=== Taqdimot 1 ===
O‘ZGA GAPLI QURILMA
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. O‘zga gap haqida umumiy ma’lumot.
2. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap.
3. O‘zlashtirma gap.
=== Taqdimot 3 ===
Ayrim hollarda so‘zlovchi o‘z nutqida o‘zganing gapini ham ishlatishi mumkin. Bunday qo‘llangan o‘zgalarning gapi so‘zlovchi nutqida hech qanday o‘zgarishsiz yoki mazmuni saqlangan, ammo grammatik xususiyatlari o‘zgartirilgan holda qo‘llanishi mumkin.
=== Taqdimot 4 ===
Shunga ko‘ra, o‘zga gap, asosan, ikki turga bo‘linadi:
1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap;
2. O‘zlashtirma gap.
=== Taqdimot 5 ===
Mazmuni, leksik va grammatik xususiyatlari o‘zgartirilmay, aynan berilgan o‘zga gap ko‘chirma gap deyiladi. Bunday gap odatda so‘zlovchi (avtor) gapi bilan birga qo‘llanadi.
Shuning uchun ham ko‘chirma gap ikki qismdan iborat bo‘ladi:
1) ko‘chirma gap (o‘zganing gapi);
2) avtor (so‘zlovchi) gapi.
=== Taqdimot 6 ===
So‘zlovchi gapining kesimi ko‘pincha dedi, deb so‘radi, deb javob berdi, gapirdi, so‘zladi, aytdi kabi fe’llar bilan ifodalanadi. Ko‘chirma gap so‘zlovchi gapidan oldin va keyin kelishi mumkin.
Ko‘chirma gap so‘zlovchi avtor (gapi bilan birga qo‘llanadi) va so‘zlovchi gapi ko‘chirma gap kimning gapi ekanligini bildiradi.
Shuning uchun so‘zlovchi gapi ko‘chirma gap ichida va ko‘chirma gap avtor gapi ichida keladi.
=== Taqdimot 7 ===
Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanilishi
Agar ko‘chirma gap darak gap shaklida bo‘lib, so‘zlovchi gapidan oldin kelsa, ko‘chirma gapdan keyin vergul va tire qo‘yiladi hamda ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi.
Masalan: “Men maymunjon tergani shu yerga kelgan edim”, – dedi Qo‘ziboy. (H.N.) Ko‘rinishi: “K”, – s.
=== Taqdimot 8 ===
Ko‘chirma gap so‘roq, buyruq yoki his-hayajon gap bo‘lsa, so‘roq va undov belgilari qo‘shtirnoq yopilmasdan oldin qo‘yiladi:
«Xat! Xat!“-deb shivirlashdi bedapoyaga yugurgan bolalar. (H.N.)
«Ota, qayergacha quvib bordingiz?» – dedi Haydarov cholning gaplarini tez-tez yozib borarkan. (S.A.)
“K?” – s.
“K!” – s.
=== Taqdimot 9 ===
Agar ko‘chirma gap so‘zlovchi gapidan keyin kelsa, so‘zlovchi gapidan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. Ko‘chirma gap so‘roq, buyruq yoki his-hayajon gap bo‘lsa, so‘roq va undov belgilari qo‘shtirnoq yopilmasdan oldin, ko‘chirma gap darak gap bo‘lsa, nuqta qo‘shtirnoq yopilgandan keyin qo‘yiladi:
Dedi: “Qaydin sen, ey, Majnuni gumroh!”
Dedi: “Majnun Vatandin qayda ogoh”.
S: “K?” S: “K!” S: “K.”
=== Taqdimot 10 ===
So‘zlovchi gapi ko‘chirma gap ichida kelsa, tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi:
Ko‘chirma gapning uzilgan qismida vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta qo‘yilgan bo‘lsa yoki hech qanday tinish belgisi bo‘lmasa, so‘zlovchi gapining har ikki tomonidan vergul va tire qo‘yiladi.
Masalan: Kampir ketish uchun eshikka tomon borarkan, Aleksey: “Rahmat, buvijon”, – dedi.S: “K”, – s.
=== Taqdimot 11 ===
Ko‘chirma gapning uzilib qolgan qismidan so‘ng nuqta qo‘yilgan bo‘lsa, so‘zlovchi gapidan oldin vergul va tire, undan keyin esa nuqta va tire qo‘yiladi.
Ko‘chirma gapning davomi bosh harf bilan yoziladi:
“Mana shu bo‘rsiq Mirzacho‘lda yakkalanib qolgan hayvonlarning eng oxirgisi, – deb ta’kidladi bobom. – Mening nomimdan hayvonot bog’iga topshirib yubordi”.
“K, – s. – K”.
=== Taqdimot 12 ===
Ko‘chirma gapning uzilgan qismidan so‘ng so‘roq yoki undov belgisi qo‘yilgan bo‘lsa, so‘zlovchi gapidan oldin tire, undan keyin nuqta va tire qo‘yiladi. Ko‘chirma gapning davomi bosh harf bilan yoziladi:
“Arilarning g‘ashiga tegmang!” – deb ogohlantirdi bobom. Bir yopishsa qo‘ymaydi”. “Qiziq! – dedi Ahmad. – Arilarga teginmoqchi bo‘lasiz”.
“K? – s. – K”.
“K! – s. – K”.
=== Taqdimot 13 ===
Ko‘chirma gap so‘zlovchi gapi ichida kelsa, so‘zlovchi gapining uzilib qolgan qismidan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Ko‘chirma gapdan keyin vergul va tire qo‘yiladi, so‘zlovchi gapining davomi yoziladi:
Xadicha aya doim: “Baraka top, qizim, obro‘ying, iqboling bundan ham baland bo‘lsin”. – der edi. (H.N.)
S: “K “, – s.
=== Taqdimot 14 ===
Ko‘chirma gap so‘roq, buyruq yoki his-hayajon gap bo‘lsa. so‘roq va undov belgilari qo‘shtirnoq yopilmasdan oldin qo‘yiladi:
O‘qituvchi: “Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanini o‘qiganmisan?” – deb so‘radi.
S: “K?” – s.
=== Taqdimot 15 ===
O‘ZLASHTIRMA GAP
Shakli o‘zgartirilib, mazmun saqlangan o‘zgalarning gapi o‘zlashtirma gap deyiladi. Bunday gaplarda o‘zgalarning gapi leksik, semantik, grammatik va ohang jihatidan o‘zlashtirilib beriladi, ya’ni o‘zgalarning fikri so‘zlovchi tomonidan hikoya qilinadi.
=== Taqdimot 16 ===
Misollarni qiyoslaymiz:
O‘zlashtirma gap:
Ko‘chirma gap:
“Kitob aqlning kaliti”, – dedi o‘qituvchi.
O‘qituvchi kitob aqlning kaliti ekanligini aytdi.
01
02
=== Taqdimot 17 ===
Misollarni qiyoslaymiz:
Ko‘chirma gap:
O‘zlashtirma gap:
“Imtihonlarga qanday tayyorlanyapsan?” – deb so‘radi kursdoshim.
Kursdoshim imtihonlarga qanday tayyorlanayotganimni so‘radi.
03
04
=== Taqdimot 18 ===
Oʻzgalar gapining mazmuni saqlanib, grammatik shakli yoki gap qurilishi oʻzgartirib berilishi oʻzlashtirma gap hisoblanadi.
Oʻzlashtirma gap – sintaktik hodisalardan biri.
Bunda muallif boshqalar gapining grammatik va ayrim leksik xususiyatlarini oʻzgartirgan holda oʻzlashtirib, hikoya qilib beradi.
=== Taqdimot 19 ===
Oʻzlashtirma gap koʻchirma gapdan ohangi va ayrim feʼl shakllarining ishlatilmasligi bilan ham ajralib turadi.
Koʻchirma gapda juda koʻp qoʻllanadigan demoq feʼlining deb, dedi, deydi, degan edi kabi shakllari oʻzlashtirma gapda deyarli qoʻllanmaydi. Oʻzlashtirma gapda uning oʻrnida koʻproq aytmoq, gapirmoq, taʼkidlamoq feʼllari ishlatiladi:
Masalan: Oʻqituvchi ona tilini yaxshi bilmasdan, boshqa fanlarni chuqur egallash mumkin emasligini taʼkidladi.
=== Taqdimot 20 ===
Koʻchirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, baʼzan uning uslubiy xususiyatlari ham oʻzgaradi. Ayniqsa, soʻzlovchining nutq jarayoniga turli munosabatini ifodalovchi ayrim kirish soʻzlar, undovlar; axir, xoʻsh, ha, yoʻq, xoʻp, mayli kabi gap bilan bogʻlanmagan elementlar, soʻzgaplar koʻpincha tushib qoladi: Xoʻsh, qanday yangiliklar bor? — soʻradi Oʻktam.Oʻktam qanday yangiliklar borligini soʻradi.
=== Taqdimot 21 ===
Undov gap, atov gap, ritorik soʻroq gap kabilarni o‘zlashtirma gapga aylantirib boʻlmaydi:
Ana zamon! Ana hikmat! – dedi Sakson ota yayrab kulib.
Eh, attang, attang, qanday begʻamlik! – dedi u jahli chiqib.
Koʻchirma gap qanchalik murakkab tuzilgan boʻlsa, uni o‘zlashtirma gapga aylantirish shunchalik qiyinlashadi.
01
02
03
=== Taqdimot 22 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.