Sharif ramazonov hayoti va ijodi

3000 so'm


Sharif ramazonov hayoti va ijodi

 

 

Slayd 1

Sharif ramazonov

hayoti va ijodi

Slayd 2

Kompozitor Sh. Ramazonoving bolalik va talabalik yillari.

Kompozitor Sh. Ramazonovning qo‘shiq va vokal – simfonik ijodi.

Kompozitor Sh. Ramzonovning musiqali drama ijodi.

Reja:

Slayd 3

O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor Sharif Abdullayevich Ramazonov XX asr ko‘p ovozli o‘zbek musiqa san’atining tamal toshini qo‘ygan kompozitorlar: K. Abdullayev, V. Uspenskiy, N. Mironov, M. Ashrafiy, M. Burhonov T. Sodiqov, M. Leviyev, S. Yudakovlarning safdoshidir. U ijodkorlik, rahbarlik va jamoatchilik faoliyati bilan zamonaviy o‘zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi. Ramazonov Sharif Abdullayevich Xorazm viloyati Xiva tumani Gandimyon qishlog‘ida 1910 yili 16 iyunda dehqon oialasida tavallud topdi. Ota – onasidan juda erta yetim qolgan Sharif xolasinikida va begonalarning xonadonlarida kun kechirdi. 1920 yilda Xorazm xalq respublikasi rahbariyati davlat bolalar uyini tashkil etib, ularni o‘qitdi, tarbiya hamda musiqadan birinchi saboq berdi. 1923 yil Xivada bolalar musiqa maktabi ochilishi bilan Sharif birinchilardan bo‘lib skripka sinfiga kirdi, so‘ngra o‘qishini Toshkent musiqa texnikumida davom ettirdi. 1928 yili Samarqandda O‘zbekiston musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil topishi munosabati bilan mazkur institutga ko‘chirma qilindi.

Slayd 4

Bu o‘quv dargohida u T. Sodiqov, M. Ashrafiy, M. Burhonov, Sh. Sohibov, M. Leviyev, O. Halimov, M. Nasimov, N. Hasanov, F. Shamsuddinov, D. Zokirov, F. Shahobov, P. Rahimovlar bilan o‘zbek musiqa merosining bilimdonlari: Ota Jalol Nosirov, Hoji Abdurahmon Umarov, Domla Halim Ibodov, M. Xarratov, Ahmadjon Umurzoqov, Abduqodir Ismoilov kabi ustozlardan hamda Ovro‘po musiqa nazariyasi va tarixidan saboq oldi. Shu institutda u musiqa bastalashga ham ilk qadam ko‘yib, bir necha kuy va qo‘shiqlar yaratdi. Jumladan, N. Mironov rahbarligida M. Ashrafiy, T. Sodiqov va Sh. Ramazonovlar birgalikda «Sadrash» nomli simfonik orkestr uchun marsh yozdilar. O‘zbek xalq qo‘shiq va kuylarini notaga yozib olib, «Farg‘ona, Buxoro va Xiva qo‘shiqlari» nomli to‘plamni 1931 yilda nashrdan chiqardilar. Sh. Ramazonov o‘qishni bitirgandan so‘ng 1933 – 41 yillarda Toshkent davlat musiqa teatri dirijyori, Urganch musiqali drama teatri badiiy rahbari va bosh dirijyori, Xorazm viloyat san’at bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimlarida ishladi.

Slayd 5

Sh. Ramazonov 1946 – 55 yillarda Namangan viloyati Navoiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri dirijyori, keyinchalik direktor, ayni paytda, Namangan musiqa bilim yurti va musiqa maktabi direktori, 1948 yildan esa Namangan viloyati madaniyat va san’at bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. 1955 yili Toshkentga ko‘chib kelgan Sh. Ramazonov O‘zbek davlat estradasi konsert tashkilotiga badiiy rahbar etib tayinlandi. 1958 yilda O‘zbekiston estrada – jaz orkestri tashkil etildi. Sh. Ramazonovning o‘zi ham estrada qo‘shiqlari yaratadi va tez orada bu jamoa respublikamizda mashhur bo‘ldi. Sh. Ramazonovning otalarcha g‘amxo‘rligi tufayli mazkur jamoaga sevimli estrada xonandalaridan Botir Zokirov, Luiza Zokirova, Elmira O‘razboyeva, Staxan Rahimov, Bahrom Mavlonov, Yunus To‘rayevlar dadil ijodiy qadamlarini qo‘ygan edilar.

Slayd 6

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 7

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Sharif ramazonov hayoti va ijodi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar