She’riyatshunoslik asoslari
3000 so'm

Slayd 1
She’riyatshunoslik asoslari
Slayd 2
1. She’riy va nasriy nutq haqida
2. Ritm tushunchasi. Ritmik bo’lak va ritmik vositalar.
3. She’riy sintaksis haqida
Reja:
Slayd 3
Badiiy nutqning ritmik tashkillanishi jihatidan ikki shaklga — she’riy (tizma) va nasriy (sochma) ko’rinishlarga ega ekanligi bungacha aytildi. Nasriy nutq o’zining qurilishi jihatidan kundalik muloqotda qo’llaniluvchi nutqqa yaqin bo’lsa, she’riy nutq so’z san’atiga xos maxsus hodisa sanaladi. Zero, o’zining kelib chiqishi jihatidan ham badiiy nutqninng she’riy shakli nasriy shakldan qadimiyroq, aniqrog’i, o’z vaqtida u badiiy nutqning yagona shakli bo’lgan. Sababi, she’riy nutqdagi o’ziga xos ritmik tashkillanishning o’ziyoq uni odatdagi nutqdan farqlagan, she’riy nutq vositasida aytilgan informatsiyaning san’atga aloqadorligini ta’kidlab turgan. Bunga amin bo’lish uchun adabiyot tarixiga nazar solish kifoya: milliy adabiyotlar tarixining ilk bosqichlarida adabiy asarlar she’riy yo’lda yozilgan, nasrda yozilgan badiiy asarlarning paydo bo’lishi, baski, nasrning badiiy nutq ko’rinishi sifatida shakllanishi esa nisbatan keyingi davrlarga to’g’ri keladi.
Slayd 4
She’riy nutq haqida gapirganda, avvalo, uning muayyan vaznga solingan ritmga egaligi ta’kidlanadi. Ritm juda keng tushuncha bo’lib, u borliqdagi juda ko’p narsa, hodisalarda kuzatilishi mumkin. Shunga ko’ra, keng ma’noda ritm deganda muayyan bo’laklarning ma’lum vaqt oralig’ida tartibli takrorlanib turishi tushuniladi. Bu ma’nodagi ritm borliqdagi juda ko’p narsa-hodisalarda, jumladan inson organizmida mavjuddir. Masalan, tarnovdan tomchilab turgan tomchilar chiqarayotgan tovushda, ariq suvining maromli shildirab oqishida, yil fasllarining, kun bilan tunning almashinuvida; insonning yurak urishi, nafas olishi, ma’lum bir harakatni bajarishi — bularning barida ritm kuzatiladi. Tabiiyki, kundalik muloqot nutqida ham ma’lum bir ritm mavjud.
Slayd 5
She’rning boshqa bandlari ham ayni shu tartibda qurilgan. She’rning birinchi va ikkinchi misralari 11 bo’g’indan bo’lib, uchinchi va to’rtinchi misralar qo’shilgan holda 11 bo’g’inni tashkil qilishi ko’rinib turibdi. Biroq uchinchi va to’rtinchi misralarning qo’shilishi, birinchidan, she’rning intonatsiyasi, ikkinchidan, qofiyalanish tartibiga ta’sir qiladi. Sababi, bu ikki misra qo’shilgani holda ular orasida nisbatan qisqa (turoqlararo) pauza tushishi lozim bo’ladiki, bu narsa intonatsiyaga ta’sir qiladi. Zero, hozirgi holatida har ikki misraning alohida satrlarga chiqarilishi ularning o’qilishidagi ta’kidni kuchaytiradi. Xullas, she’rdagi beshta bandning hammasi shu tartibda misralarga bo’linganki, bu xil she’rlarni getrometrik she’r deb ataladi. Yuqorida Navoiy bayti asosida ko’rganimiz har bir ritmik bo’lak(hijo, turoq, misra va band)ning o’z holicha ritmik birlik bo’lib kelishi bunda kuzatilmaydi.
Slayd 6
She’riyatda qofiyaning bir qator ko’rinishlari (to’liq va to’liqsiz qofiya; unlilar ohangdoshligigagina asoslangan assonans va undosh tovushlar ohangdoshligigagina asoslangan dissonans qofiyalar; rus she’riyatida ochiq yoki yopiq bo’g’in bilan tugashiga qarab ochiq — «jenskaya rifma», yopiq — «mujskaya rifma» va b.) mavjud. Jumladan, hozirgi o’zbek she’riyatida qofiyadagi tovushlarning qay darajada mosligi jihatidan och (to’liqsiz) va to’q (to’liq) qofiyalar ajratiladi. To’liq qofiyada qofiyadosh so’zlarning tovush tarkibi to’la mos (misol tariqasida A.Qutbiddin qofiyalaridan keltiramiz: «buzib — uzib», «lo’killaganda — lopillaganda», «izlardan — yuzlardan») kelsa, to’liqsiz qofiyalarda qisman mos («dahriy — qahridan», «tutun — Alovuddin», «titrab — guldurak») keladi.
Slayd 7
She’riy sintaksisda eng keng qo’llaniluvchi vositalardan biri takrordir. Avvalo shuni aytish kerakki, takror tilning barcha sathlariga xos hodisa bo’lib, she’riyatda uning bir qator xususiy (tovush takrori, so’z takrori, anafora, epifora, ma’no takrori, ma’noning kuchaytirilgan va susaytirilgan takrori, misra takrori, band takrori) ko’rinishlari faol qo’llaniladi. She’riy misralarda bir xil tovushlar takrori alliteratsiya deb yuritiladi. Alliteratsiyaning vokal alliteratsiya (unlilar takrori) va konsonant alliteratsiya (undoshlar takrori) turlari mavjud. So’z takrori ham sintaktik usullardan sanalib, u fikrni ta’kidlab ifodalash bilan birga ohangdorlikni oshirishga va shular asosida she’rning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi.
Slayd 8
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 9
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.