Psixikaning evolyusiyasi va vujudga kelishi

4000 so'm


Psixikaning evolyusiyasi va vujudga kelishi

 

 

Slayd 1

Psixikaning evolyusiyasi va vujudga kelishi

Slayd 2

Reja:
Inson psixikasini umumiy qonuniyatlari, tizimi va funksiyalari
Inson psixikasini tizimi. Evolusiyada tabiiy tanlanishning oʻrni
Darvin nazariyasi. Evolusiyada tabiiy tanlanishning oʻrni
Uilyam Djeyms va instinktlar psixologiyasi. Psixologiya tarixida psixika mezoni
Psixikani rivojlanish bosqichlari. Xatti–harakat shakllari. Tugʻma va individual xatti -harakat. U. Djeymsning instinktlar nazariyasi
Hayvonlar intellektual xatti xarakat shakllari

Slayd 3

Ijodiy boʻlmagan aql notoʻgʻrijavoblarni koʻrish imkoniyatini beradi,lekin faqat ijodiy aql notoʻgʻrisavollarni koʻrishi mumkin. Entoni Djey
Inson psixikasini umumiy qonuniyatlari, tizimi va funksiyalari. Psixikani oʻrganish qator boshlangʻich boshqaruv nizomlariga asoslangan tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq etilayotgan obyektni mazmunli bayon etish, tajriba malumotlariga ega boʻlish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi. Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar koʻrsatilgan.

Slayd 4

Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar malum sabab, qonuniyatga koʻra paydo boʻladi, oʻzgaradi va nobud boʻladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari tasirida oʻzgarishini bildiradi. Hayvonlar psixikasi haqida soʻz yuritilganda, uning rivojlanishi biologik qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini takidlash lozim. Odam psixikasini oladigan boʻlsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi.

Slayd 5

Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil yetadi, lekin ular bir-biriga aynan oʻxshash yemas. Ong faoliyat jarayonida uning ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. Aynan, ongda voqyelikning harakatchan koʻrinishlari yuzaga keladi, ular yordamida inson atrof muhitda oʻz yoʻnalishini aniqlay oladi. Ong va faoliyatning birligi tamoyili ruhshunoslarga hulq-atvor, faoliyatni oʻrgangan holda, samarali maqsadga muvofiq harakatlarning ichki psixologik mexanizmlarini aniqlash, yani, psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochib berish imkonini beradi.
Ong va faoliyatning birligi tamoyili

Slayd 6

Ushbu tamoyil psixika haqida uning faoliyat jarayoni va natijasi sifatida uzluksiz rivojlanishda koʻrib chiqilgandagina toʻgʻri tushuncha hosil boʻlishini bildiradi. Har bir psixik hodisaning tadqiq yetilishi shu hodisaning aynan hozirgi vaqtga tegishli boʻlgan xususiyatlarining tarifini, yuzaga kelish va shakllanish tarixini, shuningdek, rivojlanish istiqbollarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. Inson psixikasini tizimi Olimlar inson psixologiyasi va hulq-atvorini oʻrganishda ularni bir tomondan, organizmning biologik tuzilishi va faoliyati nuqtai nazaridan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy rivojlanish qonunlari yordamida tushuntirib berishga harakat qiladilar. Birinchi vaziyatda psixika va hulq-atvorning irsiyat bilan belgilanadigan tugʻma, anatomiya va fiziologiya bilan bogʻliq boʻlgan genotipga tegishli xususiyatlar namoyon qilinadi va tadqiq yetiladi. Bunda ruhshunoslarning tadqiqot predmeti boʻlib inson organizmi faoliyatining tabiiy qonunlari bilan bogʻliq ravishda psixikaning rivojlanish jarayoni xizmat qiladi. Ikkinchi vaziyatda psixika va odam hulq-atvorining uning jamiyatda tutgan oʻrni, bajaradigan ijtimoiy vazifasi, atrofdagi odamlar bilan turlicha munosabatlari bilan bogʻliqligi tadqiq etiladi.
Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili

Slayd 7

Psixikaning rivojlanishi deb tirik mavjudotlar psixikasining ketma-ketlik bilan taraqqiy etuvchi qaytmas miqdoriy va sifat oʻzgarishlariga aytiladi.
Psixikani aks ettiruvchi-boshqaruvchi noyob hodisa sifatida tushunish uchun aks ettirish – jismning umumiy xossasi ekanligini etiborda tutish lozim. Yer yuzida hayotning birlamchi belgilari 2-3 milliard yil avval, dastlab asta-sekin murakkablashib borgan kimyoviy, organik birikmalar, soʻngra yesa sodda tirik hujayralar koʻrinishida paydo boʻlgan. Ular tiriklikka xos boʻlgan rivojlanish, yaratish va orttirilgan, irsiyat tomonidan belgilangan xossalarni keyingi avlodga oʻtkazish xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan biologik evolyusiyani boshlab berganlar.
Malum psixik xususiyatlarga ega boʻlgan tirik jismlarning koʻplab shakllari mavjud.

Slayd 8

Yer yuzida hayotning birlamchi belgilari 2-3 milliard yil avval, dastlab asta-sekin murakkablashib borgan kimyoviy, organik birikmalar, soʻngra esa sodda tirik hujayralilar koʻrinishida paydo boʻlgan. Ular tiriklikka xos boʻlgan rivojlanish, yaratish va orttirilgan, irsiyat tomonidan belgilangan xossalarni keyingi avlodga oʻtkazish xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan biologik evolyusiyani boshlab berganlar.

Slayd 9

Malum sinfga tegishli hayvonlarda sezgilarning paydo boʻlishi faqat psixikaning bunyodga kelishi sifatida emas, balki, tashqi muhitga moslashishning umuman yangi koʻrinishi sifatida ham oʻrganilishi mumkin. Moslashish ushbu koʻrinishining asosiy farqi hayvonlarni muhit bilan bogʻlovchi – hulq-atvor jarayonlari kabi alohida hodisalarning yuzaga kelishidan iborat.

Slayd 10

Hulq-atvor – bu tirik organizmning tashqi muhit tasirlariga javoban yuzaga keladigan murakkab reaksiyalar majmuasi hisoblanadi. Tirik mavjudotlar psixikasi rivojlanganligining darajasiga koʻra, murakkabligi turlicha boʻlgan hulq-atvorga ega ekanliklarini alohida takidlab oʻtish zarur. Hulq-atvorning sodda reksiyalarini, masalan, chuvalchangning toʻsiqqa duch kelganida, oʻz harakat yoʻnalishini oʻzgartirishini kuzatganimizda koʻrishimiz mumkin. Bunda tirik mavjudotning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori darajada boʻlsa, hulq-atvori ham shunchalik murakkablashadi. Xuddi shunday holatni itlarda ilgarilangan aks yettirishning namoyon boʻlishini kuzatamiz. Masalan, it malum tahdidga yega boʻlgan obyekt bilan toʻqnashishdan oʻzini olib qochadi. Lekin, odamda tashqi muhit sharoitlarining toʻsatdan oʻzgarib qolishiga javoban tasirlanish bilan birga, hayvonlardan farqli oʻlaroq, motivasiyalangan (anglangan) va maqsadli hulq-atvorni shakllantirish qobiliyatiga ega boʻlgan eng murakkab hulq-atvor kuzatiladi.

Slayd 11

Psixikaning taraqqiyot bosqichlari.
Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli – inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati boʻlmish aks ettirish xususiyatiga, yani turli tasirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning oʻzaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon boʻlishi mumkin. Tirik materiyaga oʻtishda harakatning shakli sifat jihatdan oʻzgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining malum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi shakli boʻlmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, oʻsimliklardan tortib hayvonlargacha evolyusiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli boʻlgan seskanuvchanlik xususiyatiga yega.

Slayd 12

Seskanuvchanlik – tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga yega boʻlgan tasirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor boʻlib, ular tashqi muhit tasiriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit tasirida hujayra protoplazmasininng xususiyati oʻzgaradi. Biologik omillarga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga tropizm deb ataladi. Tropizmlar har xil boʻladi, fototropizm – tirik organizmning issiqlik tasiri ostida harakat qilishga moyilligidir, xemotropizm – malum fizik – ximiyaviy muhitni tanlab olishga moyilligidir, topotropizm tirik organizmning mexanik qoʻzgʻatuvchi tasiri ostida harakatlanishdir. Tropizmlar oʻsimliklarning oʻz-oʻzini boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda tasirlanishning yangi turi – sezuvchanlik yuzaga kelgan.

Slayd 13

Hayvonlarda oʻsimliklarga qaraganda sezuvchanlik tufayli ancha koʻp tasirlarni aks ettirish vujudga keladi. Sensor bosqich uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, bu bosqichda organizm narsalarning oʻzini emas, balki alohida xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday aks ettirish evolyusion taraqqiyotning quyi darajasi – toʻsimon va ganglioz asab tizimiga ega hayvonlarda kuzatiladi. Masalan: Biror bir hashorat oʻrgimchak toʻriga tushishi bilan uni oʻz ipi bilan oʻray boshlaydi. Koʻpgina tajribalardan malum boʻlishicha, oʻrgimchak uchun faqat bir xususiyatlar, toʻr orqali beriladigan tebranish, vibrasiya ahamiyatlidir va shu orqali sezadi.

Slayd 14

Hayvonlarning xatti – harakat tiplari.
Instinktlar – hayvonlarning oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan tugʻma murakkab harakatlaridir. Masalan: koʻp qushlar juda ustalik bilan in yasar yekan, material tanlash va inni pishiq qurish yoʻlida xilma – xil harakatlarni bajaradi. Qaldirggʻoch, oʻrgimchaqlar, asalarilarning in yasashlari bunga misol bula oladi. Hayvonlarning biologik ehtiyojlariga qarab, ularning instinktiv harakatlarini quyidagi turlarga boʻlish mumkin: ovqatlanish instinkti, saqlanish instinkti, nasl qoldirish instinkti va poda – poda boʻlib yashash instinkti kabilar. Instinktlar mashq qilish yoki oʻrganish yoʻli bilan hosil boʻlmaydi, ular biologik irsiyat sifatida oʻtadi.

Slayd 15

Hayvonlarning koʻnikmasi «oʻrganish» yoʻli bilan hosil boʻladi. Masalan: boʻrilar oʻz bolasiga qidirish, ov qilishni oʻrgatadi. Uy hayvonlarini odam «oʻrgatganda» ularda koʻnikma hosil boʻladi. Kishilarning hayvonlarda shu tariqa koʻnikmalar hosil qilishiga oʻrgatish – «dressirovka» deb ataladi. Hayvon biologik taraqqiyoti qanchalik yuqori bosqichda tursa, koʻnikmalar shunchalik tez hosil boʻladi. Hosil boʻlgan koʻnikmalar mustahkamlanishi instinktiv harakatlar shaklida avloddan -avlodga oʻtishi mumkin.

Slayd 16

Hayvon bir necha marta muvaffaqiyasizlikka uchragan vaziyatlardagina masalani hal qilishning eng yuksak darajadagi usullariga, yani intellekt bilan ish koʻrish usullariga murojaat qiladi. Maymunlarda har qanday narsani sinab koʻraverish jarayonida konkret amaliy tafakkur sodir boʻladi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar toʻdasida oʻzaro munosabatning malum shakli mavjuddir. Hayvonlarning toʻdaga birlashuvi oʻz navbatida shu toʻda azolarining oʻzaro aloqa bogʻlashlari uchun zarur «til» ni albatta keltirib chiqaradi. Hayvonlarning qiyofa, suykalish va tovush signallari shaklidagi «tili» mavjud.

Slayd 17

Psixikaning rivojlanish bosqichlari
Muhit sharoiti jihatidan nihoyat darajada har xil ekan, bu hol organizmlarning differensiallanishiga olib kelgan. Barcha tirik organizmlar mavjud sharoitga moslashadi. Oʻz – oʻzini boshqarish oddiy tasirlanuvchanlikdan boshlanib, oʻzining yuksak taraqqiyotiga erishadi. Aks ettirish usuli qanchalik yuksak boʻlsa, mazkur turdagi hayvon muhitning bevosita ta’siridan shunchalik ozod boʻladi. Muhitdagi haroratning oʻzgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaksiyalar tezligi ham oʻzgaradi: harorat koʻtarilsa, reaksiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaksiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat juda oshib yoki juda tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok boʻladi.

Slayd 18

Taraqqiyotning navbatdagi pogʻonasida asab tizimida bir qator sifat oʻzgarishlar yuzaga keladi. Tuguncha shaklidagi nerv hujayralari asab tizimining koʻproq miqdordagi qoʻzgʻatuvchilarni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatini beradi. Chunki bunday asab tizimi uchun muhit qandaydir oʻzgarmaydigan doimiy narsa yemas. Har qanday materiya kabi muhit ham evolyusion taraqqiyotdadir. Yevolyusion taraqqiyotdagi, ana shu muhitga unda yashovchi hayvonlar moslashadi.

Slayd 19

Odam psixikasining paydo boʻlishi va taraqqiyoti
Inson psixikasi bilan yeng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi oʻrtasida katta farq bor. Hayvonlar «tili» bilan inson tilini hech (qanday) bir jihatdan taqqoslab boʻlmaydi. Hayvon oʻz toʻdasidagi boshqa oʻziga oʻxshash hayvonlarga ayni choqdagi bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar haqida faqatgina signal berolsa, inson til yordami bilan boshqa odamlarga oʻtgan, hozirgi va kelgusi zamondagi narsalar haqida axborot berishi va ularga ijtimoiy tajriba oʻtkazishi mumkin. Hayvon va odam tafakkurining bir – biridan farq qilishi ular tili oʻrtasidagi farqqa bogʻliqdir. Inson abstrakt tafakkurga – hayvon yesa amaliy tafakkurga yega.

Slayd 20

Odam nisbatan doimiy buyumlar olamida yashaydi. Odam quroldan foydalanish tajribasini boshqalardan oʻrganadi va oʻzi bu tajribani boshqalarga oʻrgatadi. Odam psixik faoliyatining hayvonlar psixikasidan uchinchi farqi shuki, inson o’zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi. Odam bilan hayvon o’rtasidagi toʻrtinchi, muhim farq hissiyoti oʻrtasidagi farqdir. Rivojlanish sharoitlarining turlicha boʻlishi odam psixikasining hayvon psixikasidan ajratuvchi muhim farqlardan hisoblanadi. Agar odam insoniyat tajribasini oʻzlashtirmas ekan, oʻziga oʻxshagan odamlar bilan munosabatga kirishmas ekan, shaxs sifatida tarkib topmaydi. Inson ongining rivojlanishiga asosiy omil mehnat faoliyati boʻlgan, yani odamlarning birgalikda qurol yasash va undan foydalanish faoliyatlari boʻlgan.

Slayd 21

Chet el psixologlarining fikriga koʻra psixika hayot faoliyatida vujudga kelmay, balki organizmning hayot faoliyatini malum shart sharoitlarda vujudga keltiradi. Yerning rivojlanishi jarayonida juda murakkab qoʻshilishlar vujudga kelgan. Bu katta molekulalar konservatlar deb atalgan. Ularning asosiy xususiyatlari ularning qismlarga tez ajrala oladilar, chunki modda almashinuvi koʻproq boʻlar ekan. Bu molekulalar yangi moddalarni qabul qilib, oʻzlashtirishi tashqi olam maxsulotlarini sochishi kerak. Shu tariqa oʻsha katta molekulalar atrof muhitda moddalar almashinuvi uchun kerak. Moddalar almashinuvi pavssiv jarayon hisoblanmaydi.

Slayd 22

Oʻsimliklar dunyosidan farq qiluvchi bosqich bu hayvonot olami hisoblanadi. Hayvonot olamining oʻsimliklar dunyosidan farqlanuvchi xususiyatlari bu hayvonlarda harakatning mavjudligidir. Bu bazida yetarli xisoblanmaydi, chunki bazi bir oʻsimliklar harakatlanish xususiyatlariga yegadirlar. Masalan kungaboqar yoki pashsha yutuvchi oʻsimlik, kungaboqar quyoshga qarab harakatlansa, pashsha yutuvchi pashshalarga qarab harakatlanadi. Lekin bunday harakatlar hayvonlarning xatti harakatlaridan farqlanadi. Hattoki eng sodda tuzilgan hayvonlar ham biotik qoʻzgʻatuvchilarni paydo boʻlishini namoyon qilishlari mumkin. Bu A. N. Leontyev talqiniga koʻra sezuvchanlik deb nomlangan. Hayvonlarda sezuvchanlikning paydo boʻlishi yangi xususiyatlardan biri hisoblanadi va bu esa yangi organizmlarni vujudga keltiradi, bu holat yesa psixikaning vujudga kelishining asosiy omili hisoblanadi.

Slayd 23

U.Djeymsning instinktlar nazariyasi. Koʻpgina olimlarning fikriga koʻra instinktlar bu ongdagi maqsadlarning yoʻqligida hayvonlarning maqsadli xatti-harakatidir. Demak instinkt bu nasldan naslga hyech qanday oʻzgarishsiz oʻtadigan tugʻma xatti-harakat formasidir. Bu xatti-harakat shakli umurtqasizlarning hayotida yetakchi ahamiyat kasb etadi, masalan qumursqalarda bu xatti-harakat formasi asosiydir, quyi darajada rivojlangan umurtqalilarda ham instinktlar yetakchi oʻrin yegallaydi faqat asta sekinlik bilan individual oʻzgaruvchan xatti-harakatlarga oʻrnini boʻshata boshlaydi. Yomgʻir chuvalchangi uyini qishda issiq tutishi uchun va oziqlanishi uchun uyiga daraxt bargini olib kirar yekan. Tadqiqotchilar shuni kuzatishdiki yomgʻir chuvalchangi bargni tortib uyiga olib kirar yekan.

Slayd 24

Asalarilar 140 ga yaqin xidlarni ajratish xususiyatiga yegadirlar. Asallarilar toʻlqinlarni ham tez va oson ajrata oladilar. Inson tebranishlar chastotasini sekundiga 20 dan 20mingga yaqinini ajratadi, qumursqalar yesa faqat ultrazvuk tebranishlariga javob beradi. Qumursqalarda yana koʻrishi yaxshi rivojlangan. Ularning koʻzlari umurtqalilardan farqli ravishda bir necha ming aloxida boʻlimchalardan iboratdir. Demak qumursqalarda yuqori darajada rivojlangan umurtqalilar kabi hamma sezgi organlari mavjuddir.

Slayd 25

Instinktiv xatti–harakatning besh xil turi mavjud. 1)Oziqlanish, 2)nasl qoldirish, 3) naslga gʻamxoʻrlik, 4)ximoyalanish, 5)in qurish va gala boʻlib yashash. Har bir xatti harakatlar shu instinktlar asosida amalga oshiriladi. Ular murakkab holatlarga duch kelsalar instinktlar chegarasidan chiqib keta olmaydilar. Masalan oʻrgimchak toʻriga pashsha tushganini vibrasiya orqali sezadi va ozuqaga intiladi. Agar iniga boshqa narsa tushsa ham unga intiladi, chivin suvga tuxum qoʻyadi, lekin oynani koʻrsa ham tuxum qoʻyishi mumkindir.

Slayd 26

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 27

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Psixikaning evolyusiyasi va vujudga kelishi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar