Sharq allomalari ilmiy merosi
5000 so'm

Slayd 1
Alisher Navoiy va zahiriddin muhammad boburning hayoti va faoliyati
Slayd 2
Alisher Navoiy – ulug’ mutafakkir shoir, alloma
Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzbek adabiyoti va davlatchilik tarixining ikki buyuk ustunidir
Xulosa
Reja:
Slayd 3
Soʻz mulkining sultoni» va oʻzbek adabiy tilining asoschisi.
Hayoti: Hirotda tugʻilgan, Temuriylar saroyida tarbiyalangan va sulton Husayn Boyqaroning eng yaqin doʻsti hamda vaziri boʻlgan.
Ijodi: Turkiy tilda birinchi boʻlib «Xamsa» (besh doston) yaratgan. «Muhokamat ul-lugʻatayn» asarida oʻzbek tilining fors tilidan qolishmasligini isbotlab bergan.
Faoliyati: Davlat arbobi sifatida yuzlab madrasa, masjid, koʻprik va shifoxonalar qurdirgan; fan va sanʼat ahliga homiylik qilgan.
Alisher Navoiy (1441–1501)
Slayd 4
Alisher Navoiyga bag‘ishlangan tarixiy va ilmiy asarlarda batafsil tavsif qilinishicha, 1469–1481 yillar Alisher Navoiyning ijtimoiy hayot va obodonchilik borasidagi eng faol xizmat ko‘rsatgan yillari bo‘lgan. Shoir 1481 yili «Vaqfiya» asarini yozib, unda o‘zining binokorlik va xayriya ishlariga yakun yasab, o‘z-o‘ziga hisob bergan.
Fors tilidagi birinchi «Xamsa» buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy (1141–1209) tomonidan yaratildi. Shoir hech bir o‘rinda o‘zining «Xamsa» yozganligini qayd etmaydi. Nizomiy vafotidan 100 yil o‘tib, Hindistonda tug‘ilib o‘sgan forsiyzabon turk o‘g‘loni Xusrav Dehlaviy Nizomiy «Xamsa»siga birinchi bo‘lib tatabbu yozadi va «xamsachilik» an’anasini boshlab beradi.
Slayd 5
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzbek adabiyoti va davlatchilik tarixining ikki buyuk ustunidir.
Keyingi XIV–XV asrlar mintaqa ma’naviyati «Xamsa» an’anasi ta’sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech bo‘lmaganida «Xamsa»ning bir dostoniga munosib javob yoza bilish bilan o‘lchanadigan bo‘ldi. Bu jahon ma’naviyati tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab bergan «xamsachilik» an’anasi o‘zining kamolini Alisher Navoiy ijodida topdi.
Alisher Navoiy o‘zi va salaflari – Nizomiy, Dehlaviy, Hofiz, Iroqiy va boshqalar yaratgan mustaqil badiiy tafakkur tarzini «majoz tariqi» deb nomladi va unda Haq asrori «majoz suvratinda» aks etishini ta’kidlagan. Bu Borliqni o‘ziga xos idrok etish tarzi Naqshbandiyaning: «Dil ba yoru dast ba kor», qoidasiga muvofiq bo‘lib, unda ibrat, ilm, irfon va amal bir nuqtada birlashar va yangi dunyoga ko‘z ochardi. Tavhid ta’limoti va e’tiqodini idrok etishning eng yuqori bosqichi bo‘lgan bu dunyoqarash tizimi «Xamsa» va «Lison ut-tayr» asarlarida, shoir lirikasida badiiy in’ikosini topgan.
Slayd 6
Hayoti: Andijonda tugʻilgan. 12 yoshida Fargʻona taxtiga oʻtirgan, keyinchalik Kobulni egallagan va 1526-yilda Hindistonda buyuk saltanatga asos solgan.
Ijodi: Jahon adabiyotining durdonasi — «Boburnoma» (avtobiografik asar) muallifi. Shuningdek, «Mubayyin» (islom huquqi), «Muxtasar» (aruz vazni) kabi asarlar yaratgan.
Faoliyati: Mohir sarkarda va adolatli shoh boʻlgan. Uning sheʼriyati vatan sogʻinchi va insoniy fazilatlar tarannumi bilan yoʻgʻrilgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530)
Slayd 7
«Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.
Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari, Islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.
«Boburnoma»da o‘sha davrning siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, o‘z yurti Farg‘ona viloyatining siyosiy-iqtisodiy 194 ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, O‘sh, Urganch, O‘ratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir ma’lumotlar keltirilgan.
Slayd 8
Ma’lumki, Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini o‘rganish va ommalashtirishda O‘zbekiston, Tojikiston, Rusiya olimlarining faoliyatlari ham diqqatga sazovordir. XIX–XX asrlar davomida Georg Ker, N. Ilminskiy, O. Senkovskiy, M. Sale, Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, V.Zohidov, Ya. G‘ulomov, R.Nabiyev, S.Azimjonova, A.Kdyumov kabi olimlarning sa’y-harakatlari bilan «Boburnoma» bir necha bor rus va o‘zbek tillarida chop etildi, ularga so‘zboshi yozildi va keng kitobxonlar ommasining ma’naviy mulkiga aylantirildi, uning she’rlari ham bir necha bor nashr etildi. Bobur lirik she’rlari va tarixiy «Boburnoma»sidan tashqari islom qonunshunosligi va boshqa sohalarda ham asarlar yaratgan. 1522 yilda o‘g‘li Humoyunga atab yozgan. «Mubayyin» nomli asarida o‘sha zamon soliq tizimini, soliq yig‘ishning qonun-qoidalarini, shariat bo‘yicha kimdan qancha soliq olinishi va boshqa masalalarni nazmda izohlab bergan.
Slayd 9
«Boburnoma»ni varaqlarkanmiz, ko‘z oldimizdan Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston xalqlariga xos bo‘lgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, o‘sha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning to‘liq manzarasi namoyon bo‘ladi. «Boburnoma»da keltirilgan bu tarzdagi ma’lumotlar Bobur davrida yozilgan boshqa tarixiy manbalar: Mirxond, Xondamir, Muhammad Solih, Binoiy, Muhammad Haydar, Farishta, Abul-Fazl Allomiy va boshqa tarixchilarning asarlarida bu darajada aniq va mukammal yoritilgan emas. Muallif «Boburnoma»da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Behzod, Ulug‘bek Mirzo va boshqa allomalar haqida o‘zining eng yuqori fikr va mulohazalarini bildiradi.»Boburnoma» – Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron xalqlarining XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini o‘zida aks ettirgan bo‘lsa ham, shu bilan birga juda ko‘p dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan viloyatlarning o‘zaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabatlari, jug‘rofiy mavqei, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tog‘lari, daryolari, xalqlari, qabila va elatlari va ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari, muhim tarixiy inshootlari – hindular va musulmonlarning ibodatxonalari, to‘y va dafn marosimlari haqida nihoyatda nodir ma’lumotlarni o‘ziga qamrab olgan shoh asardir. Shu bois «Boburnoma» tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelmoqda.
Xulosa
Slayd 10
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 11
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.