Sotsial psixologiyada shaxs muammosi
4000 so'm

Slayd 1
Sotsial psixologiyada shaxs muammosi
Slayd 2
Reja:
Shaxs – sotsial ta’sirlar mahsuli sifatida
Sotsial normalar, sanksiyalar va shaxs
Gotfrid Vilgelm Leybnits va Frensis Galton fikirlari
Slayd 3
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llanilladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning sotsialligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab o‘tolmagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» – «aqlli zot» tushunchasini o‘zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga tahminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish.
Slayd 4
Charlz Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‘proq biologik omillardan ko‘ra, sotsial omillar ta’sirida ro‘y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita sotsial muhiti va uning sotsial normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi. Sotsial muhit – bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu sotsial olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan sotsial xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar.
Slayd 5
Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, A. Navoiy kabi ko‘plab Sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va sotsial sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarda umumiy bo‘lgan narsa shu bo‘lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o‘rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning sotsial mavqei, sotsial munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanishi kerak.
Slayd 6
Lekin, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar masalasi birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o‘zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi. Nativizm yo‘nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug‘ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar (Lens, Gruber va boshqalar). Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug‘ilgan bola go‘yoki «top-toza taxta» (tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o‘zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so‘zsiz bo‘ysunishga majbur. Bu yo‘nalishning asoschilaridan biri Djon Lokk bo‘lib (1632 – 1704) uning fikricha, tug‘ma fikrlar yoki g‘oyalar bo‘lishi mumkin emas, ular xohish-tilak va og‘riq kabi elementar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o‘xshash turli xil sezgilar va g‘oyalarning assotsiatsiyasi ro‘y beradi.
Slayd 7
Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646–1716) Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o‘zi bo‘lmaydi, xattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sezilarli teshiklar, do‘ngliklar yoki tug‘ma asoratlar bo‘ladiki, ular layoqatlardek, inson taqdirida ma’lum rol o‘ynaydi. Bu ikkala yirik yo‘nalish o‘rtasidagi tortishuvlarga chek qo‘yish maqsadida Frensis Galton qator eksperimental tadqiqotlar o‘tkazib, har bir individga xos differensial xususiyatlar mavjudligini «egizaklar metodi» yordamida asoslashga harakat qildi. Galtondan keyingi tadqiqotlarda musiqaga bo‘lgan qobiliyatga ona tilining xususiyati ta’sir qilishi aniqlandi: yumshoq-tonal yoki keskir (qo‘pol) tonal bo‘lmagan tillar. Masalan, keskinroq hisoblangan rus tilida gapiruvchi bolalardagi musiqani idrok qilish yumshoq, tonal tillarda so‘zlashuvchi vyetnamliklarning idrokidan ancha past chiqqan.
Slayd 8
Shaxs – sotsial va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub’yekti bo‘lmish individdir. Shaxsga taalluqli bo‘lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab sotsial munosabatlarga bevosita aloqadorlik, sotsial faoliyatga nisbatan ham ob’yekt, ham sub’yekt bo‘lishlikdir. Shaxsga taalluqli bo‘lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, sotsial ta’sirlarni o‘z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob’yektni), so‘ngra shu ta’sirlarning sub’yekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo» degan sotsial muhitga tushadi. Bu muhit o‘sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit – kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo‘lib, undagi ko‘plab qoidalarga ko‘pchilik mutloq qo‘shiladi, ba’zilar qisman qo‘shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo‘ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi sub’yekt bo‘lsa, jamiyat – sotsial intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko‘rinishidir.
Slayd 9
Shaxs sotsial xulqiga turli tashqi kuchlar ta’sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta’sirotlar mohiyatan aslida jamiyat a’zolari bo‘lmish shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ayrim alohida yo‘nalishlarini belgilab beradi. Shunday qilib, shaxs turli sotsial munosabatlar tizimi ta’sirida bo‘ladi va ko‘plab sotsial institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat jamoalari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va boshqalar) bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‘cha, maktab va boshqa o‘quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir uning e’tiqodi darajasida ko‘tarilsa va unda yana yangidan-yangi fikrlar va g‘oyalarning paydo bo‘lishi va o‘sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, u o‘z qobiliyatlari, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yoki o‘qituvchi, yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muhandis bo‘lib, elu-yurtiga xizmat qiladi.
Slayd 10
Sotsial normalar, sanksiyalar va shaxs
Sotsial norma – shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‘z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablaridir. Masalan, o‘zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kim bo‘lishidan qat’iy nazar, «Assalomu alaykum» deb kelishi – norma; o‘quvchining o‘qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi lozimligi – norma; xotinning er hurmatini o‘rniga qo‘yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik – norma; avtobusda yoki boshqa jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o‘rin bo‘shatishi – norma va hokazo. Bu normalarni ayrim alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo‘lishi sotsial tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilganligi fakti bilan xarakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va sotsial guruh psixologiyada muhrlanadi.
Slayd 11
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.