Oybek hayoti va ijodi tahlili
5000 so'm

Slayd 1
Oybek hayoti va ijodi
Slayd 2
Oybek hayoti va ijodi haqida.
Oybek lirikasi.
Oybek poemalari.
Oybek romanlari.
Oybek yetuk tarjimon va
adabiyotchi munaqqid sifatida.
Reja:
Slayd 3
Toshkent, pedtexnikum, siyosiy iqtisod, “Tuyg‘ular”, “Ko‘ngil naylari”, “O‘ch”, “Baxtigul va Soqindiq”, “Davrim jarohati”, “Qutlug‘ qon”, “Quyosh qoraymas”, “Oltin vodiydan shabadalar”, “Ulug‘ yo‘l”, “Bolalik”, millatparvarlik, millatchilik, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, akademik, davlat mukofoti, “Tanqid sohasida savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o‘t ochaylik”.
Tayanch so‘zlar:
Slayd 4
Noyob lirik shoir, benazir nosir va atoqli olim sifatida dong taratgan Oybek XX asr o ‘zbek adabiyotining iftixoridir.
Binobarin, mazkur adabiyot taraqqiyotini uning ijodisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Oybekning kamalakdek tovlanuvchi, serjilo va qudratli she’riyatini, purviqor va hikmatli nasrini million-million kitobxonlar sevib o’qiyapti. Adibning «Qutlug’ qon», «Navoiy» kabi shoh asarlari oltmishdan ortiq xorijiy tillarga tarjima etilgan.
Shu bois mashhur turkman yozuvchisi Berdi Kerboboyev: «Oybek faqat o’zbek xalqigagina emas, barcha qardosh xalqlarga ham sevikli adibdir», — degan edi.
Slayd 5
Oybek ijodi juda o’ziga xos, serqirra. «Oybekning serhosil, o’tkir ijodkorligini bizning adabiyot tarixida kimga o’xshatish mumkin?» so’rog’iga G’afur G’ulom: «Oybekning o’ziga, faqat Oybekka o’xshatish mumkin», — deya javob berib, uning iste’dodini yuksak baholagan edi. Hamid Olimjon esa ijodkorga: «Prozada shoir-u, poeziyada prozaikdir», — deya ta’rif bergandi. Adib iste’dodi, betakror ijodini S. Ayniy, A. Fadeev, I. Le, S. Muqonov. M. Ibrohimov, M. Tursunzoda, S. Borodin, K. Yashin, F Sulton. Sh. Rashidov, H. Yoqubov, M. Qo’shjonov kabi mashhur adib va olimlar ham yuqori baholashgan.
Slayd 6
Oybek 1905-yil 10-yanvarda Toshkentda hunarmand-bo’zchi Toshmuhammad aka oilasida tug’ilgan. Oybek adabiy taxallus bo’lib. yozuvchining asl ismi Musodir. Bolaligi haqida Oybek: «Otam yoshligida bo’zchi, keyin Xumson va Yangibozor qishloqlarida baqqollik qilgan. O’qimagan, jahli tez, tajang bir odam edi. Onam jismoniy kuchsiz, lekin aqlli, zivrak. rahmdil va har ishga epchil xotin edi. Do’ppi. jiyak va qoi ishlari bilan ko’p mashg’ul boiardi. Ishdan bo’shagach, ko’p vaqt kitob o’qirdi», — deb yozgan edi.
Slayd 7
Oybek avval eski maktabda. so’ng yangi maktabda o’qigan.
U 1930-yilda O’rta Osivo Davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning ijtimoiy fanlar fakultetini bitirib, 1935- yilgacha shu dorilfununda siyosiy iqtisod fanidan dars bergan va O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim bo’lib ishlagan (1934-1937). O’zbekiston o’quv pedagogika nashriyotida adabiy tarjimon va muharrirlik vazifasini bajargan (1938-1941). 1943-1951-yillar davomida O’zbekiston Fanlar akademiyasining ijtimoiy fanlar bo’limini boshqargan. 1945—1949-yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rais bo’lib ham ishlagan. «Sharq yulduzi», «O’zbek tili va adabiyoti» jurnallariga bosh muharrirlik qilgan.
Slayd 8
Ko’rinadiki. Oybek adabiy-ijodiy ishni doimo jamoat-tashkilotchilik ishi bilan qo’shib olib borgan va har ikkala sohada ham yuqori ko’rsatkichlarga erishgan. Oybekning adabiyot va ilm-fan sohasidagi xizmatlari munosib taqdirlandi. Oybek 1943-yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilishi bilanoq unga haqiqiy a’zo etib saylandi. 1965-yilda «O’zbekiston xalq yozuvchisi» degan faxriy unvonga sazovor bo’ldi, yetti orden va bir qancha medallar bilan mukofotlandi. «Navoiy» romani uchun Davlat mukofoti (1946), «Bolalik» qissasi uchun O’zbekiston Davlat mukofoti (1964)ga loyiq topildi. Oybek xotirasini abadiylashtirish borasida ko’pgina tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, qator maktablar, o’quv yurtlari, xiyobon va ko’chalar. jamoa va davlat xo’jaliklari Oybek norni bilan atalmoqda. Toshkentda Oybekning uy-muzeyi tashkil qilingan. Toshkent metropoliteni bekatlaridan biriga Oybek nomi berilgan.
Slayd 9
Oybek adabiyot maydoniga 20-yillarning boshlarida dastlab lirik shoir sifatida kirib kelgan. Oybekning ilk she’riy asarlari hali u texnikumda o’qib yurgan kezlaridayoq yozilgan. Yosh shoirning matbuotda e’lon qilingan birinchi she’ri «Cholg‘u tovushi» deb ataladi («Armug’on» to’plami, 1922-yil.).
Keyinchalik shoirning «Tuyg’ular» (1926), «Ko’ngil naylari» (1929). «Mash’ala» (1932) singari she’rlar to’plamlari birin-ketin yuzaga kela boshladi. Bu asarlar yangi o’zbek she’riyatiga nodir bir iste’dod sohibi kirib kelganligidan dalolat beradi.
Slayd 10
Oybekning adabiyotda o’z o’rnini topishi va ijodiy o’sishi osonlikcha bo’lmadi. Shoir yoshligida murakkab ijodiy o’sish-izlanish davrini boshidan kechirdi. Oybek o’z ijodiy yo’lidagi ana shu o’nqir-cho’nqiiiarni nazarda tutib: «Mening birinchi she’rlarimda qarama-qarshiliklar, izlanishlar hali ko’p edi. Zamonaning eng muhim voqealariga javoban yaratilgan she’rlar bilan bir qatorda… mungli nido bilan sug’orilgan, mavhum, tushkunlik ruhida yozilgan she’rlar ham bor edi»–‘9, — deb yozgan edi. Shoirning «Kuz va qiz». «Qish kechalari», «Xotiradan izlar». «Farg’ona oqshomi», «Ayriliq va darvesh», «Sharq uchun», «O’zbek eli» kabi she’rlari «tushkunlik ruhida yozilgan» asarlardandir.
Slayd 11
Oybek 20-yillarda asosan o’rganish va izlanish davrini o’tagan bo’lsa, 30-yillarda ijodiy kamolot bosqichiga ko’tarildi. Turli mavzularda ko’plab ajoyib she’rlar («O’zbekiston». «Na’matak», «Kanalda». «Kanal boshida», «Mashrab») va she’riy turkumlar («Chimyon daftari») yaratdi. Bu asarlarda hayot haqiqati. o’lkamizning benazir chiroyi. o’zbek xalqining fazilatlari, orzu-istaklari obrazli ravishda oehib berilgan.
«O’zbekiston» she’rida zahmatkash xalqimiz va serquyosh diyorimizning yaxlit obrazi mahorat bilan tasvirlangan:
Slayd 12
Yaratildi bir shoh asar, go ‘zal bir doston,
G’adir-budur mehnat qo’li bitgandir buni.
Kelajakning bahoridan olingan kuyi,
Xayollarga sig’maydi hech buning mazmuni.
Oybek 30-yillarda she’riyatning xilma-xil janr va
mavzularida ijod etdi. Muhabbat lirikasi. mehnat lirikasi, peyzaj lirikasi, harbiy va siyosiy lirikaning go’zal namunalarini yaratdi.
Slayd 13
Oybekning 30-yillardagi ijodida doston janri salmoqli o’rin egallaydi. Bu davrda shoir o’zbek o’tmish adabiyotidagi dostonchilikning ilg’or an’analaridan. xususan. jahon adabiyoti tajribalaridan ijodiy foydalanib, «Dilbar — davr qizi», «O’eh» (1932), «O’rozning baxti». «Cho’pon qo’shig’i», «Baxtigul va Sog’indiq», «Temirchi Jo’ra» (1933). «Qahramon qiz» (1936), «Gulnoz», «Kamonehi», «Navoiy» (1937) kabi rang-barang dostonlar yaratdi. Bu asarlarda xalq va mamlakat hayotining turli lavhalari aks etgan. «O‘ch», «Baxtigul va Sog’indiq» dostonlarida inson erki va sevgisining zolimlar oyog’i ostida toptalganligi ta’sirli ko’rsatilgan.
Slayd 14
Oybekning harbiy lirikasi mazmun va badiiy mahorat jihatidan yuqori saviyada, nafis bo’lib, milliy she’riyatning jiddiy yutug’idir. Bu fikr uning «Mahmud Tarobiy» dostoniga ham taalluqlidir. Urush davrining mahsuli bo’lgan bu dostonda (opera librettosida) xalqimizning XIII asrda mo’g’ul bosqinchilariga qarshi olib borgan mardonavor kurashi iftixor bilan hikoya qilingan. Asar sujeti markazida qadimiy Buxoro yaqinida bo’lib o’tgan tarixiy voqea yotadi: Mahmud Tarobiy boshchiligida mo’g’ul istilochilariga qarshi ko’tarilgan xalq isyoni tasvirlanadi. Asarda qator tarixiy-voqeiy va badiiy to’qima obrazlar yaratilgan. Shular orqali Vatanni bosqinchilar asoratidan ozod qilish uchun hayot-mamot kurashiga otlangan xalq qahramonligi ulug’langan. Asarning bosh qahramoni — tarixiy shaxs Mahmud Tarobiy. U butun borlig’i bilan el-yurt baxt-saodati uchun kurashgan xalq qahramoni sifatida gavdalantirilgan.
Slayd 15
Oybek urushdan so’nggi yillarda ham xilma-xil mavzularda ko’plab she’rlar yozdi. Ayniqsa, epik she’riyat imkoniyatlaridan unumli foydalandi. «Qizlar» (1947), «Hamza» (1948), «Zafar va Zahro» (1950), «Haqgo’ylar» (1954), «Bobom» (1957), «Davrim jarohati» (1965), «Guli va Navoiy». «Bobur» ( 1968) nomli liro-epik asarlar yozib, o’zbek dostonchiligi taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Oybekning «Qizlar» dostonida o’zbek xotin-qizlarining urush davridagi hayoti, buyuk g’alabani ta’minlashga qaratilgan fidokorona mehnati tasvirlangan. Asarda hayot haqiqati bo’yalmay, pardozlanmay ro’y-rost ko’rsatilgan.
Slayd 16
Oybek o’z ijodini shoir sifatida boshlab, bu sohada ajoyib samaralarga erishgan va boy tajriba hosil qilgan bo’lsa-da, 30-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, nasriy asarlar yaratishga o’tadi. Avvalo, «Gulnor opa». «Fanorchi ota», «Geografiya muallimmi», «Tillatopar», «Globus», «Musicha», «Kurashchi yigit» singari hikoya va ocherklar yozib, nasrda ma’lum bir tajriba va malaka hosil qiladi. So’ngra «Qutlug’ qon» romanini yozishga kirishadi. Oybek romanning yaratilish tarixi haqida: «1937-yilda «Qutlug’qon» romanini yoza boshladim. Bu romanni yozish uchun material yig’ib o’tirmadim, bolaligimdan hayotni kuzatishni sevganligimdanmi, ko’nglimdan, xotiramdan «Qutlug’ qon» romani quyilib kelaberdi. Romanni qisqa fursatda yozib tugatdim» — degan edi.
Slayd 17
1940-yilda chop etilgan «Qutlug’ qon» romani — badiiy jihatdan yetuk asar. Unda mamlakat o’tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko’rsatilgan. O’zbek xalqining 1917-yil to’ntarishi arafasidagi og’ir hayoti. ozodlik yo’lida olib borgan kurashlari keng va atroflicha tasvirlangan. Romanning bosh qahramoni Yo’lchi yangi hayot kurashchisi sifatida shakllana boshlagan o’zbek mehnatkashi obrazidir. U dinamik tarzda — tadrijiy o’sishda aks ettirilgan. Oybek romanda Yo’lchining ijtimoiy qiyofasini ko’rsatish bilan birga, uning shaxsiy hayoti va insoniy fazilatlarini ham ochib bergan. Asarda Yo’lchining halol va pokligi, sof vijdonli va samimiyligi, soddaligi, rostgo’yligi, mardligi, kamtarligi, insonparvarligi, sevgiga va do’stga sodiqligi, onasiga va singlisi Unsinga mehribonligi va boshqa xislatlari yorqin ochib berilgan.
Slayd 18
Oybekning «Navoiy» (1944) romani ham o’zbek adabiyoti tarixida faxrli o’rin tutadi. Yuzaki qaraganda, Oybek urush yillarida uzoq o’tmish mavzusida «Navoiy» romanini yaratish bilan o’sha jangovar davr talablaridan uzoqlashganday ko’rinadi. Aslida esa bunday emas. Chunki Oybek o’tmish voqeligini aks ettirish, buyuk tarixiy shaxs Alisher Navoiy obrazini yaratish. uning Vatanga va xalqqa bo’lgan cheksiz muhabbatini tasvirlash asosida vatanparvarlik, insonparvarlik, qahramonlik va yomonlikka nafratni targ’ib qildiki, urush davri talablariga to’la mos kelar edi. «Navoiy» tarixiy-biografik roman janrining nodir namunasidir. Roman voqeasi 18 yoshli yigit — Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy hayotining eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab oladi.
Slayd 19
«Navoiy» romanida XV asr hayoti uchun tipik bo’lgan xilma-xil voqea-hodisalar aks ettirilgan. rang-barang obrazlar varatilgan. Hayot haqiqati ustalik bilan badiiy haqiqatga aylantirilgan. Bunda yozuvchi obraz yaratishda psixologik tahlildan, til imkoniyatlaridan. jumladan, har bir personajning o’ziga xos fe’l-atvorini va individual tilini berish san’atidan
unumli foydalangan. Shunga ko’ra romandagi barcha obrazlar o’z xarakteri va individual tili e’tibori bilan bir-biridan ajralib. O’zaro farqlanib turadi.
Slayd 20
Oybekning «Qutlug’ qon». «Navoiy». «Ulug’ yo’l» romanlarida xalqimizning o’tmish hayoti tasvirlangan bo’lsa. «Oltin vodiydan shabadalar» (1950). «Quyosh qoraymas» (1959) romanlarida zamonaviy voqelik aks ettirilgan. Konfliktsizlik nazarivasi ta’sirida yaratilgan «Oltin vodiydan shabadalar» romanida davr voqeligi bo’yab. undagi muammolar yumshatilib tasvirlangan.
Shuning uchun ham asardagi ko’plab obrazlar tirik odamlardan ko’ra badiiy sxemalarga o’xshab qolgan. Romanda O’ktam. Komila. Sobir. Tansiq. Anor, Mirhaydar ota. O’sar. Akaskin, Sakson ota singari obrazlar orqali adib zamonning ilg’or kuehlarini ko’rsatishga uringan. Yozuvchi ularda alohida shaxsni emas. balki muayyan ijtimoiy kuchning vakilini tasvirlashga uringani uchun ham bu obrazlar jonli odamlar qiyofasiga ega bo’lolmagan.
Slayd 21
Oybekning «Quyosh qoraymas» asari ikkinchi jahon urushi mavzusida yozilgan birinchi o ‘zbek romanidir. Unda jangchilarimizning vatanparvarligi, qahramonligi, xalqlar o’rtasidagi do’stlik, partizanlar harakati tasvirlangan. Romanning g’oyaviy mazmuni uning sarlavhasida ham o’z ifodasini topgan. Oybek romanni «Quyosh qoraymas» deb atash bilan quyosh abadiy qoraymagani singari adolat va haqqoniyat uchun jang qilayotgan xalqni yengish aslo mumkin emas, degan g’oyani obrazli ravishda ifodalagan. «Quyosh qoraymas» romanida bevosita front voqealari, fashist bosqinchilariga qarshi olib borilgan jang manzaralari aniq aks ettirilgan.
Slayd 22
Slayd 23
Oybekning adabiyotshunoslik va badiiy tarjima sohasidagi
xizmatlari ham buyukdir. Oybek A. Pushkinning «Yevgeniy
Onegin» she’riy romani. M. Lermontovning «Maskarad»
dramasi. «Demon» poemasi. Genrix Geynening «Qullar
kemasi» dostoni va boshqa ko’plab asarlarni o’zbek tiliga
mahorat bilan tarjima qilgan.
Akademik Oybek adabiyotshunos olim sifatida «Lirika
haqida», «So’nggi yillardagi o’zbek poeziyasi», «Abdulla
Qodiriyning ijodiy yo’li», «O’zbek klassiklari», «Navoiyning
dunyoqarashi masalasiga doir». «Navoiy gulshani» singari ilmiy
maqola va risolalar yozgan.
Slayd 24
Oybekning bu asarlarida adabiyotning an’ana va novatorlik, til va uslub. xalqchillik va badiiy mahorat kabi muammolari bo’yicha qimmatli fikrlar bayon etilgan. O’zbekiston Hukumati qarori bilan 2005-yilda Oybekning 100 yilligi keng nishonlandi. Shoir uy-muzeyi qaytadan ta’mirlandi.
Xulosa qilib aytganda, Oybek adabiyotimiz xazinasiga ulkan
va bebaho hissa qo’shgan. Uning asarlari XX asr o’zbek
adabiyotining dunyo miqyosidagi shuhratini ta’minlashda
muhim rol o’ynamoqda.
Slayd 25
Slayd 26
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 27
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.