- Savatga boshqa "ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish

QORAXONIYLAR DAVLATI
Qoraxoniylar davlati
Qoraxoniylar davlati — Markaziy Osiyo tarixida muhim o‘rin egallagan turkiy sulolalardan biridir. Bu davlat IX–XII asrlarda Movarounnahr va Yettisuv hududlarida shakllanib, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotda katta iz qoldirgan.
Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi
Qoraxoniylar davlati qarluqlar tomonidan asos solingan bo‘lib, ular 776-yilda turkashlarni tor-mor etib Yettisuvni egallaganlar. Qarluqlar hukmronligi ostida chigillar, tuxsiylar, yag‘molar, o‘g‘uzlar kabi ko‘plab turkiy qabilalar yashagan.
Qoraxoniylardan birinchi bo‘lib islomni qabul qilgan hukmdor Abdulkarim Sotuq Bug‘roxon bo‘lib, u musulmoncha Abdulkarim nomini olgan. Shu davrdan boshlab Qoraxoniylar o‘z davlatini islom qadriyatlari asosida mustahkamlashni boshlaganlar.
Qoraxoniylarning harbiy yurishlari
Qoraxoniylar dastlab Yettisuv va Tyan-Shanni egallab, keyinchalik Somoniylar davlatiga qarshi yurish boshladilar. 992-yilda Hasan Bug‘roxon Samarqand va Buxoroni egallaydi. XI asr boshlariga kelib, ularning hukmronligi Amudaryodan Yettisuvgacha cho‘zilgan.
Qoraxoniylar sulolasi vakillari
- Abdulkarim Sotuq Bug‘roxon (859–955)
- Muso ibn Abdulkarim (955–970)
- Hasan ibn Sulaymon (977–992)
- Ibrohim ibn Nasr Tamg‘achxon (1040–1070)
- Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon (1102–1130)
- Usmon ibn Ibrohim (?-1212)
Davlat tuzilishi va boshqaruv
Qoraxoniylar davlati markazlashgan monarxiya bo‘lib, hokimiyat xoqon va elekxonga bo‘lingan. Ularning ostida iqtodorlar, harbiy bo‘linmalar, va devon tizimi faoliyat yuritgan. Davlat devonlari orasida Devoni mustafiy, Devoni mushrif, Devoni vaqf kabi idoralar mavjud edi.
Harbiy tizim
Qoraxoniylar qo‘shinlari 9 xil tug‘ (bayroq) bilan ajralgan bo‘lib, bu haqda Mahmud Qoshg‘ariy “9 soni xosiyatli bo‘lgan” deb yozadi. Harbiy lavozimlar tarkibida aqinchi (tungi hujumchi), yizak (razvedkachi), turg‘oq (kunduzgi soqchi) kabi unvonlar mavjud bo‘lgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy hayot
XI–XII asrlarda shaharlar rivojlanib, hunarmandchilik va savdo gullab-yashnagan. Buxoro, Samarqand, Taroz, Qashg‘ar kabi shaharlar madaniyat va ilm markazlariga aylangan. To‘qimachilik, kulolchilik, metall va shisha buyumlari ishlab chiqarish yuqori darajaga yetgan.
Me’morchilik yodgorliklari
Qoraxoniylar davrida Buxoroda 1127-yilda Arslonxon tomonidan Minorai Kalon qurilgan. Shuningdek, Dingaron masjidi, Namozgoh masjidi, Attoriy masjidi, Urganchdagi Faxriddin Roziy maqbarasi ham shu davr me’morchilik namunalaridir.
Davlatning inqirozi
XI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Qoraxoniylar ichki nizolar tufayli kuchsizlana boshladi. 1041-yilda davlat Sharqiy va G‘arbiy Qoraxoniylarga bo‘lindi. Nihoyat, 1141-yilda Qoraxitoylar Movarounnahrni bosib olib, Qoraxoniylar hukmronligiga yakun yasadilar.
Xulosa
Qoraxoniylar davlati O‘rta Osiyo tarixida islom madaniyatining yoyilishi, turkiy davlat boshqaruv tizimining rivojlanishi va shahar madaniyatining yuksalishida muhim o‘rin tutgan. Ularning siyosiy, diniy va madaniy merosi bugungi kunda ham ilmiy ahamiyatini saqlab qolgan.
=== Taqdimot 1 ===
Qoraxoniylar davlati
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Qoraxoniylar hukmronligi davrida Movarounnahrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
Qoraxoniylar davlatining tashkil topishidagi tarixiy shart-sharoitlar.
Qoraxoniylarning harbiy yurishlari.
Qoraxoniylar davlatining inqirozi va Qoraxitoylar hujumi.
01
04
02
03
=== Taqdimot 3 ===
Qarluqlar 776-yilda turkashlarni tor-mor keltirib, Yettisuvni egallaydi. Qarluqlar haqida ma’lumotlarni muallifi noma’lum “Hudud al Olam” kitobidan olish mumkin. Ular Farg‘ona vodiysi, Chu, Ili qisman Norin daryolar vodiylarini to‘la egallaganlar.
Qarluqlar hukmron bo‘lgan hududlarda chigillar, tuxsiylar, argular, yag‘molar, turgashlar, qipchoqlar, yabakular, qaylar, jumullar, o‘g‘uzlar yashaganlar.
=== Taqdimot 4 ===
Qoraxoniylardan birinchi bo‘lib islomni qabul qilgan va musulmoncha Abdulkarim degan nom olgan hukmdor Xorun Bug‘raxon hisoblanadi. Ayrim yozma manbalarda u Bug‘raxon at-Turkiy deb nomlanadi. Misol uchun, Ibn al-Asir o‘zining “Kitob al-kamil fi-tarix” asarida ma’lumot berishicha, Qashg‘ar, Balasog‘undan to Chan (Xitoy) chegarasigacha bo‘lgan yerlar Bug‘raxon at-Turkiy hukmronligi ostida bo‘lgan.
=== Taqdimot 5 ===
Butun Tyan-Shan va Yettisuvni egallab bo‘lgandan so‘ng, qoraxoniylar Somoniylar davlati tarkibida bo‘lgan Movarounnahrga ham harbiy yurishlar uyushtira boshlaydilar va tez orada Farg‘ona va Isfijob (Sayram) ni bosib olishga erishadilar. 990-992 yillarda qoraxoniy Horun (Hasan) Bug‘raxon Somoniylarga tegishli bo‘lgan O‘rta Osiyodagi mulklarning kattagina qismini bosib oladi. 992-993 yillarda Hasan Bug‘raxon Samarqand va Buxoroni ham egallaydi.
=== Taqdimot 6 ===
XI asr boshlarida Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va o‘rta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan edi. Ayrim olimlarning fikricha, shu vaqtdan boshlab Qoraxoniylar Buxoro, Samarqand va umuman, Amudaryogacha bo‘lgan hududlarni ham boshqara boshlaganlar. Siyosiy jihatdan olib qaraganda, XI asr boshlarida Turkiston bir qancha siyosiy kuchlar tomonidan idora etilgan.
=== Taqdimot 7 ===
Qoraxoniylar sulolasining yirik vakillari
Abdulkarim Sotuq Bug‘roxon (859-955)
Muso ibn Abdulkarim (955-970)
Hasan ibn Sulaymon (977-992)
Ahmad ibn Ali Arslonxon (998-1017, hokimiyat amalda ukasi Nasr ibn Ali qo‘lida bo‘lgan)
Mansur ibn Ali (1017-26)
Ibrohim ibn Nasr Tamg‘achxon (1040-70)
Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon (1102-30)
Usmon ibn Ibrohim (?-1212)
=== Taqdimot 8 ===
Qoraxoniylarning Movarounnahrga hukmronligi 200 yilga yaqin davom etadi. Somoniylarga tegishli bo‘lgan yerlarni egallash jarayonida Qoraxoniy boshqaruvchilari vaqtinchalik bo‘lsa-da birlashib turkiylarning yirik Qoraxoniylar davlatini barpo etadilar. Bu davlat bir nechta viloyatlarga bo‘lingan bo‘lib, Movarounnahrga dastlab Nasr Ilekxon hokimlik qilgan. Shijoatli va mohir sarkarda Nasr Ilekxon do‘stona munosabatlar o‘rnatish tarafdori ekanligini bildirib qo‘shnisi Mahmud G‘aznaviy bilan elchilik munosabatlari o‘rnatadi.
=== Taqdimot 9 ===
Qoraxoniylar davlati 1025-yil
=== Taqdimot 10 ===
Movarounnahr yerlariga batamom o‘rnashib olgandan so‘ng oradan ko‘p o‘tmay, ya’ni 1015-1016-yillar Qoraxoniy hukmdorlari, xonzodalar va yirik amaldorlar o‘rtasida toj-taxtni egallash, yirik yaylovlarni qo‘lga kiritish, ayrim viloyatlarni bosib olish uchun kurashlar avj ola boshlaydi. Natijada 1041-yilga kelib Qoraxoniylar davlati ikkiga: sharqiy va g‘arbiy qismga bo‘linib ketdi.
=== Taqdimot 11 ===
G‘arbiy qism Movarounnahrdan to Farg‘ona vodiysining g‘arbiy rayonlarigacha bo‘lgan hududlarni egallagan bo‘lib, uning poytaxti dastavval Buxoro, bir muddat O‘zgand, keyin esa Samarqand edi. Sharqiy qism Yettisuv, Qashg‘ar, Taroz, Isfijob, Shosh va Sharqiy Farg‘onani o‘z ichiga olgan. Uning poytaxti avval Balasog‘un, keyin esa Qashg‘ar edi.
=== Taqdimot 12 ===
1141-yilda Qoraxitoylar Movarounnahr yerlariga bostirib keladilar
=== Taqdimot 13 ===
Qoraxoniylar davriga tegishli tangalar
=== Taqdimot 14 ===
Qoraxoniylarning Samarqanddagi qarorgohi xarobalari, Afrosiyob xarobalari
=== Taqdimot 15 ===
Qoraxoniylar davrida jamiyatning ijtimoiy bo‘g‘inlari
Xoqon-ul-xoqon
Qoraxon yoki tamg‘achxon. Eng yuqori oliy mansabdor shaxs, davlatning oliy boshlig‘i
Elekxon
Xoqondan keyingi pog‘onada turuvchi shaxs. U xoqon xonadoniga mansub bo‘lib, viloyatning mulk sohibi hisoblangan
Iqtodorlar
Qoraxoniylar davlatining tayanch qatlami, asosiy harbiy harakatlarni amalga oshiruvchi jangovar bo‘linmalar vakillari
=== Taqdimot 16 ===
=== Taqdimot 17 ===
Vazirlar qo‘l ostidagi amaldorlar
Devoni mustafiy
Devoni mushrif
Devoni borid
Devoni amid
Devoni ushrot
Devoni vaqf
=== Taqdimot 18 ===
Qoraxoniylar davlatida mulkchilik
Xoqon
Xoqon mulki
Iqto mulki
Vaqf mulki
Devon mulki
Jamoa mulki
=== Taqdimot 19 ===
Qoraxoniylar qo‘shinlarida 9 xil tug‘ ishlatilgan. Bu haqida Mahmud Qoshg‘ariy “tug‘ alam demakdir, to‘qqiz tug‘lik xon deyiladi, mayli viloyat qancha ko‘p bo‘lsin, martabasi ustun bo‘lsin, tug‘ to‘qqizdan ortiq bo‘lmaydi. Chunki 9 soni xosiyatli bo‘ladi” deb yozgan.
=== Taqdimot 20 ===
Harbiy lavozimlar
Aqinchi – dushmanga kechasi zarba beruvchi
Yizak – dushmanning ichki ahvolini kuzatuvchi
Tutqoq – ma’lumot olish maqsadida dushman odamlarini tutib keluvchi
Yotqoq – kechasi soqchilik qiluvchi
Turg‘oq – kunduzi soqchilik qiluvchi.
=== Taqdimot 21 ===
Shaharlar taraqqiyoti hunarmandchilikning rivojlanishiga ham olib keldi. Hunarmandchilik taraqqiyoti O‘rta Osiyoning foydali qazilmalar, xom ashyo manbalariga boyligi bilan belgilanadi. Hunarmandchilikning asosiy markazlari shaharlar edi. O‘rta Osiyoning turli joylarida olib borilgan arxeologik qazishmalar va yozma manbalardagi ma’lumotlarga qaraganda XI-XII asrlarda shaharlar va ba’zi yirik qishloqlarda to‘qimachilik, kulolchilik, metall va shisha buyumlari ishlab chiqarish va boshqa hunarmandchilik turlari ancha rivojlangan.
=== Taqdimot 22 ===
Qoraxoniylar davrida
Buxoro shahrida 1127-yilda Qoraxoniy Arslonxon tomonidan mashhur imorat – Minorai Kalon barpo etildi.
Hazara qishlog‘i yaqinida Dingaron masjidi va uning yonida Barati Malik nomi bilan mashhur bo‘lgan karvonsaroy qurildi.
Buxorodagi Namozgoh va Attoriy masjidi qurildi.
Urganchdagi Faxriddin Roziy va Shayx Sharif maqbarasi qurildi.
=== Taqdimot 23 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🏰 “Qoraxoniylar davlati” mavzusidagi to‘liq taqdimotni Slaydchi.uz saytida tomosha qiling
Slaydchi.uz — O‘rta asrlar tarixi, tarixiy shaxslar va davlatlar haqidagi taqdimotlar uchun yagona ta’limiy platforma.
Boshqa tarixiy mavzular: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.