Sotsial psixologiya metodologiyasi va metodlari
4000 so'm

Slayd 1
Sotsial psixologiya metodologiyasi va metodlari
Slayd 2
Reja:
Sotsial psixologik tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi
Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari. Kuzatish metodi
Kognitiv psixologiya evolutsiyasi
Hujjatlarni o‘rganish metodi
Anketa metodi
Slayd 3
Har qanday fan boshqa fanlardan faqatgina mavzu bahsi yoki paydo bo‘lish tarixi bilangina emas, balki faktik ma’lumotlar to‘plash, u yoki bu g‘oyani isbotlash uchun ishlatiladigan uslublari bilan ajralib turadi. Uslublar mukammalligi aslida nazariy taraqqiyotni, fan taraqqiyotini belgilovchi asosiy omildir. Hozirgi zamon fanlarining taraqqiyoti shu bilan o‘ziga xoski, ularda metodologik muammolarga qiziqish ancha yuqoridir. Buning bir qancha sabablari mavjud bo‘lib, ular avvalo jamiyatda ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlarning sabablaridan biri hisoblangan fan-texnika taraqqiyoti maqsadlari bilan fan maqsadalarining uyg‘unlashuvi, amaliyotning fan oldiga qo‘yayotgan talablari darajasining tobora ortib borayotganligi, tadqiqot qilish vositalarining murakkablashib borayotganligi va nihoyat har bir fanda ro‘y berayotgan o‘z tadqiqot printsiplari va tekshirish usullarini qayta ko‘rib chiqishga intilishning yaqqol namoyon bo‘layotganligidir.
Slayd 4
Sotsial psixologiya to‘g‘risida gapiriladigan bo‘lsa, shuni alohida ta’kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga qo‘yayotgan talablari o‘ziga xos bo‘lib, bu talablarga javob berish uchun uning tekshirish uslublari u darajada mukammal emasligidadir. Chunki shu davrgacha sotsial psixologiyada kuzatilgan narsa shu bo‘ldiki, bu yerda nazariy ishlar tadbiqiy ishlardan ancha ko‘pdir. Shuning uchun ham, G. M. Andreyeva sotsial psixologiyaning metodologik muammolariga to‘xtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko‘pligini ta’kidlaydi. Metodologik muammolarga qiziqish, deb yozadi u, sotsial psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir. «Metodologiya» tushunchasining ilmiy mohiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar va turli tilda turlicha sharhlaydilar va tushunadilar. Masalan. Amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarini tushunadilar. Lekin «metodologiya» tushunchasi aslida uslublar yig‘indisidan kengroq tushunchadir. Hozirgi zamon Yevropa mamlakatlaridagi olimlar, xususan, rus olimlari fandagi metodologiya deganda, ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chiqadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Ya’ni, «metodologiya» tushunchasi «konkret metodlar» yoki texnik usullar tushunchalaridan kengroqdir.
Slayd 5
Sotsial psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi: Birinchidan, empirik ma’lumotlar muammosi, ya’ni ko‘p turdagi ma’lumotlarni sotsial psixologik ma’lumotlar sifatida qabul qilish mumkin. Chunki, bixevioristlar bunday ma’lumotlar sifatida ko‘z bilan ko‘rib qayd qiladiganlar xulq-atvor shakllarini qabul qilishsa, kognitiv psixologiya vakillari faqat ongga taalluqli bo‘lgan belgilarini tushunadilar. Demak, har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jihatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, tadqiqot birligi aniqlangan taqdirda, qanday hajmdagi birliklar tadqiqotchini qanoatlantirishi masalasi ham muhimdir. Masalan, sotsial psixologiya bo‘yicha sof eksperimental ish qilinganda, ilgari sinalgan usul yordamida cheklangan miqdordagi kishilar yoki guruhda tadqiqot o‘tkazish mumkin bu eksperimental ma’lumotlar deyiladi. Lekin, ba’zan tadqiqotchi ko‘p sonli tekshiruvchilar bilan ish ko‘radiki, bunda turli guruhlarni o‘zaro taqqoslash bilan ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi aniqlanadi. Bunday tadqiqotlar korrellyatsion tadqiqotlar deb ataladi.
Slayd 6
Ikkinchi metodik muammo bu u yoki bu sotsial psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy tadqiqot boshlashdan oldin tadqiqotchi ma’lum taxminlar yuritadi, lekin bu taxminlarning aniq chiqishi o‘sha muammo bo‘yicha pishiq, puxta nazariyaning bor ekanligiga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham ko‘pincha fan sohasiga endigina qadam qo‘ygan yosh olim yoki tadqiqotchi gipotezalar, taxminlar bayon etishga qiynaladi, chunki sotsial psixologiyada ayniyatlar ayrim, alohida tadqiqotlardan umumiy xulosa olish orqali o‘tkazilmaydi.
Slayd 7
Uchinchi muammo bu sotsial psixologik muammolarning sifati masalasi, ya’ni qanday ma’lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir. Sotsial psixologik ma’lumotlarning ishonchliligi. Sifat haqida gap ketganda, tadqiqotchining tadqiqot ob’yektini qanchalik to‘g‘ri tanlangani hamda to‘plagan ma’lumotlarining ishonchliligini qanday usullar bilan tekshirganligi nazarda tutiladi. Ba’zan tadqiqotchi tekshiruvchilarni taxminan, tartibsiz tarzda tanlaydi. Bu narsa uning reprezentativlilik qonunini buzganligi belgisidir. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yana bir kamchilik bu o‘sha o‘rganish ob’yektining hajmi yoki soni xususida. Chunki amaliyotda ko‘pincha tekshiriluvchi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ma’lumot shunchalik ishonchli bo‘ladi, degan noto‘g‘ri fikr mavjud. Agar tadqiqotchi ish boshlashidan oldin, ayni maqsadlarini, vazifalarini, tadqiqotning nazariy asosini yaxshi bilgan holda to‘g‘ri ilmiy tahminlar, gipotezalar ilgari surilgan bo‘lsa, u kichikroq guruhda o‘tkazgan eksperimentlarning ma’lumotiga ham ishonishi mumkin (masalan, hozirgi moddaga munosabatni talabalarning bir qancha akademik guruhida o‘rganish mumkin).
Slayd 8
Nihoyat, ma’lumotlarning sifati tadqiqotchining o‘z ishlari bo‘yicha tuzgan hisobotiga ham bog‘liq. Sotsial psixologik tadqiqot haqidagi hisobot quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
Kirish qismi, bu yerda tadqiqotni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, unga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar hamda uni kimlar o‘tkazganligi yoziladi
Dastur qismi, bu yerda foydanilgan adabiyotlar, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ilmiy taxmin gipotezalar beriladi
Tadqiqot ob’yekti va uslublar empirik tadqiqot ob’yektining
Xususiyatlari, tanlangan metodlar, sinov bosqichida to‘plangan ma’lumotlar, ularning ishonchliligi qanday usullarda tekshirilganligi yoziladi
Gipotezalardan keltirib chiqariladi, ularning qanchalik isbotlanganligi kichik jadvallar yoki grafiklarda ko‘rsatiladi
Xulosa va tavsiyalar ular tadqiqotning mantig‘idan chiqariladi
Yakuniy, barcha qilingan ishlar bo‘yicha yakun yasalib, kelajak uchun rejalar belgilanadi
Ilova. Bu qismda ishlatilgan uslublar, texnik vositalar bayon etilib,
Kompyuter dasturlari, statistika ma’lumotlari, katta jadvallar va shunga o‘xshash tadqiqotga taalluqli hujjatlar ilova qilinadi.
Slayd 9
Sotsial psixologiyada qo‘llanilgan metodlar psixologiyaning boshqa tarmoqlarida ishlatiladigan metodlari nomi bilan hamda maqsadlarga ko‘ra farq qilmasada, sotsial psixologik tadqiqotdagi uslublar o‘ziga xos xususiyatlarga hamda ko‘rinishlarga ega. Bu o‘ziga xoslik avvalo tadqiqot qamrab oladigan sotsial kontekstdan, uning xilma-xil ko‘rinishlarida shaxs va guruhlar psixologiyasidan kelib chiqadi. Metodologik muammolarda aytib o‘tilganidek, sotsial psixologik tadqiqotda nimani o‘rganish qancha vaqt mobaynida o‘rganish kabi muhim muammolar hal etilgandan keyingina tekshirish vositasi va uslublari aniqlanadi.
Slayd 10
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 11
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.