=== Taqdimot 1 ===
O‘ZBEKISTONDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING MA’NAVIY-HUQUQIY ASOSLARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Axborotlashgan jamiyatda axborot xavfsizligi tushunchasi va uning konseptual ahamiyati.
O‘zbekistonda axborot xavfsizligini ta’minlashning ma’naviy-huquqiy asoslari.
Axborot xavfsizligini ta’minlashda O‘zbekiston va xorij tajribasi.
=== Taqdimot 3 ===
Axborotlashgan jamiyatda axborot xavfsizligi tushunchasi zamonaviy dunyoning eng muhim va dolzarb masalalaridan biriga aylangan bo‘lib, u nafaqat shaxsiy ma’lumotlar himoyasi, balki butun bir davlat va jamiyat barqarorligining asosiy omili sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu tushunchaning konseptual ahamiyati shundaki, u axborot resurslarining butunligi, ishonchliligi va maxfiyligini ta’minlash orqali zamonaviy jamiyatning barqaror rivojlanishini kafolatlaydi.
=== Taqdimot 4 ===
Axborot xavfsizligi tushunchasiga ta’riflar
Axborot xavfsizligi – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi.
Axborot xavfsizligi — bu axborotni ruxsatsiz kirish, oshkor qilish, foydalanish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish tizimidir.
Axborot xavfsizligi — axborotning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuasi.
Axborot xavfsizligi — inson huquqlari va davlat manfaatlarini himoya qilish uchun axborotni ruxsatsiz foydalanishdan yoki buzg‘unchilikdan himoya qilish jarayoni.
=== Taqdimot 5 ===
Axborot xavfsizligini tadqiq etishda 2 xil yondashuv mavjud:
Texnik-texnologik yondashuv;
Mafkuraviy-madaniy.
=== Taqdimot 6 ===
Texnik-texnologik yondashuv – axborotni texnik vositalar, kiberxavfsizlik, shifrlash va monitoring orqali himoya qilishni bildiradi. Bunda tarmoqlararo xavfsizlikni ta’minlash, ma’lumotlarni shifrlash, ma’lumotlarni yo‘qotish xavfini kamaytirish, tarmoqqa bo‘layotgan hujumlarni aniqlash va oldini olish, axborot oqimini nazorat qilish va maxfiy ma’lumotlarga kirishni cheklash, zamonaviy texnologiyalar yordamida xavflarni samarali boshqarishni o‘z ichiga oladi.
=== Taqdimot 7 ===
Mafkuraviy-madaniy yondashuv – axborot xavfsizligining psixologik, mafkuraviy, madaniy jihatlarini tadqiq etadi. Jamiyatda buzg‘unchi, yot g‘oya va axborotlarga qarshi kurashish, milliy qadriyat, an’analarni asrab-avaylash, “ommaviy madaniyat” ta‘sirlaridan himoya qilishning yaxlit tizimini qamrab oladi.
=== Taqdimot 8 ===
Axborot xavfsizligi milliy xavfsizlikning bir qismi sifatida
=== Taqdimot 9 ===
O‘zbekistonda axborot xavfsizligi ta’minlashning ma’naviy-huquqiy asoslari
=== Taqdimot 10 ===
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davrida har bir jamiyat o‘zining axborot makonini asrash, yosh avlodni axborot xurujlari va ta’sirlardan himoya qilish uchun ma’naviy asoslarga ega bo‘lishi zarur.
=== Taqdimot 11 ===
=== Taqdimot 12 ===
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
=== Taqdimot 13 ===
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
=== Taqdimot 14 ===
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta‘minlash;
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish;
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish.
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun
=== Taqdimot 15 ===
Axborot xavfsizligini ta’minlashda O‘zbekiston va xorij tajribasi
Buyuk Britaniyada internet tarmoqlari orqali tarqaladigan salbiy maʼlumotlarning oldini olish maqsadida 2010-yilda “Raqamli iqtisod akti” kuchga kirdi. Unga ko‘ra, davlat organlariga salbiy maʼlumotlar mavjud bo‘lgan har qanday veb-saytni chegaralash va filtratsiya huquqi berildi. Аyni chog‘da, bu qonun internet provayderlariga texnik masʼuliyat yuklaydi va ularning har birida salbiy maʼlumot joylashgan veb-saytlarni berkitishi lozimligi haqidagi meʼyorlar mavjud. Shuningdek, qonunda internet provayderlar tomonidan taqiqlangan saytlardan foydalanuvchilarning ro‘yxatlarini topshirishlari zarurligi ham belgilab qo‘yilgan.
=== Taqdimot 16 ===
Jahon tajribalaridan Germaniyaga nazar tashlasak, bugungi u yerda “Yoshlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun, “GFR federal yerlari o‘rtasida bitilgan inson qadr-qimmatini, yoshlarni tele-media xizmatlar, teleradio namoyishi sohasida himoya qilish to‘g‘risidagi bitimi to‘g‘risida”gi Davlat bitimi, “Teleradio namoyish va tele-media to‘g‘risida”gi hamda “Raqamli televideniyada o‘smir yoshlarni himoya qilish hamda azart o‘yinlari to‘g‘risida”gi qonunlarning normalari bilan mamlakat axborot makonidagi xavfsizlik muammolari boshqariladi. 2009-yilda “Internetdagi chegaralar to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
=== Taqdimot 17 ===
АQSh tajribasi haqida gapiradigan bo‘lsak, 2001-yili kuchga kirgan qonunga asosan, davlat dotatsiyasini oluvchi ommaviy muassasalarning barchasi kontent filtratsiya tizimini o‘rnatishi majburligi belgilab (Child Internet Protection Act) qo‘yilgan, uning asosida 2001-yili 74 foiz maktablar, 43 foiz kutubxonalar, 41 foiz oilalar (bolalari Internetga chiqish imkoniyatlari borlari) kontent filtratsiya tizimini, tegishli dasturlarni o‘rnatganlar. AQSHda 2000-yilning dekabrida “Internetda bolalarni himoya qilish to‘g‘risida” gi akt kuchga kirdi. Unda internet resurslaridagi salbiy maʼlumotga ega bo‘lgan veb-saytlarni cheklash masalalari asosiy o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, taʼlim muassasalari, kutubxonalar bolalarni internetdan himoya qilishga oid grantlarni xam qo‘lga kiritishi mumkinligi ham belgilab qo‘yilgan.
=== Taqdimot 18 ===
O‘zbekistonda axborot va kiberxavfsizlik sohasiga tegishli ko‘plab normalar va idoralararo me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
“Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida” gi qonun (2017-yil 8-sentabr, O‘RQ-444-son).
Mamlakatdagi axborot sohasidagi 8 ta qonunni unifikatsiyalaydigan yagona “Аxborot kodeksi” loyihasining shakllantirish bosqchida.
=== Taqdimot 19 ===
2023-yilning birinchi choragida O‘zbekiston internet tarmog‘i “UZ” segmentida 110 mingdan ortiq veb-sayt domenlari ulangan bo‘lib, shulardan 28 mingdan ortig‘i faol domenlar sifatida ishlaydi. Ularning 14 mingdan ortig‘i xavfsiz, ya’ni SSL sertifikati bilan himoyalangan domenlar hisoblanadi.
=== Taqdimot 20 ===
O‘zbekiston axborot maydonida xalqaro indekslardagi ko‘rsatkichlari
=== Taqdimot 21 ===
=== Taqdimot 22 ===
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
O.Aliyev “Davlat axborot xavfsizligi siyosatida jamiyat barqarorligini ta’minlashning milliy va xorijiy jihatlari” Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi AVTOREFERATI
A.Muminov “O‘zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari” T: “Turon zamin ziyo” nashriyoti, 2013
I.M.Karimov, N.A.Turgunov “Axborot xavfsizligi asoslari” T: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016
B.Umarov, M.axmedova “Axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik” T: Chashma print, 2013
Normativ-huquqiy hujjatlar
=== Taqdimot 23 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.