O’ZBEKISTON IQLIMI VA IQLIM RESURSLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
O‘zbekiston Iqlimi va iqlim resurslar
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Geografik o‘rni va quyosh radiatsiyasi.
O‘zbekistonda iqlimiy sharoit insonning faol xo‘jalik faoliyatiga bogliqligi.
Yer yuzasi holatining iqlim shakllanishidagi roli.
01
05
04
02
03
Joy relyefining iqlimiga ta‘siri.
Atmosfera sirkulyasiyasi.
Iqlim hosil qiluvchi omillar
=== Taqdimot 4 ===
Geografik o‘rni va quyosh radiatsiyasi
Quyosh nurining yer yuzasiga ko‘p yoki kam kelishi va uning taqsimlanishi eng avvalo nurning qanday burchak ostida tushishiga va kunning uzun-qisqaligiga bog‘liq. Bular esa o‘z navbatida joyning geografik kengligiga va yil fasllariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Yalpi quyosh radiatsiyasidan olayotgan issiqlik miqdori Taxiatoshda 147,1 kkal.sm kv Tomdida 153, 1 Toshkentda 139, 4 Qizilchada 160, 8 Farg‘onada 144, 7 Samarqandda 143, 9 Termizda 159, 8 kkal, sm kvadrat. Tabiiyki, yozda qishdagiga nisbatan hududimiz 4-5 marta ko‘proq issiqlik oladi. Qishda esa quyosh radiatsiyasi susaygani uchun O‘zbekiston hududiga kirib kelgan har bir havo massasi havo haroratini va umuman ob-havoni tez o‘zgartira oladi.
=== Taqdimot 5 ===
O‘zbekistonning chekka shimolida 22 iyunda peshinda Quyosh nuri yer yuziga 68 gradusda tushadi.
Toshkentda 72 gradus, mamlakatning janubida-Termizda esa 76 gradusli burchak ostida tushadi.
O‘zbekistonda kunduz kunning uzunligi 15 soatdan ko‘proq davom etsa, qishda 9 soatdan kam emas
Qishda esa bu burchaklar shimolida 21 gradus, janubida esa 29 gradus ga teng bo‘ladi.
=== Taqdimot 6 ===
O‘zbekistonda Quyosh baland ko‘tarilganligi, kunning uzunligi, bulutlik kunlarning kamligidan Quyosh uzoq vaqt nur sochib turadi. 350 shimoliy kenglikda yil davomida Quyosh nur sochib turishi mumkin bo‘lgan vaqt 4447 soatni tashkil qilsa, 400 shimoliy kenglikda 4455 soatga teng. O‘zbekistonning tekislik qismi olishi mumkin bo‘lgan Quyosh energiyasining 65-70%ini oladi. Shu sababli Quyos hnur sochib turadigan vaqt Termizda 3095, Toshkentda 2870, respublikamiz shimolida esa 2000 soatni tashkil etadi. Tog‘larda Quyosh nur sochib turadigan vaqt ufqning ochiqligi, yonbag‘irlarning holati (ekspozitsiyasiga) va bulutlikka qarab tekislikdagiga nisbatan biroz kamayadi. Masalan, Angren platosida 2124 metr mutlaq balandlikda u 2692 soatni tashkil etadi.
=== Taqdimot 7 ===
=== Taqdimot 8 ===
=== Taqdimot 9 ===
Taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, shimoliy yarimsharda mo‘tadil mintaqadagi o‘lkalar ichida O‘zbekistonning tekislik qismi Quyoshning nur sochib turadigan vaqt eng ko‘p bo‘lgan hudud hisoblanadi. Bu jihatdan AQShning janubi-g‘arbida joylashgan Yuta, Kaliforniya, Nyu-Meksika shtatlari mamlakatimizga tenglasha oladi. Binobarin, O‘zbekiston hududi Yer yuzida shu kenglikdagi eng serquyosh o‘lka. Bu esa hududimiz iqlimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
=== Taqdimot 10 ===
Qor qoplami, tuproqlari, o‘simliklari ham ta’sir etadi
O‘zbekiston tekislik qismi ko‘proq qumlar bilan qoplangan bo‘lib, surqo‘ng‘ir va bo‘z tuproq mavjud, o‘simliklar siyrak o‘sadi. Bu esa quyosh radiatsiyasining ko‘p qismini yutib, oz qismini qaytaradi, binobarin havoning isib haroratning yuqori bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
=== Taqdimot 11 ===
O‘zbekiston hududi asosiy qismi janubiy kengliklarda joylashganligidan quyoshdan katta energiya oladi. Shuning uchun havo haroratining ko‘rsatgichlari ancha yuqori. Yoz juda issiq, uzoq davom etadi. Qizilqumda, O‘zbekistonning janubida havoning juda ham qizib ketgan o‘choqlari paydo bo‘lib, havo haroratining o‘rtacha ko‘rsatgichi yoz oylarida 30 gradusdan ham ko‘tarilib ketadi, bunga sabab tuproq va o‘simliklarning qattiq qurib ketishi natijasida bug‘lanish va transpiratsiya uchun sarf bo‘ladigan energiya havoning isitishga sarflanishidir. O‘zbekistonda tekislik va tog‘ oldi hududlarida havoning bunday isib ketishi mamlakat tabiatining o‘ziga xos xususiyatidir.
02. Yer yuzasi holatining iqlim shakllanishidagi roli
=== Taqdimot 12 ===
03. ATMOSFERA SIRKULYATSIYASINING O‘ZBEKISTON IQLIMINING TARKIB TOPISHIDAGI ROLI
1.
O‘zbekiston iqlimining shakllanishida havo massalari va ularning harakati katta o‘rin tutadi.
Havo oqimlari yer yuzida issiqlikni va namlikni qayta taqsimlaydi.
Respublikamiz iqlimining shakllanishida tropik, mo‘tadil va arktika havo massalari juda faol ishtirok etadi,
Ular hududimizda yil davomida
bir-biri bilan almashinib turadi.
2.
3.
4.
=== Taqdimot 13 ===
Ma‘lumki, Turkiston, jumladan O‘zbekiston qishda Sibir antisiklonidan vujudga kelgan yuqori bosimli barometrik o‘qdan janubda joylashgan. Natijada o‘sha yuqori bosimli barometrik o‘qdan, ya’ni shimoli-sharqdan O‘zbekiston hududiga havo massasi kirib keladi. Yilning issiq faslida O‘zbekistonda havo sirkulyatsiyasi qish faslidan keskin farqlanadi. Chunki may oyidan boshlab Turon tekisligi havosi tezda qizib ketishi oqibatida past bosimli markaz — termik depressiyasi vujudga keladi. Natijada havo o‘ta qizib mahalliy kontinental Turon tropik havosi shakllanadi va bu davrda O‘zbekistonda harorat ko‘tarilib Termizda 50°ga etishi kuzatilgan. Bunday ob-havo (termik depressiyali kunlar) yoz davrining 15%ni tashkil qiladi.
=== Taqdimot 14 ===
Joy relyefining iqlimga ta’siri
Mamlakat shumol va g‘arb tomonlarida orografik to‘siq yo‘qligi uchun, qishda sovuq havo massalari bemalol kirib kelib, haroratni pasayitirib ushbu kenglik uchun xos bo‘lmagan sovuqlar bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Relyefning respublika iqlimiga ta‘sirini yana yog’inlar taqsimotida ham bilish mumkin.
Ma‘lumki, nam olib keluvchi g‘arbiy, shimoli g‘arbiy havo massalari yozda qishga nisbatan ko‘proq esadi, lekin uning tekislik qismi yozda nihoyatda qiziganligi sababli yog‘in vujudga kelmaydi, aksincha tog‘li qismida esa haroratning pastligi tufayli kondensatsiyalanish jarayoni yuz berib, yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin.
=== Taqdimot 15 ===
O‘zbekistonning boshqa qismlariga nisbatan iliq bo‘lib yanvar oyining o‘rtacha harorati Termizda 2,8°, Sherobodda esa 3,6° relyef faqat respublikamizda harorat va yog‘inlarning taqsimotiga emas, balki shamollar, ayniqsa mahalliy shamollar — fyon, garmsel, Afg‘on shamoli, Bekobod shamolining vujudga kelishiga ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 16 ===
05. O‘zbekiston iqlimiy sharoit insonning faol xo‘jalik faoliyatiga bog‘liqligi
Samarqand shahrida bir yilda 14 kun tuman bo‘lib, 328 mm yog‘in tushsa, uning atrofidagi qishloqlarda 8 kun tuman bo‘lib 317 mm yog’in yog‘adi aholisi zich, sanoatlashgan shaharlarda atrofiga nisbatan havosi iflos va yillik o‘rtacha harorat 0,5—1,5° yuqori bo‘ladi. Havoning ifloslanishi tufayli O‘zbekistonda 28 ta shahar va aholi yashaydigan joylarda har xil zararli aralashmalar sanitar miqdordan ancha yuqori.
