Ovoz huruji

8000 so'm


Ovoz huruji

 

 

Slayd 1

Ovoz huruji

Slayd 2

Reja
Ovoz nima?
Ovoz apparatining tuzilishi.
Ovoz bo‘limi.
Ovoz turlari.
Ovoz huruji.

Slayd 3

Ovoz aʼzolari yordamida chiqariladigan, balandligi, kuchi va tembri har xil boʻlgan tovush (odam va oʻpkadan nafas oluvchi hayvonlarda).
Ovoz hiqildoqda hosil boʻladi: oʻpkadan chiqayotgan havo oqimi, bir-biriga tegib turgan ovoz boylamlari oraligʻidan oʻtib uni tebratadi, natijada nozikkina ovoz hosil boʻladi, soʻngra buni yuqori rezonatorlar (ogʻiz boʻshligʻi, halqum, burun va yondosh boʻshliqlar) kuchaytirib berib, ovoz oʻziga xos ohang (tembr) oladi.
Oʻpkadan chiqayotgan havo oqimining kuchiga, jips turgan ovoz boylamlarining koʻrsatayotgan qarshiligi va ularning tebranish amplitudasiga qarab, ovoz kuchli yoki kuchsiz, shuningdek, tebranishining uzunligi va chastotasiga qarab baland yoki past boʻlishi mumkin.
Ovoz paydo boʻlishida ishtirok etadigan aʼzolarning hammasi sogʻlom boʻlsa, Ovoz yengil va bemalol eshitiladi.
Ovoz nima?

Slayd 4

Turli kasalliklar, xususan, hiqildoq, burun halqum yoki burun kasalliklarida ovoz oʻzgaradi, baʼzan manqalangan boʻlib qoladi. Yurak, bronxlar, markaziy nerv sistemasi kasalliklari va yuqumli kasalliklarda ham ovoz oʻzgarishi mumkin.
Ovoz koʻpincha, sovqotish, angina, yuqori nafas yoʻllari yalligʻlanishi, laringit, traxeit va bronxitdan keyin oʻzgaradi. Hadeb baqirib gapiraverish ham ovoz buzilishiga sabab boʻladi. Chekish va ichkilikka ruju qilish, shuningdek, tish yoʻqligi yoki yasama tishning notoʻgʻri qoʻyilganligi ham ovoz «sifati»ga taʼsir etadi. Odatda, yoshlarda oʻtish davrida boʻladigan ovoz oʻzgarishida alohida ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. Ovozni asrashda eng muhimi organizmni chiniqtirishdir. Ovoz oʻzgarganda, albatta, mutaxassis shifokorga murojaat etish lozim.

Slayd 5

Ovoz apparatining tuzilishi
Ovoz bu un naychalarining elastik tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan turli xil tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlari majmuasidir.
Otorinolaringologiya fanining rivojlanishi sababli, foniatriya degan yangi fan, mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi.
Foniatriya – ovoz apparati kasalliklarini vujudga kelishi va ularni davolash yo‘llarini o‘rganadi.
Fonopediya—logopediya fanining bo’limi. U maxsus pedagogik yo‘llar bilan ovozni to‘g‘irlash bilan shug‘ullanadi.
Bu fanlarning barchasi ovozni maxsus mashqlar bilan yo‘lga qo‘yib, to‘g‘irlashni bildiradi.
Ovoz hosil bo‘lishda: diafragma, o‘pka, bronxlar, traxeya, halqum, hiqildoq, burun bo‘shlig‘i va uning yuz, peshana suyaklari orasida joylashgan qo‘shimcha kovaklari ishtirok etadi.
Hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari bilan birga, ovoz hosil bo’lishida til, lablar, og‘iz bo‘shlig‘i ham ishtirok etadi.

Slayd 6

Diafragma
Diafragma va qovurg’alararo mushaklar nafas olishda faol qatnashadi. Qovurg‘alararo muskullarning faol ishtirok etishi ko‘krak bilan nafas olishdir. Nafas chiqarish harakati ichki qovurg’alararo va qorin muskullarining qisqarishi orqali ta’minlanadi.

Slayd 7

O‘pka — nafas olish sistemasining asosiy organlaridan biridir.
O’pka birjuft boljib, konussimon tuzilgan.
Ular ko’krak qafasining ikki tomonida o‘ng va chap o‘pkaning olrtasida traxeya, qizilo’ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tuguniari hamda yurak joylashgan.
O’pkaning nafas olish va chiqarish funksiyasini asosan alveolalar bajaradi.
O‘pka

Slayd 8

Traxeya
Traxeya — hiqildoqning pastki qismidan, ya’ni VI—VII bo’yin umurtqalari ro‘parasidan boshlanib, V ko‘krak umurtqasi ro’parasigacha davom etadi va shu joyda o‘ng va chap bronxlarga bo‘linadi.
Uning uzunligi odamning bo‘yiga qarab 11-13 sm gacha yetadi.

Slayd 9

Bronxlar
Ko‘krak umurtqasi ro‘parasida traxeyaning ikkiga bo’linishidan hosil bo’ladi.
Bronxlar, xuddi daraxt shohiga o’xshab, ko‘p bronxlarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakchalarini hosil qiladi.

Slayd 10

Hiqildoq
IV-VI bo’yin umurtqalari ro’parasida joylashgan.
Hiqildoq havo o’tkazuvchi nafas yo’li vazifasini bajaradi.
U tovush hosil qiladigan apparatdir. Hiqildoqdan havo traxeyaga o’tadi.
Odam gapirmay turganda hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari teshigi ochiq holda bo’ladi.
So‘zlashganda, kuylaganda ovoz teshiklari yopiladi va o’pkadan nafas bilan chiqariladigan havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga ta’sir qilib, ularning tebranishi natijasida ovoz hosil bo’ladi.

Slayd 11

yuqori, pastki va ikkita yon devoridan tashkil topgan. Burundan normal sharoitda olgan va chiqargan hamma havo o’tadi.
Burun bo‘shlig‘i — nafas olish, saqlash, hid bilish va rezonatorlik funksiyasini bajaradi. Ovoz hosil qilishda nafas olish va rezonatorlik funksiyasi katta ahamiyatga ega.
Burun bo‘shlig‘ida havo normada bo’ladi. U ovoz uchun harakatsiz rezonator bo’ladi, u ovozni kuchaytiradi va ovozga ma’lum tembr hamda kuchayish beradi.
Burun bo‘shlig‘i

Slayd 12

Ovoz turlari
Ovoz — bu insonning ovoz apparati hosil qiluvchi turli tovushlar yig’indisidir.
Ovoz nutqiy, kuylovchi va shivirlovchi bo’ladi.
Inson baqirishi, ingrashi, turli tovushlarda taqlid qilishi mumkin. Biz qanday tovushni olmaylik, barchasi fizik hodisa bo‘lib, akustikada o‘rganiladi. Tovush yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, uning qonuniyatlari aniqlangan.
Kuylovchi yoki nutqiy ovozning birgina tovushi ham akustik ahamiyatga egadir. Tovush deganda, akustikada tebranish va to‘lqinlarning zich muhitda tarqalishi tushuniladi. Ovoz tovushi to‘lqin ko‘rinishida havo qismlarining tebranishidir.

Slayd 13

Ovoz kuchi
bu tebranish harakatlari, ularning amplitudasini subyektiv sezish bo‘lib, ularning chastotasi bilan bog‘liq emas.
Agar fortepiano klavishini avval bolg‘acha bilan sekin, keyin qattiqroq urganda uning ovoz balandligi o‘zgarmaydi, balki tebranish kuchigina o‘zgaradi. Ikkinchi ko‘rinishda havo qismlarining tebranishi kuchli bo‘lib, ular bizga subyektiv tarzda balandroq tuyuladi.
Ovoz kuchi va balandligi kekirdakda hosil bo‘lib, boylam osti bosimi natijasida o‘sadi.
Ovoz tirqishi orasida havo qanchalik kuch bilan otilib chiqsa, shunchalik energiya ko‘p bo‘ladi. Havo qismlarinig tebranish amplitudasi katta bo‘ladi, quloq pardasiga bosim kuchli bo’ladi.

Slayd 14

Bolalar ovozining rivojlanishi
Bolalar ovozining rivojlanishi shartli ravishda bir necha davrlarga bo‘linadi:
maktabgacha 6—7 yoshgacha,
mutatsiyagacha 6—7 yoshdan 13 yoshgacha,
mutatsiya 13—15 yosh,
mutatsiyadan keyingi 15—17 yosh.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda fonatsiya hiqildoq mushaklarining kuchsizligiga bog‘liq bo‘lgan holda un paychalarining chetlarini taranglashuvi natijasida yuzaga keladi. Ovoz chiqarish diapazoni 5—6 notadan iborat.

Slayd 15

“Ovoz huruji” logopediyada ham, fonetika va foniatriya (ovoz fiziologiyasi) fanlarida ham muhim tushuncha hisoblanadi.
Ovoz huruji (fonatsion boshlanish) — bu nutq yoki tovush hosil qilish jarayonida ovoz bog‘lamalarining (parda yoki ligaturalar) o‘zaro yopilib ochilishi bilan bog‘liq fonatsiyaning boshlanish bosqichidir.
Ya’ni inson biror tovushni aytmoqchi bo‘lganida, nafas havo oqimi ovoz bog‘lamalariga uriladi. Shu vaqtda ovoz bog‘lamalari qanday holatda bo‘lishiga qarab, ovozning boshlanish sifati belgilanadi.
Ovoz huruji

Slayd 16

Ovoz huruji
Ovoz huruji — bu markaziy nerv tizimi tomonidan boshqariladigan reflektor jarayon.
U miya po‘stlog‘ining motor zonalari, bo‘g‘iz mushaklarini innervatsiya qiluvchi nervlar (n. vagus, n. laryngeus recurrens) orqali muvofiqlashtiriladi.
Stress, hayajon, duduqlanish yoki nutqiy bosim paytida markaziy boshqaruv buzilib, ovoz huruji qattiqlashadi.

Slayd 17

Fiziologik mexanizmi
Fonatsiya jarayoni uchta asosiy komponent orqali kechadi:
Nafas apparati (o‘pka, bronxlar, traxeya) — havo oqimini ta’minlaydi.
Ovoz apparati (laringal tizim) — ovoz bog‘lamalari titrashi orqali ovozni hosil qiladi.
Rezonatorlar (og‘iz, burun, halqum bo‘shliqlari) — ovozni kuchaytiradi va tembr beradi.
Ovoz huruji aynan laringal tizim darajasida sodir bo‘ladi:
Nafas chiqarilayotgan paytda havo oqimi ovoz bog‘lamalariga qarshi harakat qiladi. Agar bog‘lamalar yopiq holatda bo‘lsa, havo ularni bosim ostida ochadi — shu vaqtda urilish (hujum) yuz beradi.
Ovoz hosil bo‘lishining aynan shu boshlanish momenti — ovoz huruji deyiladi.

Slayd 18

Ovoz huruji turlari (ilmiy tasnif)
Foniatriya va logopediyada ovoz huruji 3 turga bo‘linadi:
Qattiq ovoz huruji. Ovoz bog‘lamalari juda mahkam yopiladi, havo bosimi ostida keskin ochiladi. Urilishli, portlovchi “a!” ohangda. Duduqlanish, gipertonik disfoniyada kuzatiladi.
Yumshoq ovoz huruji. Bog‘lamalar asta-sekin yopiladi, havo silliq o‘tadi. Tovush tabiiy, silliq, yumshoq. Normal fonatsiya uchun me’yoriy holat.
Nafasli ovoz huruji. Bog‘lamalar to‘liq yopilmaydi, havo sizib chiqadiNafas aralash, “xirillagan” ovoz. Gipotonik disfoniyada uchraydi

Slayd 19

Logopedik amaliyotda ovoz huruji muhim tashxis va tuzatish obyekti hisoblanadi.
Ayniqsa, duduqlanuvchi, disfoniya yoki ovoz apparati mushaklari zo‘riqqan bolalarda ovoz huruji noto‘g‘ri shakllanadi.
Noto‘g‘ri ovoz huruji natijasida:
Nutq boshi keskin “uriladi” (“A…a-a”),
Nafas va fonatsiya muvozanati buziladi,
Ovoz zo‘riqadi, tez charchaydi,
Artikulyatsiya (tovush hosil qilish) jarayoni buziladi.
Logopediyada ovoz huruji

Slayd 20

Logopedik korreksiya yo‘nalishlari
Logopedik mashg‘ulotlarda yumshoq ovoz hurujini shakllantirish asosiy maqsaddir.
Mashqlar:
Yumshoq ovozni boshlash mashqlari:
“ha”, “ho”, “hu”, “ha-ha” tarzida, silliq boshlab talaffuz qilish.
Nafas va fonatsiya muvofiqlashtirish mashqlari:
Nafas chiqarish va tovushni bir vaqtda boshlash (sinxron).
Bo‘g‘iz mushaklarini bo‘shashtirish mashqlari:
Bo‘g‘iz, yelka, lab mushaklarini massaj va dam oldirish mashqlari.
Artikulyatsion gimnastika:
Til, lab, yumshoq tanglay harakatlarini moslashtirish.
Ovoz rezonansini shakllantirish mashqlari:
“mmm”, “nnn”, “zzz” tovushlarini rezonans bilan cho‘zish.

Slayd 21

Xulosa
Ovoz huruji — bu fonatsiyaning boshlanish bosqichi bo‘lib, ovoz sifati va nutq ravonligiga bevosita ta’sir qiladi.
Qattiq yoki noto‘g‘ri ovoz huruji logopedik nuqsonlar (duduqlanish, disfoniyalar, gipertonik holatlar)ning sababi bo‘lishi mumkin.
Logopedik korreksiyada esa “yumshoq ovoz boshlanishi”ni shakllantirish orqali nutqni tabiiy va ravon holga keltirish maqsad qilinadi.

Slayd 22

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 23

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Ovoz huruji” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar