Rabg’uziy hayoti va ijodi

6000 so'm


Rabg'uziy hayoti va ijodi

 

 

Slayd 1

NOSIRIDDIN BURHONIDDIN O’G’LI RABG’UZIY
(XIII – XIV asrlar oralig‘i)
Rabg’uziyning hayoti va ijodi
“Qissasi Rabg’uziy” haqida
“Qissasi Odam Safiy”
“Nuh Alayhissalom”
Gazal, Bayt va Sherlar
Xotimati Qissasi Al-Rabg’uziy

Slayd 2

Rabg’uziyning hayoti va ijodi
Yirik adib va dinshunos. Xorazmning Raboti O’g’uz qishlog’ida tug’ilgan, u yerda qozilik qilgan. Mo’g’ul istilosi davrida yaratilgan birdan-bir yirik asar “Kisasul-Rabg’uziy” muallifi. Asar mo’g’ul hukmdori To’qbug’aning topshirig’i bilan hijriy 710 yilda (mil. 1310 yil) yozilgan

Slayd 3

Rabg’uziyning hayoti haqida
Rabg’uziy (taxallusi; asl ism sharifi Nosiriddin Burhoniddin o’g’li) (13-asr oxiri — Xorazmning Raboto’g’uz mavzei — 14-asr boshlari) — shoir. Raboto’g’uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og’zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to’g’risidagi qissalarni chuqur o’rgangan. O’zi ham ko’pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo’lib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Bizgacha «Qisasi Rabg’uziy» (1309—10) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon mo’g’ul beklaridan Nosiriddin To’qbug’aning topshirig’i bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, ba’zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur’oni karimdagi ba’zi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning «Qisas ul-anbiyo»sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi, so’ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma’lumot beruvchi qisqa so’zboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Mavzu doirasiga ko’ra, asar qissalari juda rang-barang . Olamdagi butun mavjudot egasi boʻlgan Allohni ulug’lash, payg’ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular jumlasidandir.

Slayd 4

Qissalar hajmi
turlicha: Mas, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil kilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarda real hayot voqealari bilan bog’liq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, personajlar tasvirida xalq og’zaki ijodining bevosita ta’siri seziladi. Asarda ma’rifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud (Luqmon hikoyasi va boshqalar), qissalardagi hikoyatlarga dunyoviy ruh ham singdirilgan (Yusuf qissasi va boshqalar). R.ning bu asari o’zbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining yetuk namunasi hamda 13—14-asrlar eski o’zbek adabiy tilini o’rganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. Qissaning 15-asrga qo’lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, 16-asrda ko’chirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, 19-asrda ko’chirilgan qo’lyozma, shuningdek, bosma nusxalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik institutida (inv. №1025, 7397, 1874) saqlanadi.

Slayd 5

Qissasi Hud Alayhis-Salom
Nuhda kezin Hud yalovoch bo’ldi uch yuz yil kechib,Yurir erdi ko’p xaloyiqdin,sha’riatdin qochib.Tunla-kunduz Hud tegurdi tengrimizning yorlug’in,»Sakkiz ujmoqqa keeling»,teb haqni botildan sijib.Rabqa yozib,yo’ldan ozib,sunmadin ding’a bo’yun,Haqg’a tonib,xalqg’a yonib,butg’a sig’inib,xamr ichib.

Slayd 6

QISASUL ANBIYO;OSMONLAR VA YERLAR HAQIDA SO’Z
Xabarda keltiribdilarki, Olloh subhanahu va taolo hamma narsadan ilgari bir gavharni yaratdi. Bu gavharga haybat nazari bilan qaragan edi, u erib ketdi. Erib suv bo‘lgan gavhardan yerni yaratdi. Suv ustiga tushgach, u ko‘piklandi. U ko‘pikdan tutun ko‘tarildi, u tutundan ko‘kni yaratdi. Ul suv Olloh taoloning haybatidan qaynab ko‘piklandi. Ul ko‘pikdan Ka’baning o‘rnicha yerni yaratdi. Shundan keyin osmonlarni yaratishga kirishda. (Oyat) «So‘ng osmon tomonga yuzlandi va ularni yetti qavat osmon qilib yaratdi». Osmonlarni yaratib bo‘lgandan keyin avvalda yaratilgan yerni mashriqdan mag‘ribgacha yozib tekisladi. (Oyat) «Va yerni undan keyin to‘shadi».

Slayd 7

QISASUL ANBIYO;OSMONLAR VA YERLAR HAQIDA SO’Z
Bu yerlar va osmonlar bir qavat edi, qudrati bilan osmonni yerdan ayirdi, har qaysilari yetti qavatdan bo‘ldi. (Oyat) «Olloh shunday zotki, u yetti osmonni yaratibdur va yerlardan ham shunchani». Bu yetti yer ustida suvlar yaratildi. U yerlarni ushlab termoq uchun tog‘larni ular ustiga qoziq qilib yaratdi.

Slayd 8

Olloh taolo butun olamni olti kunda yaratdi. (Oyat) «Badahqiq, Biz osmonlarni, yerni va ularning o‘rtalaridagi bor narsalarni olti kunda yaratdik». Xabarda keltirilishicha, yakshanba kuni osmonlarni yaratdi, dushanba kuni oyni, quyoshni, yulduzlarni yaratib, falak ichida turgizdi, seshanba kuni qush-qumirsqalarni, farishtalarni yaratdi, chorshanba kuni suvlarni yaratdi, shamollarni, bulutlarni chaqirdi, daraxtlarni, o‘t-o‘lanlarni undirdi, rizq-nasibalarni ulashdi, payshanba kuni jannat, do‘zaxni, rahmat va azob farishtalarini, hurlarni yaratdi, juma kuni Odamni yaratdi, shanba kuni hech narsa yaratmadi. Bu hamma narsalarni va yana minglab narsalarni ko‘z ochib yumguncha yaratguvchi qudrati bor edi. Shuning uchun olti kunda yaratdiki, bunda bandalariga ta’lim bor edi: «Men qodir bo‘lsam-da shoshilib qilmasman», degan. Rasululloh dedi: «Shoshilish shaytonning ishi va shoshilmaslik Rahmonning ishidur».
Qayd etilgan

Slayd 9

OSMONLARNING SIFATI
Ilk qavat osmon yashil zumraddandir, uni Rafiq derlar. Farishtalari dovon suratida, ulug‘larning oti Ismoildir. Ikkinchi qavat osmon kumushdandir, uni Ruq’a derlar. Farishtalari burgut su’ratida, ulug‘larning oti Raqobildir. Uchinchi qavat osmon yoqutdandir, uni Qaydam derlar. Farishtalari sigir suratida, ulug‘laorning oti Ko‘kboildir. To‘rtinchi qavat osmon oq injudandir, uni Mo’un derlar. Farishtalari ot suratida, ulug‘larining oti Nubyoyildir. Beshinchi qavat osmon oltindandir, uni Ratqo derlar. Farishtalari hur suratida, ulug‘larining oti Siftboildir. Oltinchi qavat osmon sariq yoqutdandir, uni Aribo derlar. Farishtalari odamiy suratida, ulug‘larining oti Nurboildur.

Slayd 10

YERLARNING SIFATI
Ilk qavat yerni Ramko derlar. Aqim otlig‘ shamol ustida yetmish ming xalqada turar. Har bir xalqani yetmish ming farishtalar tutib turarlar. Ikkinchi qavat yerni Julza derlar. Uning ichida do‘zax chayonlari bordir, ul chayonlar tuyalarga teng kelar, nayzalari quduq sifatlidir. Har bir olti yuz oltmish bo‘yin, har bo‘ynida olti yuz oltmish bosh, har boshida olti yuz oltmish zaharli olma bordir. Ulardan biri bu dunyoga cho‘kib qolsa, olam ahlining brachasi halok bo‘lg‘ay. Uchinchi qavat yerni Arqa derlar. Uning ichida har biri Kof tog‘idan ham kattaroq bo‘lgan urumlar bordir. To‘rtinchi qavat yerni Harna derlar. Uning ichida do‘zax ilonlari bordir. Har bir ilonning ming tishi bor, har bir tishi xurmo daraxtidek, har bir tishi ostida og‘u bilan to‘la o‘n sakkiz olma bordir. Beshinchi qavat yerni Malso derlar. Uning ichi do‘zax toshlariga to‘ladir. Oltinchi qavat yerni Sijjin derlar. Uning ichida do‘zaxiylarning jonlari turadir. Yetti qavat yerni Ajibo derlar. Iblis shunda turar. Har yilda bir chiqar va yana qaytib kirar. Har bir kunning uzunligi besh yuz yilga tengdir.

Slayd 11

FARISHTALAR, JINLAR VA ODAMLARNING YARATILISHI HAQIDA SO’Z
Olloh taolo farishtalarni o‘tning yorug‘ligidan, parilarni esa o‘tning alangasidan yaratdi. Ularning asllari bo‘lsa hamki, uch narsa bilan farqlanadilar. Buri shuki, farishtalar nurdan, parilar alangadan bino bo‘lgandilar. Ikkinchisi shuki, farishtalar malak deb, parilar esa jin deb ataldi. Uchinchisi shuki, farishtalarning makoni osmonda, jinlarniki esa yerda bo‘ladi.
Xabarda kelishicha, Olloh taolo jahannam ichida ikkita mahluq yaratdi: biri erkak arslon suratida, oti Jablit, ikkinchisi esa urg‘ochibo‘ri suratida – oti Tablit. Jablitning quyrug‘i dumi ilonga o‘xshash, Tablitning quyrug‘i chayonga o‘xshash. Ollohning farmoni bilan ikkovining quyruqlari do‘zax ichiga tushdi. Bunga qadar do‘zax ichida na ilon va na chayon bor edi.

Slayd 12

Jabroil alayhissalomga farmon bo‘ldiki, Tablitni nikoh qilib Jablitga bergin, deb. Hamma muhluqotlar ichida eng birinchi nikoh shu edi, ungacha nikoh bo‘lmagandi. Jablit bilan Jablit qo‘shilgach, egizak nasllar: bir o‘g‘il, bir qiz tug‘ila boshladi. Jablit tug‘ilgan qizlarni birga tug‘ilgan o‘qillarga berar edi. Yettinchi farzand ko‘rganda o‘g‘liga Xoris deb nom berdi. U g‘oyat makkor bo‘ldi. Jablit u bilan birga tug‘ilgan qizni Xorisga berayin degnada Ollohdan farmon bo‘ldiki: «Bundan buyon birga tug‘ilganlarni nikohlamagin. Oldin tug‘ilgan o‘g‘ilga keyin tug‘ilgan qizni bergin!» Jablit Xoris bilan tug‘ilgan qizni boshqa o‘g‘liga berdi. Bundan Xoris o‘pkalab, boshqa qizni olishga unamadi. Do‘zaxning holi bir burchagida o‘tirib, ibodatga mashg‘ul bo‘ldi. Ko‘p yillar ibodat qilgach, tangri uni oltincha qavat yerga chiqardi. Unda ham ko‘p ibodat qilgan edi, beshinchi qavat yerga chiqardi. Bunda ham ziyoda ibodatga mashg‘ul bo‘lgandi, bu dunyoga chiqardi. Bu dunyoda ham chandon ibodat qildiki, Mashriqdan Mag‘ribga qadar Xoris sajda qilmagan bir qarich yer ham qolmadi. Shundan keyin Olloh taolo uni osmonga chiqardi. Unda ham ziyoda toatlar qilgani bois ikkinchi osmonga chiqardi. Shu tariqa yettinchi osmonga ham chiqdi

Slayd 13

ODAM ALAYHISSALOM QISSASI
Payg‘ambar alayhisalom dedilar: «Kimda-kim dunyo ajoyibotlarini ko‘rmoqchi bo‘lsa, Odam alayhissalom qissasiga qarasin».
Olloh subhanahu va taolo odamni yaratishlikka ahd qildi va Jabroil alayhissalomga amr qildi: «Borgil, yer yuzidan bir hovuch tuproq keltirgil!» Jabroil kelib tuproq olmoqchi bo‘lgandi, yer ont berdi: «Mendan tuproq olmangiz!» deb. Hazrat Jabroil yerga rahmi kelib, tuproq olmadi. Hazrat Isrofilni yubordi, unga ham ont berdi va u ham tuproq olmadi. Keyin hazrat Makoilni jo‘natdi, yer unga ham ont berdi, u ham tuproq olmadi. Shundan keyin hazrat Azroilga farmon bo‘ldi. Yer unga ham ont berdi. Azroil aytdi: «Olloh taoloning buyrug‘i sening ontingdan azizroq turadi». So‘ng yer yuzidan bir hovuch tuproq oldi. Ollohdan xitob keldi: «Ey Azroil, qattiq ko‘ngilli ekansan. Shunday taqdir qildimki, hamma tiriklarning jonini senga oldiraman».

