Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi

4000 so'm


Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi

 

 

Slayd 1

Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi.

Slayd 2

Reja:
Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari
Psixologiyaning asosiy muammolari
Psixologiya fanining tarixi
Psixologik bilimlarning rivojlanish bosіshchlari.
Psixologiya fanining yirik ilmiy yunalishlari va maktablari O‘zbekistonda
Psixologiya fanining rivojlanish tarixi

Slayd 3

Psixologiyaning predmeti. «Psixologiya» so’zi ikkita grek so’zlaridan — «psyche» — jon, ruh va «logos» — ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, xodisalar, xolatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya boyicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika — bu inson ruhiyatining shunday xolatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador xodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda roy berayotgan obyektiv xodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan xolda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi.

Slayd 4

Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va xodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda roy berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti — xarakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o’xshash xolatlar psixologiya o’rganadigan xodisalar va xolatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli xodisalardan farq qiladi. Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin. Psixologiya konkret fan sifatida psixik faoliyat qonuniyatlarini, uning roy berishi mexanizmlari va omillarini o’rganuvchi fandir.

Slayd 5

Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta’limtarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini – shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi. Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va xodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu xodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro birbirlari bilan bog’liq va umumiy qonuniyatlar va printsiplarga boysunadi. Psixik jarayonlarning namoyon bo’lish shakllari, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar aks ettirilgan. Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o’ziga xos usullari mavjud. Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin.

Slayd 6

Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko’zguning aks ettirishi, suvdagi ta’sir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo’lib, ong va o’zinio’zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ob’ektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi; 2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; 3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi. 4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi. Psixologiya oliy o‘quv yurtlarda o‘quv predmeti va fan sifatida o‘rganiladi. O‘quv predmeti sifatida ta’lim muassasi o‘quv rejasiga kiritilgan bo‘lib, talabalarning umumkasbiy tayyorgarligiga yo‘naltirilgan o‘quv fanlari tizimidan joy olgan, uni o‘rganish uchun ma’lum o‘quv soatlari ajratilgan va turli shakldagi mashg‘ulotlar: ma’ruza, seminar va laboratoriya-amaliy, shuningdek, nazorat ishlari va imtihonlar ko‘zda tutilgan. Psixologiyani fan sifatida o‘rganish bilan uning qanday fan ekanligi, xususiyatlari va nimalarni o‘rganishi haqida bilimlarga erishiladi. Psixologik bilim va malakalarni o‘zlashtirish talabalarga atrofdagi odamlarni ular bilan muloqot amaliyotida, munosabatlarda, o‘zaro hamkorlik faoliyatida bilish uchun; ularning fikri, maqsadi, kechinmalari, qiziqish va qobiliyatlari, ehtiyoj va motivlari va h. k. larini bilish va qo‘llash uchun zarurdir.

Slayd 7

Har bir fanning asosi – maishiy tajriba. Masalan, fizika jismlarning harakati va pastga tushishi, yorug‘lik va tovush, issiqlik va yana ko‘plab boshqalar haqidagi bilimlarga tayanadi. Falsafa, iqtisod, jamiyatshunoslik va, albatta, psixologiya ham o‘z boshlang‘ich manbalarini kundalik hayotdan oladilar, chunki har birimiz bitta ham adabiyotni o‘qimay turib va oliygohning psixologiya fakultetida tahsil olmasdan inson psixologiyasining ba’zi tomonlarini tushuntirib bera olamiz deb hisoblaymiz. Kundalik maishiy bilimlar aniq bo‘lib, haqiqiy vaziyatlarga bog‘liqdir, ilmiy psixologiya esa asosli umumlashtirishga intilgani uchun nazariy tushunchalardan foydalanadi va tekshirilgan ma’lumotlarga tayanadi. Ular ichki fahm xususiyatiga ega bo‘lgani uchun amaliy ruhshunoslarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etadi. Ilmiy psixologik bilimlar umumlashtirilgan,maqsadga muvofiq va anglangan bilimlardir. Kundalik maishiy bilimlar chegaralangan bo‘lgani uchun qiyinchilik bilan o‘tkaziladi, ilmiy psixologik bilimlar esa to‘planadi va o‘tkaziladi, shuning uchun doimo kengayib boraveradi. Maishiy psixologiyada bilimlarga ega bo‘lish metodi sifatida kuzatish va mulohaza yuritish qo‘llaniladi. Ilmiy psixologiyada ularga tajriba metodi ham qo‘shiladi.

Slayd 8

Psixologiya – ruhni o’rganadigan fan (mill. avv. 6 asr-16milodiy). Qalbni mavjudligi tufayli har doim hayotdagi tushunarsiz hodisalarni tushuntirib berishga harakat qilinib kelingan. Boshlang’ich tushunchalar animistic xarakterga ega bo’lgan , ya’ni har bir jism o’z ruhi bilan ajralib turgan deb tushinilgan. Jonlilikda hodisalarning va harakatlarning sabablari ko’rib kelingan. Aristotel barcha organik jarayonlarda psixologiya tushunchasini kiritgan, shuningdek o’simlik, hayvonot va ongli mavjudotlarni belgilab chiqqan. Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko‘rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o‘lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko‘r-ko‘rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko‘pincha nafas bilan bog‘lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar. Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o‘zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar «animizm» deb ataladi.

Slayd 9

Animizm so‘zi –anima «jon» degan ma’noni anglatadi. Jon o‘z mohiyatiga ko‘ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta’kidlangan. Platonning «ideyalar tug‘ma bo‘ladi» degan g‘oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shdi. Platon ta’limotiga ko‘ra «ideyalar» mohiyati abadiy va o‘zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo‘lib, ularni odam ko‘zi bilan ko‘ra olmaydi. Platon psixologiyada «dualizm» oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm so‘zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma’noni anglatadi. Dualizm ta’limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi.

Slayd 10

Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384- 322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning «Jon haqida» asari o‘sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani o‘z mazmunini batamom o‘zgartirgan. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib ruh va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko‘ra, jon qismlarga bo‘linmaydi, lekin u faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar o‘simlik uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlarga, to‘rtinchisi esa insonlar uchun xosdir. O‘simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta’limoti bilan Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo‘lishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o‘zining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to‘g‘risidagi nazariyani ilgari surdi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g‘oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo‘lib hisoblanadi.

Slayd 11

Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588- 1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta’kidladi. Uning negizida – epifenomalizm (yunoncha eri – o‘ta, rhainominon – g‘ayritabiiy hodisa) vujudga keldi, ya’ni psixologiya tanadagi jarayon-larning soyasi singari ruy beradigan ruhiy hodisalar to‘g‘risidagi ta’limotga aylandi. Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta ko‘lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U determinizm (lotincha demmerminara – belgilayman) tamoyilining, ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanligi haqidagi ta’limot targ‘ibotchisi edi. XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnits (1646-1716) ning ta’limoti matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishiga ta’sir etgan edi. Psixika hayot manzarasi arifmetik yig‘indi tariqasida emas, balki integral tarzda namoyon bo‘ladi. Leybnits tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi g‘oyasiga tayangan holda persepsiya (bevosita ongsiz idrok)ni appersepsiyalar diqqat va xotirani o‘z ichiga olgan anglangan idroklardan farqlagan edi. Leybnits psixologiyaga psixikaning faolligi tabiati va uzluksiz rivojlanishi hamda psixikaning onglilik va ongsizlik ko‘rinishlari o‘rtasidagi murakkab nisbat haqidagi g‘oyani olib kirdi.

Slayd 12

Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy fan sifatida u ikki ming yil avval paydo bo‘lgan. Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, Misr, Bobil, Yunoniston)da falsafa bag‘rida paydo bo‘lgan va jamiyatdagi amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi. XIX asrning 70-80-yillarida psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 1879 yilda Leypsig shahrida dunyoda birinchi bo‘lib eksperimental psixologik laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V. Vundt tan olingan. Bunga mos ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo‘lib hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida sezgilar va ta’sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa – assotsiatsiyalar (G. Ebbingauz), diqqat (Dj. Kettel), hissiy holat (U. Djeyms, T. A. Ribo), ong va iroda (Vyursburgskaya shkola, A. Bine) xizmat qildi. XX asrning birinchi yarmida amaliy psixologiyaning ko‘plab maxsus bo‘limlari yuzaga keldi – bu mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi va boshqalar, shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko‘plab maxsus sohalari – psixofiziologiya, oila, yosh, differensial psixologiya va boshqalar ajralib chiqdi. Ilmiy amaliy psixologiya turli yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanib bordi, inqiroz ma’lum darajada bartaraf etilgan bo‘lsada, ko‘plab masalalar hal etilmagan edi.

