she’riy san’at turlari
8000 so'm

Slayd 1
She’riy san’at turlarini o‘tish metodikasi
Slayd 2
Sheriy san’atlar badiiy asardan o’rin olgan g’oyalarning hayotiyroq, ta’sirchanroq ifodalanishiga, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga, misralar, baytlar va bandlarning musiyqiyligini oshirishga xizmat qiladi. Sheriy san’atlar haqidagi fan mumtoz adabiyotimizda ilmi bade’ (badiiylik ilmi) deb yuritilgan. Shuningdek, bu ilm “Badoye’us-sanoye’ “ deb ham atalib, “badiiy san’atlar” ma’nosini bildiradi. “San’at” sozi “sun” ya’ni “yaratmoq” so’zidan olingan bo’lib, badiiylik yaratish demakdir.
Slayd 3
Husni ta’til
Husni ta’lil – arabcha so’z bo’lib, chiroyli dalillash degan ma’noni bildiradi. O’sha go’zal asos nimani dalilashga keltirilayotgan bo’lsa o’shanga dahli bo’lmasligi kerak. Shoir biror voqea hodisani aytadi-yu, uni unga aloqasi bo’lmagan asos bilan dalilaydi. Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizardi gul anjumanda.
Slayd 4
Hojib, tasbe, tasdir
Hojib – arabcha so’z bo’lib, pardali dorbozobon degan ma’noni anglatadi. Bunda qofiyadosh so’zdan oldin keladigan bir hil takror so’zga aytiladi. Tig’ ila jigarim yonini, Yerga oqizdi jigarim qonini.
Tasbe-birinchi misra oxiridagi so’zning ikkinchi misra boshidagi takrorlanadigan so’zga aytiladi. Birida sencha ko’rmadim jur’at Jurating bo’ldi maxlasinnga jihat.
Slayd 5
Hojib, tasbe, tasdir
Tasdir – bayt boshidagi so’zning bayt so’nggida takrorlanishiga tasdir deb ataladi. Yoz boshi dalalr soz, O’z ko’rkini yozmish yoz.
Slayd 6
Tazod
💥 Tazod san’ati narsa-hodisalarni zidlash orqali hosil qilinadi
☀️ Atoyi she’rida yorning qop-qora sochini laylat ul-qadrga, oppoq yuzini esa subhi sodiqqa o’xshatadi.
💥 Bir-birini inkor etuvchi ikki tushuncha ustalik bilan qo’llangani uchun ham sanamning tengsiz chiroyini kitobxon ko’z oldida aniq va ta’sirchan tarzda tasavvur eta oladi:
*Manga sensiz tirilgandin o’lim yuz qatla ortuqdur,*
*Bu so’zda, haq bilur, ko’nglum tilim birla muvofiqtur.*
Bu yerda «tirilmoq» va «o’lmoq» so’zlari o’zaro zid qo’yilgan
Slayd 7
Tanosub
⚡️ Tanosub baytda, umuman, she’riy bandlarda ma’no jihatidan bir-biriga aloqador tushunchalarni anglatuvchi so’zlarni qo’llash orqali hosil qilinadi. ⚡️ Shoirning mantiqan bir-biriga bog’liq va bir-birini taqozo etadigan so’zlardan foydalanish tanosub deyiladi
‼️ Masalan: «Bulbul» so’zi gul, bog’, chaman, navo so’zlari bilan; «Ka’ba» esa haj, farz, Tangri, ziyorat so’zlari bilan mazmuniy bog’langan holda yaxlit tushuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi: Anda bir shoh hokim-u voliy, Mulki ma’mur-u himmati oliy.
Slayd 8
TASHBEH💥 Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda o’xshatish deb yuritiladi.❗️ U shunday san’atki, unda so’zlardan ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o’rtada mavjud bo’lgan o’xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o’zaro solishtiriladi☀️ Tashbehning bir nechta qismlari mavjud.Masalan:Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o’ltirur, G’oyat nozukligidan suv bila yutsa bo’lur.
Slayd 9
TALMEH💥 TALMEH arabcha «chaqmoq chaqishi» , «nazar tashlash» degan ma’noni anglatadi.💥 Talmeh san’atida shoir she’rda o’tmishdagi biror tarixiy shaxs yoxud voqeaga ishora qiladi va uning yordamida fikr ta’sirchanligiga erishadi.💥 Bu san’at turida tarixiy shaxslar nomi bilan birga badiiy asar qahramonlari nomi ham ishlatiladi.‼️ Taxallus talmeh san’ati bo’la olmaydi!Masalan:Sulaymon saltanatlik podshosen,Masih anfoslik, Yusufliqosen.(Xorazmiy)
Slayd 10
Istora
Istiora – arabcha so’z bo’lib, biror so’zni omonatga olmoq degan ma’noni beradi. Biror narsa-hodisaga hos hususiyatni boshqa narsaga hodisaga ko’shirish, u she’riy san’atda so’z o’z ma’nosida kelmaydi. “Gul” she’rda o’simlik emas, balki mahbuba ma’nosida kelishi istioraga misol bo’ladi.Sen, ey gul, qo’ymading sarkshligingni sarvdek hargizBinafsha sen uchun ko’kragim erk yeri
Slayd 11
Badiiy san’atlar – she’r san’atlari
① Tashbeh, istiora, tazod, talmeh, tajohil ul-orif, husni ta’lil, tajnis, ta’did.
② Tanosib, iyhom,, kitobat, irsol-u masal, ruju, mubolag‘a, tashxis, tarse.
③ Jonlantirish, nido, jam’u taqsim, tasdir, tasbe, tardi aks, ishtiqoq, takrir.
Slayd 12
Tajnis
Biror narsa bilan o‘xshash bo‘lmoq
Atama sifatida u talaffuz va shaklda bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlarni turli ma’nolarda qo‘llashni anglatadi.
Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil.
Slayd 13
Tasdir
Baytni boshlagan so‘z uning oxirida ham takrorlanadi.
Men bu yuz mushtoqidurmen, bog‘-u bo‘stonkim bo‘lur, Bo‘lmasin nasrin-u lola, arg‘uvon sizsiz menga.
Slayd 14
So‘zlar takroriga asoslangan san’atlar
So‘zlar takrori she’riyatda, ayniqsa, fikriy siqiqlik omilidir. O‘rni bilan takrorlangan so‘zlar ko‘pincha badiiy ta’sirchanlikning, g‘oyaviy baquvvatlikning ham muhim sharti bo‘la oladi.
Sharq poetikasida so‘zlar takroriga oid ishtiqoq, tasdir, tasbe, mukarrar (takrir), aks, tardi aks, rad san’atlari qo‘llanilgan.
Slayd 15
Tasdir
Baytni boshlagan so‘z uning oxirida ham takrorlanadi.
sadr ➡️ Men bu yuz mushtoqidurmen, bog‘-u bo‘stonkim bo‘lur, Bo‘lmasin nasrin-u lola, arg‘uvon ajuz ➡️ sizsiz menga.
radd ul-sadri ilal-ajuz
Slayd 16
Tardi aks
“Tard”ning ma’nosi “qaytarib berish”, “qochirish”, “uzoqlashtirish” demakdir. “Aks” esa “zid”, “teskari”, “chappa” ma’nolarini bildiradi.
So‘zlarning birinchi joylashish tartibi keyingi misrada almashib keladi.
Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo‘lmasam, ey jon, ne g‘amdur.
Slayd 17
Ishtiqoq
➡️ “so‘zdan so‘zni ajratish”
She’rda o‘zakdosh so‘zlarning qo‘llanishi.
Chu jonimdin aziz jonona sensen, Kerakmas jon manga sensiz badanda.
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda.
Slayd 18
Tasbe
Birinchi misra oxiridagi so‘z keyingi misra boshida takrorlanadi.
Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar, Vafoli qulni asrar podsholar.
ning asosiy xususiyati shundaki, u kitobxon diqqatini fikr yuritayotgan obyektga markazlashtiruvchi linza vazifasini bajaradi.
Slayd 19
Takrir
Bir so‘zni davomli qo‘llash san’ati.
Demonkim, ko‘ngli pok-u, ham ko‘zi pok, Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok.
Kechir yanglishmagan kim bor, mening ham ko‘p gunohim bor. Odamzod asli nokomil, kechir, yo rab, kechir, yo rab.
Slayd 20
Nido
Insonning ichki tuyg‘ulari junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga, o‘zining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi.
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt, Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt.
Slayd 21
Jam-u taqsim
➡️ laff va nashr – yig‘ish va yoyish
Bir necha narsa-tushuncha nomi sanalib, keyin ularga o‘xshash, aloqador, taalluqli yoki muvofiq keladigan boshqa narsa-tushuncha nomlari keltiriladi.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husn-u malohatdin Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.
Slayd 22
Metodika
Slayd 23
“Kim oshdi savdosi” metodi
Sinf guruhga bo’linib, har bir guruhga bittadan bayt beriladi. Guruhlar o’zlariga tushgan baytni qaysi g’azaldan olingani, uning muallifi va unda qo’llangan she’riy san’atlarni topadi.
Unutmang!
Ba’zi bir baytlarda bir necha san’atlarni qo’llanganligini kuzatishimiz mumkin. Xullas, eng ko’p ma’lumot to’plagan guruh g’olib sanaladi.
Slayd 24
1- bayt:
Nastaron yuvib yuzni, yosuman tuzib o’zni,
Nargis ochibon ko’zni intizori yoronlar.
Slayd 25
2- bayt:
Charxi kajraftorning bir shevasidin dog’man,
Ayshini nodon surib, kulfatni dono tortadur.
Slayd 26
3- bayt:
Xoki taning barbod o’lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bot ustina.
Slayd 27
4- bayt:
Ey gul, meni zor etmaki husnung chamanida,
Ko’zni yumub ochquncha, bu gulzor topilmas.
Slayd 28
TEST TOPSHIRIQLARI
Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.
Berilgan baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan?
TAJNIS
RUJU
TALMEH
TA’DID
Slayd 29
TEST TOPSHIRIQLARI
Qaysi javobdagi baytda tazod she’riy san’at qo‘llanmagan?
A) Nastarin yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni,
Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar
B) Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqit
Seli g‘amdin bu imorat bo‘ldi vayron oqibat.
C) Doda keldim, ey salotin sarvari, dodin eshit,
Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.
D) Bevafolar zulm-u bedodig‘a ermassen ha
Ey sinuq ko‘nglum, agar xud shisha, gc po‘lod bo‘l.
Slayd 30
“Venn diagrammasi”
Slayd 31
“Jonlan” usuli
(TASHXIS – jonsiz narsalarni jonlashtirish)
…xazonrezgi shivirlar mayus,
Aytmoq istar menga nimadir.
Kuz shamoli tinch qo‘ymas afsus,
Xazon bugun yig‘lar negadir.
Tonglar otdi. Quyosh tafti sust,
Qora qarg‘a izg‘ir negadir,
Kuz bargiday, sarg‘ayar sog‘inch,
Sochlari ham to‘zg‘ir negadir.
Vidolashar ko‘ngillar hanuz,
Daraxt quchib qo‘ymas negadir.
Bugun sovuq qanchalar yovuz,
Ko‘ngil mehr izlar negadir …
Slayd 32
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 33
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.