- Savatga boshqa "ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
=== Taqdimot 1 ===
“O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O‘QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.O‘zbekiston davlatchiligi tarixi masalalari.
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
O‘zbek davlatchiligi va uning tarixiy bosqichlari.
03
Antik va ilk o‘rta asrlar davlatchilik tarixi.
04
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.
02
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
05
O‘rta asrlar va yangi davr davlatchilik tarixi.
=== Taqdimot 3 ===
O‘zbekiston tarixi shu ona-zaminimizda o‘tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi jarayonida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni to‘laligicha o‘rganadigan fandir. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani esa Vatanimiz mustaqilligini qo‘lga kiritish arafasidan boshlab to mustaqillikning hozirgi kunigacha bosib o‘tgan yo‘li, umumiy qilib aytganda jamiyatning barcha sohalarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘rganadigan fan hisoblanadi.
=== Taqdimot 4 ===
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Bizning ongimizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqelik va mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan hodisa va jarayonlar O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘rganish obyektidir.
O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritish arafasidan boshlab to shu kunlargacha bo‘lgan davrda jamiyat hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy sohalardagi o‘zgarishlar, islohotlar jarayoni O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti hisoblanadi.
=== Taqdimot 5 ===
Fanni o‘qitishning maqsadi – mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida talabaning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat.
Fanni o‘qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat.
=== Taqdimot 6 ===
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi
Ijtimoiy-iqtisodiy davrlashtirish ijtimoiy tuzum xarakteridan kelib chiqadi. Bular: ibtidoiy-jamoa, quldorlik, feodal, kapitalistik, sostialistik, demokratik.
Arxeologik davrlashtirish asosiy mehnat qurollari nimadan yasalganligiga asoslanadi. Bular: paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza, temir.
=== Taqdimot 7 ===
Davlat va sulola nomidan kelib chiqadigan davlat – sulolaviy davrlashtirish ham mavjud: ahomoniylar, salavkiylar, yunon-baqtriya, kushon va boshqalar.
Tarixiy madaniy davrlashtirish hukmron (asosiy) madaniyat belgisiga qarab aniqlanadi:ellinistik davr. Etnik davrlashtirish asosida qabilaviy mansublikka asoslangan davrlashtirish yotadi: sak, eron, eftalit, turk, arab, o‘zbek davrlari.
Tarixiy xronologik nisbiy davrlashtirish umumiy tushunchalarga asoslanib, katta xronologik davrlarni o‘z ichiga oladi: eng qadimgi, arxaik, antik, ilk o‘rta asrlar, o‘rta asrlar, so‘nggi o‘rta asrlar, yangi, eng yangi davrlar.
Diniy davrlashtirish asosida u yoki bu davrda hukmron bo‘lgan din, e’tiqod yotadi. Masalan: otashparastlik, buddaviylik, musulmon davrlari.
=== Taqdimot 8 ===
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining mazmun-mohiyatini obyektiv baholash hamda o‘z o‘rni va xususiyatlarini inobatga olgan holda, bizningcha, O‘zbekistonning eng yangi tarix davrini quyidagi bir qator bosqichlarga bo‘lib ilmiy o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
02
1991-yildan to 2000-yilga qadar bo‘lgan davr.
04
2017-yildan boshlab hozirgi vaqtgacha bo‘lgan davr.
01
1989–1991-yillarni qamrab olgan bosqich.
03
2000–2017-yillarni qamrab olgan uchinchi bosqich
=== Taqdimot 9 ===
O‘zbek davlatchiligi va uning tarixiy bosqichlari
Davlat siyosiy va ma’muriy tashkilot sifatida xalqni uyg‘unlashtiradi. Davlat tufayli jamiyatning butun tuzilishi (iqtisodiy, huquqiy normalari, turmushi, urf- odati, texnikasi va bilim darajasi, etikasi, dini, falsafasi, ijtimoiy qarashlari va boshqalar) to‘la kuch bilan namoyon bo‘ladi.
Davlat – insoniyat sivilizasiyasi rivojlanishining mahsuli, elatlar, xalqlar va millatlar hayotining ma’lum huquq va qonunga asoslanib tashkil etishning siyosiy shaklidir.
=== Taqdimot 10 ===
Baqtriya podsholigi. Mazkur davlat haqidagi ma’lumotlarni yunon tabibi Ktesiy va tarixchi Diodordan ham olish mumkin. “Baqtriya podsholigi” harbiy-demokratik tipdagi konfederasiyadan iborat bo‘lgan. Baqtriya davlati hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston hududlarida joylashgan.
=== Taqdimot 11 ===
Qadimgi Xorazm davlati: Amudaryo quyi qismida mil.avv. IV asrda “qadimgi Xorazm” davlati paydo bo‘lgan. Uning podshosi Farasman makedoniyaliklar Baqtriya va Sug‘diyonani zabt etgan paytda katta qo‘shin va sovg‘a-salomlar bilan Aleksandr huzuriga tashrif buyurib, unga agar shimoliy o‘lkalarga harbiy yurish qilsa, unga yordam berajagini izhor etgan. Shu bois makedoniyalik hukmdor Xorazmga harbiy yurish qilmadi va u o‘zining davlat mustaqilligini saqlab qoldi.
=== Taqdimot 12 ===
Antik va ilk o‘rta asrlar davlatchilik tarixi
Dovon davlati: Taxminan miloddan avvalgi III asrdan milodning II asrlarigacha o‘lkamizda Dovon-Farg‘ona deb nomlangan davlat ham bo‘lgan. Xitoy tarixchilarining milodning I-II asrlariga doir ma’lumotlarida qayd etilishicha, Dovon davlati hududlari Toshkentgacha borgan. Uning poytaxti Ershi shahri edi (hozirgi Andijon viloyatining Marhamat tumani yonida). U bug‘doyi, bedasi, arpasi, uzumlari, anorlari va armug‘oni, kulolchiligi bilan mashhur bo‘lib, hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Aholisi 300 ming kishidan iborat bo‘lib, shaharlari soni 70 gacha yetgan. Dovon podsholigi tepasida mahalliy aholining aslzodalaridan chiqqan hukmdor turgan.
=== Taqdimot 13 ===
Antik davr O‘zbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri – Qang‘ davlatidir. Qadimgi Xitoy manbalarida Qang‘ davlati mavjud bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar mil.avv. III asr oxiri – II asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Ammo, Qang‘ davlati va qang‘arlar tarixining mashhur bilimdoni K.H.SHoniyozovning fikricha, bu davlat mil. avv. III asrning boshlarida paydo bo‘ladi.
=== Taqdimot 14 ===
Kushon saltanati: O‘zbek xalqi davlatchiligi jarayonini Kushon podsholigisiz tasavvur etish qiyin. U davlatchiligimiz poydevorlaridan biri sifatida o‘rganishga va faxrlanishga arzigulik meros qoldirgan. Yuechjilar o‘sha vaqtda Balxashdan to Xitoygacha bo‘lgan hududlarda yashovchi xunlar zarbasi bilan milodgacha 165-yilda G‘arbga uloqtirib tashlanganlar. Yuechjilar dastlab Farg‘onada, keyinroq milodgacha 155-yildagi Yunon Baqtriya inqirozidan foydalanib, Sug‘d va Baqtriya yerlariga ham kirib borgan edilar. Hokimiyat uchun kurashgan 5 ta qabilalar orasida Guyshuan (Kushon) guruhi g‘olib chiqib, milodgacha I asr oxirida yuqorida qayd etilgan Kushon podsholigini barpo etgan. Bu davlatning asoschisi Kujula Kadfiz bo‘lgan.
=== Taqdimot 15 ===
Eftaliylar davlatlari: Oʻrta Osiyo va unga qoʻshni mamlakatlarda milodiy V asr oʻrtasida barpo etilgan davlatlar. Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati milodiy V asr oxiri – VI asr boshida ravnaq topib, uning hududi hozirgi Afgʻonistonning katta qismi, Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turkistonning sharqiy va janubiy-sharqiy viloyatlarini oʻz ichiga olgan. Poytaxti Balx hisoblanadi. Uning asosini Baqtriya-Toxariston tashkil etgan.
=== Taqdimot 16 ===
Xioniylar – Movarounnahr va Baqtriyadagi koʻchmanchi xalq. Baʼzi tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, dastlab Oltoy togʻlari atrofida yashashgan va IV asrning 1-yarmida janubi-gʻarbga siljib, Amudaryo va Sirdaryo oraligʻiga kirib kelishgan. Xioniylar davlatini (IV-V asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa Xioniylarning dastlab Orol dengizi shimolida yashaganligi va yirik massaget qabilalar ittifoqiga mansub boʻlib, hunlar bilan aralashganligini taʼkidlaydilar. Ularning fikricha, yunon va lotin tilidagi asarlarda Xioniylar “oq xunlar» deb atalgan.
=== Taqdimot 17 ===
Kidariylar — kelib chiqishi masalasida har xil taxminlar mavjud. Ba’zilar turkiy xalq desa, boshqalari eroniy deb hisoblashadi. Kidariylarning birinchi podsholaridan biri Kidara I boʻlgan. Kidariylar Oltoy togʻlari va Sharqiy Turkiston oraligʻidan janubiy-gʻarbga siljib, 420-yilda Bolo (Naxshab) shahrini oʻziga qarorgoh qilishgan va Xioniylar davlati bilan qoʻshni boʻlib qolganlar.
=== Taqdimot 18 ===
O‘rta asrlar va yangi davr davlatchilik tarixi
Qoraxoniylar davlati: X asr o‘rtalarida Issiqko‘lning janubi va Qoshqarda yashagan yaqmo qabilasi kuchayib, avval o‘zlaridan shimoli-sharqda yashovchi jigil qabilasi bilan yagona ittifoqqa birlashadi. So‘ngra Yettisuvga xuruj qilib, qarluqlarni bo‘ysundiradi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar. Bu Yangi turk davlatining podsholari “arslonxon” va “bug‘roxon” unvonlari bilan yuritilgan. Buyuklik yoki ulug‘lik esa qadimgi turkiy xalqlarda “qora” so‘zi bilan atalgan. Shu boisdan taxtda o‘tirgan arslonxon va bug‘roxonlar “qoraxon”, ya’ni ulug‘xon hisoblangan. Ular hukmdorlik qilgan davlat esa tarixda “Qoraxoniylar davlati” nomi bilan shuxrat topgan.
=== Taqdimot 19 ===
G‘aznaviylar davlati. G‘aznaviylar davlatining asoschisi Sabuktegin bo‘lib, u yoshligida harbiy harakatlar davrida asir olingan va Movarounnahrga kelib qolgan. O‘z iste’dodi va mehnati bilan qullikdan qutulib, yetuk harbiy lashkarboshi darajasigacha ko‘tarilgan. Xurosonga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritadi. G‘aznaviylar eng gullab yashnagan davri Sulton Mahmud hukmronlik qilgan davrga to‘g‘ri keladi.
=== Taqdimot 20 ===
Saljuqiylar davlati: Saljuqiylar Sirdaryo quyi oqimida yashagan o‘qo‘z qabilalari bo‘lib, ularning yabqusi (sardori) Saljukbek bo‘lgan. Ular tuzgan davlat Saljuqiylar nomi bilan yuritilgan. 1038-1063-yillar rasidaTo‘g‘rulbek Old Osiyo va Kichik Osiyoning katta hududlarini qo‘lga kiritdi. Uning vorisi Alp-Arslon (1063—1072) davrida Vizantiya imperatori mag‘lubiyatga uchraydi. Va Kichik Osiyoning O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlarigacha bo‘lgan yerlari Sulton Sanjar 1156-yilda asirlikdan qochishga muvaffaq bo‘lsa ham, lekin Saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi.
=== Taqdimot 21 ===
Xorazmshohlar davlati: Xorazm vohasi o‘zining qulay strategik va jo‘g‘rofiy mavqei hamda qadimdan rivojlangan hudud bo‘lganligidan Markaziy Osiyo mintaqasida turli davrlarda kechgan muhim tarixiy jarayonlarda alohida o‘rin tutib, muayyan ta’sirini o‘tkazib kelgan. Vatanimiz hududida miloddan avvalgi so‘nggi ming yillik boshlarida ilk o‘zbek davlatchiligi ham shu hududida vujudga kelgan. Xorazm mustaqilligini ta’minlash, uning sarhadlarini kengaytirishda Qutbiddin Muhammadning o‘g‘li Jaloliddin Otsizning (1127-1156) roli kattadir.
=== Taqdimot 22 ===
Temuriylar davlati: Amir Temur 1336-yilning
9-aprelida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so‘ng Amir Temur o‘z raqiblarini yengib, hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, 1370-yilda markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar qildi.
=== Taqdimot 23 ===
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Bugun “Temur va Temuriylar madaniyati” , “Temuriylar davlati”, “Temuriylar madaniyati”, “Ulug‘bek va Samarqand astronomiya maktabi”, “Navoiy” va “Bobur” kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi.
=== Taqdimot 24 ===
XV asr oxiri – XVI asr boshida Xuroson va Movarounnahrning bir necha mustaqil mulklarga bo‘linib ketishi, ayrim viloyatlar hokimlari o‘rtasida uzluksiz davom etgan o‘zaro nizolar avj olishi oqibatida Temuriylar saltanatining iqtisodiy va siyosiy inqirozi tezlashmoqda edi. XVIII asr ikkinchi yarmidan Markaziy Osiyoda Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklaridan iborat uchta mustaqil davlat birlashmasi to‘la ravishda faoliyat ko‘rsata boshladi. XIX asrning birinchi yarmiga kelib, O‘rta Osiyoda uch xonlik o‘rtasidagi to‘xtovsiz urushlar, kelishmovchiliklar xonliklardagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni tang ahvolga olib keldi, bu hududlardagi madaniy hayotni izdan chiqardi. O‘lkadagi bunday vaziyat Rossiyadek, bosqinchi davlat uchun o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishga qulay sharoit yaratdi.
=== Taqdimot 25 ===
Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi 4 bosqichda amalga oshirilgan:
1. 1847-1865-yillar. Qo‘qon xonligining shimoliy-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi.
2. 1865-1868-yillar. Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlar olib borildi.
3. 1873-1879-yillar.Xiva va Qo‘qon xonligi yerlari bosib olindi.
4. 1880-1885-yillar. Turkmanlarning bo‘ysundirilishi.
=== Taqdimot 26 ===
Dastlab general Perovskiyning qo‘shini 1853-yili shiddat bilan Qo‘qon xonligining strategik qal’asi bo‘lgan Oqmachitni egallash uchun yurish boshladi. Salkam bir oy davom etgan qamal natijasida 28-iyul kuni hal qiluvchi jangda qal’a himoyachilari taslim bo‘ldilar. Rus hukumati Oqmachitni qo‘lga kiritilishining katta ahamiyatini anglab, urush qatnashchilarining unvonlarini oshirib, orden-medallar va pul mukofotlari bilan taqdirladi. Oqmachit o‘rniga qurilgan rus qafasiga general Perovskiy nomi berilib, “Perovskiy porti» deb ataladigan bo‘ldi.
=== Taqdimot 27 ===
Oktyabr to‘ntarishi. Turkistonda sovet tuzumining o‘rnatilishi, bolsheviklarning mustamlaka va shovinistik siyosati 1917-yil 25-oktabrda (yangi sana bilan 7-noyabrda) qurol kuchiga tayangan V.I.Lelin boshchiligidagi bolsheviklar (kommunistlar) Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag‘darib tashlab, hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallashdilar. Rossiyaning markazida yuz bergan voqealarning aks-sadosi oradan ko‘p o‘tmay Turkistonga ham yetib keldi. 8-oktyabrda Toshkentning yangi shaharida rus ishchilari va soldatlari bolsheviklarning yordami bilan qurolli to‘qnashuvlarni boshlab yuborishdi. Ular general Korovichenko qismlaridan ustun keldilar. 1-noyabrda Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston Qo‘mitasi qamoqqa olindi. Toshkentda zo‘ravonlik yo‘li bilan sovet hokimiyati o‘rnatildi.
=== Taqdimot 28 ===
1917-yil 15-22-noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan o‘lka rus ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III syezdida 15 kishidan iborat hukumat-Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Unda 8 o‘rin so‘l eserlarga, 7 o‘rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berildi. Biroq hukumat faqat rusiyzabon yevropaliklardan iborat bo‘ldi. Turkiston Xalq Komissarlari soveti (XKS) raisi lavozimini kasbi chizmachi bо‘lgan bolshevik F.Kolesov egalladi.
=== Taqdimot 29 ===
Bu paytda butun Rossiyada bo‘lgani singari Turkiston respublikasida ham “harbiy kommunizm» siyosati joriy qilindi. Bu siyosat o‘z mohiyatiga ko‘ra xalqqa qarshi qaratilgan edi. U xususan boyliklarni harbiy yo‘l bilan dehqonlarga katta zarba berdi Turkistonda ham sovet tuzumi bir qator dekretlar chiqarib, oziq-ovqat razvyorstkasi (taqsimoti)ni joriy qildi. Aslini olganda, dehqondan u yetishtirgan mahsulotning deyarli hammasi tortib olindi. Bozorlar yopildi, savdo-sotiq ta’qiqlandi. 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan barcha erkak va ayollar uchun majburiy mehnat majburiyati joriy qilindi.
=== Taqdimot 30 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.