Sotsial psixologiyaning asosiy yo’nalishlari
4000 so'm

Slayd 1
Sotsial psixologiyaning asosiy yo‘nalishlari
Slayd 2
Reja:
Sotsial psixologiyaning eksperimental fan sifatida rivojlanishi
Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari. Kuzatish metodi
Sotsial psixologiyada bixeviorizm
Sotsial psixologiyada psixoanaliz
Sotsial psixologiyada kognitivizm
Slayd 3
XX asr shu bilan xarakterli ediki, u turli fanlar oldiga konkret topshiriqlar qo‘ya boshladi. Bundan tashqari, juda ko‘p fanlarda ob’yektiv eksperimental usul bilan ilmiy faktlar to‘plash yo‘lga qo‘yildi. Psixologiya fani ham bundan istisno emas edi. Sof psixologlar individ psixologiyasini eksperimental o‘rganar ekanlar, ularning boshqa individlar ta’sirida bo‘lishi faktini inkor qila olmas edilar. Sotsial psixologiya taraqqiyotining eksperimental davri 1945-yildan so‘ng boshlandi. Hisob rasman Valter Myode (Yevropa) va Floyd Ollport (AQSh) tomonidan yaratilgan dasturdan boshlangan. Dasturda sotsial psixologiyani eksperimental fanga aylantirishga bo‘lgan asosiy talablar o‘z aksini topgan. Bu vaqtda AQShda iqtisodning kapitalistik shakli barq urib rivojlanishi, amaliy tadqiqotlarning faol rivojlanishi kuzatilayotgan edi. Mazkur tadqiqotlarning ahamiyati sodir bo‘lgan iqtisodiy krizislar fonida yanada orta bordi. Eski tavsifiy sotsial psixologiya yuzaga kelgan yangi vazifalarni hal qilishga ojizlik qila boshladi. Natijada 1936 yilda AQShda «Ijtimoiy muammolarni psixologik tadqiq etish jamiyati» tashkil topdi.
Slayd 4
Ko‘pchilik amaliy tadqiqotlar birinchi marotaba funksionalizm doirasida paydo bo‘ldi. Funksionalizm tarafdorlari (D. Dyui, D. Endjell, G. Kerr va b. ) Odamlar va ular mansub bo‘lgan guruhlarni sotsial adaptasiya nuqtai nazaridan turib o‘rganishardi. Tadqiqotchilar psixik jarayonlarning ichki jihatiga emas, balki sotsial funksiyalariga o‘z diqqatlarini qaratishdi. Ilmiy tadqiqotning asosiy ob’yekti qilib kichik guruh tanlandi. Bunga hamma joylarda faqatgina kichik guruhlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan eksperimental metodikalarning yoyilishi sabab bo‘ldi. Bu hol avvalo AQShda sotsial psixologiyaning bir yoqlama rivojlanishiga olib keldi, chunki sotsial psixologiyaning nazariy muammolarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yo‘qolib borayotgan edi. Nazariyadan bunday «begonalashuv» shunga olib keldiki, sotsial psixologiya o‘zining eksperimental davrida nihoyatda qarama-qarshiliklar asosida rivojlana bordi.
Slayd 5
Bu davrda ijobiy deb hisoblash mumkin bo‘lgan hol, bu kichik guruhlar sohasida ko‘p sonli izlanishlarning olib borilishi, klassik darajadagi metodikalarning ishlab chiqilganligi, amaliy tadqiqotlar sohasida katta tajribaning to‘planganligi edi. Salbiy tomon – ommaviy jarayonlarning psixologik jihatlarini tahlil etishni rad etish edi. Mazkur jarayonlarni juda sodda tahlil etishni tanqid ostiga olishdan so‘ng, ulardan butunlay voz kechib qo‘ya qolishdi. Natijada laboratoriya eksperimentlarida olingan natijalar jamiyatdagi real muammolar haqidagi bilimlar o‘rnini egallay boshladi.
Slayd 6
Sotsial psixologiyada bixeviorizm
Bixeviorizm – inglizcha «xulq-atvor» degan ma’noni bildiradi. Bixeviorizm – xulq psixologiyasi bo‘lib, u inson va hayvonlar xulq-atvori qonuniyatlari muammolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bunday ta’rif I. P. Pavlov, V. M. Bexterev, D. Uotson, E. Tolmen, B. Skinner, K. Xallar tomonidan berilgan. Xulq-atvor stimul-reaksiya formulasi asosida o‘rganilgan. Reaksiya bu –
Tashqi stimulga beriladigan javob, uning vositasida individning tashqi muhitga moslashuvi ro‘y beradi. Inson xulq-atvori qonuniyatlari tashqi stimul qonuniyatlaridan keltirib chiqariladi.