Slayd 14

U tuproqda oq, qora, chuchuk, achchiq, sariq, yashil, qizil, ko‘k, qattiq, yumshoq, toza, nopok, totli va totlig‘siz – hammasining suvi bor edi. Shul sababdan odam farzandlari bir-biriga o‘xshamaslar, kimi poku, kimi nopok, kimi betobu kimi sog‘lom, kimi qorayu kimi oq, kim sarig‘u kimi qizil, kim esligu kimi aqlsiz, kimi chuchuk so‘zliyu kimi achchiq so‘zli, kimi qattiq ko‘ngilliyu kimi yumshoq ko‘ngillidirlar. Azroil u tuproqni Makka va Toif orasidagi Daxno nomli yerga qo‘ydi. U tuproq ustiga qirq yil yomg‘ir yog‘di, o‘ttiz to‘qqiz yil qayg‘u-alam yomg‘iri, bir yil esa sevinch yomg‘iri yog‘di. Shu boisdan Odamga sevinchdan ko‘ra qayg‘u ko‘proq bo‘ldi. Olloh taolo qirq yildan keyin qudrat qo‘li bilan odam suratini barpo qildi. Odamning boshi toif taravga oyog‘i Makka tarafga qaragan edi. Buning hikmati toifning Makkadan ulug‘ligini ko‘rsatish uchun emas, balki odam o‘rnidan tursa yuza Makkaga qarasin, deganlikdan shunday qilidi. Shariatda shunga monand mas’ala bor: bizning mashablardan qachon biron-bir bemor odam yotib namoz o‘qimoqchi bo‘lsa oyog‘ini qibla tarafga uzatur. Shuning uchunki, qachon u namoz ichida sihat topguday bo‘lsa va o‘rnidan tursa yuzi qiblaga qaragan bo‘lg‘ay.

Slayd 15

Qisasi Rabg’uziy»dan: QISSASI ODAM SAFIY ALAYHIS-SALOM
Haq yaratdi tangsuq Odamni tafiz yer ko’rkidin,
O’zga surat tuzdi andog’ ajun ichra ilkidin.
Taxtini ko’turub farishta ujmoh ichra kivurub,
Tezginurda chiqmadilar hargiz aning erkidin.
Chiqdi havvo birla bo’lub xush tana’um qildilar,
Ichtilar ujmoq sharobin,yedilar et erkidin.
Bildi asmo ilmini ul etu berdi belguluk,
Barcha tillar birla so’zlar tozi forsiy turkidin.
O’rkadi besh yuz yil anda jufti birla ovunub,
Ichti sharbat sig’raqinda yedi ne’mat tarkidin.
Mundi ujmohning buroqin kezdi aning tegrasin,
Hulla kizdi egniga ham boshg’a urdi bo’rkidin.
Ozdi Iblis makri birla biruk erdi yolg’uzin,
Ikki bug’doy yedi chiqti sekkiz ujmoh mulkidin.

Slayd 16

QISSASI NUH NABIY ALAYHIS-SALOM
Kun tug’ardin kun botarg’a Nuh yalovoch da’vati,
Ellik o’ksuk ming yil erdi ul risolat muddati.
Kecha -kunduz o’zi yolg’izqazg’u, emgak yuklanib
So’z eshitmaz kofir aro kunda ortdi zahmati.
Haqqa «Rabbi lotazar» deb yalborib qildi duo,
Bu ijobatda duodin qirq yil erdi muhlati.
Din uchun ko’p qin tortib yuritu haq yorliqni,
Bizga so’kunch emgak ichra qolmadi hech toqati.
«Vasna’ al-fulka» amri birla yo’ndi uch kat bir kemi
Ani mundi etdi ersa xalqqa to’fon haybati.
Yagdi yamg’ur,esdi yellar,ostun-ustun olti oy,
Ko’rsa mundog’ mundinortuq mavlomizning qudrati,
O’zi qoldi uch o’g’il ham uch kelinlar etagu,

Slayd 17

QISSASI HUD ALAYHIS-SALOM
Nuhda kezin Hud yalovoch bo’ldi uch yuz yil kechib,
Yurir erdi ko’p xaloyiqdin,sha’riatdin qochib.
Tunla-kunduz Hud tegurdi tengrimizning yorlug’in,
«Sakkiz ujmoqqa keeling»,teb haqni botildan sijib.
Rabqa yozib,yo’ldan ozib,sunmadin ding’a bo’yun,
Haqg’a tonib,xalqg’a yonib,butg’a sig’inib,xamr ichib.

Slayd 18

QISSASI SOLIH YALOVOCH ALAYHIS-SALOM
Aql anub kelgil,eshit,Solih yalovoch qissasin,
Bulguluk boshdin oyoqg’a aytayin men jumlasin.
Haq risolat berdi ersa tuz tegurdi qavmig’a,
Yuridi tun,kunduzin oldi Samudning zumrasin.
Qildi imon da’vatini,qo’ldilar bir mo’jiza,
Qo’ldi haqdin,chiqdi ingan yordi tog’ning sahrosin.
Bo’ta tug’ildi barcha tuzin ani tingla ko’rdilar,
Kun keziklab suv ulashdi ichti kendu hissasin.
Tondilar haqdin qamug’I,qildilar ko’p ma’siyat
Uqmadin Solih so’zinso’zin ham ushbu ingan qissasin.
Keldi yugurib ikki bo’zchi bir azoqin kestilar,
Bo’tasi ingrab qayitti ostilar uch sahbasin,
Uch kun ichra bo’ldilar sarig’ qizil ham qop-qaro
Qudrati birla ug’on qodir emurdi barchasin.

Slayd 19

QISSASI IBROHIM ALAYHIS-SALOM MAA NAMRUD ALAYHIL-LA’NA
Evda tug’g’an, ernak emgan, tog’da turg’an Ibrohim,
Yulduz anglab, oyni tonglab, ko’kka ing’an Ibrohim.
Aydi bir kun:»Ey ona, aytg’il maning tengrim kim ul»,
Aydi:»Manman»kul «sening kim?» teyu so’rg’an Ibrohim.
«O’sh otang ul»,tedi. Aytur:»Kim otamning tengrisi»,
Aydi:»Namurd tengrisi kim», teyu so’rg’an Ibrohim.
Yetti yeru ko’kning hijobin ochdimavlomiz, anga,
Ostun-ustun Arsh, Sarog’a tegru ko’rgan Ibrohim.
Uy,teva,qo’ylar bo’g’uzlab to qiypmatg’a tegi,
Bu qo’nuq tutmoq to’rasin xalqqa qo’zg’an Ibrohim.
O’g’lini qurbon qilurda ko’kda o’tlab semirgan
Quch fidosin Jabroildan yerda bulg’an Ibrohim.

Slayd 20

QISSASI ISMOIL ALAYHIS-SALOM
Sodiq ul-va’d atanibon va’dasin qildi vafo,
Tepti yerga ikki azoqin, topti yerda bir quzug’,
Buldi zamzamning suvini, bo’ldi illatg’a shifo.
Ka’baning toshin tashib qurbon qilg’an ul Zabih,
Tegrasinda tog’ tanuqlar Marva erdi ham Safo.
Xalq aro ortuq bag’irsoq erdi mavlog’a muti’
O’zgalarga vofiy erkan, o’ziga tegdi jafo.
Tug’maduq erdi onadin tug’di yolg’iz bir o’g’ul
Tug’madi andin yalavoch yolg’iz erdi Mustafo.

Slayd 21

QISSASI LUT AN-NABIY ALAYHIS-SALOM
Ibrohimning haq qardoshi Hozar o’g’li erdi Lut,
Yorlig’ ko’p telim yillar quvonib o’zi birla turdi Lut.
Jabroil keldi yalavochliq tegurdi mavlodin,
Yorlig’ eshitib kuch keturdi ev tarkak bordi Lut.
Tab qiling,butg’a tabunmang, bot keeling imong’a teb,
Qirq yil emgab to’ng, arig’siz kofir aro turdi Lut.
Ancha tenglik bo’ynag’uning biri yo’lg’a kirmadi,
Qazg’uluq bo’lub umid kesdi ulardin erdi Lut.
Bir yaratg’an haqg’a yondi yolborib, qildi duo,
Jabroil qanit to’qindi, qirdi Olloh, ko’rdi Lut.

Slayd 22

QISSASI YA’QUB ALAYHIS-SALOM
Sovchi Ishoq o’g’li teb bu otni olg’an Ya’qub ul,
Olti xotundan o’n ikki o’g’lon bo’lg’an Ya’qub ul.
Muncha o’g’lon orasinda ongsizin ul o’niqa,
O’n birinchi o’g’lin o’lturub o’lyu turg’an Ya’qub ul.
Kech ayoling kech o’g’urda yig’ilu kirib yig’lashu,
Bo’ri edi, teas o’zin yerga chalg’an Ya’qub ul.
Bayt ul-ahzon ichra kirib tunla kunduz ingrayu,
Yuzi ko’rkluk Yusufni haqdan qo’lg’an Ya’qub ul.
Toshg’a chiqg’an, kuni tug’g’an, ko’rk uchun ko’z oldurub,
Ko’ksi kuygan o’tda yong’an, bag’ri o’lg’an Ya’qib ul.
O’zi munglug’, kez yurakli mavloning mursal quli,
Ul chechaktak engg’I ko’sab, mengzi so’lg’an Ya’qub ul.
Yetti yashab yosh o’g’ulni yirtubon yoshi oqib,
Ani sekson yilda kezin qayra bo’lg’an Ya’qub ul.

Slayd 23

QISSASI YUSUF SIDDIQ ALAYHIS-SALOM
Chin o’n ikki erdi Ya’qub sovchining bolalari,
Ko’rsa aning birtak erdi bo’ylari, bololari.
O’n birinchi Yusuf erdi suvrati yavloq badiz,
La’l ichinda gulchilar ko’p lu’lu’I lolalari.
Ko’rk qiliq ziynat malohat ham nubuvvat, ham karam.
Ota sevgan,otasing’a tush ko’rub yo’rdirg’uchi,
Ne hasad qildi, ko’r anga ul o’gay og’alari.
Ul Misr mulki ichinda maliklar xotunlarin,
Qul qilg’an ul qamug’ni zulfining lolalari.
Qul sotildi el ichinda qayra oldi qul qilib
Voliy bo’ldi Misr ichinda bo’ldilar mavlolari.
Keldi yuz ming er qamug’ beshin o’nun o’ttuzun.

Slayd 24

XOTIMATI QISSASI AL-RABG’UZIY
O’sh bitdim bu kitobni,ey eranlar er bo’zi,
Bir yil ichra kechti aning yoyi qish yozu kuzi.
Uyqu buzdum, o’zum uzdum, soz’ni tuzdum tun-la man,
Erta qo’ptum, xoma urdum, emgandim tun-kunduzi.
Bog’ qo’pordim tol yig’ochliq yosh yapurg’oq ol chechak,
Yemishi hikmat, fazoyil oyati axbor yulduzi.
Qon qurittim, jon quvortim, kon chiqardim tosh qazib,
Sof qizil oltun sochiqlab bezadim bu yer yuzi.
Xotirim bikrin ektim parda ichra tugmatek,
Kizladim tekmalardin tegmasun teb yot ko’zi.
Ko’rki ortti kunda yetti ko’z quloqqacha quvub,
To’nadim turluk tavordin Rum, Xitoy atlas, chuzi.
Mohir eran mehri tushti mehrini bergan telim,
Mehri birla qoldi solim, yo’q enginda to’g to’zi.

Slayd 25

Borib iztim Nosuriddin To’qbug’abek tapug’ig’a,
Tilayurmu, tilamasmu belguluk bilsun o’zi.
Oyati axbor asli aning, o’zining oti «Qasis»,
Bosh azoqg’a tegru boqsang tub yalovochlar so’zlari.
Bu murassa’ javhar aro Mustafo yolg’uztek,
Eshlari to’rt, ikki o’g’lon, xotun erdi to’quzi.
Avvali Odam Atomiz, oxiri xotami Rasul,
Bu tuzuk birla tuzuldi anbiyo mursal to’zi.
To’rtagu otlig’ sahoba, ikki sihr, ikki xotin,
So’ngra maqtal zikri birla to’ldi qissa to’g’uzi.
O’zgalar ko’p olamunchuq tuzdilar el tizginib,
Man guhar dur yinju tuzdum kezmadim yobon yozi.
Yetti yuz o’n erdi yilg’akim bitildi bu kitob,
Tug’mish erdi ul o’g’urda hut sa’odat yulduzi.
Kun tug’ardin kun botarg’a koshki tegi so’zlarim,
Eshitgandin duo qo’ldum miskin Nosir Rabg’uziy.

Slayd 26

“Rabg’uziy” boshqotirmasi

Slayd 27

1.Rabg’uziy qayerda tug’ilgan ?
2. Mumtoz adabiyotga Rabg’uziy dastlab qaysi janrni
olib kirgan ?
3. Rabg’uziy “Qisasi Rabg’uziy” asarini kimning iltimosiga ko’ra yozgan ?
4. “Qisasi Rabg’uziy” asarida gunohkor atamasi qanday atalgan ?
5. Rabg’uziyning asl ismi kim ?
6.Malak ul-mavt bu……
7.Payg’ambarimiz jon berayotganlarida kim “Ey yumshoq to’shakda yotmagan, ey arpa etmagin to’q yemagin” deb yig’laydi ?
8.Azroil kelganda payg’ambarimizning yonlarida kim bor edi ?

Slayd 28

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 29

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Rabg’uziy hayoti va ijodi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar