Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar maqsadi

4000 so'm


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar maqsadi

 

 

Slayd 1

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari.

Slayd 2

Reja:
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish.
Fan to‘garaklari va klublar faoliyati

Slayd 3

Hozirgi davr talabi maktabdagi o‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan pedagogik jamoa oldiga juda katta vazifalar qo‘ymoqda. Maktab yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirishi, g‘oyaviy, siyosiy jihatdan chiniqtirishi, yuksak axloqiy fazilatlarga ega qilishi, mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlashi lozim. Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol o‘ynaydi. Chunki u bir sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi. Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi.

Slayd 4

O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqish va qobilyatini o‘stirish, har bir o‘quvchining individual-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o‘quvchining sog‘lig‘ini mustahkamlashga ham alohida e’tibor beradi.

Slayd 5

Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltirib turadi. Ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini hamda maktab miqiyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.

Slayd 6

Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchilarga nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.

Slayd 7

Ko‘rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin, sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatdan andoza oladigan shaxs bo‘lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida rol o‘ynaydi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g‘oyaviy ishonchiga va siyosiyligining darajasiga bog‘liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam egallab borishi bilan o‘zining bilimini, ongini oshiradi.

Slayd 8

Sinf rahbarlaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo‘lish, ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o‘zi bolalarni tarbiyalamoqchi bo‘lgan g‘oyaviy-axloqiy barkamollikka mos bo‘lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko‘pchiligiga asosiy sabab, bolaning oldiga qo‘yilayotgan talablar tarbiyachi xarakterida hamisha ham namoyon bo‘lavermasligidadir. Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko‘rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ qobilyatga ega bo‘lishi, ro‘y berayotgan voqea va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog‘lab baholashgina emas, balki ro‘y berishning sababiga qarab hukm chiqarish qobilyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Sinf rahbari maktabdagi eng yetuk pedagog hisoblanib, u bajaradigan mehnatining o‘lchovi, chegarasi yo‘q.
Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.

Slayd 9

Oilada muomalasi qo‘pol, o‘zboshimcha, maktabda esa o‘zini xushmuamala, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil sabab va to‘g‘ri javobni topish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Demak, sinf rahbari va ota-onalarning maqsadlari bir xil bo‘lsa ham, ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala munosabatlari qarama-qarshiliklarsiz bo‘lmaydi. Sinf rahbarining faoliyati kamol topayotgan kishi shaxsini tarkib toptirishga qaratilgandir. Bu faoliyatning natijalari tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, xarakter va xulq-atvorida o‘z aksini topadi. Tarbiyachi pedagog nimaga intilayotgani ravshan va aniq tushunilmagan joyda tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish bo‘lmaydi, balki tarbiyada o‘tkaziladigan ish tasodifiy tusga ega bo‘lib, buning uchun ajratilgan vaqtni to‘ldirish uchungina olib boriladi.

Slayd 10

Tug‘ilib o‘sgan joyiga, O‘zbekiston Respublikasiga yuksak muhabbat tuyg‘ularini, uning tabiati va kishilar haqida, Vatanning himoyachilari va mehnat qahramonlari to‘g‘risida, ota-bobolarimiz, ularni dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalari to‘g‘risida ko‘proq bilishga intilishni tarbiyalash.

Slayd 11

Bolalarda o‘rtoqlik tuyg‘usini, boshqalarga yordam ko‘rsatish ishtiyoqini, umumiy foyda yo‘lida birgalikda faoliyat ko‘rsatishga intilishni tarkib toptirish.
Bolalar o‘rtasida, o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rag‘batlantirish, soxta o‘rtoqlik ko‘rinishlariga qarshi kurash olib borish lozim.

Slayd 12

Bolalarda kishilarga to‘g‘ri munosabatni, keksalar, bemorlar, nogironlarga nisbatan e’tibor va g‘amho‘rlikni, xushfe’l va batartib, kamtar va haqgo‘y bo‘lishni tarbiyalash.

Slayd 13

Oila haqida umumiy ma’lumot: oila tarkibi, kattalarning ish joyi, kasbi, oilaning moddiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi, uy-joy sharoiti.
Oilaning madaniy darajasi: oila a’zolarining ma’lumoti, oilaviy kutubxona bor-yo‘qligi, qanday matbuotga yozilishi, an’analari va oilaviy bayramlar.

Slayd 14

Bolaga oiladan tashqarida ko‘rsatilayotgan ta’sirlar va ota-onalarning ularda munosabati, o‘rtoqlari, hovli, ko‘cha, qo‘shnilar, ota-onaning tanishlari, qarindoshlar va boshqalar.

Slayd 15

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 16

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar maqsadi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar