Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar maqsadi 2

4000 so'm


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar maqsadi 2

 

 

Slayd 1

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari.

Slayd 2

Reja:
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkilqilish usullari.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakli va uslublari
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchining ish metodikasi

Slayd 3

Tezkor savollar
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish usullarini aniqlang?
O’quvchilarni o’rganishda sinf rahbarining ish faoliyati nimadan iborat?
Maktabdagi o’quvchilarni pedagogik psixologik o’rganishda sinf raxbarining ish usullari nimalardan iborat?
4. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish usullari nima?
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarga qanday ta’sir ko’rsatadi?

Slayd 4

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo’sh vaqtlarida o’quv-tarbiya jarayonini to’ldiradi. U o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligani oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o’ziga xosligi shundaki, to’garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o’smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish formalaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni tanlab olishadi, ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.

Slayd 5

«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993 yilda tasdiqlangan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ishlab chiqiladi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o’qituvchining yo’naltiruvchi ta’siri ostidagi o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o’tkaziladigan mustaqil mashg’ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda ta’limning moddiy bazasi: qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, ko’rgazmali qo’llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko’zda tutiladi.

Slayd 6

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish usullari.
O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega bo’lishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmokda.
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida»gi farmonida ko’rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.

Slayd 7

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg’armalar, qo’mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.
Maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari xilmag’xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish formalaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.

Slayd 8

Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
Pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro xurmat munosabatlarini shakllanganlikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish;
Ulg’ayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur.

Slayd 9

Og’zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislr, ertalabki yig’inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferensiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og’zaki gazetalar, radiojurnallar.
Amaliy ish olib borish usullari, turli joylarga sayyohatlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar to’garaklari, shanbaliklar.
Ko’rgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko’rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishlari lozim.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar – o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashini to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi.

Slayd 10

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakli va uslublari.
Fuqarolik faoliyati o’z davlati oldidagi huquq va burchlarini tan olishni, jamiyat belgilagan yashash va axloq me’yorlariga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, ma’naviy yetuklikni barqaror etadi:
Islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosati yurituvchi;
Siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatning ichki va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilish. Vatanparvarlik va baynalmilallikni his etish, ijtimoiy siyosiy hayotda faol qatnashishga shay turish;
Xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni qonunchilik tamoyillarini, o’zining Vatan, mahalla, oila oddidagi huquq va burchlarini bilishi, ularga qat’iy amal qilishi. Qonunchilikning buzilishiga murosasiz munosabatda bo’lish;za etishga ko’maklashadi.

Slayd 11

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.

Slayd 12

Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
Pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro xurmat munosabatlarini shakllanganlikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish;
Ulg’atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur
Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin:

A) fan to’garaklari;
B) mohir qo’llar to’garaklari;
V) duradgorlik to’garaklari;
G) sport to’garagi;
D) badiiy havaskorlik to’garagi.

Slayd 13

Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishish qiyin.
Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishga bog’liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi.
Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi.

Slayd 14

Sinfdan va maktbdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchining ish metodikasi.
O’quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o’zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko’p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog’liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog’lanishiga zamin yaratadi.

Slayd 15

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish
O’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish
Umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.

Slayd 16

O’quvchi atrofini o’rab turgan vositalar, yaxshi-yomon odatlar, o’kituvchilar, maktabning muhiti, o’quvchilar tarbiyasini to’g’ri, ongli ravishda o’rganish va qabul qilish. Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin:
To’garak turlari:
Fan to’garaklari
Mohir qo’llar
Duradgorlik
Sport musobaqalari
Badiiy havaskorlik
Ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.

Slayd 17

Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to’garak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak. To’garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so’nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish o’rin tutadi. To’garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo’lishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilish kerak.

Slayd 18

Maktabdan tashqari ta’lim o’qishlariga, hohishlariga asoslangan holda darsdan bo’sh vaqtlarda o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha to’garak qatnashchilariga talablar qo’yilishi kerak:
Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;
Estetik ta’lim;
Sayyohli yo’nalishi bo’yicha to’garaklarga qatnashish
Ekologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha to’garaklar;
O’quvchilarni ma’naviy axloqiy yo’nalishi bo’yicha;
Xuquqiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha;
Texnik ijodkorlik yo’nalishi bo’yicha;
Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar;
Iqtisodiy ta’lim.

Slayd 19

Xulosa
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg’armalar, qo’mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.

Slayd 20

Maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari xilmag’xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish formalaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.

Slayd 21

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 22

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar maqsadi 2” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar