- Savatga boshqa "CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Qalamtasvir va uning maqsad-vazifalari
4000 so'm

Slayd 1
Qalamtasvir va uning maqsad-vazifalari
Slayd 2
Qalamtasvirning maqsad–vazifalari
01
Qalamtasvir tasviriy san’atning asosi
02
Realistik tasvir san’ati
03
O‘quv qalamtasvirining ilmiy asoslariga rioya qilish
04
Reja:
Slayd 3
Qalamtasvirning maqsad–vazifalari
“Fanni o‘qitishdan maqsad – barcha tasviriy san’at turlarining asosi sifatida bo‘lajak pedagog rassomlarga borliqni ko‘rib-kuzatib to‘g‘ri tasvirlash, borliqni idrok etish, qo‘l, ong va sezgi organlarini shakllantirish hamda bo‘lajak rassom pedagoglarni tasviriy san’at asoslariga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yadi.
Slayd 4
Qalamtasvir tasviriy san’atning asosi
Qalamtasvir- barcha tasviriy san’at turlarining asosi hisoblanadi. Rassom tasviriy san’at turining qaysi birida ijod qilishidan qat’iy nazar, qalamtasvirga asoslanadi. U o‘zining kuzatishlari, katta asar kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini avval qalamda dastlabki qoralamalar bilan ifodalaydi. San’at asarini yaratishda ushbu qoralamalar rassomga yordamchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
Slayd 5
Qalamtasvir fanining vazifalari bo‘lajak o‘qituvchi-rassomlarni
tayyorlashda asosiy mezon hisoblanib, u talabalarga amaliy mashg‘ulotlar orqali olib boriladi. Shuni ta’kidlash lozimki, amaliy mashg‘ulotlar qatorida nazariy bilimlar ham bo‘lajak rassom-pedagoglarga ularning keyingi pedagogik va ijodiy faoliyatlarida muhim o‘rin tutadi.
Slayd 6
Uyg‘onish davrining buyuk rassomi va olimi Leonardo da Vinchi “Rangtasvir qonunlari” nomli asarida ta’kidlaganidek, yoshlar o‘zlarini ilm-fan, tasviriy san’atda sinamoqchi bo‘lsalar, avvalo, rasm chizishni mukammal bilmoqlari lozim.
Leonardo da Vinchi
Slayd 7
Realistik tasvir san’ati
Borliqdagi narsa va shakllarni realistik tasvirlash talabaga amaliy bilim va ko‘nikma beribgina qolmay, balki uning estetik didini o‘stirish, dunyoqarashini kengaytirish uchun juda muhimdir Realistik tasvir san’ati yosh rassomlarning borliqni haqqoniy obrazlarda ifoda etish mahoratini rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega.
Slayd 8
Rasm chizish asoslarini o‘rganish
narsaning o‘ziga qarab, metodik izchillikda tasvirlash prinsipiga asoslanadi. Tabiatga muhabbat va o‘ta kuzatuvchanlik, buyumlarni
To‘g‘ri tasvirlash kabi fazilatlar tasviriy san’at bilan shug‘ullanadigan har bir talabaga xos bo‘lmog‘i kerak.
2-rasm
Slayd 9
O‘quv qalamtasvirining ilmiy asoslariga rioya qilish
3-rasm
O‘quv qalamtasvirining ilmiy asoslariga rioya qilish deganda; talabaning u yoki bu o‘quv mashq jarayonida tasvirlashning qonun va qoidalarini aniq bajarishi nazarda tutiladi. Masalan: boshlang‘ich kurslarda gipsli geometrik shakllarni chizishda talabadan chiziqli konstruktiv tuzilish hamda perspektiva qonun-qoidalariga amal qilish talab etiladi.
Slayd 10
Ular har bir vazifani individual amalga oshirish bilan birga qalamtasvirdagi mavjud plastik anatomiya qonunlariga rioya qilishlari lozim (suyak va mushaklarning joylashishi, birlashishi, ularning nisbat va tuzilishlari, yorug‘, soya va boshqalar). Uzoq o‘tmishda qadimgi yunon musavvirlari inson qomatini ilmiy tahlil etib, shunday xulosaga kelganlarki, inson qomati -tabiatning eng murakkab, oliy va go‘zal mahsulidir. Bir qarashda biri-birga qarama-qarshi bo‘lib tuyulgan, tasviriy san’at va ilm-fan amaliyotda biri ikkinchisini to‘ldirib, shakllantiradi. Ong va sezgi, idrok va hissiyot doimo uzviy aloqadadir. Bunda talabalar kub, shar, prizma, konus, silindr, piramida, gips ko‘za, turli naqsh va me’morlik bo‘laklari va hokazolarni o‘ziga qarab tasvirlaydilar. Ushbu mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi – talabalarga kompozitsiya, chiziqli konstruktiv tuzilish, nisbatlar, perspektiva qonunlarini o‘rgatish hamda ularda chizish malakasini shakllantirishdan iboratdir.
Slayd 11
Demak, talaba o‘quv vazifasini to‘g‘ri bajarishi uchun, birinchi navbatda, tasviriy san’at qonun-qoidalarga amal qilishi kerak. Ular orqali u o‘quv akademik vazifalarni bajarish jarayonida tasvirdagi birinchi darajali buyumlarni bo‘rttirib ko‘rsatib, shaklning xarakterli xususiyatlarini aniq tasvirlashi, ikkinchi darajali buyumlarni esa, umumiy, ko‘zga tashlanmaydigan qilib bajarishi lozim.
4-rasm
Slayd 12
Tasviriy san’at xususan, o‘quv qalamtasviri qonun-qoidalari, tabiat qonunlaridan kelib chiqadi. Tabiat qonunlari tasviriy san’atga ta’sir etib, uning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Tasvirlash qonunlari talabaning qalamtasvir bilimini oshiradi va malakasini shakllantiradi, ijodiy qobiliyatini o‘stiradi, hamda uni bo‘lajak pedagogik faoliyatga puxta tayyorlaydi. Buyumlarni o‘ziga qarab, naturadan tasvirlash mashqlari tasviriy san’atning asosi hisoblanib, u talabadan yuqorida bayon etilgan, qonun-qoidalar asosida ish yuritishni talab etadi. Shu bois, talaba o‘qishning dastlabki bosqichidanoq, rasm chizishning asosiy qonunlarini to‘la-to‘kis egallashi, hamda o‘tmishdagi buyuk rassomlarning ijodini va tasvir uslubini chuqur o‘rganishi lozim.
Slayd 13
Qalamtasvirda yetuk malakaga erishish, ko‘p jihatdan narsani o‘ziga qarab tasvirlashga bog‘liq. Narsani o‘ziga qarab tasvirlash mahorat maktabini o‘tmasdan badiiy rivojlanish pillapoyalaridan yuqoriga chiqish mumkin emas. Bir necha yetuk shogirdlar tarbiyalagan, rus rassomi va murabbiyi P.P.Chistyakov aytganidek, “talaba ,avvalo, chizayotgan buyumni sinchiklab kuzatishi zarur, so‘ngra u naturani o‘ziga bo‘ysundirishi” kerak. Rassom qanday yetuklikka erishmasin, u narsani o‘ziga qarab tasvirlashdan voz kechmasligi lozim.
P.P.Chistyakov
Slayd 14
O‘quv qalamtasvirini ilmiy jihatdan tahlil etish natijasida, uning bir necha mustaqil asosiy fanlar bilan bevosita chambarchas bog‘liqligini kuzatishimiz mumkin.
I. Perspektiva – buyumning fazoviy holatini tekislikda to‘g‘ri tasvirlash metodlarini ochib beruvchi fan.
II. Plastik anatomiya – inson va hayvonlar tanasining tuzilishi haqidagi fan.
III. Fizika – buyumlarda yorug‘ va soyalarning taqsimlanishi borasidagi fan. Ushbu fanlarni har bir talaba umumta’lim maktabida, so‘ngra badiiy o‘quv yurtida chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi, hamda ularni tasviriy faoliyatda keng qo‘llay olishi zarur.
Slayd 15
Yuqorida bayon etilganidek; Uyg‘onish davri rassomlari o‘zlarining mashhur san’at asarlarida sanab o‘tilgan fanlardan unumli foydalanganlar. Buyumlarni haqqoniy tasvirlashda ushbu aniq fanlarning ahamiyati nihoyatda katta. Biron-bir mashhur san’at asari yo‘qki, unda perspektiva qonuniyatlariga amal qilinmagan bo‘lsin. O‘ziga qarab chizilgan suratni rassom qanday holatda (ro‘paradan, yonidan, o‘tirib, yoki tik turib) bajarganini aniq aytib berish mumkin.
5-rasm
Slayd 16
O‘tmishda yashab ijod etgan buyuk rassomlar ham, hozirgi zamonaviy rassomlar ham perspektivani birinchi o‘ringa qo‘yadilar. Tasviriy san’at fazoviy tasavvurimiz perspektiva qonuniga to‘la amal qilishini talab etadi. Buyumning fazoviy holatini to‘g‘ri tasvirlash uchun, perspektiva qonunlariga rioya qilishimiz shart. Mashhur rassomning ijodi shundan dalolat beradiki, borliqni haqqoniy tasvirlash uchun, tasviriy san’at qonun-qoidalariga rioya qilish g‘oyat muhim.
Slayd 17
Mashhur rassom murabbiylar, ijodiy faoliyati bilan bir qatorda; ko‘plab maxsus metodik qo‘llanmalar ishlab chiqqanlar. Jumladan, XIX asrning birinchi yarmida ijod etgan rus pedagoglaridan A.R.Sapojnikov buyumlarni tasvirlashda, sinch (karkas) usulini joriy etdi. Gipsdan ishlangan geometrik shakllarni tasvirlashda, u ma’lum shaklning yoniga shu shaklning simdan ishlangan nusxasini qo‘yib, yosh rassomlarning chiziqli konstruktiv tuzilish, perspektiva qonun-qoidalarini osonlikcha o‘rganishlariga yordam bergan.
Slayd 18
6-rasm
Sinch usuli yordamida tasvirlash turli geometrik hamda boshqa shakllarning, (kub, silindr, konus, prizma va b.) buyum tekisligidagi tayanch nuqtalarini, perspektiva asoslarini hamda fazoviy holatlarini aniqlashda katta yordam beradi.
Slayd 19
7-rasmlar
Bunda talabalar kub, shar, prizma, konus, silindr, piramida, gips ko‘za, turli naqsh va me’morlik bo‘laklari va hokazolarni o‘ziga qarab tasvirlaydilar. Ushbu mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi – talabalarga kompozitsiya, chiziqli konstruktiv tuzilish, nisbatlar, perspektiva qonunlarini o‘rgatish hamda ularda chizish malakasini shakllantirishdan iboratdir
Slayd 20
Qalamtasvirdan ilovalar
Slayd 21
Slayd 22
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 23
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.