Shukur Sa’dulla hayoti va ijodi
4000 so'm

Slayd 1
Zafar Diyor hayoti va ijodi.
Slayd 2
Butun hayoti va ijodini kichkintoylarga baxshida etgan Zafar Diyor bolalarning kitobxonligini oshirish maqsadida ularga murojaat qilib, shunday degan ekan:
— Ilm o’rganish eng mo’’tabar ishdir. Ilm odamning qadrini oshiradi, ilmli kishilar dunyoda eng izzatli, hurmatli bo’ladilar. Ilm dunyoda odamlar uchun eng sevimli, eng shirin ne’matdir. Shunday ekan, siz dunyoda rohatda yashashni istasangiz, hamma meni sevsin desangiz, bor kuchingiz bilan o’qishga, ilm olishga g’ayrat qiling. Bolalar! O’qing, darsga ixlos qo’yib o’qing, foydali kitoblardan foyda va lazzat olish uchun o’qing. Kishining eng aziz, eng shirin va eng qimmatli vaqti yoshlik davridir. Shunday qimmatli yoshligingizni, aziz umringizni foydasiz ishlarga sarf qilmang, kitob o’qing, faqat kitob o’qing!
Slayd 3
Zafar Diyor 1912- yilda Namangan viloyatining Chust tumani, Samsoqtepa qishlog’ida kambag’al dehqon oilasida tug’ildi. 1916-yilda Zafarlar oilasi Toshkent shahriga ko’chib keladi. Zafarning otasi dalada, onasi esa bosmaxonada mehnat qiladilar.
1927-yilda Zafar to’liqsiz o’rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika texnikumiga o’qishga kiradi. Texnikumda ko’proq ilm-fan sirlaridan bahramand bo’lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she’riy mashqlari bilim yurti devoriy gazetasi sahifalarida ko’rina boshlaydi.
Slayd 4
Yigirmanchi yillarning oxiri va o’ttizinchi yillarning boshlarida uning yoshlar gazeta va jurnallarida ilk she’rlari chop etila boshladi. Zafar Diyorning birinchi she’ri yosh shoirlarning «Qurilish kuylari» degan to’plamida bosilib chiqdi. Ko’p o’tmay uning birinchi she’rlar to’plami «Qo’shiqlar» nomi bilan 1933-yilda nashr etildi.
Yosh shoir 1933-yilda bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirgach, o’qituvchi bo’lib ishlay boshladi. Bu hol uning maktab va bolalar hayoti bilan yaqindan tanishishida, yosh avlod hayoti haqida yozadigan asarlarining hayotiy va puxta bo’lishida ijobiy o’rin tutadi.
Slayd 5
Zafar Diyor 1935-yilda dastlabki mashhur asarlaridan biri bo’lgan «Mashinist» dostonini yaratdi. Dostondagi Ashur obrazi baxtiyor yoshlarning fazilatlarini umumlashtirishga bag’ishlangan.
Maktabda o’qish Ashurni hunarli qilish bilan birga, uning ongi va tushunchasini ham o’stiradi. U vatanga sadoqatli, har doim olg’a intiluvchi ilg’or yoshlardan biri bo’lib yetishadi. Shuning uchun doston qahramoni o’z umrini Vatan yo’liga tikishga tayyor turadi:
Slayd 6
Sevinaman, hali yoshman, ko’p yashayman,
Bu o’lkaning saodati – baxti uchun.
Yana o’qib, yana kulib ko’p ishlayman,
Shu ko’plarning biri bo’lib, o’lkam uchun,
Ha! Mamlakat, shunday va’da beray senga:
Butun umrim sening porloq hayotingga!
Slayd 7
Asar yoshlarning ilm-fanga, kasb-hunarga, ona-Vatanga muhabbat va sadoqat ruhi bilan sug’orilgan.
Zafar Diyorning o’ttizinchi yillar ijodi vatanparvarlik, baynalmilallik va mehnatsevarlik tuyg’ularini aks ettiruvchi asarlarining ko’pligi bilan xarakterlidir. Bu xil asarlar yoshlar xarakterini shakllantirishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Shoir ijodidagi muhim mavzulardan biri inson va tabiat munosabatidir. Bu jihatdan uning «Binafsha», «Navbahor», «Qushlar haqida qo’shiq», «Kapalak» singari she’rlari ahamiyatlidir.
Slayd 8
Shoir o’zining qo’shiq va she’rlarida hamda boshqa asarlarida yosh kitobxonlarni ulug’ yurtimizning behisob boyliklari bilan faxrlanishga, kelgusida yaxshi hayot bunyod etishlari uchun astoydil kurashuvchi, ongli, madaniyatli, vatanparvar kishilar bo’lib yetishish uchun a’lo baholar bilan o’qishga chaqiradi. U yosh avlodni mehnatga muhabbat bilan qarashga, rostgo’y va intizomli bo’lishga undadi, ularda vatanparvarlik, do’stlik tuyg’ularini o’stirishga katta e’tibor berdi. Uning asarlari davr bolalari va yoshlari uchun zavq bag’ishladi, ularni o’qish-o’rganish va kamol topish uchun kurashga ruhlantirdi. O’zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga she’r va qo’shiq, doston va ertaklari bilan juda katta hissa qo’shgan Zafar Diyorning asarlarini bolalar hamon sevib o’qiydilar va yuksak qadrlaydilar.
Slayd 9
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 10
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.