Slayd 7
Bixeviorizm yo‘nalishlari doirasida o‘tkazilgan sotsial psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K. Xall va V. Skinnerlar nomi bilan bog‘liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan N. Miller, D. Dollard, Dj. Tibo, G. Kelli diada – ikki kishi o‘rtasidagi munosabatlarning xilma xil eksperimental ko‘rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o‘yin nazariyasi elementlarini qo‘lladilar. Diada sharoitida laboratoriyalarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda asosan mustahkamlash g‘oyasini isbot qilishga urinildi. Klassik bixeviorizmdan farqli o‘laroq sotsial psixologik bixevioristlar hayvonlar o‘rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g‘oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to‘plangan dalillar modelini insonlarda qo‘llash hollari kuzatildi.
Slayd 8
Psixoanaliz – XIX asr oxiri XX asr boshlarida avstriyalik nevrolog Zigmund Freyd tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga ko‘ra, shaxs uch qism: Id, Ego va Superegodan iborat insonning ichki, psixologik hosilasidir. Id – bu anglanmaganlik, bunga biologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan umumiy bo‘lgan organik ehtiyojlari kiradi.
Zigmund Freyd jinsiy ehtiyojlar va tahdidlilikni, Alfred Adler – hokimiyatga intilishni, Karen Xorni – turli-tuman komplekslarni, Erik Fromm – odamning ozodlikka yoki uni cheklashga intilishini ajratib ko‘rsatadilar. Bu – shaxsning o‘zini anglashi, ya’ni Ego. Superegoga inson qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, ideallari kiradi. Shaxsning bu uch tarkibiy qismlari, odatda, uyg‘unlik holatida bo‘lmaydi, ular o‘rtasida nevrozlarga, inson ruhiyati va xulq-atvoridagi nuqsonlarga sabab bo‘luvchi nizolar yuzaga keladi.
Sotsial psixologiyada psixoanaliz
Slayd 9
Sotsial psixologiyada kognitivizm
Kognitivizm K. Levin nazariyasi asosida paydo bo‘lgan psixologik yo‘nalishbo‘lib, undagi o‘rganish ob’yekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo‘lgan kognitiv holatlar bo‘ldi. Kognitiv maktab vakillari (J. Piaje, U. Nayser, J. Bruner, R. Atkinson va b.). Inson bilimlarining shakllanish usullari; sensor axborotning hosil bo‘lishi, bilish jarayonlari tuzulmaviy bloklarining vujudga kelishi va rivojlanishi, inson bilimi va xulq-atvorining xotirada bilim hosil bo‘lishidagi roli, intellektual funksiyalarning rivojlanishi, verbal va obrazli komponentlarning xotira va fikrlash jarayonlaridagi nisbatini o‘rganishdi. Ular inson aksariyat hayotiy vaziyatlarda fikrlash xususiyatlariga asoslangan holda qaror qabul qiladi degan xulosaga kelishdi.
Slayd 10
Kognitivizm doirasida shunday mukammal nazariya yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Kognitiv sotsial psixologiyada kognitiv muvofiqlik nazariyasi muhim o‘rin egallaydi. Unda insonni motivatsiyalovchi omil sifatida muvofiqlikni izlashga bo‘lgan ehtiyoj va uning muvozanatlashgan kognitiv tuzulmasi olib qaraladi. Mazkur nazariyalarga Frits Xayderning muvozanatlashtirilgan tizimlar nazariyasi, Teodor Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Leon Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar kiradi. Ulardagi asosiy g‘oya shundan iboratki, shaxs o‘ziga o‘xshagan shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik, tenglik bo‘lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chiqishiga harakat qiladi. Maqsad – turli sotsial sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish yo‘l-yuriqlarini ishlab chiqishdan iborat. G. Andreyeva fikricha, kognitivizm sotsial ong psixologiyasi kabi insonning sotsial hodisalarni anglash muammosini tadqiq etuvchi yo‘nalishning kelib chiqishiga turtki bo‘ldi.
Slayd 11
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.