Qadimgi Yunoniston madaniyati
8000 so'm

Slayd 1
Qadimgi Yunoniston madaniyati
Slayd 2
Dars maqsadi:
• Ta’limiy! Qadimgi yunoniston davlatining paydo bo’lishi haqtida ma’lumot berish,
• yunoniston davlatining jahon tarixida tutgan o’rnini ko’rsatib berish.
• Tarbiyaviy: o’quvchilarning jahon tarixi fanini o’rganish jarayonida jahon xalqlari
• tarixi va madaniyatiga hurmat bilan qarashni shakllantirish.
• Rivojlantiruvchi : O’quvchilarning tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
Slayd 3
Dars maqsadi:
• 6-sinf «tarix» fani darsligi.
• Tarqatma materiallar.
• Dars rejasi.
• Tashkiliy qisim 2 minut.
• Yangi dars mazmunini tushuntirish 15 minut.
• Guruhlarda ishlash 15 minut.
• Dars mazmunini to’ldirish 6 minut.
• Dars yakunlarini chiqarish 5 minut.
• Uyga vazifa 2 minut.
Slayd 4
Reja
3. Gomerning ,,Iliada’’ va
,,Odisseya’’dostonlari
2. Olimpiada o’yinlari
Fuqaro tarbiyasi
4. Yunonistonda teatr
5. Haykaltaroshlik va memorchilik
Slayd 5
Fuqaro tarbiyasi
Bolalikdan yunonlar miyasiga jamoat ishlari shaxsiy yumushlardan ustuvor ekanligi to’g’risidagi dunyoqarash singdirilar edi. Maktablar faol fuqarolar, davlat himoyachilarini tarbiyalashi lozim edi. Sport rivojlanishi va Olimpiya o’yinlariga qiziqish ham shunga xizmat qilar edi.
Bolalikdanoq o’g’il bolalarga she’riyat va musiqaga muhabbat hissi singdiriladi. Arslonni yenggan Gerakl haykaliga nazar tashlaymiz.
Slayd 6
Bordiyu usta haykaltarosh bahodirni kiyimda tasvirlasa, uning arslonni yengayotgan mushak va
changallaridagi kuchni ko’rmagan, qudratli, mashq ko’rgan tanasi go’zalligini his etmagan
bo’lardik.
Slayd 7
Qadimgi yunon haykaltaroshi Geraklni barvas-ta pahlavon sifatida tasvirlagan. Orqa
oyoqlarida turib olgan bahaybat arslon yesa Geraklning yelkasidan ham kelmaydi. Ammo nega
Gerakl libossiz tasvirlangan? Bu qadimgi yunon tasviriy san’atining o’ziga xos jihatlaridan
biridir. Haykaltarosh nazarida Geraklning kuch-qudratini ko’rsatish muhim edi.
Umumiy ta’limdan tashqari o’g’il bolalar ikki yillik harbiy ta’limni ham o’tashgan. Birinchi yili
ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo’lishni
o’rganishardi
Slayd 8
Ikkinchi yili esa ayrimlari Attika chegara qit’alarida harbiy xizmatni o’tasa, boshqalari Pirey portida dengizchilik san’ati asoslarini o’rganishar edi.
Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan Ikkinchi taqdirda 30 yoshga to’lmagan erkaklarning barchasi qurol-yarog’lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko’rikka yetib kelishi shart bo’lgan. So’ngra esa o’z xudolari, jonajon kulbasi va mamlakati uchun janglarga kirishgan.
Vatanga muhabbat har bir fuqaroning fidoiyligi va jasorati hisoblangan.
Yunonlarga yuksak vatanparvarlik hissi bo’lgan. Vatan himoyasi yo’lida halok bo’lganlar qaxramonlar deb e’lon qilinar edi. Qahramonlar dafn yetilgan joylarda qurbonliklar bag’ishlangan.
Slayd 9
Оlimpia o’yinlari
Sport barcha yunonlar uchun sevimli mashg’ulot bo’lgan edi.Miloddan avvalgi 776-yilda ilk bor o’tkazilgan Olimpiya o’yinlari turli-tuman sport musobaqalari orasida eng asosiysi hisoblangan. Ana shu sanadan boshlab har to’rt yilda bir marta Olimp tog’ida muqaddas olov Quyosh nurlaridan yondirilar, Yunonistonning to’rt tarafidan kelgan sportchilar besh-kurashda bellashar edi. Beshkurash esa uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurashdan iborat bo’lgan. Otchoparda yesa aravalarda va otlarda poyga uyushtirilar edi. Odamlar va sportchilar Olimpiyaga eson-omon yetib kelishlari uchun o’yinlar o’tkazilayotgan paytda urushlar to’xtatilar edi.
Slayd 10
Olimpiada shiori:,,Tezroq,balandroq,kuchliroq’’
Olimpiada timsoli :Ko’k,qora,qizil,sariq va yashil rangli bir-biriga chatishtirilgan beshta halqadan iborat.
1924-yildan boshlab Qishki olimpiada o’yinlari ham o’tkaziladigon bo’ldi.
1993-yilda Milliy olimpiada qo’mitamiz Xalqaro olimpiada qo’mitasi tomonidan tan olindi.
O’zbekiston sportchilari 1994-yildan boshlab Xalqaro olimpiada o’yinlarida mustaqil davlat vakillari sifatida qatnashib kelmoqda.
1996-yilda Toshkentda Olimpiya shon-shuxrat muzeyi ochildi.
Slayd 11
Slayd 12
Yunonistondagi Olimpiya o’yinlari Olimp xudosi Zevs sharafiga bag’ishlab o’tkazilgan. Afsonalarga ko’ra olimpiada o’yinlari asoschisi Gerakl hisoblangan. Olimpiya o’yinlarida faqat jinoyat sodir yetmagan, sha’niga dog’ tushirmagan ozod yunon ishtirok etishga haqli edi. Musobaqalarda uch karra g’alaba qozongan sportchi Olimp tog’ida o’z haykalini o’rnattirishga haqli bo’lgan. Yunonlar yil hisobini ham Olimpiyao’yinlariga qarab yuritganlar.
G’oliblar muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to’qilgan gulchambar bilan taqdirlangan. Ayollar Olimpiya o’yinlarida ishtirok eta olmasdi. Ayollar yirilar paytida hatto Olimp tog’i yaqiniga ham kela olmasdilar. Ayollar uchun yugurish bo’yicha alohida musobaqalar o’tkazilar edi.
394- yilda ustma-ust sodir bolgan zilzila oqibatida Olimpiya vayron bo’lib ketgani sababli qadimgi Olimpiya o’yinlari ham o’tkazilmasdan qoldi. Nihoyat, 1896 yilda lda Olimpiya o’yinlari qayta tiklandi.
Slayd 13
Olimpiya o’yinlari ochiladigan kunda qadimgi mash’ala yoqish odati hozirgacha saqlanib qolgan.
Quyosh nurlaridan yondirilgan mash’ala Olimpiya musobaqalari o’tkaziladigan joyga keltiriladi.
Slayd 14
Gomerning ,,Iliada’’ va ,,Odisseya’’dostonlari
Miloddan avvalgi 1200- yillarda yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurish qilishgan. Ular mo’l-ko’l o’lja ilinjida urush boshlashgan. Biroq yunon rivoyatlari boshqa bir sababni ham bayon qiladi. Eng chiroyli ayol Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelena edi. Troya podshosi o’g’li Paris Sparta podshosinikiga keladi va Sohibjamol Yelenani Troyaga o’g’irlab ketadi. Voqeadan xabar topgan Sparta podshosi Parisdan qasos olishga ahd qiladi va barcha spartaliklarni Troya bilan urushga chaqiradi. Yunonlar to’qqiz yil Troyani behudaga qamal qiladilar.
Slayd 15
«Iliada» degan mashhur yunon dostoni ana shu urushning oxirgi o’ninchi yili haqida hikoya qiladi.
Odisseyning maslahati bilan yunonlar ayyorlikni ishga soladilar: ichi bo’m-bo’sh ulkan yog’och ot yasashadi. Ana shu yog’och ot ichiga yunon qo’shinlarining bir qismi yashiringan, qo’shinning boshqa bir qismi esa yaqindagi orollardan biriga o’rnashib olgan edi. Troyaliklar yunonlar qamal qilishni to’xtatishdi va Troya homiysi Afina Palladaga xush kelishi uchun bizga ot sovg’a qilishdi, degan to’xtamga keldilar va yo’g’och otni shaharga olib kirdilar.
Kechasi otning ichidan chiqqan jangchilar darvozalarni ochdilar, Troya bosib olindi. Hozirgi tillarda “Troya oti” iborasi xosiyatsiz sovg’a-salom ma’nosini anglatadi.
Slayd 16
«Iliada» dostonining bosh qahramoni Axillesdir. O’g’lining mangu barhayot bo’lishini istagan ona chaqalog’ini Stiks daryosiga botirib oladi. Ayni mahalda Axillesning onasi ushlagan tovoniga suv tegmas-dan qoladi. Janglardan birida Axilles tovoniga tekkan o’qdan halok bo’lgan. O’sha kezlardan beri «Axilles tovoni» iborasi nozik joyni anglatadi.
Qadimgi yunon shoiri Gomer «Iliada» va «Odisseya» poemalari muallifi hisoblanadi. Uning hayoti haqida deyarli hech narsa saqlanib qolmagan. Afsonalarda yozilishicha u sodir bo’lib yurtma-yurt kezib cholg’u asbobi jo’rligida o’z she’rlarini kuylagan.
Troya urushi nihoyasiga yetdi, YunonlarTroyani taladilar va mo’l-ko’l o’ljalar bilan uyga qaytmoqchi bo’lishdi. Ular Yegey dengizi orqali uzoq va xatarli yo’llardan o’tishlari kerak edi. Ammo eng ko’p mashaqqat va sarguzashtlar Odissey va uning hamrohlari chekiga tushadi. Odissey nihoyat jonajon Itaka o’lkasiga yetib kelguniga qadar dengiz va begona yurtlarda sarson bo’ladi.
Slayd 17
Slayd 18
IX asrning oxirida nemis olimi Genrix Shlimann Gomer hikoyalarini tadqiq qilib, Troya joylashgan yerni hisoblab chiqdi. 1870- Xyilda olim Turkiyadagi Hisorlik tepaligi xarobalari hududida qazishma ishlarini boshlab yubordi, chindan ham Troya qoldiqlarini topdi.
Mabodo hozirgi olimlar ixtiyorida «Iliada» va «Odisseya» dostonlari bo’lmaganida biz bundan uch
ming yil muqaddam yashagan yunonlar hayoti haqida deyarli hech narsani bilmagan bo’lar edik.
Slayd 19
Yunonistonda teatr
Bundan ikki yarim ming yil muqaddam Yunonistonda teatr dunyoga keldi. «Teatr» so’zini yunonchadan tarjima qilganda «tomoshalar uchun joy”, «tomoshaxona» degan ma’nolarni anglatadi. Qadimgi yunon teatrlari maydoni o’lchamlari kattaligi bilan ajralib turgan. Afina teatri 17ming tomoshabinga mo’ljallangan edi. Tomoshalar faqat bayramlarda uyushtirilgan. Erta tongdan
boshlangan tomoshalar kun bo’yi davom etardi. Tomoshabinlarga bir necha p’esalar namoyish etilar edi.
Slayd 20
Slayd 21
Театр ниқоблари
Slayd 22
Teatrga kirish uchun arzimas tomosha haqi yig’ilgan. Qashshoq fuqarolarga teatrga borishi uchun pul
berilar edi. Oldingi qatorlardagi o’rinlar tekin bo’lib, kohinlar, strateglar, davlatga muhim
xizmatlar qilgan fuqarolar kabi faxrli tomoshabinlarga mo’ljallangan edi.
O’zaro kurash namoyish yetilgan, odatda qatnashuvchi kishilar halok bo’lishi bilan tugaydigan
p’esalar tragediya deyilgan. «Shoh Edip» va «Antigona» singari eng mashhur tragediyalarni
Sofokl yozgan edi.
Ajoyib qochiriqlar, quvnoq sahnalar, nozik yumorga boy komediyalar esa inson nuqsonlari
ustidan kuladi. Aristofan komediyalar ustasi edi. «Arilar», «Qushlar», «Baqalar» degan mashhur
komediyalarni ana shu muallif yozgan.
Slayd 23
Haykaltaroshlik va me’morchilik
Yunonlar nafaqat podsholar va zodagonlar uchun saroylar va maqbaralar, balki hamma odamlar foydalanadigan jamoat binolari ham barpo etishgan. Haykallar va boshqa haykaltaroshlik
asarlari faqat saroy a’yonlari uylarini bezamasdan, ayni mahalda shahar maydonlari, ibodatxonalar, hammaga ochiq tomoshabog’lar va stadionlarni ham bezab turar edi.
Miloddan avvalgi VII asrdan boshlab ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari toshdan barpo yetila boshladi, ayni paytda xususiy uylar g’ishtdan va paxsadan qurilar edi. Ustunlar jamoat binolari va ibodatxonalarning alohida bezagi va ko’rki edi. Ustunlar metall o’qlar yordamida bir-biriga mustahkamlangan bir necha tosh bo’laklaridan yasalgan.
Slayd 24
Slayd 25
Qadimgi Misr haykallarida fir’avnlar tasvirlangan bo’lsa, Yunoniston san’atkor haykaltaroshlari o’z zamondoshlari haykallarini yasashgan. Ular haykallarda epchillik, kuch-qudrat, salomatlik va go’zallik singari har bir fuqaroni tarbiyalashda zarur bo’lgan fazilatlarni alohida bo’rttirib ko’rsatishga harakat qilishgan. Bu narsa ayniqsa, Mironning «Disk uloqtiruvchi» degan haykaltaroshlik asarida yorqin ifoda yetilgan. Yunon haykaltaroshlari qahramonlar, Olimpiada o’yinlari g’oliblari yoki jangda zafar quchganlar sharafiga haykallar tiklashgan. Haykallar shu qadar ko’p ediki, tarixchilar Afinada tirik odamlarga qaraganda jonsiz , haykallar ko’proq deb yozishgan.
Slayd 26
Slayd 27
Atamalar
DEMOKRATIYA
STRATEG
ELLADA
AGORA
PERIYEKLAR
Slayd 28
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 29
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.