Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari
4000 so'm

Slayd 1
Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari
Slayd 2
Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari
Ota-ona va bolalarning alohida mol-mulki
Ota-ona va bolalarning umumiy mulki
Bolalarning oiladagi xususiy mulki
Voyaga yetmagan bolalarning xususiy mulkini boshqarish va tasarruf etish
Aliment majburiyatlarining umumiy qoidalari
Reja:
Slayd 3
Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari amaldagi Oila kodeksining 13-bobi, 90-95-moddalari bilan tartibga solinadi. Bu qoidalar oila qonunchiligida yangilik bo’lib hisoblanadi.
Oila kodeksining 90-moddasiga binoan ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo’lish huquqiga ega emas.
Ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo’lish huquqiga ega emas.
Ota-ona va bolalarning ular o’rtasidagi umumiy mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 18-bobi 216-227-moddalari bilan tartibga solinadi.
Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari
Slayd 4
Oila kodeksini 91-moddasiga binoan, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo’lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin.
Bolalar mulkdorlik huquqiga ega. Bu holat bolaga bo’lgan e’tibor uni huquqining mustaqil sub’yekti ekanligini anglatadi.
Voyaga yetmagan bolalarning mulkka bo’lgan huquqlari yig’ma xarakterga ega bo’lgan huquqlar bo’lib, ularni har biriga Oila kodeksida alohida e’tibor beriladi. Voyaga yetmagan bolalar o’zlariga tegishli bo’lgan mol-mulkni o’zlari tasarruf qilolmasliklari mumkin. Bunday hollarda ularga ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari yordam beradilar.
Ota-ona va bolalarning alohida mol-mulki
Slayd 5
Amaldagi Oila kodeksini 92-moddasiga binoan, ota-ona va o’n to’rt yoshga to’lgan voyaga yetmagan bolalar o’rtasida qonunda belgilangan tartibda umumiy mulk huquqi vujudga kelishi mumkin.
Umumiy mulk huquqi faqat o’n to’rt yoshga to’lgan voyaga yetmagan bolalar bilan ota-onalari o’rtasida tuzilgan bitim yoki kelishuv asosida vujudga keladi.
Umumiy mulk bo’yicha bolalar va ota-onalar o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan munosabatlar Fuqarolik kodeksining 216-227-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida tartibga solinadi.
Ota-ona va bolalarning umumiy mulki
Slayd 6
Bola o’ziga tegishli bo’lgan mulkdan olgan daromadiga ham mulkdor bo’lishi mumkin.
O’n olti yoshga to’lgan voyaga yetmagan bolalar mehnat shartnomasi bo’yicha ishlab yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoxud homiysining roziligida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanib xususiy mulk orttirishlari mumkin.
Bola xususiylashtirish tufayli olgan uyga, kvartiraga (ularni qismiga) xususiy mulkdor bo’lishi mumkin. Voyaga yetmagan bolalarning kundalik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan shaxsiy foydalanishdagi buyumlari, kiyim-bosh, poyabzal, ishlab chiqarish qurol va aslahalari, o’quv anjomlar va boshqalar ularning xususiy mulki hisoblanadi.
Bolalarning oiladagi xususiy mulki
Slayd 7
Fuqarolik qonunchiligi bolalarga o’z mulkidan mustaqil ravishda tasarruf etish huquqini beradi. Bolalarning bu imkoniyatlari ularning yoshiga ham Fuqarolik kodeksining tegishli moddalari bilan belgilanadi.
Voyaga yetmagan bolalar nomiga qo’yilgan pul mablag’lari, bolalar o’n to’rt yoshga kirgunga qadar ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan tasarruf etilishi mumkin. Ular o’n to’rt yoshga to’lgandan keyin esa, faqat o’zlari tomonidan ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillarning roziligi bilan tasarruf etilishi mumkin.
Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar o’rtasida kelib chiqqan mulkiy nizolar sud tomonidan umumiy asoslarda hal qilinadi.
Voyaga yetmagan bolalarning xususiy mulkini boshqarish va tasarruf etish
Slayd 8
Alimentlar – (lotincha alimentum – «oziq-ovqat», «nafaqa», «ta’minot», «boqish uchun mablag’lar» – degan ma’nolarni anglatadi) bir shaxsning ikkinchi shaxsga majburan to’laydigan moddiy narsasi.
Aliment majburiyatlarini kelib chiqish asoslari;
birinchidan qonunda imperativ asosda belgilangan (qon-qarindoshlik, mehnatga layoqatsizlik, mehtojlik)
ikkinchidan, aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv;
Aliment majburiyatlari shaxsiy xarakterga ega. U majbur bo’lganning, shuningdek talab qiluvchi shaxsning vafoti tufayli tugallanadi, meros bo’yicha boshqa shaxslarga o’tmaydi. Ularga talab qilishni boshqalarga o’tkazish va qarz qoidasi tatbiq etilmaydi: aliment majburiyatlari bepuldir. Agar xatolikka yo’l qo’yib undirilgan bo’lsa ham qaytarilmaydi. Yolg’on ma’lumotlarga va qalbaki hujjatlarga asoslangan hollar bundan mustasnodir; aliment majburiyatlari davomli bo’ladi. Aliment kelajak vaqt uchun olinib da’vo qilingan kundan boshlab har oyda undiriladi.
Aliment majburiyatlarining umumiy qoidalari
Slayd 9
Oila kodeksining 111-moddasiga binoan, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar ota-onasining kasalligiga va boshqa uzrli sabablarga ko’ra qilinadigan qo’shimcha harajatlarda ishtirok etishlari shart. Bu qoida qonunchilikda yangilikdir. Har bir voyaga yetgan bolaning zimmasiga yuklatiladigan qo’shimcha harajatlarni qoplash summasini belgilashda ularning moddiy sharoitlari hisobga olinadi.
Ota-onalar va bolalarning yordamchi harajatlarda ishtirok etishlari
Slayd 10
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 11
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.