Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari

4000 so'm


Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari

 

 

Slayd 1

Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari

Slayd 2

Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari

Ota-ona va bolalarning alohida mol-mulki

Ota-ona va bolalarning umumiy mulki

Bolalarning oiladagi xususiy mulki

Voyaga yetmagan bolalarning xususiy mulkini boshqarish va tasarruf etish

Aliment majburiyatlarining umumiy qoidalari

Reja:

Slayd 3

Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari amaldagi Oila kodeksining 13-bobi, 90-95-moddalari bilan tartib­ga solinadi. Bu qoidalar oila qonunchiligida yangilik bo’lib hisob­lanadi.

Oila kodeksining 90-moddasiga binoan ota-ona hayotligida bo­lalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo’lish huquqiga ega emas.

Ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo’lish huquqiga ega emas.

Ota-ona va bolalarning ular o’rtasidagi umumiy mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodek­si 18-bobi 216-227-moddalari bilan tartibga solinadi.

Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari

Slayd 4

Oila kodeksini 91-moddasiga binoan, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo’lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin.

Bolalar mulkdorlik huquqiga ega. Bu holat bolaga bo’lgan e’ti­bor uni huquqining mustaqil sub’yekti ekanligini anglatadi.

Voyaga yetmagan bolalarning mulkka bo’lgan huquqlari yig’ma xa­rakterga ega bo’lgan huquqlar bo’lib, ularni har biriga Oila kodek­sida alohida e’tibor beriladi. Voyaga yetmagan bolalar o’zlariga tegishli bo’lgan mol-mulkni o’zlari tasarruf qilolmasliklari mumkin. Bunday hollarda ularga ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari yordam beradilar.

Ota-ona va bolalarning alohida mol-mulki

Slayd 5

Amaldagi Oila kodeksini 92-moddasiga binoan, ota-ona va o’n to’rt yoshga to’lgan voyaga yetmagan bolalar o’rtasida qonunda belgilan­gan tartibda umumiy mulk huquqi vujudga kelishi mumkin.

Umumiy mulk huquqi faqat o’n to’rt yoshga to’lgan voyaga yetmagan bolalar bilan ota-onalari o’rtasida tuzilgan bitim yoki kelishuv asosida vujudga keladi.

Umumiy mulk bo’yicha bolalar va ota-onalar o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan munosabatlar Fuqarolik kodeksining 216-227-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida tartibga soli­nadi.

Ota-ona va bolalarning umumiy mulki

Slayd 6

Bola o’ziga tegishli bo’lgan mulkdan olgan daromadiga ham mulk­dor bo’lishi mumkin.

O’n olti yoshga to’lgan voyaga yetmagan bolalar mehnat shartnomasi bo’yicha ishlab yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoxud homiysi­ning roziligida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanib xususiy mulk orttirishlari mumkin.

Bola xususiylashtirish tufayli olgan uyga, kvartiraga (ularni qismiga) xususiy mulkdor bo’lishi mumkin. Voyaga yetmagan bolalarning kundalik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan shaxsiy foydalanishdagi buyumlari, kiyim-bosh, poyabzal, ishlab chiqarish qurol va aslahalari, o’quv anjomlar va boshqalar ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Bolalarning oiladagi xususiy mulki

Slayd 7

Fuqarolik qonunchiligi bolalarga o’z mulkidan mustaqil ra­vishda tasarruf etish huquqini beradi. Bolalarning bu imkoniyatla­ri ularning yoshiga ham Fuqarolik kodeksining tegishli moddalari bilan belgilanadi.

Voyaga yetmagan bolalar nomiga qo’yilgan pul mablag’lari, bola­lar o’n to’rt yoshga kirgunga qadar ularning ota-onalari yoki boshqa qo­nuniy vakillari tomonidan tasarruf etilishi mumkin. Ular o’n to’rt yoshga to’lgandan keyin esa, faqat o’zlari tomonidan ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillarning roziligi bilan tasarruf etilishi mumkin.

Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar o’rtasida kelib chiqqan mulkiy nizolar sud tomonidan umumiy asoslarda hal qilinadi.

Voyaga yetmagan bolalarning xususiy mulkini boshqarish va tasarruf etish

Slayd 8

Alimentlar – (lotincha alimentum – «oziq-ovqat», «nafaqa», «ta’minot», «boqish uchun mablag’lar» – degan ma’nolarni anglatadi) bir shaxsning ikkinchi shaxsga majburan to’laydigan moddiy narsasi.

Aliment majburiyatlarini kelib chiqish asoslari;

birinchidan qonunda imperativ asosda belgi­langan (qon-qarindoshlik, mehnatga layoqatsizlik, mehtojlik)

ik­kinchidan, aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv;

Aliment majburiyat­lari shaxsiy xarakterga ega. U majbur bo’lganning, shuningdek talab qiluvchi shaxsning vafoti tufayli tugallanadi, meros bo’yicha boshqa shaxslarga o’tmaydi. Ularga talab qilishni boshqalarga o’tkazish va qarz qoidasi tatbiq etilmaydi: aliment majburiyatlari bepuldir. Agar xatolikka yo’l qo’yib undirilgan bo’lsa ham qaytarilmaydi. Yolg’on ma’lumotlarga va qalbaki hujjatlarga asoslangan hollar bundan mustasnodir; aliment majburiyatlari davomli bo’ladi. Ali­ment kelajak vaqt uchun olinib da’vo qilingan kundan boshlab har oyda undiriladi.

Aliment majburiyatlarining umumiy qoidalari

Slayd 9

Oila kodeksining 111-moddasiga binoan, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar ota-onasining kasalligiga va boshqa uzrli sabab­larga ko’ra qilinadigan qo’shimcha harajatlarda ishtirok etishlari shart. Bu qoida qonunchilikda yangilikdir. Har bir voyaga yetgan bola­ning zimmasiga yuklatiladigan qo’shimcha harajatlarni qoplash sum­masini belgilashda ularning moddiy sharoitlari hisobga olinadi.

Ota-onalar va bolalarning yordamchi harajatlarda ishtirok etishlari

Slayd 10

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 11

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar