Qo’qon xonligidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy holat

7000 so'm


Qo’qon xonligidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy holat

 

 

Slayd 1

Qo’qon xonligidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy holat

Slayd 2

REJA:
1.Qo’qon xonligining tashkil topishi
2.Siyosiy holat
3.Boshqaruv tizimi
4.Iqtisodiy hayot
5.Madaniy hayot
6.Qo’qon xonligining soliq siyosati
7.Chet davlatlar bilan diplomatik aloqalari
8.Xonlik tarixiga oid adabiyotlar va kitoblar

Slayd 3

Qo’qon xonligi
Asoschisi- Ming urug’idan bo’lgan Shohruhbiy
Poytaxti-Qo’qon
Faoliyat davri- 1710-1876
Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, Namangan. Margʻilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan.Keyinchalik Xo’jand va O’ratepa viloyatlari, O’sh va O’zganni, Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o’ziga bo’ysindiradi

Slayd 4

Qo’qon xonligini boshqargan hukmdorlar
Shohruhbiy 1710—1721
Abdurahimbiy 1721—1733
Abdukarimbiy 1733—1751
Erdona 1751—1763
Sulaymon 1763
Shohruh III 1763
Narboʻta biy 1763—1798
Olimxon 1798—1810
Umarxon 1810—1822
Muhammad Ali 1822—1842

Sherali 1842—1845
Murat biy 1845
Muhammad Xudayorxon 1845—1858
Muhammad Mullabiy 1858—1862
Shohmurod 1862
Muhammad Xudoyorxon 1862—1863
Muhammad Sulton 1863—1866
Muhammad Xudoyorxon 1866—1875
Nasriddin 1875—1876
Poʻlat xon 1876

Slayd 5

Siyosiy holat
Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimbek hukmronligi davrida Qoʻqonning siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islohot oʻtkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham eʼtibor kuchaytirilgan. 1805 y. davlat rasman Qo’qon xonligi deb eʼlon qilinib, Olimbek «xon» unvonini olgan.
Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari koʻrilgan. 1815 y. Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817 y. esa Oʻratepa bosib olingan. Sirdaryo boʻyida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan.
Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Jan. Olay togʻ etagidagi Qorategin, Darvoz, Shugʻnon, Roʻshon, Vohon bekliklarini boʻysundirgan. Buxoro amiri Nasrulloxon bilan yuz bergan urushda (1840 y.) Muhammad Alixon yengilib, Xoʻjandni amir Nasrulloga topshirishga va oʻzini uning noibi deb tan olishga majbur boʻlgan.

Slayd 6

Ijtimoiy ahvol
Qo’qon xomligida aholisining soni 3 mln.ga yaqin edi. Chorizm qoʻshinlari uning shim.gʻarbiy viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi ancha qisqarib, asosan, Fargʻona vodiysi bilan cheklanadi va aholi soni taxm. 2 mln.ga tushib qoladi.
Qo’qon xonligidada ham yerga egalik qilish va undan foydalanish turli xil boʻlgan. Xonlikka qarashli boʻlgan yerlar quyidagicha taqsimlangan.

O’zbeklar
Tojiklar
Qirg’izlar
Qozoqlar
Uyg’urlar
Qoraqolpoqlar
Amlok yerlar
Vaqf yerlari
Mulki xiroj
Mulki ushriya

Slayd 7

Boshqaruv tizimi
Qo’qon xonligida eng yuqori oliy unvon” xon” unvoni bo’lib, u cheklanmagan hokimyatga ega bo’lgan.
Olimxon davrigacha hukmdorlar “biy” unvoni bilan hokimyatni boshqargan bo’lsa, Olimxon birinchi bo’lib, o’zini xon deb e’lon qilishi, Umarxonnong “Amir al-mo’minin”lik maqomiga erishuvi, va Muhammmad Alixonning “xon” unvonini saqlab qolib, uni davom ettirishi markaziy boshqaruvda alohida ahmiyat kasb etgan
Xon avlodlari “xonzoda” “amirzoda” “mirzoda” “shahzoda”
“to’ra” deb atalgan Markaziy boshqaruv quyidagicha tartibda bo’lgan:
• Oliy hukmdor
• Maslahat organi bo’lgan Kengash
• Ijroiya vazifalaridagi ma’sul amaldorlar

Slayd 8

Hukmdorlar boshqaruvda yuqorida ta’kidlanganidek asosan “Oliy Kengash’ ga tayanib ish ko’rgan Oliy Kengashning tarkibi haqida so’z borar ekan, uning tarkibiga markaziy davlat boshqaruvidagi barcha mansabdorlar a’zo etib kiritilganini alohida ta’kidlash lozim. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, xonlikning bosh vaziri bo’lgan mingboshi hamda oliy diniy mansabdor-shayxulislom kengashning doimiy a’zosi bo’lgan. Shuningdek xonlikning bosh qozisi, ya’ni qozikalon va harbiy ishlar bo’yicha ikki sudya- qozi askar ham kengashda ishtirok etgan. XIX asrning 30-yillariga kelib, markaziy davlar boshqaruvida muhim vazifalar qatoriga kirgan dasturxonchi va risolachi ham kengash a’zosi ekanligi haqida V.V.Velyaminov-Zernov o’z asarida qayd etadi.

Slayd 9

XIX asr tadqiqotchisi V.Grigoryevning ma’lumotiga ko’ra, Xudoyorxonning birinchi hukmdorligida kengash 4 ta qipchoqdan iborat bo’lgan. Musulmonqul yosh Xudoyorxonni taxtga o’tqazgandan so’ng otaliq unvoniga ega bo’lib, davlat boshqaruvini to’laligicha qo’lga kiritadi. U markaziy boshqaruvdagi muhum vazifalar- parvonachi, dasturxonchi, risolachi kabi mansablarga qipchoqlardan tayinlab, o’z hukmronligini mustahkamlab oladi. Mahalliy manbalarda Musulmonqul 1845-yil hukmronlikni o’z qo’liga olgan davrda markaziy davlat boshqaruvida qipchoqlarda bo’lgan Muhammad Diyor, Mullla Xolbek dasturxonchi, Rahmonquli dodxohlar haqida malumotlar berilgan.

Slayd 10

Markaziy boshqaruvdagi mansablar
Muhammad Hakimxon to’ra “Muntahab ut- tavorix asarida “ xonlik markaziy boshqaruvida 5 ta vazir bo’lganligini eslatib o’tadi. Bular quyidagilar:
• 1.Devonbegi
• 2.Qo’shbegi
• 3.Inoq
• Qo’qon xonligida mavjud bo’lgan ma’muriy mansablarni quyidagi to’rt guruhga bo’lish mumkin.
Saroy unvon va mansablari
Diniy mansab va unvonlar
Harbiy va harbiy-ma’muriy unvon va mansablar
Qozixona va mahkamalardagi unvon va amallar

Slayd 11

Iqtisodiy hayot
Qo’qon xonligi shahar aholisining iqtisodiy hayotida hunarmandchilik va kosibchilik muhim o’rin tutgan. Xonlik hunarmandchiligi haqida A.P.Xoroshxin bergan ma’lumotlarga ko’ra, uning e’tiborga loyiq sohasi Namangan, Qo’qon va Marg’ilon shaharlarida atlas, shoyi, adras, va beqasam matolarining ishlab chiqarilganligidir. Qog’oz ishlab chiqarish hunarmandchilik va kosibchilikning muhim tarmog’i bo’lib, A.P.Fedchenko 1871 yilda bu mahsulotni ishlab chiqarish jarayonini, ya’ni Qo’qon qo’g’ozini tayyorlashni o’z ko’zi bilan ko’rgan va uni batafsil bayon qilgan.
A.P.Xoroshxinning ma’lumotlariga ko’ra, savdogar Pervushinning ishonchli odami A.I.Xrennikov Qo’qonga ketayotib, Xojand yo’lida va Konibodom shaharchasi atrofida neft topgan Undan qo’tir kasaliga dori va poyabzal tayyorlashda foydalanilgan.
Rus olimi A.I.Abdiyev esa xuddi shu yerda oltingugurt manbaini topganini yozgan.Boshqa manbalarda Sashg’ar va Qamishqo’rg’on orasidagi darada tuz borligi eslatib o’tilgan.

Slayd 12

Ilm –fan va madaniy hayot
Mirzo Olim Maxdum xoji “Tarixi Turkiston” asarida ilmiy muhit haqida: «Ilmu maorifda bo’lsa, Turkistonda o’tgan Ibn Sino, Forobiy, Ulug’bek Ali qushchi o’rniga o’lturg’on olim faylasufi zamon deganlarimiz izzatu nafs va riyokorlikka tadbil bo’lub, jahl balosig’a mubtalo bo’lgan edilar Aniq va tabiiy fanlarda mutaasiblik va jaholat hukmron bo’lgan. Masalan, 1873yilda Mavlaviy Rishtoniy arkda quyosh soatini yasaganida olomon uni sehrgarlik va jodugarlikda ayblab va g’alayon davrida uni urib o’ldiradi.
Qo’qon xonligida yaratilgan 1-tarixiy asar shoir Akmal Shermuhammad Xo’qandiy ga tegishli. Akmal Shermuhammad o’zining “Amirnoma” asarini fors-tojik tilida 1801-yildan keyon nasr uslubida yozgan.

Slayd 13

Qo’qon xonligining soliq siyosati
Mamlakatda mavjud soliqlarni joriy etilishiga ko’ra 4 ta turga bo’lingan.
Shariat qonun qoidalar binoan belgilangan soliqlar
Rasmiy soliqlar
Urf-odat soliqlar
Favqulodda soliqlar
Shariat qonun-qoidalari asosida joriy etilgan asosiy soliqlar
Xiroj
Ushr
Zakot
Dehqonchilikda donli ekinlar ekiladigan yerlardan olinnadigan soliq- xiroj deb atalgan. U hosilning 1/5 qismini tashkil etib, 5 g’allaning 1 qopi miqdorida undirilgan. Soliqlar bir qismi mahsulot, bir qismi esa pul bilan to’langan.
«Ushr yerlari» – «zamini ushri» deb yuritiladigan ерлардан xosilning 1/10 qismi miqdorida ushr solig’i ruhoniylar foydasiga undirilgan.
Zakot –tovardan olinadigan savdo solig’i – yoki hayvonlar hisobidan olinadigan soliq bo’lib, sarmoyaning 1/40 qismini tashkil qilgan.

Slayd 14

Qo’qon xonligida yozilgan asarlar
Mirzo Olim Mahdum xoji “Tarixi Turkiston”
Muhammad Solih ibn Rahmatxo’ja Rahim Qoraxo’ja o’g’li-Tarixi jadidai Toshkand
Mulla Avazmuhammad ibn Ro’zi Muhammad- “Mafarrix al-qulub
Muhammad Hakimxon-” Muntahab ut-tavorix” Fazliy Namangoniy-” Umarnoma”
Mirzo Qalandar Isfarangiy-” Shohnomayi Nusratpayom
Mulla Avaz Muhammad ibn Mulla Ro’zimuhammad “Tarixi Jahonnomayi”
Mulla Niyoz Xo’qandiy- «Ibrat ul-Xavoqin yoki Tarixi Shohruhiy
Abu Ubaydulloh Sultonxo’ja o’g’li “Xulosat ul-ahvol”

Slayd 15

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 16

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Qo’qon xonligidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy holat” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar