QADIMGI DUNYO ANTIK DAVRI, O‘RTA ASRLAR, UYG‘ONISH DAVRI YEVROPA MUSIQA MADANIYATI
4000 so'm

Slayd 1
QADIMGI DUNYO ANTIK DAVRI, O‘RTA ASRLAR, UYG‘ONISH DAVRI YEVROPA MUSIQA MADANIYATI
Slayd 2
Reja:
Antik davr musiqasi
O‘rta asrlar musiqasi
Uyg‘onish davri
01
02
03
Slayd 3
Antik davr musiqasi
01
Slayd 4
Qadimgi Misr, Suriya, Bobil, Hindiston va Xitoy mamlakatlarining saroy marosimlari musiqasiz o‘tkazilmagan. Musiqaga ilohiy va afsungar qudratga ega bo‘lgan mo‘jizakor kuch sifatida qaralgan.
Slayd 5
Musiqa san’atining gullash davri miloddan avval V-IV asrlarga to‘g‘ri kelgan. Buni Qadimgi Yunon musiqa madaniyati misolida ko‘rish mumkin.
Slayd 6
Qadimgi Yunon musiqasida xudolar sharafiga ijro etiluvchi qo‘shiqlar alohida o‘rin egallaydi. Masalan, Apallon, Artemida, Dionis, Demetra, Kibela va yana bir qator xudolar sharafiga ijro etilgan qo‘shiqlar mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi qurbonlik marosimi “spondey”- sinkretik janr bo‘lib, asosan musiqa va raqs harakatidan tarkib topadi.
Slayd 7
Ilk bor musiqani yaratgan va ijro etgan san’atkorlar-“aed” deb nomlanib, u bir vaqtning o‘zida shoir, bastakor, qo‘shiqchi va jo‘rnavoz vazifasini bajarar edi.
Slayd 8
Xonanda va sozandalar, shoirlar uchun musobaqa – Pifiya yig‘inlari tashkil qilingan.
Slayd 9
“Musiqa” so‘zining ma’nosi ham uning so‘z o‘zagi bo‘lmish “muza” dan olingan bo‘lib, qadimgi yunonlarning asosiy bosh xudosi bo‘lmish – Zevsning qizlari nomi bilan qiyoslangan.
Slayd 10
Qadimgi Rim imperiyasining sharqiy va g‘arbiy qismlarga parchalanib ketishi (395-yil), so‘ngra g‘arbiy Rim davlatining xonavayron bo‘lishi (476-yil) Antik davr nihoyasidan dalolat berdi.
Slayd 11
O‘rta asrlar musiqasi
02
Slayd 12
G‘arbiy Yevropa musiqa madaniyati cherkov va xalq musiqa sohalari doiralari bilan chegaralanib kelindi, ammo XII-XIII asrlarda saroy musiqiy-shoirona ijodiyoti yangi shakllari va cherkov musiqasining yangicha ko‘rinishi bilan boyitildi.
Slayd 13
IX asrdan boshlab musiqa pergament qog‘ozida maxsus belgilar – nevmalar yordamida yozib olina boshlandi. Davrlar o‘tib, XI asrda Italiyalik Gvido de Aretsso tomonidan amaliyotga kiritilgan nota chiziqlari takomillashtirildi.
Slayd 14
Gvido de Aretsso Benedikt ibodatxonasi ruhoniysi edi. U nota yozuvining islohotchisi bo‘lib, to‘rt yo‘lakli nota yozuvini amaliyotga kiritdi.
Slayd 15
Re – Rerum (materiya)
Mi – Miraculum (mo‘jiza)
Notalar nomlarining mazmuni
Do – Dominus (Xudo)
Fa – Familias planetarium
(quyosh tizimi)
Sol – Solis (Quyosh)
Lya – Lactea via (somon yo‘li)
Si – Siderae (osmon)
Slayd 16
Uyg‘onish davri
03
Slayd 17
Ars Nova
Ars nova G‘arbiy Yevropa san’atining eng yuksak davrlaridan biri sanalmish – Uyg‘onish yoki Renessans (XIV-XVI asrlar) davrining boshlanishiga olib keldi.
Slayd 18
Milliy musiqa maktablari
Italyan milliy maktabi – Palestrina, Gabriyeli
Niderland polifonik maktabi – Dyufai, Okegem, Lasso
Slayd 19
Ispan maktabi- Morales;
Ingliz maktabi – Byord, Talis;
Nemis maktabi – Xasler, Zenfl.
Slayd 20
Organ cholg‘usi eng asosiy musiqiy cholg’ulardan biriga aylandi. Organ (yun. organon — qurol) — damli klavishli musiqa cholgʻu sozi.
Slayd 21
Lyutnya – xushbo‘y daraxt ma’nosini bildirib, Uygʻonish davrida lyutnya yakkanavoz va ansambl cholg‘usi sifatida Yevropa musiqa madaniyatida asosiy oʻrinni egallagan.
Slayd 22
Bu davrda klavishli torli cholg‘u klavesin, urma klavishli torli cholg‘u klavikord ommalashdi.
Slayd 23
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.