=== Taqdimot 17 ===
Angren
Toshkent
Andijon
Bekobod
Farg‘ona
Navoiy
Samarqand
Chirchiq
Olmaliq
=== Taqdimot 18 ===
O‘zbekistonda hozir 43 ming km kvadratdan ortiq maydon sug‘orilib vohaga aylantirildi. Natijada o‘sha joylarda mikroiqlim o‘zgarib, atrofidagi sug‘orilmagan yerlarga nisbatan yozda havo harorati 1,5—3,5°S gacha pasayib, nisbiy namlik 10—15%ga oshib, voha iqlimi vujudga keldi. Bunday joylarga Qarshi va Mirzacho‘l, Farg‘ona, Chirchiq-Ohangaron, Zarafshon, Surxon-Sherobod va Quyi Amudaryo vohalari kiradi.
=== Taqdimot 19 ===
Iqlim elementlarining hududiy va mavsumiy taqsimlanishi
Churukda, Mo‘ynoqda, Nukus va Qo‘ng‘irotda 0 %
Urganch 9%
Tomdi 16%
Qo‘qon 34%
Farg‘ona 28%
Andijon 21%
Jizzax 45%
Mirzacho‘l 33%
Samarqandda 54%
Navoiy 53%
Chorvoqda 31%
Qarshi 56%
Kitob 66%
G‘uzorda 80%
Shofirkon 41 %
Qorako‘l 55%
Toshkent 45 %
Surxondaryo 94 %
Sherobod 100 %
=== Taqdimot 20 ===
Haroratning taqsimlanishi
Qoraqalpog‘istonda yillik o‘rtacha harorat (Churukda—8,6°, Nukusda—11,0°, To‘rtko‘lda —12,4°) 8,6—12,4° atrofida bo‘lsa, Buxoro-Qorako‘l vohasida (Shofirkonda—14,2°, Qorako‘lda—14,8°) 14,2—14,8°, respublikamizning Surxondaryo vodiysida (Denovda—15,9°, Termizda—17,8°, Sherobodda —18,0°) esa 15,9— 18°ni tashkil etadi.
Ohangaron platosining 2300 m baland qismida o‘rtacha yillik harorat 4,0° bo‘lsa, Turkiston tizmasining 3200 m baland qismida — 0,1°, G‘arbiy Tyanshan tog‘larining 3700 m baland qismida esa — 6,5° dir.
=== Taqdimot 21 ===
Havoning namligi bulutlilik
O‘zbekiston hududida havoning nisbiy namligi yil bo‘yi o‘zgarib, yozda kamayib, qishda esa haroratning pastligi, yog’ingarchilikning ortishi tufayli ko‘payadi. Respublikamizda qishda (yanvarda) havoning nisbiy namligi tekislik qismida shimoldan janubga qarab 70—80% atrofida o‘zgarsa, tog‘larda balandlashgan sari kamayib 55—59% va undan pastga tushishi mumkin, Toshkentda 79%, Termizda 79% ni tashkil etsa, mutlaq balandligi 1438 m bo‘lgan Chimyonda 59% ga, mutlaq balandligi 1545 m. bo‘lgan Shohimardonda 55% ga tushib qoladi.
=== Taqdimot 22 ===
O‘zbekistoniqlimining yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki u okeanlardan uzoqda, evrosiyo materigi ichkarisida joylashganligi oqibatida bulutli kunlari kam bo‘lib, yilning ko‘p davrida havoning ochiq bo‘lishligidir. O‘zbekiston hududida ochiq kunlar ko‘p bo‘lib, yiliga 143—168 kunni tashkil etadi, aksincha bulutli kunlar esa 52—94 kun, xolos: Mirzacho‘lda bir yilda 143 kun ochiq, 83 kun bulutli, Samarqandda 155 kun ochiq, 77 kun bulutli, Kogonda 168 kun ochiq, 54 kun bulutli bo‘ladi.
=== Taqdimot 23 ===
Respublikaimizning ham tekislik, ham tog‘li qismida eng ko‘p ochiq va eng kam bulutli kunlar avgust—sentyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda tekislik qismida ochiq kunlar 19—27, bulutli kunlar esa 0—4 kunni tashkil etadi; tog‘larda esa ochiq kunlar 12—15 kundir. Yil bo‘yi bulutli kunlarning eng ko‘pi yanvar—mart oylariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda O‘zbekiston tekislik qismida 26—40 bulutli kunlar bo‘ladi: Xivada 26 kun, Kogonda 29 kun, Farg‘onada 39 kun, Kitobda 40 kun bulutli bo‘ladi.
=== Taqdimot 24 ===
Respublikamiz- da mumkin bo‘lgan bug‘lanishning yillik miqdori 900 mm (Orol atrofida)dan 2000—2500 mm (Qizilqum va Termizda) gacha etadi va oylar bo‘yicha bir xil taqsimlangan emas. Yillik bug‘lanishni 100% desak, o‘shaning 80—85 foizi yilning issiq (may—oktyabr) davriga to‘g‘ri keladi. Hatto iyul oyidagi bug‘lanish miqdori yanvar oyidagiga nisbatan 8— 10 marta ko‘p
Havoning namligi
=== Taqdimot 25 ===
4. Yog’inlar va qor qoplami
Quyi Amudaryo, Qizilqumning g‘arbi va Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismi hisoblanib, yiliga o‘rtacha 80—100 mm tekislik qismida esa yillik yog’in miqdori—300 mm atrofida
Xivada —79 mm
Churukda—122 mm
Nukusda—82 mm
Shofirkonda —120 mm
Qo‘qonda—89 mm
Qorako‘lda—114 mm
Kattaqo‘rg‘on 100-252 mm
Navoiy 177 mm
Termizda—133 mm
Tomdida—108 mm
Qarshi 225 mm
=== Taqdimot 26 ===
=== Taqdimot 27 ===
Umumiy yog‘in miqdorining 30—50% i bahorga, 25—40% i qishga, 10—12% i kuzga, 1—10% i yozga to‘g‘ri keladi. respublikaimizda eng ko‘p yog‘in miqdori bahor va qish oylariga to‘g‘ri keladi.
Ustyurtda 35% i, Quyi Amudaryoda 42—45% i, Qizilqumda 48%, Quyi Zarafshonda 44—45% i, Qarshi va Sherobod cho‘llarida esa yog‘inning 44—45% i bahorga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston tekislik qismida, xususan Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilqum, Quyi Zarafshon, Qarshi va Sherobod cho‘llarida eng ko‘p yog‘in bahor fasliga to‘g‘ri kelib, bu davrda umumiy yog‘in miqdorining 35—50% i tushadi:
=== Taqdimot 28 ===
mintaqasida ham eng ko‘p yog’in bahorga to‘g‘ri kelib, u yillik yog‘inning 41—49 foizini tashkil etadi. Toshkentda 41 foizi, Kosonsoyda 43 foizi, G‘allaorolda 47 foizi, Samarqandda 49 foizi, Boysunda 45 foizi, Omonqo‘tonda 45 foizi, Hazrati Bashirda 45 foizi, Sharg‘unda 46 foizi bahorga to‘g‘ri keladi.
Respublikaimizda yil davomida eng ko‘p yog‘in mart oyiga to‘g‘ri keladi va yillik yog‘in miqdorining 14—24 foizini tashkil etadi. Andijonda 14%, Toshkentda 17%, Shofirkonda 20%, Qarshida 21% Urganchda 24%, Omonqo‘tonda va Kitobda 20% yog‘in mart oyida yog‘adi. Respublikaimiz tog‘oldi va tog‘
=== Taqdimot 29 ===
Yil fasllari
20° dan oshganda boshlanib, 20° dan pasayganda tugasa, tog‘larida o‘rtacha sutkalik harorat 10—15°
Yoz
25 dekabrdan 5 fevralgacha
Qish chillasi
Qish
sutkalik harorat 20° dan pastga, 5° dan pasayganda.
Kuz
sutkalik harorat 5° dan oshgandan boshlanib, sernam fasl hisoblanadi
Bahor
=== Taqdimot 30 ===
E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“O’ZBEKISTON IQLIMI VA IQLIM RESURSLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar