Sezgi organlari masala va mashqlar yechish

4000 so'm


Sezgi organlari masala va mashqlar yechish

 

 

Slayd 1

Sezgi organlari mavzusi bo’yicha masala va mashqlar yechish.

Slayd 2

Darsning maqsadi: Sezgi organlari mavzusi bo’yicha chuqur bilimga ega bo‘lib, masala va mashqlar yechishni o‘rganish.
Darsning jihozi: uslubiy qo‘llanmalar, odamning tashqi va ichki tuzilishiga oid rasmlar, plakatlar, slaydlar, soat, odam organlarining funksiyalari tasvirlangan multimediyalar, filmlar, elektron darslik, kodoskop, kompyuter, proyektor.
Asosiy ma’lumotlar.
Darsda masalalar yechish jarayonida o‘quvchi mavzu mazmuniga chuqurroq kiradi, mavzu va masalada berilgan topshiriq yuzasidan mulohaza yuritadi.

Slayd 3

Ma’lumki har qanday yangi mavzuda yangi qonuniyatlar, atamalar, muhim tushunchalar, xotirada qoldirilishi zarur raqamli ma’lumotlar bo‘ladi.
Masala yechish jarayonida esa bularga takror va takror murojaat qilinadi. Natijada bu tushunchalar o’z-o’zidan o‘quvchi xotirasida muhrlanib qoladi. Eng muhimi bu jarayon qiziqarli o‘tadi. Ta’lim qiziqarli bo’lgandagina, uning samarasi yuqori bo’ladi. Quyida ayrim masalalar va ularning javoblarini tavsiya qilamiz.

Slayd 4

Bundan tashqari «Odam va uning salomatligi» fanidan masalalarni tuzish va uni yechishda o‘quvchilar fanlararo biog‘lanishlarni ham bilishi zarur. Bunda o‘quvchi mantiqiy fikrlaydi, taqqoslaydi, tahlil qiladi, masala yechimiga ijodiy yondashish yuzaga keladi. Masala so‘nggida o‘quvchi-talaba xulosa chiqaradi va masala yechimini tugallaydi.

Slayd 5

2-Masala. Sut emizuvchilar va qushlarning qon bosimi bir xil bo‘lishi mumkinmi?
O‘quvchilar bu masalani yechish uchun qushlar va sut emizuvchilarning yashash muhiti, organlar sistemasi va ularning funksiyalarini taqqoslashi, xulosa yasashi lozim bo’ladi.
Ushbu masalani yechishda esa o‘quvchilarning fizikadan o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llash imkoniyatini yaratib, o’z fikrini dalillash, xulosa chiqarish ko’nikmalarini rivojlantirish nazarda tutiladi.
O‘quvchilar bu masalani yechish uchun fizikadan o’zlashtirgan suyuqliklar­ning xususiyatlari, suv va havoning xususiyatlarini taqqoslashi, ularni biologik masalalarni yechishga safarbar etishi nazarda tutiladi.

Slayd 6

Mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar.
1-Masala. 1 Kg yog’ kislorod ta’sirida oksidlanib 9,3 k/kal energiya ajratadi. O’quvchi 10 g yog’ iste’mol qilgan bo’lsa, ajralib chiqqan energiyani hisoblang.
2-Masala: Baland tog’da yashaydigan kishilarning 1 MM3 qonida o’rtacha 800 million eritrotsit bo’ladi. Balandlikda eritrotsitlar soni ortishini qanday tushuntirish mumkin?
3-Masala: Odam yuragi bir minutda 72 marta uradi. Bir sutkada odam yuragi qancha uradi? Bir oyda-chi?
4-Masala: Katta odamning buyrak nefronlarida uzluksiz siydik filtrlanishi natijasida bir sutkada o’rtacha 100 litr birlamchi siydik hosil bo’ladi. Uning 98,5 – 99 litr kalavasimon kanalchalari devori orqali qancha qayta so’riladi., qolgan 1 – 1,5 litr esa ikkilamchi siydik sifatida tashqariga chiqadi insonda 1 soatda, 1 oyda, 1 yilda qancha siydik ajraladi?

Slayd 7

5-Masala: Katta odamda bir sutkada 500 ML ter ajraladi va uning tarkibida 2 gramm osh tuzi 1 garmm atrofida azot qoldig’i bor. Bir oy davomida ajraladigan ter tarkibida qancha tuz va azot qoldig’i bo’ladi?
6-Masala. Katta odam skeletining 23 qismini, qariyalarda 28 qismini ohak modda tashkil etadi. Agar 30 yoshli kishilarning og’irligi 70 kg, 80 yoshdagi kishining og’irligi esa 55 kg bo’lsa, ular gavdasidagi ohak moddasining og’irligi qanchaga teng?
7-Masala. Odam bo’yi kun davomida o’zgarib turadi. Ertalab uning bo’yi uzun, kechqurun 1-2, hatto 3-4 sm qisqa bo’ladi. Agar odamning bo’yi 160 sm bo’lsa, bir oy mobaynida undagi bo’y o’zgarishlari ertalab va kechqurun qancha bo’ladi? Bo’yning o’zgarishi yil davomida necha sm ga teng bo’ladi?

Slayd 8

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 9

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Sezgi organlari masala va mashqlar yechish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

five × two =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar