Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari
4000 so'm

Slayd 1
Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari
Slayd 2
Reja:
Psixologiya fanining tamoyillari
Psixologiya fanining asosiy metodlari
Psixologiya fanining tarmoqlari
Slayd 3
Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo’lgan talab-ehtiyoj juda kuchayib ketdi. Yoshlar ma’naviyatini boyitish uchun ularning dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman olganda ongini o’stirish zarur. Buning uchun eksperimental ishlarni kuchaytirishi, ta’lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida qayta qurishi lozim. Hozirda Respublikamiz universitetlarining psixologiya bo’limlari, kafedra, laboratoriyalari ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi. Mazkur muassasalarda psixologik tadqiqotlar o’tkazilib, psixik jarayonlar, holatlar, shaxsning individual xususiyatlari, hissiy-irodaviy sohasiga doir nazariy va amaliy bilimlar ho’lga kiritildi. Ayniqsa, fan sohasida tadqiqotlar shu darajada ko’paydiki, ular ma’lum qonun qoidaga tayanishi lozim. Shu bois olib borilayotgan izlanishlarga asos bo’lishi uchun tamoyillar ishlab chiqildi. Shunga ko’ra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha:
Determinizm tamoyili;
Ong va faoliyat birligi tamoyili;
Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili
Slayd 4
Determinizm – Psixika hayot sharoiti bilan bog‘liqligini anglatib, tashqi sharoitlar o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
Ong Va Faoliyat Birligi. Ong va faoliyat bir butunlikni tashkil etmaydi. Ong inson faoliyatini ichki rejasini tuzib beradi.
Psixika – Ongni Faoliyatda Rivojlanishi Psixikani to‘g‘ri tushunish mumkin bo‘lsa psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to‘g‘ri tushunish, hamda tushuntirib berish mumkin.
Tamoyil – ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm tamoyiliga ko‘ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi.
Psixologiyaning asosiy tamoyillari
Slayd 5
Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko’ra, ong va faoliyat bir-biriga qaramaqarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulqatvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o’rganish orqali xatti-harakatlardan ko’zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya’ni psixikani ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi. Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko’ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to’g’ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L. S. Vigotskiy, S. L. Rubinshteyn, V. M. Teplov kabi psixologlar ishlarida o’z aksini topgan. L. S. Vigotskiy ta’lim psixikani rivojlantirishga yo’naltirishini, P. P. Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida o’yinlar bilan o’spirinlik yoshida o’qish bilan bog’liq tarzda Psixologiyaning Asosiy Tamoyillari – Determinizm -Psixika hayot sharoiti bilan bog’liqligini anglatib, tashqi sharoitlar o’zgarishi bilan o’zgaradi. Psixika – Ongni Faoliyatda Rivojlanishi Psixikani to’g’ri tushunish mumkin bo’lsa psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to’g’ri tushunish, hamda tushuntirib berish mumkin – Ong Va Faoliyat Birligi. Ong va faoliyat bir butunlikni tashkil etmaydi. Ong inson faoliyatini ichki rejasini tuzib beradi. Rivojlanishini tahlil qildi.
Slayd 6
S. L. Rubinshteyn «Ong faoliyatda paydo bo’lib, faoliyatda shakllanadi» degan edi. Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari Malumki, har qanday fan o’z predmetiga ega. Psixologiyaning predmeti psixika bo’lib, u obektiv olamni psixik hodisalar asosida aks ettirib, yuzaga kelgan va shakllangan obraz subekt faoliyatini, xulq-atvorini maqsad sari yo’naltiradi. Bundan tashqari har qanday fan qandaydir hodisa qonuniyatlarini bilish uchun malum bir metodlardan foydalanadi. I. P. Pavlov «Metodning qo’lida tadqiqot taqdiri yotadi» degan edi. Metodlar tizimi fanning umumiy metodologiyasiga birlashadi. Metodologiyani keng manoda oladigan bo’lsak, u malum tizimga ega bo’lgan va bilimlarni izlab topishga qaratilgan, mantiqan ketma-ketlikka ega bo’lgan metodlardir.
Slayd 7
Ko’pchilik olimlar bu atamani ilmiy metod tushunchasiga mos tarzda tushunadilar va foydalanadilar, metodologiya faqat ilmiy tarzda qabul qilinishi deb takidlaydilar. Metodologiya (yunoncha methodes – bilish, tadqiq qilish, izlanish yo’LI, logos – tushuncha, talimot) amaliy faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tamoyillari, usullari tizimi hamda ushbu tizim haqidagi talimotdir. Metodlar – psixologiyani o’rganish usullari va yo’llari yig’indisi, «Metod» bu bilish, anglash yo’LI bo’lib, bu usul orqali fanning predmeti aniqlanadi. (S. L. Rubinshteyn) Shuni alohida takidlash lozimki, psixologik tadqiqotlarning tashkil etilishiga va o’tkazilishiga malum bir talablar qo’yiladi. Ular quyidagilardir: Tadqiqotlarni rejalashtirish. Metod va metodikalarni tanlash va ularni sinab ko’rish. Tadqiqotni o’tkazish joyi. Tadqiqotni texnik jihozlash. Tadqiq qilinuvchilarni tanlash. Tadqiqotchi, shubhasiz, tadqiqotning borishiga tasir etadi va tadqiqotni rejalashtirishdan to xulosa va tavsiyalar chiqarishga qadar ma’suliyatni his qiladi va bu muhim ahamiyatga ega. Ko’rsatma – u aniq va qisqa bo’lishi lozim. Tadqiqot qoidasi bayonnoma to’liq va maqsadga yo’nalgan bo’lishi kerak. Tadqiqot natijalarini qayta ishlash
Slayd 8
IV
Natijalarni sharhlash va xulosalarni ifoda etib berish.
III
Tadqiqot natijalari son tahlili. O’rtacha kattalikni, korrelasiya koeffisentini aniqlash, ishlab chiqish va boshqalar. Grafiklarni tuzish
II
Xulosalarning to’g’riligini isbotlash. Buning uchun turli metodlardan foydalaniladi.
I
Tayyorlov bosqichi – ilgari surilgan vazifalarni o’rganish, farqlarni aniqlash. Tadqiqot vazifalari va ilmiy farazini belgilash, metodikalarini ishlab chiqish.
Tadqiqot murakkab jarayon bo’lib, uning o’z bosqichlari va pog’onalari mavjud. Psixologik tadqiqot bosqichlarini quyidagi sxemada ko’rish mumkin
Shuningdek, ayrim adabiyotlarda psixologik tadqiqot bosqichlari quyidagicha ifodalanadi.
Slayd 9
Har bir fan taraqqiyotining asosiy sharoitlaridan biri uning malum darajada mumkin qadar obektiv, aniq ishonchli uslublarga ega ekanligidir. Metod – uslubning manosi biror narsaga borish yo’LI demakdir. Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilishda metodlarning turli tasnifi mavjuddir. Tadqiqot metodlarini ilmiy jihatdan tahlil qilgan rus psixologi B. G. Ananev mazkur metodlarni xususiyatlariga qarab klassifikasiya qilgan. B. G. Ananev psixikani o’rganish metodlarini turli guruhga ajratib, o’rgangan: A) tashkiliy guruhga – qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi; B) emperik guruhga kuzatish, eksperiment, suhbat, so’rovnoma, test, faoliyat mahsulini o’rganish metodi, biografiya, sosiometriya; V) natijalarni qayta ishlash yoki statistik metodlar; G) sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi. B. G. Ananev tomonidan ajratilgan klassifikasiyaga ko’ra, tadqiqot ishlarida foydalaniladigan asosiy metodlar emperik guruh metodlari hisoblanadi. Shunday bo’lsada boshqa guruh metodlariga ham qisqacha to’xtalib o’tamiz. Tadqiqot metodlarining birinchi tashkiliy guruhi o’z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi.
Slayd 10
Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiyada katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o’zaro taqqoslash uchun, medisina psixologiyasida – sog’lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash maqsadida, sport psixologiyasida sportchilarning holati, o’quvliligini va ishchanligini o’zaro taqqoslash maqsadida foydalaniladi. Qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari shaxs xususiyatlari, bilimlarni o’zlashtirish, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o’ziga xosligini o’rganishda qo’llaniladi. Psixologlardan L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, A. A. Smirnov, B. G. Ananev, D. B. Elkonin, P. Galperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go’daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o’smirlik, o’spirinlik yosh davrlarini o’zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan. Longityud metodining boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o’n yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan nemis psixologi V. Shtern, fransuz psixologi R. Zazzo, rus psixologlari N. A. Menchinskaya, A. N. Gvozdev, N. S. Leytes, V. S. Muxina va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar.
Slayd 11
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima- Zuhra yoki aralash jinsli Hasan – Zuhra, Fotima- Husan) egizaklar kuzatilgan. Longityud metodi yordamida sub’ektiv omillarning o’ziga xosligini ob’ektiv shart – sharoitlari va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri o’rganiladi. Chunonchi egizaklarning o’xshashligi va tafovuti, ta’sirlanishi, his-tuyg’uni o’zgarishi kishilar o’rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazo) bo’yicha ma’lumotlar olish longityud metodi orqali amalga oshiriladi. Kompleks metodi yordamida o’rganilgan ob’ektdagi o’zgarishlar turli nuqtai – nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o’zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo’lsa, kompleks yondashish ta’sirida ana shu o’zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o’rganish, uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlash bo’lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo’linadi. Ilmiy tadqiqot metodlarini sharhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqot davomida tugallangan ma’lumotlar yaxlit holda, maqsadga muvofiq tarzda sharhlanadi.
Slayd 12
Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlarning rivojlanishi, faoliyat va bilish jarayonlarining o’zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta’rif va tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon bo’lish davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, holatlarga qo’shimcha sharhlar berish imkoniyati tug’iladi. Genetik metodga asoslanib psixik o’zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bog’liqligi ildizi aniqlanadi. Donalash metodi tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o’zgarishlardagi o’ziga xoslik, o’zaro aloqa, o’zaro ta’sir va uyg’unlikning o’zaro bog’lanishlari o’rganiladi. Jumladan, inson xulqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir paytda, birgalikda tadqiq qilinishi bunga yorqin misoldir. Bunda har bir bilish jarayonining usuli ifodalanadi yoki uning ahamiyati alohida ta’kidlanadi, ularning o’zaro bog’liqligi asoslab beriladi.
Slayd 13
Empirik metodlar guruhi o’z navbatida ikkiga, ya’ni asosiy va yordamchi metodlarga bo’linadi. Asosiy metodlarga kuzatish va eksperiment metodlari kirsa, yordamchi metodlarga suhbat, so’rovnoma, test, sosiometriya va faoliyat natijalarini tahlil qilish kabi metodlarni kiritish mumkin. Kuzatish metodi – ikki xil bo’lib, ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: a) kuzatishning maqsad, vazifasi belgilanadi; b) kuzatilayotgan ob’ekt tanlanadi; v) tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; g) kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi; d) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’qish, o’yin, mehnat, sport) amalga oshirilishi aniqlanadi; e) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tanlanadi; y) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon) tayyorlab qo’yiladi. Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, asab tizimining tashqi ifodalari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati kabilar o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi.
Slayd 14
Tajriba yoki eksperiment metodi – o’z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy tajriba metodlarining ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A. F. Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan. U kichik maktab yoshidagi bola shaxsining shakllanishini o’rganish maqsadida ushbu metodni qo’llagan. Tabiiy metoddan ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o’qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o’zgarishlari, o’zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammo-larini hal qilish jarayonida foydalanish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishdan sinaluvchilarning o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish, kundalik mehnat doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Slayd 15
Tabiiy eksperiment metodi sirtdan kuzatish metodidan keskin farq qiladi. Sirtdan kuzatish metodida biror psixik jarayon kuzatilayotgan kishi o’sha jarayon qanday yuz bersa, shu holicha tekshiraveradi, lekin bu jarayonning namoyon bo’lishiga aralashmaydi, ya’ni psixik jarayonni yuzaga keltiruvchi sharoitni o’zgartirmaydi. Tabiiy eksprement metodidan foydalanganda esa tekshiruvchi o’rganilayotgan biror psixik jarayonni o’zi vujudga keltiradi, lekin uni tekshirilayotgan odam uchun tabiiy bir sharoitda va unga sezdirmasdan o’tkazadi. Laboratoriya (klinika) eksperimenti metodining (1879 yili V. Vunt kiritgan) asosiy xususiyati, shundan iboratki bunda o’rganilishi lozim bo’lgan psixik jarayonlarning (masalan idrok, diqqat,xotira kabi) qanday sharoitda qachon yuz berishini kutib o’tirmasdan tekshiruvchi kishi (eksperimentator) sinalayotgan odamda shu jarayonlarni maxsus tarzda ishga soladi. Bundan tashqari laboratoriya eksprementi sharoitida eksperimentator o’rganayotgan har bir psixik jarayonni hohlagan marta, ya’ni takror-takror yaxshilab sinab ko’rishi mumkin. Bu murakkab psixik jarayonlarning tabiatini o’rganishda katta qulaylik tug’diradi. Birinchidan, istalgan psixik jarayonni hohlagan paytda yuzaga keltirish vaqtni tejash imkonini bersa, ikkinchidan har bir psixik jarayonni takror-takror yuzaga keltirib, sinchiklab o’rganish bu jarayonlarning qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Slayd 16
Hozirgi kunda odamdagi ayrim psixik jarayonlarning yuz berish tezligini, diqqatning barqarorligi va kengligini, xotiraning xususiyatlarini uquv hamda malakalarning qonuniyatlarini aniq va puxta tekshira oladigan ko’plab maxsus asboblar mavjuddir. Masalan, elektron xronoskop orqali ayrim psixik (aks ettirish, ko’rish, eshitish, hid bilish, teri sezgilari kabi) jarayonlarning yuzaga kelish tezligini aniq o’lchash mumkin. Elektron taxistoskop orqali diqqatning xususiyatlarini belgilash mumkin, perseptometr orqali idrok qilish xususiyatlarini o’rganish mumkin, audiometr orqali eshitish xususiyatlarini o’rganish mumkin va boshqalar. Umuman, hozirgi kunda texnikaning ildam taraqqiyoti munosabati bilan laboratoriya eksprementining imkoniyati ortib bormoqda. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, laboratoriya eksperimenti metodi bilan turli yoshdagi insonlarningg psixik jarayonlari o’rganiladigan bo’lsa eksperimentni tayyorlash va o’tkazishda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Slayd 17
Psixik jarayonlarning moddiy, ya’ni nerv-fiziologik asoslarini ham laboratoriya eksprementi yordami bilan tekshiriladi. Psixik jarayonlarning nerv fiziologik asoslarini aniqlashda akademik I. P. Pavlovning shartli reflekslar metodi juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bu metod bolalarning o’sishini tekshirishda hamda birinchi va ikkinchi signallar tizimlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tekshirishda keng qo’llanilmoqda. Laboratoriya eksperimenti metodi eng aniq metod sifatida psixologiya fanining taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega. Lekin labarotoriya eksperiment metodining ham ma’lum kamchiligi mavjud. Bu kamchilik shundan iboratki, laboratoriya sharoitida o’tkazilayotgan tekshirish hech vaqt ma’lum sun’iylikdan xoli bo’lmaydi. Tekshirilayotgan odamga hech narsa deyilmasa ham, bari bir laboratoriya sharoitining o’zi tekshirilayotgan odamning tabiiy psixik holatiga ta’sir qiladi. Binobarin, bu narsa o’z navbatida tekshirish natijalariga salbiy ta’sir qiladi. Ana shuni nazarda tutib laboratoriya eksprementi yordami bilan qo’lga kiritilgan natijalarni ba’zan boshqa metodlar yordami bilan tekshirib ko’rish lozim bo’ladi. Labaratoriya eksperimenti metodi maxsus xona va turli asboblar bilan bog’liq bo’lganligi sababli bu metoddan ayrim sharoitlarda foydalanish imkoniyati bo’lmaydi. Shuning uchun psixologiya fanida laboratoriya eksprementi bilan bir qatorda tabiiy eksprement metodidan ham keng foydalaniladi.
Slayd 18
Suhbat metodi bilan inson psixikasini o’rganishda foydalanildi. Uning maqsadi va vazifasi belgilanadi. Suhbatning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzu o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi ma’lum bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risidagi ma’lumotlar olinadi. Suhbat chog’ida o’zaro izchil bog’langan savollar beriladi. Suhbat metodidan to’g’ri foydalanish va undan kutiladigan natijaga erishish suhbat o’tkazish uchun puxta tayyorlanishga bog’liqdir. Suhbat metodi quyidagi shartlarga rioya qilishni talab etadi. O’tkazilgan suhbatning mavzusi va mazmuni sinaluvchining taraqqiyot darajasi hamda yosh xususiyatlariga mos bo’lishi kerak. Suhbat paytida sinaluvchilarga berilgan savollar mazmunan yaxshilab o’ylab olinishi lozim. Suhbat paytida berilgan savollarga «ha», «yo’q» kabi qisqa tarzda emas, balki batafsil javob olishga erishish kerak. Sinaluvchilar zerikib yoki toliqib qolmasliklari uchun suhbat qaddan tashqari cho’zilib ketmasligi lozim. Suhbat metodining yuqorida ta’kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Takrorlangan so’zlar, «g’aliz» iboralar nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarliligi, muvaffaqiyatsizlikka sabab bo’ladi. Shuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi sinaluvchida o’ziga xos ishlash uslubi oshkoralikning yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi.
Slayd 19
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 20
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.