-yorug’ bo’lib ketishini) va qaysi vaqtda qorong’u tushishini (qachon hammayoq qop-qorong’i bo’lishini) hafta davomida «Kundalik kuzatish daftari»ga yozib borishni taklif etadi. Dastlabki 1- va 2- kunlari bu borada bolalarga ota-onalari yordam berib turganlari ma’qul, chunki bolalarning ko’pchiligi soatga qarab vaqtni aniqlash malakasini hali egallab olmagan bo’ladi (uchinchi sinf o’quvchilari vaqt birliklari bilan o’quv yilining birinchi choragida tanishadilar), Bolalar «Kundalik kuzatish daftari»ga yozib kelgan yozuvlarning to’g’riligini o’qituvchi har kuni matematika darsida tekshirib chiqadi. Hafta oxirida matematika darsida bolalarga «Kundalik kuzatish daftari»ni tayyorlab qo’yish va yonma-yon o’tirgan o’quvchilarga yozib kelingan yozuvlarning to’g’riligini bir-biringizdan tekshirib ko’ring, bu yozuvlar nimani bildirishini bir-biringizga tushuntirib bering, deb taklif etiladi. Bolalar bu ishni qiziqish bilan bajarishadi, agar yozuvlarda ba’zi tafovutlar bo’lsa, olingan natijalarni muhokama qilishadi (bunday tafovutlar bo’lishi muqarrar, chunki bolalar kunning boshlanishi bilan oxirini ko’rsatadigan aniq mezonni hali bilishmaydi).

Slayd 11

Xulosa
Tong bilan oqshom boshlangan vaqtni hammadan ko’ra aniq belgilab kelgan ba’zi o’quvchilar o’z yozuvlarini darsda o’qib berishadi, boshqa o’quvchilar esa yozuvlarida farq bo’lsa, ularnituzatishadi. So’ngra o’qituvchi yonma-yon o’tirgan ikki o’quvchiga kun bilan tunning uzunligini hisoblab chiqishni taklif etadi. Bir sutka 24 soat ekanini bolalar endi bilishadi. Zarur hisoblarni bolalarning o’zlari bajarishlari muhim. O’qituvchi olingan natijalarni aniqlashtirib beradi va kun bilan tunning uzunligi ko’rsatkichlari bundan keyin o’zgarmasdan qolaveradimi yo’qmi, degan savolga javob berishni o’quvchilarga taklif etadi. Yilning turli fasllarida bu ko’rsatkichlar o’zgarib turishini bolalar endi bilishadi. Shu sababdan bu gapni tasdiqlab berish uchun kuzatuvlarni davom ettirish kerak bo’ladi.

Slayd 12

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 13

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlarni o‘qitishning ko‘rgazmali metodlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

fifteen − nine =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar