Sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish
4000 so'm

Slayd 1
Boshlang‘ich ta’lim-tarbiya jarayonida Sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish
Slayd 2
Reja:
IX-XIIasrlarda sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari.
XIII-XVasrlarda allomalarning bola tarbiyasi haqidagi g’oyalari.
G’arb mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari
Slayd 3
Sharq mutafakkirlari merosida bolalarni axloqiy tarbiyalash
Slayd 4
Nasr Forobiy (873 – 950)
O’rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan chambarchas bog’liqdir. Allomaning inson kamoloti haqidagi ta’limoti ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o’z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni ulug’ mutafakkir – «Muallimi soniy» -«Ikkinchi mualliM» deb ataydilar.
Slayd 5
Forobiy bilimdon, ma’rifatli, yetuk odamning obrazini tasvirlaydi:
«Har kimki ilm hikmatni o’rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin,
Sog’-salomatligi yaxshi bo’lsin,
Yaxshi axloq va odobi bo’lsin,
So’zining uddasidan chiqsin,
Yomon ishlardan saqlangan bo’lsin,
Barcha qonun-qoidalarni bilsin,
Bilimdon va notiq bo’lsin,
Ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin,
Ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin,
Barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».
Slayd 6
Forobiy o‘zining didaktik qarashlarida ustoz, o‘qituvchining mas’uliyatini alohida ifodalaydi. «Ustoz, – deydi u,- shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchaklik ham qilmasligi lozim». Chunki ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi, bordi-yu ustoz juda yumshoq bo‘lsa, shogird uni mensimay quyadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi.
Slayd 7
Abu rayhon Beruniyning mashhur asarlaridan: «Qadimgi xalqlardadan qolgan yodgorliklar» («Al-osorul boqiya an il qurun il holiya»); «Turar joylar orasidagi oraliqni belgilash uchun joylarning chegaralarini aniqlash» («Seodeziya»); «Hindiston»; «Qimmatbaho toshlarni aniqlash haqida to‘plam» («Mineralogiya»); «Kitob as-Saydona» («Tibbiyotda borishunoslik»); «yulduzshunoslikda boshlang‘ich ta’limotlarni aniqlash»; «Qonuniy Mas’udiy» kabilardir. Uning turli hajmdagi 150 ta asarlari hozirgi kunda aniqlangan, lekin shulardan 30 taginasi yetib kelgan. Ulug‘ olimning turli fanlarga doir asarlari orasida ijtimoiy ta’limotlari, dunyoqarashi ifodalangan asarlari alohida o‘rin tutadi
Slayd 8
Olim «Mineralogiya» nomli asarida inson er yuzidagi barcha mavjudotlarga qaraganda mas’uliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini quyidagicha ifodalaydi: «Inson tabiatning eng oliy zoti kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi… Insonga katta sharaf ko‘rsatilgan –unga aql-zakovat va kuch armug‘on etilgan. Shu sababdan, insonning ma’naviy qiyofasi uning oldiga qo‘yilgan vazifalarga mos bo‘lishi uchun u yuksak axloqi, bilimli, ma’rifatli bo‘lmog‘i darkor» Beruniy ilmni va ilm ahlini ulug‘laydi, insonlarni ham shunga chaqiradi. Barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb baladi.
Slayd 9
«Geodeziya» asarida va fanlarni quyidagicha ta’riflaydi: «Musiqa –insonga ichki ta’sir etib, yoqimli kayfiyat bag‘ishlaydi: til –nutqning tarozisi va muomala qurolidir: geodeziya –harakatsiz yulduz va quyosh orqali shaharlarning joylashishini mukammal o‘rgatadi; geologiya, geografiya va gidrologiya –yer haqidagi fanlardir; geometriya –jismlarning Shakllarini falakiyot –koinot sirlarini, mineralogiya –javohir va la’llapni o‘rgatadi; dorishunoslik –tibbiyot ilmlaridan xabardor qiladi». Beruniy fanlarni ta’riflash bilan birga ularni o‘qitish usullarini ham bayon etan. O‘quvchiga bilim berishda:
O‘quvchini zeriktirmaslik;
Bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
Uzviylik, izchillikka rioya qilish; mavzularni qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish
Slayd 10
Beruniy mamlakatning obodonligi, ilm–fanning ravnaqi tufayli deb aytadi, yoshlarning baxt–saodati va kamoloti esa ularga bilim va marifat beruvchi mudarrislarga bog‘liq deb ta’kidlaydi. Ilm va ma’rifat sari intiluvchi tolib va mudarrislarga deydiki: «Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni ko‘r qilib qo‘yadigan nafs va turli buzg‘unchi holatlardan, qotib qolgan turli eski urf–odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko‘zlikni quli bo‘lishdan ozod bo‘lmog‘i darkor».
Slayd 11
Abu Ali ibn Sino (980 — 1037)
Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar singari matematika, astronomiya, fizika, kimyo. Biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, adabiyot, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlarni meros qoldirgan olimdir.
Slayd 12
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila, ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.
Slayd 13
Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suhbatda bo’lish unga nasihat qilishdir. Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy, aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
Slayd 14
Abu Ali ibn Sino pedagogik qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. Sharqda «Shayx ar-Rais» nomi bilan mashhur bo‘lgan alloma – Abu Ali ibn Sino o‘qituvchi mahorati haqida fikr yuritar ekan, quyidagilarni eslatib o‘tadi:
-bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish
Slayd 15
Berilayotgan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;
-Ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
-Talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish;
-Aqliy darajasiga mos ravishda ta’lim berish;
Harbir so‘zning bolalar hissiyotini uyg’otishi darajasida bo‘lishiga erishish zarur.
Slayd 16
Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi «Xind arifmetikasi haqida kitob» («Hisob al xind»)dir. Asar o‘nlik tizimi raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ga bag‘ishlangan. Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo‘lgan qo‘shish, ayrish, ko‘paytirish, bo‘lish qoidalarini yaratgan. Xorazmiy o‘zining falakkiyotga doir ishlarida xindlarning falakkiyot jadvallarni tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomli bilan mashhur bo‘lgan astronomik jadvallar tuzdi.
Bundan tashqari, «Kitob suratil ard» («yErning surati kitobi») geografiyaga oid dastlabki kitob sanaladi. Bu asar A.Axmedovning taxminiga ko‘ra xaritani tavsiflagan asardir. U Xorazimiyning ko‘p yillar olib borgan tekshirish-kuzatishlar ishlari natijasi bo‘ldi. Unda olim sharq mamlkatlari ustida kuzatishlar olib borib mamlakat va Shaharlarning harakatlarini tuzadi, nomlar ruparasida uzunlik va kenglik darajalarini kursatadi.
Slayd 17
Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamaxshariy (1075-1144) jahon ilm-fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo‘shgan mashhur olim va adibdir. U o‘z asarlarida halollik va pokizalikni, ilmga muhabbatni, mardlik va olijanoblikni ulug‘laydi. Ulug‘ mutafakkir «Navobig‘ ul-kalim» («Nozik iboralar») asarida kishilar ilmli bo‘lish, o‘qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo‘ladi, olim kishi oqil, bilimdon va chiroyli xushxat yozuvga ega bo‘lsa, bu uning kamolotga yetganligidan dalolatdir, deydi. Asarda mudarrislar to‘g‘risida noyob fikrlar bildirilgan: «Murabbiy o‘qib tursagina murabbiy bo‘la oladi, agar o‘qishni to‘xtatib qo‘yar ekan, unda murabbiylik o’ladi».
Slayd 18
Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil farzandning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.
Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.
Slayd 19
Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar, ayniqsa, o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim.
Mirzo Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga alohida ahamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha, odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi kerak.
Slayd 20
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruhiy, ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb, voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligini uqtiradi.
Slayd 21
Voiz Al – Koshifiyning uqtirishicha, insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik qarashlarida bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga alohida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga alohida ahamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muhit muhim o’rin tutadi. Bola to’g’riso’zli, va’daga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.
Jaloliddin Davoniy ota – onaning bolani tarbiyalashdagi ahamiyatiga keng to’xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko’maklashishi ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi bo’lmish oziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jihozlarni yetkazib berish uchun jonbozlik ko’rsatishi kerak.
Slayd 22
Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sa’DI Sheroziy Sheroz shahrida 1184 yilda tug’ildi. Sa’dining fikricha, oila – bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi, o’qitishi, hunarga o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.
Sa’dining pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kam qobiliyatli bo’lishi mumkin. Qobiliyat o’z-o’zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi qobiliyat so’nadi, tarbiyani 3 asosiy – aqliy, nafosat va jismoniy-mehnat tarbiyasiga bo’ladi. Adib bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota – onalariga, ya’ni oilaviy tarbiyaga katta e’tibor beradi. U ota-onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi.
Slayd 23
Mohlaroyim Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg’u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an’analarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muhim o’rinni egallaydi. Nodira hayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chog’ida yaxshilik bunyod etgan bo’ladi, o’zining bu ezgu ishlari bilan o’zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o’z she’rlarida barkamol insonni ulug’laydi. Ta’lim – tarbiyaga oid ko’p foydali o’gitlarni bayon etdi.
Slayd 24
Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 469 ─ 399) o‘quvchilar bilan savol-javob usuli orqali ta’lim-tarbiya berishning suhbat metodiga asos solgan. Sokratning shogirdi Platon o‘z ustozi g‘oyalarini davom ettirib, o‘quvchilar bilan savol-javob usulini notiqlik san’atining bir shakli sifatidagi ahamiyati cheksiz ekanligini bayon etadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og‘zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholaydi.
Slayd 25
Yunonistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda notiqlik san’atining ahamiyatini yoritib berish hamda uning rivojlanishi faylasuf olim Demosfen (eramizdan avvalgi 384─322) nomi bilan uzviy bog‘langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san’atiga qiziqdi. Tug‘ma duduq bo‘lishiga qaramasdan, o‘quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bardosh berib, qizg‘in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namoyish eta olgan. Barcha dunyoviy bilimlarni faqat notiqlik san’atining olijanob qudrati asosida tinglovchilar tafakkuriga yetkazish mumkin deb ta’kidlagan edi faylasuf. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san’atining yetuk namoyondasi, ya’ni elitasi sifatida mashhur bo‘ldi. U davlat tribunasini siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.
Slayd 26
Pestalotssi o‘qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga, asosan uning xalq ta’limi tarmog‘ini takomillashtirishdagi roli hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to‘xtalib o‘tadi.
Slayd 27
O‘qituvchi muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, o‘qituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir, amaliyot bo‘lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat – falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mushkul»
Slayd 28
A.Disterverg o‘qituvchining ta’limdagi roliga yuqori baho berib, u o‘z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o‘quvchilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O‘qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lishi kerakligini takidlab o‘tgan.
Slayd 29
A.I.Gersen mulohazalariga ko‘ra, o‘qituvchining asosiy hislati – bu uning bolalar bilan munosabatda bo‘layotganligini sezishda, bolalar ruhiy dunyosini tushuna olishida, axloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday iste’dodga ega bo‘lmog‘i zarurki, unga har qaysi o‘qituvchi erisha olmaydi.
Slayd 30
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 31
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.