Slayd 13

XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilob psixologiyaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Fanda matematika, kibernetika, informatika nazariyalari metodlari, shuningdek, elektron-hisoblash texnikasi kengroq qo‘llanila boshladi. Psixologiya tibbiyot va biologiya sohalaridagi eng so‘nggi yutuqlardan faol tarzda foydalana boshladi. Shunday qilib, psixologiya rivojlanish yo‘lida uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan holda, o‘rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o‘zgartirib bordi. L. D. Stolyarenko psixologiyaning fan sifatidagi rivojlanishini to‘rt bosqichga ajratadi. Birinchi bosqich. Psixologiya – ruh haqidagi fan (Arastu). Psixologiyaning bunday ta’rifi ikki ming avval keltirilgan edi. Ruhning mavjudligi bilan inson hayotidagi barcha noma’lum hodisalarni tushuntirib berishga urinar edilar. Ikkinchi bosqich. Psixologiya – ong haqidagi fan (R. Dekart, B. Spinoza, D. Lokk, G. Leybnits, D. Gartli). XVII asrda tabiiy fanlar rivoji bilan yuzaga keldi. Fikrlash, sezish, xohishga bo‘lgan layoqat ong deb ataldi. O‘rganishning asosiy metodi bo‘lib, insonning o‘zini kuzatishi va voqelikni bayon etishi hisoblanar edi. Uchinchi bosqich. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda paydo bo‘ldi (D. Uotson, E. Torndayk). Psixologiyaning vazifalari – tajribalar qo‘yish va bevosita ko‘rish mumkin bo‘lganlarni, aynan, insonning xulq-atvori, harakatlari, ta’sirlanishga javoblarini kuzatish (harakatlarni keltirib chiqaruvchi motivlar hisobga olinmas edi). To‘rtinchi bosqich. Psixologiya ob’ektiv qonuniyatlarni, psixikaning faoliyat va ifodalanish mexanizmlari, shuningdek, faktlarni o‘rganuvchi fan sifatida.

Slayd 14

Psixologiya fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari (biologik, evolyusion, genetik, bixeviorizm, kognitiv, ijtimoiy -madaniyat). Psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni o‘z ichiga qamrab olib, bu davrlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan tadqiqot ishlarini samarali bo‘lishi uchun fan doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Bu boradagi ishlar Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yo‘nalishlari namoyondalari tomonidan ilgari surildi. XX asr boshlarida bixeviorizm, freydizm yo‘nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm yo‘nalishi hayvonlarda o‘tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo‘lib, uning namoyondalari E. Torndayk va Dj. Uotsonlar hisoblanadi. «Bixeviorizm» ingliz tilida «hulq-atvor» degan ma’noni bildiradi. Bu oqim psixika va ongni inkor qilib, hulq bilan tashqi muhit o‘rtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladi. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (qo‘zg‘atuvchi), ya’ni sezgi a’zolariga ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchiga o‘q otish, unga qanday javob reaksiyasi bo‘lishini, yoki bunday reaksiyani qanday stimul tug‘dirishini oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi «S -> R» dir. Freydizm yo‘nalishiga venalik psixiatr Z. Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga ko‘ra hayvonga o‘xshaydi. Odamning xulq-atvori va xarakatlari ikkita tamoyilga: rohatlanish va reallik tamoyiliga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi Z. Freyd o‘zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta’limotga aylantirib, g‘arb mamlakatlarida katta e’tibor qozondi.

Slayd 15

Identifikator inson shaxsiyatining eng chuqur va kam ma’lumotga ega bo’lgan qismidir. U hech qanday realikka ham, qoidalarga ham ega emas. Psixologiyani rivojlanishi, tarixiy tasvirlanishi. Ruhiyatning super ego etik ahloqiy qismi. Bu ideallik va haqiqiy reallik haqida o’ylamaslik. Mukammallik bu uning maqsadi, lazzatlanishni qidirish yoki vayron qilish emas. Barcha harakatlar Freydning fikricha id , ego , va super –ego o’rtasidagi dinamik muvozanat tomonidan tushunarli bo»lishi mumkin. Idning talablari o’zining muhtojlarini va appetiteni qoniqtirish bilan birga , o’sha vaqtda ikkalasini tichlantiradi. Voqeylik nuqtayi nazari tomonidan identifikatorni boshqarish va super egoni tinchlantirish uchun. Yaxshi tartibdagi inson o’z egosi tomonidan boshqariladi , nevroz ayb xissidan tashvishlangan , uning super egosida chiqayotgan ; uning idi telbalik. «Psixik tahlilning maqsadi muvozanatni tiklashdan iborat: Qayerda bo’lgan bo’lsa o’sha yerda bo’lishi kerak». ( Freyd 1935). Psixo- seksual rivojlanish : Freyd ko’rsatmasiga muvofiq jinsiy aloqa – hayot biror ish qilish yoki hayotdagi fundamental maqomdir. Jinsiy aloqa faqatgina kattalarga xos emas. Bolalarham boshidan jinsiy aloqa xohishida bo»lishadi. Bola bir necha turli hil psixo-seksual quyidagi bosqichlardan o’tadi.

Slayd 16

A) Oral bosqich: Freyd boyicha og’iz bolaning rohtlanishi uchun birinchi jinsiy organ xisoblanadi. Avvaliga onaning ko’krgidan yoki butilkadan rohatlanadi. Keyin uning o’rniga konfet, tayoqcha yoki o’z barmog’ini so’rish orqali rohatlanadi. B) Anal bosqich: Bu yoshda bolaning qiziqishlari og’iz bo’shlig’I va tarqtish a’zolari bilan qo’shilib ketadi , yaniy anus yoki uretra. Bu bosqich , qoyida boyicha ikki yoshdan uch yoshgacha bo’ladi. C) Genital bosqich : bu faza to’rt yoshdan bolaning o’zgaruvchan qiziqishlaridan boshlanadi. Bu bosqichda bolalar ayollar va erkaklar o’tasidagi biologik farqlarni bila boshlashadi va ular bilan uynab rohatlanishadi. Bu bosqich Freyd boyicha bir necha hodisalarga sabab bo’lishi mumkin. Masalan: Qizlarda genrivatsiya va elektrokompleks va o’g’il bolalarda kastrasiya va Edip kompleksi. Edip va elektro faz haqida Freyd aytadiki : ular jinsiy qiziqish va lazzatlanishning natijasidir. D) Latent bosqich : Bu davr qiz bolalarda 6 yoshdan o’g’il bolalarda esa 7-8 yoshdan boshlanadi va balog’at yoshigacha davom etadi. Bu bosqichda o’g’il bolalar va qizlar o’zining o’rtoqlari bilan birga bo’lishni maqul ko’rishadi. Va hattoki qarama qarshi jins vakillaridan nafratlanishlari ham mumkin. E) Fallik bosqichi : Pubertat fallik bosqichining yo’naltiruvchi nuqtasi hisoblanadi. O’spirin bola va qiz endi qarama qarshi jins vakillariga o’zgacha xissiyotni xis qila boshlashadi , o’zlarini o’zlari sevib qolishlari mumkin , turli hil boyoqlarga o’z a’zolarini boya boshlashdi.

Slayd 17

Gumanistik (Ijtomoiy) Psixologiy. Psixologiyaning bu yangi maktabi psixologiyadagi oxirgi tendensiyalarni ko’rsatadi. Uning rivojlanishida Abraxam Maslov, Kevlar Rodjers, Rollo Mey, Artur Kombs, Gordon Olport kabi psixologlar o’z xissalarini qo’shishgan. Gummanistik psixologiya insonga eng qadrli narsalarni beradi. Bu yo’nalish maqsadga yo’naltiruvchi atrof muhitga moslashtiruvchi xususiyatlarga ega. Bu maqsadlar fizik ehtiyojlarni qondirish uchun yoki o’z-o’zini aktuallashtirish va reallashtirish kabi oddiy bo’lishi mumkin. (23Bet) Mana shunday tarzda gumanistik psixologiya insonning farqli tomonlarini, shaxsiyatini erkinligini noyob qobiliyat va maqsadlarini, maqsadini tushintirib beradi. Transpersonalagik psixologiY. Transpersonalagik psixologiya zamonaviy psixologiyadagi eng yangi yondashuvlardan biridir. O’z-o’zini aktuallashtirish borasidagi Abraxam Maslovning ishi: u o’zining e’tiborini ozining shaxsiy tajribasiga asoslanib o’tkazgan. Biz nimani oylashimiz, o’zimizni qanday his qilishimiz, holatimizni o’zgarishi bularning barchasi transpersonalagik psixologiyaning bir qismidir. Bu holatlar inson kuchli stress va hayajonda bo’lgan paytda yuzaga chiqadi. Ular ko’pincha uyqu yoki chuqur konsentratsiya vaqtida paydo bo’ladi. Ular tashqi ta’sir, ma’lum bir narkotik vositalar,diniy targ’ibot, yoga va meditatsiya yo’llari orqali eksperimental tarzda chaqiriladi.

Slayd 18

Kognitik psixologiY. Bu ham zamonaviy psixologiyaning yangi maktablaridan biridir. U intellektualizm natijasida paydo bo’lgan insoniyat qobiliyatlari va atrof muhitga moslashuvi yashash uchun kurashini o’rganuvchi yo’nalishdir. Bu yo’nalishning boshlang’ich ildizlari gestalistlar fikrlariga borib taqaladi. (24 Bet) Kognitik psixologiya insoniyat tafakkuri, xotirasi, nutqi, rivojlanishi, qabul qilishi kabi xususiyatlarini o’rganadi. Kognitiv psixologiya bixevioristlar yondashuvi mutlaqo qarama qarshi turadi. Shu tarzda,Kognitik psixologiya ruhiyat mexanizmining ishlash tizimini tushintirib beradi. Bu ttizimda barcha ta’sirlar, atrof-muhit ta’siridan kelib chiqadi. Inson onggining kognitik funksiyasi, misli bir uning ishlab chiqariluvchi mahsuloti sifatida ish yuritadi. Kognitik psixologiya kundan-kun mashxur bo’lib bormoqda. Edvard Tolmen kognitik psixologiyasining asoschilaridan biri bo’lib, bu borada ko’plab bilim va malakaga ega bo’lgan. U ongli organizmlarning ruhiyatidagi muammolarni yechishda mana shu organizmlarning aqliy gipoteza yordamida topishga harakat qilgan. Keyin uni amalda qo’llashga va uni tekshirib ko’rishga hrakat qilgan. Shveysariyalik psixolog Jan Piaje , u kognitik psixologiya boyicha eng taniqli shaxslardan biri bo’lgan. U bolalarda kognitik psixologiyaning ta’siri va funksiyalarini o’rgangan. U bolalarning biologic tayyorgarligiga qarab iqtidorlarining rivojlanishi bosqichlarini aniqlagan. Qisqacha xulosa. Psixologiya fanining rivojlanish evolutsiyasi tarixdan o’rganish oson va u o’z navbatida 3 qismga bo’linadi:
Ilmiy davri, 2. Imiy va zamonaviy davri, Zamonaviy davri

Slayd 19

Amerikada strukturalizm va funksionalizmga qarshi bo’lganlar chegarasiz edi. Germaniyada bixeviorizmdan ozroq farq qiluvchi yangi geshtaltpsixologiya nomli maktab ochildi.8 Bu maktabning eng mashxur namoyandalari: Vertgeymer (1890-1943), Koffka(1886-1941),Volfang Keler(1887-1967) va Kurt Levin (1990-1947). Geshtalt so’zi nemischa ot bolib. Geshtaltni inglischa tarjimasi «Konfuguratsiya» yoki oddiy kilib «uyishik butun». Shuning uchun geshtalt-psixologiyasi atomistik va molekulyar yondashuvlarga karshi tura oladi. Bu bilan birgalikda inson murakkab bulaklarning kolleksiyasi yoki element kilib emas buyumni butun kabul kiladi. Geshtalt-psixolog , sezgilar yoki idrok ma’nosi har doim umumiy vaziyat bilan bog’lik. Narsa jinsdagi alokadek kabul kilinadi. U o’z ichiga narsa, tamoshabin va murakkab fonni ichiga oladi. Geshtalistlar bundan tashkari mexanik yondashuv yurishini rad qilishdi, oddiy stimul – reaksiya orqali qoriqlanuvchi tarzda. Ular shuni tastiklashtiki stimul bilan reaksiya o’rtasida o’zini rodidagitashkilotlar mavjud va ular yangi geshtalt shakillanishiga yordam beradi. Gestalistlarning ta’kidlashlaricha behosdan fikrda(ongda,tafakkurda) yangidan barpo bo’lgan narsalarning tuzilishlari eskilariga nisbatan yanada mukkamalroq va zarurroq holatda o’zicha kelishlari mumkinmi,natijada ular bir biridan umuman farq qilishlari ham mumkin. Natijada inson tafakkuri oddiy rag’batlantirilishining natijasigina emas,balki uning rivojlangan intelek onggining , tafakkurining xulosasiga aylanadi. Individ-sharoitni yaxshilab o’rganib vaziyatga turlicha berilgan fikrlar bilan tanishib, haqiqatga yaqinroq bo’lgan yo’lni «qarorni» tanlaydi va uni amalga oshirish maqsadida kutilmagan,qat’iy qarorlarni qabul qiladi. Gestalt-psixologiya Rzm(sayt)- insonning xususiyatlarini rivojlanishini uch turga ajratadi: a)sharoitni bor holatda qabul qilish; b)sharoitni ko’rib ,o’rganib ,uni kelib chiqish sabalarini aniqlash; v)tezlik bilan qaror qabul qilish va shu asosida faoliyat olib borish.

Slayd 20

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 21

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar