- Savatga boshqa "GLOBALLASHUV JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH VAZIFALARI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
ROMANTIZM ADABIYOTI
6000 so'm

ROMANTIZM ADABIYOTI
Romantizm adabiyoti: shakllanishi, asosiy yo‘nalishlari va mashhur vakillari
Romantizm adabiyoti — XVIII asr oxiri va XIX asr birinchi yarmida Yevropa va Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan yirik adabiy oqimlardan biridir. U klassitsizmga va ma’rifatchilik realizmiga qarshi sifatida paydo bo‘lib, inson ruhining ichki kechinmalari, orzulari, ideallari va erkinlikka intilishini tasvirlashga asoslanadi.
1. Romantizm atamasining kelib chiqishi
“Romantizm” so‘zi “roman” so‘zidan olingan. XII asrlarda Fransiyada sarguzasht va ishqiy mavzudagi asarlar “roman” deb atalgan. Ular real hayotdan ko‘ra xayolot olamiga tayanib yozilgan bo‘lib, o‘quvchini qahramonlik, muhabbat va jasorat bilan rom etgan.
2. Romantizmning ijtimoiy va nazariy asoslari
Romantizm Fransuz inqilobi (1789) natijasida vujudga keldi. U aql va mantiqqa asoslangan ma’rifatchilik g‘oyalariga qarshi chiqdi. Romantiklar hayotni faqat aql bilan emas, balki tuyg‘u, orzu va tasavvur orqali anglashga intildilar. Ular real hayotdan norozilikni, ideal olamga qochishni, shaxs erki va ruhiy mustaqillikni ulug‘ladilar.
3. Romantik qahramon obrazi
Romantik qahramon — bu yuksak his-tuyg‘ularga ega, jamiyat qonunlariga bo‘ysunmaydigan, erkinlikni orzu qiluvchi, mag‘rur shaxsdir. U o‘z orzulari yo‘lida kurashadi, ko‘pincha jamiyat bilan to‘qnashadi. Romantik asarlarda voqelikdan ko‘ra orzular, sirlilik, go‘zallik va ruhiy kechinmalar ustuvor o‘rin egallaydi.
4. Romantizm davrlari
- Ilk romantizm (XVIII asr oxiri – XIX asr boshi)
- Rivojlangan romantizm (XIX asr 20–40-yillari)
- Kech romantizm (1848-yildan keyingi davr)
5. Nemis romantizmi va Gofman ijodi
Nemis romantizmi XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida falsafa, estetika va adabiyotda katta ta’sir ko‘rsatdi. Fridrix Shlegel bu oqimning nazariy asoschisi hisoblanadi. Nemis romantiklari hayotni lirizm va fantaziya bilan boyitdilar.
Ernst Teodor Amadey Gofman (1776–1822) nemis romantizmining eng yorqin vakillaridan biridir. Uning fantastik novellalari inson ruhining ikki qirrasi – ezgulik va yovuzlik, aql va his o‘rtasidagi kurashni ifodalaydi. Gofman inson tabiatining ichki ziddiyatlarini birinchi bo‘lib badiiy shaklda ochib bergan yozuvchidir.
6. Fransuz romantizmi va Gyugo ijodi
Fransiyada romantizm Fransuz inqilobi ta’sirida shakllandi. Bu oqimda Viktor Gyugo alohida o‘rin tutadi. U adabiyotda xalq hayoti, erkinlik, insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surdi.
Gyugo “Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi”, “Xo‘rlanganlar”, “Dengiz zahmatkashlari”, “To‘qson uchinchi yil” kabi romanlar, shuningdek “Ernani” va “Ryui Blaz” pyesalari bilan mashhur. Uning asarlari orqali Fransuz adabiyotida inson qadr-qimmati, adolat va muhabbat g‘oyalari yuksak badiiyat bilan ifodalandi.
7. Daniya romantizmi va Hans Kristian Andersen ijodi
Daniya romantizmi milliy afsona va ertaklarga asoslangan edi. Uning eng mashhur vakili — Hans Kristian Andersen (1805–1875). U “Dyumchaxon”, “Suv parisi”, “Cho‘chqaboqar”, “Ole Lukoye”, “Kichkina Idaning gullari” kabi ertaklari bilan dunyo adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan. Andersen bolalar bilan samimiy muloqot uslubini yaratgan, yaxshilik va insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan.
8. Angliya romantizmi va Bayron ijodi
Angliya romantizmi XVIII asr oxirlarida shakllanib, “Ko‘l maktabi” shoirlari — Uilyam Vordsvort, S.T. Kolridj va R. Sauti nomlari bilan bog‘liq. Romantizmning eng yorqin vakili esa — Jorj Gordon Bayron (1788–1824).
Bayronning “Chayld Garoldning ziyorati”, “Manfred”, “Mazepa”, “Korsar”, “Don Juan” kabi asarlari orqali u isyonkor, erkin, yakkalanib qolgan shaxs obrazini yaratgan. Bayron uchun inson — mustaqil, jamiyatga bo‘ysunmaydigan va o‘z yo‘lini tanlay oladigan mavjudotdir.
9. Xulosa
Romantizm adabiyoti inson ruhiyatining chuqur qatlamlarini ochib bergan, erkinlik va ideallarni ulug‘lagan adabiy oqimdir. U Gofman, Gyugo, Andersen va Bayron singari buyuk ijodkorlar orqali nafaqat Yevropada, balki butun jahon adabiy jarayonida chuqur iz qoldirgan.
=== Taqdimot 1 ===
ROMANTIZM ADABIYOTI
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
Romantizm adabiyotining ijtimoiy va nazariy asoslari.
Nemis romantizmi. Gofman ijodi.
Fransuz romantizmi. Gyugo ijodi.
Daniya romantizmi. H.Andersen ijodi.
Angliya romantizmi. Bayron ijodi.
=== Taqdimot 3 ===
MAVZU YUZASIDAN TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
Romantizm tushunchasining genezisi.
Romantik qahramon. Shaxs erki.
Fridrix Shlegel – romantizm nazariyasining asoschisi. Nemis romantizmining o‘ziga xos xususiyatlari.
Ernst Teodor Amadey Gofman ijodi. Genrix Geyne she’riyati.
=== Taqdimot 4 ===
Balzak
“Ulug‘lar haykal uchun poydevorni o‘zlari tiklaydilar, ularga haykalni esa kelajak qo‘yadi”.
Viktor Gyugo
“Xalq uchun ishlamoq yozuvchining eng muqaddas burchidir”.
MAVZU HIKMATI
=== Taqdimot 5 ===
ROMANTIZM ADABIYOTINING IJTIMOIY VA NAZARIY ASOSLARI
Romantizm XVIII asr oxiri, XIX asr birinchi yarmida Yevropa va Amerika adabiyotida tarqalgan yirik adabiy oqimlardandir. “Romantizm” atamasining paydo bo‘lishini “roman” so‘zi bilan bog‘liq holda o‘rganish lozim.
XII asrdan boshlab Fransiyada boshqalardan ajratib turuvchi qahramonlar bilan sodir bo‘lgan ishqiy, jangovar sarguzashtlar bayon etilgan asarlar roman deb atalgan.
=== Taqdimot 6 ===
Bunday romanlar antik romanlar singari lotin tilida emas, jonli roman (fransuz) tilida yozilgan. Sagalardan farqli ravishda romanda real voqealarga emas, muallif tomonidan xayolot olamiga tayanilgan.
Shunday qilib, o‘rta asrlar romanlari o‘quvchi va tinglovchilarni qiziqarli syujet – muhabbat va shuhrat uchun qahramonliklar sodir etib, hatto insonga dushman kuchlar yovuz kuchlar ustidan ham g‘alaba qozonuvchi qahramonlar haqida hikoya qilishi bilan bilan rom etgan.
=== Taqdimot 7 ===
XVII asr o‘rtalariga kelib Angliyada paydo bo‘lgan romantik sifat aql bovar qilmaydigan qahramonliklariga asoslangan barokko romanlarining xususiyatini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.Shunday qilib, nafaqat romantik sarguzashtni, balki sirlilikni ham anglata boshlagan. Jan Jak Rusoo mazkur atamadan takrorlanmas Shveytsarida tabiatiga tavsif berishda
foydalanilgan.
=== Taqdimot 8 ===
Fransuz inqilobi (1789) Yevropa va jahon adabiyotidagi kuchli yo‘nalish romantizmining vujudga kelishiga zamin hozirlangan voqea bo‘ldi.
Romantizm mavjud voqelikdan qoniqmaslik, aniqrog‘i ma’rifatchilikka xos bo‘lgan olamni aql bilan raso holiga keltirish g‘oyasiga ishonchning yo‘qolishi natijasida paydo bo‘ldi. Lekin romantizm romantik tafakkur ildizlariga qadim zamonlarga taqaladi.
=== Taqdimot 9 ===
Romantiklar ijodi har bir mamlakatda o‘z belgilariga ega. Shu bilan birga Yevropa romantizmi o‘z umumiy xususiyatlariga ega ham ega. Romantik qahramon, asosan, yuksak va nozik his sohibi, boshqalar bo‘ysunuvchi qonunlarga bo‘ysunmaydigan mag‘rur shaxsdir.
Ular quyidagilar:
Romantiklar paydo bo‘lgan tarixiy sharoit.
Uslub xususiyatlari.
Qahramon xarakteri.
=== Taqdimot 10 ===
Yevropa romantik taraqqiyoti uchta davrga bo‘linadi:
Ilk romantizm (XVIII asr oxiri XIX asr boshlari).
Rivojlangan romantizm (XIX asrning 20-40-yy).
Kech romantizm (1848-y. keyingi davr).
Romantiklarning vazifasi turmushni aniq va Ravshan tasvirlash emas, balki turmush haqidagi orzu-umidlarni tasvirlashdir. Shunday yo‘llar orqali ular o‘z ideallarini aks ettiradilar.
=== Taqdimot 11 ===
Nemis romantizmi. Gofman ijodi
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida nemis tilida so‘zlashadigan mamlakatlarning hukmron intellektual harakati bo‘lib, falsafa, estetika, adabiyot va tanqidga ta’sir ko‘rsatdi. Ingliz romantizmi, nemis navlari nisbatan erta rivojlandi va ochilish yillariga to‘g‘ri keldi Veymar klassitsizmi (1772-1805). Ingliz romantizmining jiddiyligidan farqli o‘laroq, nemislarning turli xil romantizmlari aql-idrok, hazil va go‘zallikni juda qadrlashadi.
Nemis romantizmi klassisizim ma’rifatparvar realizm bilan kurashda shakllandi. Nemis romantiklari (Kalderon va Hayot -bu tush) Shekspir (yozgi tun tushi “Bo‘ron”) ni o‘z o‘tmishdoshlari deb hisoblaydilar. O‘tgan asr estetlarida Aflotun ham romantiklarga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Romantiklar nafaqat estetikaga, balki badiiy ijodga ham katta ulush qo‘shadilar, uni lirizm bilan boyitadilar.
11
=== Taqdimot 12 ===
Ernst Teodor Amadey Gofman (1776–1822)
Gofmanning fantastik novella va romanlari nemis romantizmining eng katta yutug‘I hisoblanadi. U muhitni aql bovar qilmaydigan (iratsional) holda qabul qiladi, chunki shunday holda dunyoviy uyg‘unlik (garmoniya) mumkin emas. Gofman asarlarida, ko‘pincha, personajlarning ikkiga ko‘payish hollarini kuzatish mumkin. U XIX asr yozuvchilari orasida birinchi bo‘lib, inson naturasining ikkiga ko‘payishini ochdi. Ya’ni, Gofman asarlarida insonning qarama-qarshi xislatlari alohida, aralashmagan holda maydonga chiqadi.
=== Taqdimot 13 ===
Fransiya romantizmi. Gyugo ijodi
13
1789–1794-yillarda sodir bo‘lgan fransuz inqilobi natijasida paydo bo‘lgan fransuz romantizmi adabiyoti ikki bosqichni bosib o‘tdi. Birinchi bosqich 1800–1810-yillarni, ikkinchi bosqich 1820–40-yillarni o‘z ichiga oladi. Lekin J.Sand, V.Gyugo singari romantiklar ijodi mazkur davriylashtirish chegarasidan chetga chiqadi. Tasviriy san’atda esa romantizm 1860-yillargacha saqlanib qoldi. Birinchi bosqichda yaratilgan asarlarda keskin syujet kuzatilmaydi. Yozuvchilarning e’tibori kuchli his-tuyg‘u, ehtiroslarni tasvirlashga qaratiladi. Shu bois Ovrupa mamlakatlari romantiklarining sevimli yozuvchisi bo‘lgan Shekspir Fransiyada ajabtovur vaziyat va o‘xshashi yo‘q tuyg‘ular tasvirchisi sifatida talqin etilgan
=== Taqdimot 14 ===
Fransuz xalqining buyuk farzandi Viktor Gyugo 1802-yil 26-fevralda Parijda dunyoga keldi. Uning otasi Jozef Leopold Sigizber Gyugo fransuz armiyasida xizmat qilib yuqori martabalariga erishgan shaxs edi. Onasi Sofi Trebyushe badavlat oilaning qizi bo‘lgan. Otasi Napoleon davrining generali, onasi esa, aksincha, Burbonlar tarafdori edi. Shoir o‘zining birinchi she’rlarida burbonlarni madh etadi.
=== Taqdimot 15 ===
Viktor Mari Gyugo “Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi” (1831), “Xo‘rlanganlar” (1862), “Kulib turuvchi kishi” (1869), “Dengiz zahmatkashlari» (1866), “To‘qson uchinchi yil” (1874) kabi romanlarning muallifi. Uning “Ernani” (1829), “Ryui Blaz” (1838), “Qirol o‘zini qiziqtiradi” (1832) pyesalari mashhur. U Fransiya uchun buyuk shoir edi va shunday bo‘lib qoladi ham. Gyugo ko‘plab poetik to‘plamlar, jumladan, “Sharqona motivlar”, “Intiqom”, “Tafakkur”, “Asrlar afsonasi”, “Tushkun yillar” kabilarni nashr qildirgan.
=== Taqdimot 16 ===
Daniya romantizmi. H.Andersen ijodi
Daniya romantizmi milliy adabiyot an’analari negizida paydo bo‘ldi. Shu bilan birgalikda Daniya romantizmi rivojlanishiga nemis va ingliz romantiklari: Garmon, Tike, Shamisso, Reyne, Skottyular katta ta’sir ko‘rsatdilar.
=== Taqdimot 17 ===
Daniya romantizmida afsona va ertaklar alohida o‘rinda turadi. 1810-1820-yillar Daniya adabiyotida ertaklar davri deb ataladi. 1818-yilda Yu.Til “Daniya xalq rivoyatlari”, S.Grundvich “Qadimgi Daniya rivoyatlari” (1854—1861), Vinter “Daniya xalq ertaklari” to‘plamlarini chop ettirdilar. 1816-yili Elekleger “Turli xalqlar ertaklari” to‘plamini nashr etdilar. Bu davrda adabiyotga buyuk daniya ertakchisi H.K.Andersen kirib keldi.
=== Taqdimot 18 ===
Buyuk ertakchi Odens shahrida, etikdo‘z oilasida dunyoga keldi. 1819-yili Kopengagenga keladi. 1822-yili Andersen qadimgi skandinav sujeti asosida yozilgan, “Elflar qo‘shig‘I” asarlarini teatrga olib keldi. Katta qiyinchilik, muhtojlikda avval gimnaziyani, keyin esa universitetni tamomladi. Andersen 6 ta romanning muallifi hisoblanadi. Uning “lmprovizator”, “Faqat skripkachi” romanlari mashhur bo‘ldi. Andersen romanlari Daniya romantizmi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Uning romanlarini V.Skott va V.Gyugo asarlariga qiyoslashadi. Lekin yozuvchiga umumjahon miqyosida shuhrat keltirgan asarlari – uning ertaklari bo‘ldi. U 1835-yildan ertaklar yoza boshlagan.
=== Taqdimot 19 ===
Lekin yozuvchiga umumjahon miqyosida shuhrat keltirgan asarlari – uning ertaklari bo‘ldi. U 1835-yildan ertaklar yoza boshlagan. Adabiy ertaklardan ko‘ra xalq ertaklariga yaqin turuvchi bu asarlar xalq orasida mashhur bo‘ldi.
1835-1841-yillarda Andersenning “Bolalarga atalgan ertaklar” to‘plami nashr etildi. Bu to‘plamdan “Chaqmoqtosh”, “Kichkina Klaus va katta Klaus”, “Yo‘ldosh”, “Yovvoyi oqqushlar”, “Cho‘chqaboqar” kabi ertaklar o‘rin oldi. Bu ertaklar xalq ertaklari asosida yozilgan.
=== Taqdimot 20 ===
“Qirmizi bo‘ta Elfi” (Italiya qo‘shig‘i asosida), “Uchar sandiq” (“1001 kecha” asosida) kabi ertaklar ham kiritilgan. Shuningdek bu to‘plamga Andersenning o‘zi to‘qigan “Kichkina Idaning gullari”, “Dyumchaxon”, “Suv parisi”, “Baxt kovushlari”, “Jannat bog‘I”, “Ole Lukoye” ertaklari ham kiritilgan.
=== Taqdimot 21 ===
Andersenning ertaklari o‘quvchilar va adabiyot tanqidchilarining e’tiborini o‘ziga tortadi. Bolalarga atalgan bu ertaklar o‘ziga xos edi. Andersen bolalarga o‘z tengiga murojaat qilganday munosabatda bo‘lib, pand-nasihat qilmas edi. Bu ertaklarda yaxshilik faol kurashadi, inson tabiatidagi haqiqat, chin sifatlar namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 22 ===
Angliya romantizmi. Bayron ijodi
XVIII asr oxirlaridan 1830-yillargacha bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi. Ilk romantik ijodkor Uilyam Bleyk (1757-1827) sanaladi. Angliya romantizmining birinchi davri “Ko‘l maktabi” shoirlari U.Vordsvort, S.T.Kolridj va R.Sauti nomlari bilan bog‘liqdir. Ular shahar muhitidan yiroqda Kezik ko‘li yaqinida istiqomat qilganlari bois “leykistlar” yoki “ko‘l maktabi” vakillari deb ataladi.
=== Taqdimot 23 ===
Bayronning yoshligi Shotlandiyada o‘tgan. 10 yoshiga to‘lganda, Lord unvoni olgan. U ikki yil o‘rta yer dengizi bo‘ylab sayohatga chiqadi. Ispaniya, Malta, Albaniya, Turkiya, Portugaliya hamda Gretsiyani aylanadi. Ana shu sayohatlar natijasida “Chayld Garoldning ziyorati” nomli lirik-epik doston yaratadi. Dostonda asar qahramoni shoirning o‘zi bo‘ladi. U Portugaliya, Ispaniya, Albaniya va Gretsiyada bo‘ladi.
=== Taqdimot 24 ===
Shoir 1817-1823-yillarda Italiyada yashadi. Bu davrda yaratilgan “Tasso shikoyati” (1817), “Mazepa” (1818) dostonlari, “Manfred” (1817), “Kain” (1821) dramalarida kishilarni adolatsizlikka qarshi kurashga chaqiradi. Bu asarlarda “Olam va Odam muammosi” markaziy masala sifatida qo‘yilgan va yuksak badiiyat bilan hal qilingan. Bayron “Manfred” (1817) dostonida isyonkor shaxs obrazini aks ettirishni maqsad qilib qo‘yadi. Manfred obrazi orqali yakkalanib qolgan shaxs iztiroblari va fojiasini aks ettiradi. Manfred jamiyat aqidalaridan yuqori turuvchi, o‘ziga xos qarashlarga ega bo‘lgan mag‘rur shaxs. U jamiyat va hayot qonunlariga qarshi turgan shaxs. Mutelik unga yot narsa. “Korsor” dostonida esa, asar qahramoni Konrod bo‘ladi. Shoirning “Don Juan” she’riy romani uni dunyoga mashhur qiladi.
24
=== Taqdimot 25 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
📘 “Romantizm adabiyoti” taqdimotini to‘liq Slaydchi.uz saytida ko‘ring.
Slaydchi.uz — adabiyot, tarix va san’at bo‘yicha taqdimotlar uchun eng ishonchli manba.
Boshqa adabiy yo‘nalishlar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.