Qushlarning umumiy tuzilishi
5000 so'm

=== Taqdimot: Qushlarning umumiy tuzilishi.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Qushlarning umumiy tuzilishi
=== Slayd 2 ===
Sistematika
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata
Katta sinf. To‘rt oyoqlilar – Tetropoda
Sinf. Qushlar – Aves
=== Slayd 3 ===
Umumiy tavsif va tuzulishi
Qushlarning tanasi zich va asosan yumaloq shaklda bo‘ladi. Boshi unchalik katta emas, bo‘yni uzun va harakatchan. Oldingi oyoqlari, ya’ni qanotlari tinch turganda tanasi yoniga yig‘ilgan bo‘ladi. Qushlarning pat va parlari gavdasiga suyri shaklini beradi. Kaptarlar, yapaloqqushlar, lochinsimonlar va to‘tiqushlarning ustki tumshug‘i asosida voskovitsasi bor. Bu yumshoq teri bo‘lib tumshuqning ustiga bo‘rtib chiqib turadi. Qushlar anatomik tuzilishi jihatidan o‘zining bevosita ajdodlariga, ya’ni sudralib yuruvchilarga juda yaqin turadi. Qushlarning terisi sudralib yuruvchilarniki singari quruq, deyarli teri bezlari bo‘lmaydi. Qushlarning oyoqlari tangachali teri bilan qoplangan. Ularning pati va pari sudralib yuruvchilarning tangachasi singari shoxsimon moddadan tuzilgan.
=== Slayd 4 ===
Sudralib yuruvchilar singari qushlarda ham ichak, siydik yo‘li va ko‘payish organlari teshiklari kloakaga ochiladi. Ayniqsa, ularning embrionlari o‘rtasida juda ko‘p o‘xshashliklar bor. Qushlarning asosiy progressiv belgilariga ularning ko‘rish va eshitish organlarining yaxshi taraqqiy etganligi, bosh miyasining murakkab rivojlanganligi, gavda haroratining doimiy yuqori bo‘lib turishi ya’ni gomoyotermik organizmning butun hayot faoliyatini kuchaytiradi va uni muhitga, jumladan, atrofdagi haroratga kamroq bog‘liq qilib qo‘yadi. Qushlarning yuragi to‘rt kamerali bo‘lishi, havoda oson harakatlanishini ta’minlaydigan va differensiyalangan murakkab pat yuzaga kelganligi havoda uchish uchun yordam beradi. Qushlarning tarqalishi va oziq topishiga ularda murakkab moslamalar kompleksi borligidir.
=== Slayd 5 ===
Qushlarning hajmi va massasi ham turlicha. Masalan: Yangi vineya Kazuarlarining og‘irligi 50-70 kg gacha boradi, Afrika tuyaqushining bo‘yi 2.5-3 m va og‘irligi 90-100 kg gacha yetadi. Uchib yuruvchi qushlardan albatroslar qanotini yoyganda kengligi 3,6 m ga, tasqaraniki 3,25 m gacha va saqoqushlarniki 3,1 m gacha boradi. Uchib yuruvchi qushlar orasida eng yirigi oqqush hisoblanadi. Uning massasi 16-22 kg gacha yetadi. Eng kichik va yengil qush kolibri- bo‘lib, ularning hajmi qovoqarilarday va og‘irligi 1,7-2 g keladi. Ko‘pchilik kolibrilarning og‘irligi 3-8 g atrofida bo‘ladi.Qushlarning oldingi oyoqlari shaklan o‘zgarib, qanotga aylangan. Aorta yoyi bitta bo‘lib, o‘ng tomonga burilgan. Bosh miya yarimsharlari tubi oldingi miya, o‘rta miya va miyacha hisobiga progressiv taraqqiy etgan. Qushlarning tashqi va ichki tuzilishini kaptar misolida ko‘rib chiqamiz.
=== Slayd 6 ===
Kaptarning gavdasi ham boshqa qushlarnikiga o‘xshab pat parlar bilan qoplangan. Tanasi tuxumsimon shaklda bo‘lib boshi kichkina va yumaloq. Boshining oldingi tomonida tumshug‘i bor. Tumshug‘i ikki qismdan, ya’ni yuqorigisi tumshuq usti va pastkisi tumshuq osti dan iborat. Tumshug‘i shox parda bilan qoplangan suyak jag‘laridan tuzilgan. Hozirgi yashab turgan qushlarda tishlari bo‘lmaydi. Bu esa ularning uchishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tana massasini yengillashtiradi.
=== Slayd 7 ===
Qushlar tumshug‘i yordamida oziq yig‘adi. Ko‘pchiligi oziqni tumshug‘i bilan maydalaydi, uya quradi, dushmanlardan o‘zini himoya qiladi. Umuman qushlar tumshug‘ining kattaligi va shakli har xil bo‘ladi. Tumshug‘i asosida burun teshiklari joylashgan. Boshining yonida yirik ko‘zlari bo‘lib, ularda ustki va pastki qovoqlardan tashqari yumgich pardalari ham bor. Ko‘zlaridan orqaroqda birmuncha pastda patlari orasida quloq teshiklari joylashgan. Ayrim qushlar misol uchun qirg‘ovul, qurning boshida go‘shtdor hosilalari – taroq va halqalar bo‘ladi. Umuman, qushlarning gavdasi (kaptar, qarg‘a, chumchuq) nisbatan kichik boshi, uzun harakatchan bo‘yni, tuxumsimon tanasi hamda bir juftdan oyoq va qanotlardan iborat. Havoda ular boshini oldinga chiqarib, oyoqlarini tanasiga tortib yoki orqaga uzatib uchadi Bunda ularning tanasi havo qarshiligiga kamroq uchraydigan shaklga keladi.
=== Slayd 8 ===
Teri qoplami
Qushlarning terisi yupqa va quruq bo‘lib, unda hech qanday suyak tuzilmalari yo‘qligi, patlardan iborat shox qoplag‘ichining borligi va bezlarning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Ko‘pchilik qushlarda faqat dum tubining ustiga o‘rnashgan dum bezi bor. Dum bezi o‘zidan sekret ishlab chiqaradi. Qushlar tumshug‘i yordamida patlarini shu sekret bilan yog‘laydi. Bu yog‘li sekret patlarni suv bilan hoʻllanishdan saqlaydi. Dum bezi, ayniqsa suvda suzuvchi qushlarda yaxshi rivojlangan.
=== Slayd 9 ===
Quruqlikda (choʻlda) yashovchi ba’zi qushlarda misol uchun tuyaqushlar, tuvaloqlarda bu bo‘lmaydi. Dum bezining sekreti quyosh nuri ta’sirida “D” vitaminiga aylanadi, buni qushlar patlarini tozalash vaqtida yutadi. Qushlar tanasi tashqi tomonda shox ortiqlari patlar, pat-parlar, haqiqiy parlar, ipsimon patlar va qilchalar bilan qoplangan. Voyaga yetgan qushning ustini qoplab turadigan patlarning ko‘p qismini kontur patlar tashkil etadi. Bu patlar joylashishiga qarab turli nomlari bor, ya’ni dum usti patlari, quloq qoplag‘ich patlari va hokazo.
=== Slayd 10 ===
Qushlarning dum pati yoki harakatlanuvchi (qoqub) qanot patlaridan bir donasini yulib olib, tuzilishi bilan tanishiladigan bo‘lsa, tipik pat egiluvchan o‘q va birmuncha yumshoq yon plastinka – tashqi hamda ichki yelpig‘ichlardan iboratligini ko‘rish mumkin. Pat o‘qining ustki uzun qismi tana, yelpig‘ichsiz pastki qismi esa qalam uchi deyiladi. Qalam uchining tubida teshigi bor. Qoquv patlarining ichki yelpig‘ichlari tashqi yelpig‘ichlariga nisbatan serbar bo‘ladi. Qanot yoyilganda tashqi yelpig‘ich yuqori tomondan yonidagi qoquv pati ichki yelpig‘ichining faqat bir chekkasini qoplab turadi. Pat tanasining ichki qismi g‘ovak o‘zak bilan to‘lgan bo‘lsa qalam uchining bo‘shlig‘ida bir-biriga kirib turgan nozik shox qalpoqchalar bor. Pat yelpig‘ichining har biri talaygina uzunchoq uch qirrali plastinkalar birinchi tartibdagi tolachalardan hosil bo‘lgan. Bu tolachalarga undan ham mayda ikkinchi tartibdagi tolachalar o‘rnashgan. Har qaysi ikkinchi tartibdagi tolacha uchida mikroskopik ilmoqchalar bo‘ladi. Bu ilmoqchalar ikkinchi tartibdagi boshqa tolachalar ilmog‘iga ilashib oladi.
=== Slayd 11 ===
Yelpig‘ichlari bo‘lgan katta yirik patlari kontur patlar deyiladi va voyaga yetgan qush gavda shaklini shu kontur patlar belgilaydi. Ulardan ayrim guruhlari maxsus nomlangan, masalan: dum usti patlari, quloq qoplag‘ich patlari, qanot usti qoplag‘ich patlari. Qanot chetidan chiqqan katta patlar qoquv patlari deb ataladi. Qoquv patlari turlicha bo‘ladi: panjalarda bo‘ladigan birinchi tartibdagi qoquv patlari yoki katta qoquv patlari, bilakka birikadigan ikkinchi tartibdagi qoquv patlari yoki kichik qoquv patlari va yelka suyagiga birikkan uchinchi tartibdagi qoquv patlari.
=== Slayd 12 ===
Tuzilishi tipik qoquv patlarinikiga o‘xshash va murtak holicha saqlangan birinchi barmoqdagi to‘p-to‘p patlar qanotcha deb ataladi. Uchish vaqtida ma’lum darajada boshqaruv vazifasini bajaradigan katta dum patlari yo‘naltiruvchi patlar yoki rul patlar deyiladi. Pat kaptar gavdasini boshidan oxirigacha qoplab olmasdan, balki terining ma’lum qismlaridagina bo‘ladi, shu qismlar orasida patsiz joylar ham bor. Kontur patlarining umumiy soni yirik qushlarda ko‘p bo‘ladi. Masalan: kolibrilarda 100 taga yaqin kontur patlari bo‘lsa, mayda chumchuqsimonlarda 1,5-2,5 mingtagacha, baliqchi qushlarda 5-6 ming tagacha, o‘rdaklarda 10-12 mingtagacha va oqqushlarda 25 ming tagacha bo‘ladi. Kontur patlarning tagida parli patlar va haqiqiy parlar joylashgan. Ular o‘qlarning ingichka bo‘lishi hamda ikkinchi darajali tartibdagi tolachalari yo‘qligi bilan kontur patlardan farq qiladi.
=== Slayd 13 ===
Par va par-patlar tanada issiqlikni saqlash vazifasini bajaradi. Ko‘pgina qushlarning og‘iz burchaklari atrofida ipsimon qilchalar boʻlib, ular barcha tolachalarni yo‘qotib, faqat pat o‘qini saqlab qolgan parli patdan iboratdir. Qushlarning ko‘pchilik turlarida, ayniqsa suvda suzuvchilarda momiq patlar ko‘p bo‘ladi. Eskirgan patlar tullash paytida tushib, o‘rniga yangilari o‘sib chiqadi. Umuman pat va parlar qush tanasini sovuqdan va namiqishdan saqlaydi. Ayni paytda ular tanaga suyrisimon shakl beradi va qanotining uchish yuzasini hosil qiladi. Qushlar turiga va yashash sharoitiga qarab patlarini yil davomida bir marta yoki 2-3 marta almashtiradi. Yirtqich va hasharotxo‘r qushlarning pati oldinma-keyin tushadi va ular uchishni davom ettiraveradi, boshqa qushlarning pati birdaniga tushadi.
=== Slayd 14 ===
Muskullari
Uchadigan barcha qushlar tanasidagi eng yirik muskullar katta ko‘krak muskullari hisoblanadi. Ularning og‘irligi barcha qolgan muskullar og‘irligining 20-25% ni tashkil qiladi. Ko‘krak muskullarining asosiy vazifasi qanotlarini tushirishdan iborat. Qanotlarini ko‘krakning katta suyaklari ostida joylashgan, uncha katta bo‘lmagan o‘mrovosti muskullari ko‘taradi. Qovurg‘alarga qovurg‘alar orasida joylashgan muskullar birikadi. Bu muskullar qushlar nafas olganda ular ko‘krak qafasi hajmini o‘zgartirishni ta’minlaydi. Qushlarning bo‘yin muskullari ularning boshini harakatlantirishda, ya’ni bo‘ynini yon tomonga burish, yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirishda qatnashadi
=== Slayd 15 ===
Qushlarning skeleti
Qush skeletlarining mahkam va yengil bo‘lishiga sabab uning pnevmatikligi, ya’ni ularda ichi havo bilan to‘lgan bo‘shliqlarning bo‘lishidir. Bosh skeletining yengil bo‘lishi tishlarning yo‘qolib ketishi va suyaklarining yupqalanishi bilan bog‘liq. Voyaga yetgan qushlar miya qutisidagi barcha suyak choklari bilinmaydigan darajada bir-biriga qo‘shilib ketgan. Suyaklararo choklarni faqat yosh qushlarning bosh skeletidagina ko‘rish mumkin. Ko‘krak toj qismi oldingi oyoqlarni harakatga keltiruvchi muskullar rivojlanishi tufayli taraqqiy etgan.
=== Slayd 16 ===
Oldingi oyoq (qanot) skeletida tipik bo‘limlarning hammasi bor, lekin ular uchishga moslashganligi uchun panjalari shaklan o‘zgarib, qisman reduksiyalangan. Bilaguzuk suyaklarining proksimal elementlari bir biriga qo‘shilib, ikkita kichkina suyakcha hosil qilgan bo‘lsa, dista elementlari kaft suyagiga qo‘shilib ketgan. Kaft suyagi faqat ikkala uzunchoq suyakchadan iborat. Ularning proksimal hamda distal qismi qo‘shilib bitta katta bilaguzukni hosil qilgan. Barmoqlaridan faqat birlamchi uchta barmoq falangalari saqlanib qolgan. Orqa oyoqlar uch bo‘limdan iborat. Bulardagi kichik boldir suyagi rudimentlashib katta boldir suyagiga qo‘shilib ketgan. Bu suyakning distal qismi tovon suyakchalarining proksimal qatorlaridan hosil bo‘lgan. Tovoe suyakchalarining proksimal qatorlari haqiqiy boldir suyagiga choksiz birikishi tufayli yangi tibiotarzus suyagi paydo bo‘lgan. Voyaga yetgan qush oyog‘ining tibiotarzusdan keyingi bo‘limi bitta suyak pixdan ya’ni ilikdan iborat. Pix esa oyoq kafti suyakchalarining bir-biriga qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
=== Slayd 17 ===
Qushlar bosh skeletining ensa bo‘limida bitta ensa bo‘rtmasi bor Qushlarning skeleti bosh skeleti, o‘q skeleti, ko‘krak qafasi (to‘sh qovurg‘a) skeleti, oyoq skeleti va ularning kamarlariga bo‘linadi.
=== Slayd 18 ===
Qon aylanish sistemasi
Yuragi to‘rt kamerali arterial va venoz qon umuman aralashmaydi. Qushlarda chap aorta yoyi reduksiyalanadi, aortaning o‘ng yoyi esa saqlanib qoladi. Qushlarda aorta yoyining o‘ng tomonga qarab burilishi bilan sutemizuvchilardan ajralib turadi. Qushlar qon aylanish sistemasining asosiy xarakterli xususiyatiga, avvalo ular yuragining nisbatan katta va to‘rt kamerali bo‘lishi, ya’ni 2 ta yurak bo‘lmasi va 2 ta yurak qorinchasining borligi, yurakning chap yarmida arteriya qoni va o‘ng yarmida vena qoni bo‘lishidir.
=== Slayd 19 ===
Qushlar qon aylanish sistemasining sudralib yuruvchilar qon aylanish sistemasidan asosiy farqi, ularning arteriya qoni hech qachon vena qoni bilan aralashmaydi. Chap yurak qorinchasidan faqat bitta o‘ng aorta yoyi chiqadi. Qushlarda ham ikkita, ya’ni katta va kichik qon aylanish doiralari bor. Qon aylanish sistemasi ya’ni arterial qonli chap yurak qorinchasidan aorta o‘ng yoyi chiqqan zahoti undan bir juft nomsiz arteriyalar ajraladi. So‘ngra aorta o‘ng tomonga egilib, umurtqa pog‘onasiga yetgach dum tomonga orqa aorta nomi bilan yo‘naladi va undan ichki organlarga arteriyalar chiqadi. Dumg‘aza bo‘limida orqa aorta yirik-yirik juft son va quymich arteriyalarini hosil qiladi va kichikroq dum arteriyasi shaklida davom etadi.
=== Slayd 20 ===
Nomsiz arteriyalar bo‘yinning yon tomonlariga yetgach, umumiy uyqu, o‘mrov osti va ko‘krak arteriyalariga bo‘linadi. Yurakning o‘ng qorinchasidan umumiy o‘pka arteriyasining tomiri chiqib, chap va o‘ng o‘pkalarga venoz qon olib boruvchi ikkita o‘pka arteriyalariga tarmoqlanadi. Gavdaning oldingi tomonidan kelgan venoz qon oldingi yo‘g‘on yoki ustki kovak vena deb ataluvchi qon tomirlarda yig‘ilib, o‘ng yurak bo‘lmasiga quyiladi. Oldingi kovak venalar uchta asosiy qon tomirlarining, ya’ni boshdan qon olib keluvchi oldingi kardinal venalar, qanotlardan qon olib keluvchi o‘mrov osti venalari va katta ko‘krak muskullaridan qon olib keluvchi ko‘krak venalarining qo‘shilishidan vujudga keladi.
=== Slayd 21 ===
Hazm qilish sistemasi
Qushlarning oshqozoni ikki bo‘limdan, ya’ni bezli oshqozon va muskulli oshqozondan iborat. Bezli oshqozondan ovqat hazm qilish shiralari ajralib chiqib, bu yerda oziq ayrim kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Oshqozonning ikkinchi muskulli bo‘limi devorlarida kuchli muskullar rivojlangan. Kaptarda va boshqa donxo‘r qushlarda bu bo‘limning ichki yuzasi burmali muguz qoplamiga ega. Oshqozon muskul devorlarini qisqartirib qushlar yutgan toshlar va boshqa qattiq jismlarni harakatga keltiradi. Natijada oziq toshlarga va muguzli oshqozon devoriga ishqalanib yumshoq bo‘tqaga aylanadi va bunday ovqat 12 barmoqli ichakka o‘tadi. 12-barmoqli ichakka oshqozon osti bezi birlashgan bo‘ladi.
=== Slayd 22 ===
Oshqozon osti bezi va jigar ajratadigan o‘t suyuqligi 12 barmoqli ichakka tushadi, natijada oziq bu suyuqlik ta’siriga uchrab, bir necha halqali uzun ingichka ichakka va undan qisqa orqa ichakka o‘tadi. Orqa ichak nisbatan kalta, u yo‘g‘on va to‘g‘ri ichaklarga aniq ajralmagan. Ko‘pgina qushlarda ingichka ichak bilan yo‘g‘on ichak qo‘shiladigan joyda bir juft ko‘r o‘simta, ya’ni ko‘richak bo‘ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar kabi, qushlarda ham to‘g‘ri ichak kloakaga ochiladi. Kloakaga siydik yo‘li va ko‘payish organlarining yo‘li ham ochiladi. Qushlarning jigari katta va ikki pallali, o‘t pufagi ko‘pchilik qushlarda bo‘ladi. Kaptarda o‘t pufagi yo‘q. O‘t pufagi yo‘li 12 barmoqli ichakka ochiladi. Kaptarlarda jigarda ishlangan o‘t suyuqligi ikkita o‘t yo‘llari orqali 12 barmoqli ichakka quyiladi. Qushlar kloakasining ustki devoridan ko‘r o‘simta fabritsiy xaltasi chiqadi. Limfa hujayralarini ya’ni leykotsitlarni ishlab chiqaradigan bu organ faqat qushlarda bo‘lib, qush yoshi o‘tgan sari bu o‘simta kichrayib boradi.
=== Slayd 23 ===
Oshqozon va jigarga yaqin joyda to‘q qizil rangli kichkina taloq joylashgan. Ko‘pchilik qushlar, deyarli kun bo‘yi oziqlanib, haddan tashqari ko‘p ozuqa yeydi. Ularning hayoti doimiy harakatda, tinimsiz faoliyatda o‘tadi, uni tiklashga ko‘p energiya sarflanadi. Shuning uchun qushlar organizmi kuchli oziqlanishga ehtiyoj sezadi. Ozuqani tez hazm bo‘lishi va ichak ozuqadan tez-tez bo‘shalib turishi qushlarni ortiqcha yukdan xalos qiladi.
=== Slayd 24 ===
Avvalo, qushlarning bosh miyasi, ayniqsa, oldingi miya katta yarim sharlarining rivojlanishi ular turq atvorining juda murakkabligidan dalolat beradi. Ma’lumki, qushlarning miyachasi muvozanatni ta’minlaydi va harakatlar koordinatsiyasini boshqaradi. Shuning uchun ham uchish qobiliyatiga ega bo‘lgan va murakkab hamda turli-tuman harakatlarni bajaradigan qushlarda miyachaning ahamiyati juda katta. Yana shuni aytish kerakki, agar sudralib yuruvchilar bosh miyasining massasi (vazni) orqa miya vazniga teng bo‘lsa, qushlarda bosh miyaning vazni orqa miyasinikiga nisbatan og‘ir bo‘ladi. Masalan: tovuqsimonlarning bosh miyasi vazni orqa miyasiga nisbatan 150% og‘ir, kaptarlarda esa bu ko‘rsatkich 250% ni tashkil etadi. Qushlar bosh miyasi vaznining og‘irligi, avvalo, ularning oldingi miya yarimsharlarining kattaligiga bog‘liq.
=== Slayd 25 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.