Qofiya va radif

3000 so'm


Qofiya-va-radif

Slayd 1

QOFIYA VA RADIF

Slayd 2

Reja
Qofiya haqida ma’lumot
Qofiyaning joylashuviga ko‘ra turi
Qofiyaning tuzilishiga ko‘ra turi
Radif haqida ma’lumot
REJA:
01
03
02
04

Slayd 3

Qofiya
Qofiya va raviy

Slayd 4

Qofiya
Sheʼriy misralar oxirida so‘z yoki hijolarning ohangdosh bo‘lib kelishiga qofiya deyiladi. Qofiya bo‘lishi uchun ikki va undan ortiq ohangdosh so‘zlar uyg‘unligi bo‘lishi kerak. Ular qofiyadosh so‘zlar deyiladi.

Slayd 5

Masalan:
Ul na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo‘q nishon,Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon.Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,Yuzlarig‘a parda tortig‘liq turarlar bag‘ri qon.
Chistonida “nishon”, “makon”, “qon” so‘zlari;

Slayd 6

Ul nadurkim, sabzto‘nlik, yoz yog‘ochning boshida,Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida.Barcha qushlarning so‘ngoki ichida,Ul na qushdurkim, so‘ngoki toshida. Chistonida “boshida”, “qoshida”, “toshida” so‘zlari qofiyadosh so‘zlar sanaladi.

Slayd 7

Raviy
Raviy harfi qofiyalanuvchi so‘zlar tarkibidagi aynan takrorlanuvchi tirgak tovushdir. Raviyni asos (o‘zak) oxirida keluvchi cho‘ziq unli yoki undosh bo‘lgan tirgak tovush hosil qiladi. Qofiyadosh so‘zlarda raviy qat’iy bir o‘rinda keladi.

Slayd 8

Masalan:
”Anor” chistonidagi “nishon”, “makon”, “qon” qofiyadosh so‘zlarida “n” undoshi raviy hisoblanadi. Ularda qofiya raviy bilan tugagan.

Slayd 9

“Yong‘oq” chistonining birinchi baytidagi “boshida”, “qoshida” qofiyadosh so‘zlarida “sh” tovushi raviydir. Chunki qofiyadosh so‘zlarning asosi (o‘zagi) “sh” bilan tugagan. Lekin bu chistonda qofiya raviydan keyin ham davom etmoqda.

Slayd 10

Mumtoz she’r ilmiga ko‘ra raviy so‘zning asosida (o‘zagida) bo‘lishi talab etilgan. Ammo ijod amaliyotida ba’zan bu talabdan chetga chiqishlar ham kuzatiladi. Uvaysiyning “Kun va tun” chistonida ham shu holatni ko‘ramiz. “Ko‘rmagan” – “sig‘magan” qofiyasidagi raviy (“n” tovushi) o‘zakda emas, qo‘shimchaning tarkibida joylashgan.

Slayd 11

Slayd 12

Elga sharaf bo‘lmadi johu nasab, Lek sharaf keldi hayovu adab. (Hayrat ul-abror) baytida “nasab” va “adab” so‘zlari qofiya bo‘lib, raviy “b” harfidir. Qofiya raviy harfi bilan tugallanayotganligi uchun ushbu qofiya turi muqayyad hisoblanadi.

Slayd 13

Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,Ko‘ngluma har birining dardu balosinmu deyin? (Navodir ush-shabob, 483-g‘azal)baytida “qarosinmu”, “balosinmu” so‘zlari mutlaq qofiya bo‘lib, ulardagi “o” unlisi raviydir.

Slayd 14

Raviydan keyin kelgan “s” undoshi – vasl, “n” undoshi – xuruj, “m” – mazid va qofiya oxiridagi “u” unlisi noyira hisoblanadi, “s” harfidan keyin kelgan qisqa “i” unlisi esa nafozdir.
Mutlaq qofiya hisoblanishi uchun raviydan so‘ng birgina vasl harfining qo‘llanilishi ham kifoya qiladi.

Slayd 15

Ichki qofiya
Asosiy qofiya
Bosh qofiya
Qofiyaning joylashuviga ko‘ra turlari:

Slayd 16

Bosh qofiya – qofiyadosh soʻzlar bayt boshida keladi:
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarrishtayi ayshdin ko‘ngulni zinhor,
Uz oh, Zahiriddin Muhamrnad Bobur.

Slayd 17

Ichki qofiya – qofiyadosh so‘zlar odatdagiday oxirida emas, ichida, o‘rtasida keladigan qofiya.
Barcha parilar, ey jon, girdingda zoru hayron,
Go‘yo erur namoyon oy tegrasida hola.

Slayd 18

Asosiy qofiya – she’riy misralar oxirda kelib, butun she’r ohangdoshligini boshqardigan qofiya.
Ko‘kragimdur subhning pirohanidin chokrok,
Kirpikim shabnam to‘kulgan sabzadin namnokrok.

Slayd 19

Slayd 20

To‘q qofiya
Oxirgi undosh va unlilar to‘la mos kelsa va ohangdoshlik kuchli bo‘lsa, bu to‘q qofiya bo‘ladi. Biroq va firoq to‘q qofiya hosil qiladi.Bahorim-dildorim, so‘ralar-mo‘ralar kabilar ham to‘q qofiya hisoblanadi.

Slayd 21

Och qofiya
Bir-biriga to‘la ohangdosh bo‘lmagan so’z yoki bo’g’inlar yordamida qofiyalanish och (to‘liqsiz) qofiyani yuzaga keltiradi. Majnun va osmon och qofiyaga ega. Garchi ular bir xil undosh bilan tugagan bo‘lsa-da, undoshlardan oldingi unlilar har xil, shu sababli ohangdoshlik kamaygan.Dahriy –qahrdan (har xil qo’shimcha), tutun –Aloviddin (faqat raviy mos)

Slayd 22

Slayd 23

Yig‘iq radif
Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,Seli g‘amdin bu imorat bo‘ldi vayron oqibat, –
Baytida “hijron” va “vayron” qofiyadosh so‘zlaridan keyin birgina “oqibat” so‘zi takrorlangani uchun yig‘iq radif hisobanadi.

Slayd 24

Yoyiq radif
Kel, dahrni imtihon etib ket,
Sayri chamani jahon etib ket, –
Baytida “imtihon” va “jahon” qofiyadosh so‘zlaridan keyin takrorlanayotgan “etib ket” so‘zi yoyiq radif sanaladi.

Slayd 25

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 26

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Qofiya va radif” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar