- Savatga boshqa "GLOBALLASHUV JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH VAZIFALARI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
PEDAGOGIK MAHORAT VA UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI
8000 so'm

PEDAGOGIK MAHORAT VA UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI
Pedagogik mahorat va uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni
Pedagogik mahorat — bu o‘qituvchining o‘z kasbining haqiqiy ustasi bo‘lishini ta’minlaydigan bilim, malaka, qobiliyat va shaxsiy fazilatlar majmui. U o‘z fanini chuqur biladigan, ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil eta oladigan va o‘quvchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan mutaxassislik darajasidir. Pedagogik mahorat o‘qituvchining madaniyati, nutqi, muloqot madaniyati va metodik saviyasining uyg‘unligida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik mahorat tushunchasi haqida
Pedagogik mahorat — o‘qituvchining o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnata olishi, ularni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanishga va har tomonlama rivojlanishga yo‘naltira olishi demakdir. U nafaqat bilim berish, balki insonni inson qilib tarbiyalash san’atidir.
Yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi:
- O‘z fanini mukammal biladi va uni qiziqarli tarzda tushuntira oladi;
- O‘quvchilarning psixologik holatini his qiladi va ularga mos yondashadi;
- Pedagogik odob va takt qoidalariga qat’iy amal qiladi;
- Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni samarali qo‘llaydi.
O‘qituvchining pedagogik odobi
O‘qituvchilik kasbini chin dildan sevish — pedagogik odobning eng muhim shartidir. O‘z kasbini sevgan o‘qituvchi o‘z kuchini, g‘ayratini, qalb haroratini butunlay ta’lim-tarbiya ishiga bag‘ishlaydi. Bu esa uning faoliyatida ijobiy natijalarga erishishiga sabab bo‘ladi.
Pedagogik qobiliyat – pedagogik mahorat asosi sifatida
Pedagogik qobiliyat — o‘qituvchining pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish, dars jarayonini boshqarish va o‘quvchilarda bilimga qiziqishni uyg‘ota olish xususiyatidir. Qobiliyatlar o‘qituvchining mahoratini belgilovchi asosiy omillardan biridir.
Pedagogik qobiliyat turlari
- Didaktik qobiliyat — murakkab bilimlarni oson, tushunarli tarzda bayon etish mahorati.
- Akademik qobiliyat — o‘z fanini va yondosh sohalarni chuqur bilish va tahlil eta olish.
- Perseptiv qobiliyat — o‘quvchilarning holatini, psixologik kechinmalarini tez sezish va tushunish.
- Kommunikativ qobiliyat — samarali muloqot o‘rnatish, nutq madaniyatiga ega bo‘lish.
- Tashkilotchilik qobiliyati — sinf jamoasini boshqarish, to‘garak va tadbirlarni tashkil etish.
- Psixologik tashxis qobiliyati — o‘quvchining individual xususiyatlarini aniqlash va rivojlantirish yo‘llarini belgilash.
- Diqqatni taqsimlash qobiliyati — bir vaqtning o‘zida bir necha jarayonni boshqarish.
- Gnostik qobiliyat — yangilik yarata olish, ilmiy izlanishga qiziqish.
- Konstruktiv qobiliyat — dars jarayonini puxta rejalashtirish va muammoli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish.
Pedagogik takt va odob
Pedagogik takt — bu o‘qituvchining tarbiyaviy ta’sir usullarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchilarga nisbatan adolatli va xushmuomala bo‘lish qobiliyatidir. O‘qituvchi har bir holatda o‘zini vazmin, xotirjam va ijobiy tutishi kerak.
Psixolog I.V. Straxovning fikricha, pedagogik taktning mohiyati — o‘quvchining shaxsini, uning psixologik holatini chuqur his etish, unga eng samarali ta’sir yo‘lini topishdir.
Pedagogik texnika
Pedagogik texnika — bu o‘qituvchining dars jarayonida faoliyatni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish uchun qo‘llaydigan maxsus ko‘nikmalari majmuidir. U quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi:
- Pantomimika — tana harakati orqali fikrni ifodalash (qo‘l, bosh, gavda harakati bilan).
- Mimika — yuz ifodalari orqali hissiyot va kayfiyatni ifodalash.
- Nutq texnikasi — ohang, pauza, urg‘u va ritmni to‘g‘ri qo‘llash.
Tarbiya tamoyillari
- Tarbiya maqsadining aniqligi
- Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati
- O‘z-o‘zini anglash va faollik
- Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi
- Ixtiyoriylik va jamoaviylik tamoyillari
Xulosa
Pedagogik mahorat — o‘qituvchi faoliyatining yuksak cho‘qqisi bo‘lib, u nafaqat fan bilimlarini, balki insoniy fazilatlarni ham o‘zida mujassam etadi. Har bir o‘qituvchi o‘z pedagogik qobiliyatini, texnikasini, takti va odobini takomillashtirib borsa, ta’lim jarayoni samaradorligi oshadi, tarbiya esa hayotiy natijaga aylanadi.
=== Taqdimot 1 ===
Pedagogik mahorat va uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
01.
Pedagogik mahorat tushunchasi haqida
02.
Pedagogik qobiliyat-pedagogik mahorat asosi sifatida
03.
Pedagogik texnika
=== Taqdimot 3 ===
Pedagogik mahorat – o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada mahoratli o‘z fanini chuqur biladigan, yondosh fanlar sohalarini tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis mahoratidir.
=== Taqdimot 4 ===
O‘qituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha
O‘qituvchilik kasbini sevish pedagogik odobning zarur talablaridan biri hisoblanadi. O‘z kasbini sevgan kishigina butun kuch – g‘ayratini, qalb qo‘ri va dil haroratini bu ishga bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi.
=== Taqdimot 5 ===
Pedagogik mahorat
Madaniyatning yuqori darajasi va aql – zakovatning darajasi;
O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi bo‘lish;
O‘quv tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
=== Taqdimot 6 ===
Pedagogik qobiliyat – pedagogik faoliyatni boshqara olish imkoniyatini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini shuningdek pedagogik jarayonlarni tashkil etish borasidagi xususiyatlarining komponentlaridir.
=== Taqdimot 7 ===
Pedagogik qobiliyat turlari:
01.
Didaktik
02.
Akademik
03.
Perseptiv
04.
Kommunikativ
05.
Tashkilotchilik
06.
Psixologik tashxis
07.
Diqqatni taqsimlash
08.
Yo‘naltiruv chanlik
09.
Ghostik
10.
Konstruktivlik
=== Taqdimot 8 ===
Didaktik qobiliyat (oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni tushuntirish) ya’ni o‘quvchilar bilan muloqot qilishda pedagogning ta’lim, tarbiyaviy hamda metodlarni chuqur o‘zlashtirgan holda dars berish qobiliyatidir.
=== Taqdimot 9 ===
Akademik qobiliyat (barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimga ega bo‘lish) O‘qituvchi o‘z fanini va boshqa fanlarni chuqur bilishida va o‘zlashtirishda namoyon etishidir.
=== Taqdimot 10 ===
Pеrsеptiv qobiliyat (qisqa daqiqalarda auditoriya holatini idrok qila olish fazilati); tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish ya’ni kuzatishda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchining psixologiyasini va psixik holatini o‘ziga singdirib idrok etadi.
=== Taqdimot 11 ===
Kommunikativ, nutqiy qobiliyat (ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm chastotaga ega bo‘lgan nutq, nutqning jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg‘uga rioya qilishi); O‘qituvchining pedagogik jamoa va ota- onalar bilan o‘zaro muloqotga kirishishida muhim bo‘lib, bunda o‘qituvchi muomala madaniyatini muntazam o‘zida singdirib shakllantirib borishi lozim.
=== Taqdimot 12 ===
Kommunikativ, nutqiy qobiliyat (ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm chastotaga ega bo‘lgan nutq, nutqning jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg‘uga rioya qilishi); O‘qituvchining pedagogik jamoa va ota- onalar bilan o‘zaro muloqotga kirishishida muhim bo‘lib, bunda o‘qituvchi muomala madaniyatini muntazam o‘zida singdirib shakllantirib borishi lozim.
=== Taqdimot 13 ===
Tashkilotchilik qobiliyati (sinf guruhi yoki kursni uyushtirish va uni boshqarish iste’dodi); ya’ni sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga va to‘garaklarga jalb qila olishida namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 14 ===
Psixologik tashxis (diagnoz) qobiliyati (insonning kelajagini oqilona tasavvur qilish bashorati); tarbiyalanuvchilarda qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishidir.
=== Taqdimot 15 ===
Diqqatni taqsimlash qobiliyati (bir nеcha obyektlarga bir vaqtning o‘zida ongini qarata olish); O‘qituvchida diqqatning barcha xususiyatlari: hajmi , idora qilinishi, safarbarligi taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir.
=== Taqdimot 16 ===
Tashabbusga, ijodga ilhomlantirish qobiliyati. Bilim oluvchilarni tashabbuskorlikka, ijodga yo‘naltirish va ijodkorlikni shakllantirish.
=== Taqdimot 17 ===
Gnostik qobiliyat – tadqiqotga layoqatlilik (yangilik yarata olish) ya’ni O‘qituvchi o‘z fanini chuqur bilishi amaliyotda namoyon etishi va yangilik yarata olishidir.
=== Taqdimot 18 ===
Konstruktiv qobiliyat – O‘qituvchining o‘quv tarbiyaviy faoliyatini puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko‘ra olishi.
=== Taqdimot 19 ===
Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikridir.
=== Taqdimot 20 ===
Pedagogik takt
Pedagogik konflikt vaziyatni o‘z qo‘liga olish, emotsional taranglikni bartaraf etish ya’ni tashqi vazminlik va xotirjamlik
O‘z xatti-harakatlari bilan sherigiga ta’sir ko‘rsatish, bunda ishtirokchining yuzini diqqat bilan kuzatish
Maqsadni muvofiqlashtirish (talaba bilan o‘zini muvofiqlashtira olish)
Samarali yechim borligiga ishonishingizni namoyon qilish
=== Taqdimot 21 ===
Pedagogik takt psixologiyasini o‘rganishda psixolog Ivan Vladimirovich Straxov benihoyat katta hissa qo‘shgan. Uning bunda muhimi-o‘quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo‘llash, o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarning hisobga olish zarurdir.
1905-1985
=== Taqdimot 22 ===
Tarbiya tamoyillari
Tarbiya maqsadining aniqligi
Bolalar va kattalarning birgalikdagi faolyati
O‘z-o‘zini anglash
Tarbiyaning shaxsga yo’naltirilganligi
Ixtiyoriylik
Jamoa yo‘nalishi
=== Taqdimot 23 ===
PEDAGOGIK TEXNIKA – bu o‘qituvchining va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat etishga doir usullari va maxsus ko‘nikmalari majmuidir.
PANTOMIMIKA – bu qo‘l, oyoq, bosh butun tana harakati bo‘lib, asosiy fikrni ajratib ko‘rsatadi va obrazlarni chizadi.
MIMIKA – bu o‘z fikri hissiyotlari, kayfiyati, holatini yuz muskullari orqali ifodalash.
=== Taqdimot 24 ===
Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri — har qanday pedagogik ta’sirga nisbatan qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni (rag‘batlantirish, jazolash, pand-nasihat) his eta bilishdan iboratdir.
=== Taqdimot 25 ===
Shunday qilib, o‘qituvchining pedagogik mahorati pedagogik vazifalarni yuksak darajada yechish, o‘qituvchining shaxsiy xislatlari sintezi, uning rang-barang ilmiy sohadagi va pedagogik faoliyatidagi bilim hamda malaka va ko‘nikmalari bilan belgilanadi.
=== Taqdimot 26 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Slaydchi.uz — ingliz tili, tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |

















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.