=== Taqdimot 1 ===
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli
=== Taqdimot 2 ===
1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.
2. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati: “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar.
3. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Farg‘ona voqealari.
4. 1989-yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi.
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
XX-asrning 70–80-yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sur’ati tobora pasayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.
Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo‘lsa-da, xo‘jaliklar uning yetishmovchiligiga duch keldi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotda partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinishlarni yo‘qqa chiqarar edi..
=== Taqdimot 4 ===
KLASS Markaziy Qo‘mitasining 1985-yil aprelida bo‘lgan plenumi noxush tendensiyalar yig‘ilib, SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirof etdi. Mazkur plenum jamiyatni “qayta qurish” orqali iqtisodiyotni ko‘tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985–1986-yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to‘la idrok etilmagan edi
=== Taqdimot 5 ===
“Qayta qurish” siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar ro‘y berdi. Markaz “qayta qurish”ning ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniq-ravshan dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o‘ylab ko‘rilmagan sinov va eksperimentlarga asoslangan edi. Mamlakat imkoniyatlarini hisobga olmasdan xalq xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdan iborat noto‘g‘ri yo‘l tutildi.
=== Taqdimot 6 ===
O‘zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar yo‘lini katta umid bilan kutib oldilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo‘ldi. O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko‘plab kadrlar yuborildi. “Kadrlar to‘dasi” deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O‘zbekistonni o‘z bilganlaricha boshqara boshladilar. O‘zbekiston Kompartiyasi va O‘zbekiston Ministrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimga o‘tirgan mahalliy kadrlar ularning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldilar.
=== Taqdimot 7 ===
O‘zbekistonda “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to‘qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O‘zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamash bilan shug‘ullandilar. Oddiy dehqondan tortib O‘zKP MQ kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlardan zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozning o‘zi kifoya edi. O‘zbekistonda qonunchilik buzildi, o‘zboshimchalik va qatag‘onchilikning yangi davri avj oldi.
=== Taqdimot 8 ===
1989-yilda tashkil topgan “Birlik” xalq harakati respublikadagi dastlabki norasmiy harakat edi. Shuningdek, “O‘zbekiston erkin yoshlar ittifoqi”, xotin-qizlarning “To‘maris” nomli tashkiloti, rusiyzabon ziyolilarning “Intersoyuz” deb atalgan harakati tuzildi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma’naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojiasining oldini olish, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi dolzarb masalalarni ko‘tardilar, biroq, bu harakatlar g‘oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan yetarli darajada uyusha olmadi.
=== Taqdimot 9 ===
1989-yilning may-iyun oylarida Farg‘onada fojiali voqealar sodir bo‘ldi. 45 yil muqaddam Istaling bedodligi natijasida o‘z yeridan badarg‘a qilingan esteti turklarini o‘zbek xalqi o‘z bag‘riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub yerli aholi bilan esteti turklari qardoshlik aloqalarini bog‘lab, o‘n yillar davomida inoqlashib yashadilar. Biroq, 1989-yil 20-mayda Quvasoyda tub yerli aholi bilan esteti turklari guruhlari o‘rtasida mushtlashish sodir bo‘ldi. Respublika siyosiy rahbariyatining voqeani to‘g‘ri baholay olmaganligi hamda tezkorlik bilan zarur choralarni ko‘rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to‘kilishiga olib keldi
=== Taqdimot 10 ===
1989-yil 23-iyunda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining XIV plenumida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘z
KPMQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A.Karimov boshliq O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi kuchayib borayotganligiga e’tibor qaratildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo‘l tutildi.
=== Taqdimot 11 ===
O‘zbekiston SIR Oliy Kengashining 1989-yil 21-oktyabrda bo‘lgan XI-sessiyasida “O‘zbekiston asrning davlat tili haqida” Qonun qabul qilindi. Qonunda O‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili respublikaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to‘liq amal qiladi, deb belgilab qo‘yildi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo‘lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ldi.
=== Taqdimot 12 ===
1990-yil 24-martida XII chaqiriq O‘zbekiston SIR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Sessiya O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zbekiston SIR Oliy Soveti Rayosati a’zolari, komissiya raislari va muovinlari “Mustaqillik Deklaratsiyasi xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish va so‘ng uni sessiyaga olib chiqish lozim, deb topdilar. 19-iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matnini batafsil ko‘rib chiqdi. Natijada bu masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi.
=== Taqdimot 13 ===
O‘zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi.
O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlash lozim. Unda “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida’’gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida’’gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.
=== Taqdimot 14 ===
Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to‘g‘risida’’gi qonunni qabul qildilar. So‘ngra Respublika Davlat Mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SIRning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik e’lon qilin-gan kun 1-sentyabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.
=== Taqdimot 15 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.