O‘rta Osiyo qadimgi dunyosining mintaqaviy rivojlanishi va madaniy
3000 so'm

=== Taqdimot: O‘rta Osiyo qadimgi dunyosining mintaqaviy rivojlanishi va madaniy.pptx ===
=== Slayd 1 ===
O‘rta Osiyo qadimgi dunyosining mintaqaviy rivojlanishi va madaniy xo‘jalik markazlarini tashkil topishi
=== Slayd 2 ===
1. O‘rta Osiyo aholisi xo‘jaligining neolit va eneolit davridagi mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari.
2. Bronza va ilk temir davrida Qadimgi Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazmda madaniy–xo‘jalik viloyatlarining shakllanishi.
3. Bronza va ilk temir davridagi etnogenetik jarayonlar
4. O‘zbekistonning antik davri aholisining etnik tarkibi.
Reja:
=== Slayd 3 ===
O‘rta Osiyo qadimgi dunyosining mintaqaviy rivojlanishi va madaniy xo‘jalik markazlarining tashkil topishi
01
=== Slayd 4 ===
O‘rta Osiyoning mintaqaviy rivojlanishi neolit davridan boshlanadi. Uning asosida jamoalarning ishlab-chiqarish xo‘jaligiga o‘tish yotadi. Bu jarayondan dalolat beruvchi dastlabki obyekt Joyitun yodgorligi bo‘ldi – Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi ta’sirida ilk dehqonchilik madaniyati shakllandi. Lekin, O‘rta Osiyoning shimoliy sarhadlarida bu davrda hali jamoalar ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirar edi. Joyitun madaniyati an’analari asosida eneolit-bronza davrining Anov-Nomozgoh madaniyati qaror topib rivojlandi. Bu davrda Xorazm, Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysida ibtidoiy jamoalar hali o‘zlashtirma xo‘jalik bilan shug‘ullanishar edilar.
=== Slayd 5 ===
Sarazm tipidagi yodgorliklar vohada hali topilmagan (Tug‘oyli). Sarazmda hayot miloddan avvalgi 2-ming yillik o‘rtalariga kelib to‘xtagan. Bunga sabab, tog‘ konlarining yangi egalari – shimoldan ko‘chmanchi chorvador qabilalari (andronova) kelib, konlar yoniga o‘rnashganlar (Dashti Qazo, Yori, Kangach, Jilou). Sarazm madaniyatining rivojlanishi 4 bosqichdan iborat. 4-bosqichidan Zarcha Xalifa, Sazag‘on, Jom mozorlaridan topilgan Sopolli madaniyatiga tegishli bronza predmetlari va kulolchilik buyumlari chiqqan.
=== Slayd 6 ===
Bronza davri
02
=== Slayd 7 ===
Bronza davriga kelib (mil.avv. II minginchi yil) tub ijtimoiy iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kaltaminor madaniyati so‘nggida Orol bo‘yida eneolit (Saksovul) davri jamoalari chorvachilik bilan shug‘ullana boshladi. Anov madaniyatining Nomozgoh – 5 bosqichida ilk shaharlar qad ko‘tara boshladi. Sharq sivilizatsiyasi O‘rta Osiyoning shimoli-sharqi tomon kengaya boradi. Murg‘ob (Gonurdepa), Baqtriyada (Sopolli madaniyati) Sopollitepa, Jarqo‘ton shaharsozlik madaniyatining yangi o‘choqlari tarkib topadi. Turonzaminning boshqa mintaqalarida kechagi “ovchi” qabilalari “Avesto”da turlar deb zikr etilgan chorvador aholiga aylandi. (Tozabog‘yob, Qayroqqum yoki “Andronova” madaniyati).
=== Slayd 8 ===
Bronza davrining oxirlarida O‘rta Osiyoning o‘troq aholisi sug‘orma dehqonchilik madaniyatini va hunarmandchilik sirlarini yaxshigina egallagan edilar. Bu davrda asosan shimoliy hududlardan O‘rta Osiyoga kirib kelgan ko‘chmanchi chorvador qabilalar cho‘l va dasht zonalariga joylasha boshladilar. Vaqtlar o‘tishi bilan tubjoy aholining o‘troq, hayoti va dehqonchilikka asoslangan xo‘jaligi chorvadorlarning turmush tarziga ham o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Chorvador jamoalar ham o‘zlariga dastlab vaqtinchalik bo‘lsa-da qarorgohlar va makonlar qurganlar. Ular asosan Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshonning quyi havzalarida, tog‘ yon bag‘irlaridagi soy bo‘ylarida istiqomat qilganlar. Chorvador qabilalar madaniy va xo‘jalik taraqqiyoti jihatidan janubning o‘troq jamoalaridan ancha orqada edilar.
=== Slayd 9 ===
Cho‘l zonalarida yashagan qabilalarga xos yodgorliklar Fargona vodiysida ham bir qadar keng o‘rganilgan. Bular jumlasiga Vodil va Qaramkul qishloqlaridan topilgan qadimgi qabristonlarni, Xujand viloyatidagi Kayrokkum makonlari, Daxana va Ustrushonadagi Shirinsoy va G‘ulbo qabristonlarini ko‘rsatish mumkin. Kayrokkumda o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida 60 ga yaqin qadimgi manzilgohlar topilgan. Qayrokqumning g‘arbida joylashgan Shurkul atrofidagi Takir yagona deb atalgan markaziy va sharqiy manzilgohlar ham shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, 60 dan ortiq, chorvador urug‘ jamoalarining mavsumiy qarorgohlari o‘rganildi. Bu makonlardan minglab chizma naqshli sopol parchalari, bronza va toshdan ishlangan mehnat qurollari, hayvon suyaklari, qullarning qoldiqlari topildi.
=== Slayd 10 ===
O‘zbek Xalqining etnik tarixi
03
=== Slayd 11 ===
O‘zbek xalqining etnik tarixi shu hudud tarixi bilan bevosita bog‘liq. O‘zbek Xalqi ajdodlari elat bo‘lib O‘rta Osiyoning Baktriya, Sugdiyona, Shosh, Fargona, Xorazm kabi tarixiy o‘lkalarida va shu o‘lkalarga tutash bo‘lgan hududlarda yashab kelgan.
Bronza davrida O‘rta Osiyoda ko‘chmanchi chorvachilikka va o‘troq dehqonchilikka asoslangan madaniyatlar ahil yashashgan. Ushbu madaniyatlar aholisining etnik tarkibini o‘rganishga antropolog va arxeolog olimlar doimo qiziqish bilan yondashishgan. O‘rta Osiyoning bronza davri aholisining etnik tarkibi xususida antropolog olimlar deyarli bir xil fikrda, ular bronza davrida Kaspiy dengizi bo‘ylaridan to Pomirgacha bo‘lgan hududlarda O‘rta yer dengizi irqiga mansub aholi yashagan deb hisoblashadilar.
=== Slayd 12 ===
E.V. Rtveladze shu maqolasida qadimgi Sharq xalqlariga xos bo‘lgan yozuvlarning tarqalish geografiyasini tuzib chiqqan. Uning yozishicha, xurrit yozuvi Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlari – Fors ko‘rfazining shimoli-sharqiy qirg‘oqlari – Markaziy Eron yo‘nalishida tarqalgan. Haqiqatdan ham shunday, Kaspiy va Urmiya kuli atroflarida xurrit yozuvi tarqalgan. Bu Janubiy Turkmanistondan bir necha yuz kilometr, xolos. Shu geografik tarqalishni asos qilib E.V. Rtveladze O‘rta Osiyo aholisi bronza davrida xurrit tilli bo‘lgan deb hisoblaydi. E.V.Rtveladze o‘z g‘oyasini yana bir ma’lumot bilan quvvatlashga harakat qilgan. Uning fikricha O‘zbek urug‘laridan bo‘lgan “mitan” urug‘i bilan xurrit davlatidagi “mitani” nomlarining o‘xshashligi misol qilib olingan.
=== Slayd 13 ===
O‘rta Osiyo hududlarida andronova va saklarning genetik birligi xususida antropologlar va arxeologlar o‘z fikrlarini bildirishgan. Tarixiy sharoitlarga qarab andronova madaniyatining miloddan avvalgi VIII asrgacha yashab kelganligi Janubiy Ural va Qozog‘istonda kuzatilgan. Yana bir masalaga oydinlik kiritib o‘tish lozim deb o‘ylaymiz, ayrim hududlarda andronova va saklarning moddiy madaniyatida o‘xshashlik sezilmasa, Tagisken madaniyati bilan dandiboy-begazi yoki qarasuk madaniyatlari o‘rtasida mayitni ko‘mish va sopollar o‘rtasida o‘xshashliklar kuzatilgan. Bu holat Xorazm saklarining (massagetlarining) yerli madaniyat sohiblari ekanligini tasdiqlaydi.
=== Slayd 14 ===
Andronova madaniyati aholisini ilmiy adabiyotlarda ariylar deb atalmoqda. “Avesto” va “Rigveda”da ta’riflangan ariylarga Andronova madaniyati moddiy madaniyati, tarqalish geografiyasi, iqlimi mos tushadi. Biz ham shu fikrni qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo bu fikr biroz tahrirni talab qiladi. Fikrimizcha, Andronova madaniyatining badavlat harbiylari ariylar bo‘lgan. Andronova madaniyatining kambag‘allari chorvasi yo‘qligidan o‘troq hayotga o‘tib, chust, kuchuk va yaz kabi madaniyatlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratgan.
=== Slayd 15 ===
Yunon manbalarida Yevrosiyo cho‘l zonalarida yashagan aholi skiflar deb atashgan. Bu haqda Pliniy kuyidagi fikrni bildirgan: “forsiylar ularni (skiflarni – F.T.) o‘zlariga yaqin yashovchi qabilalarning nomi bilan saklar deb ataydilar”. Qadimgi Eron manbalarida shak (sak) hamda skif etnik nomlari uchraydi. Qadimgi eronliklar O‘rta Osiyoning cho‘l zonalarida yashagan qabilalarni shunday etnik nomlar bilan atashgan. Eronshunos V.Abaev “Avesto”ning “Yasht” qismida tilga olingan turlarni O‘rta Osiyo saklari bilan, “tez chopar otli turlar” hamda danoy (Sirdaryoning qadimgi nomlaridan biri) turlarini esa Sirdaryo bo‘ylarida yashagan saklar deb hisoblaydi.
=== Slayd 16 ===
Tadqiqotchilar shaklar asosan to‘rt guruhdan iborat bo‘lganligini ta’kidlashgan, bularning uch qismi, ya’ni xaumavarka, tigraxauda va tiaytaradaraya saklari Persepol yaqinidagi nakshirustam darasidagi qabr toshlarining yozuvlarida uchraydi, to‘rtinchisi esa “sugdiylardan keyin, narigi tomonida” yashovchi saklar Persepoldagi hamda Ekbatondagi yozuvlarda aks ettirilgan. Antik tarixchilar tigraxauda saklarini massagetlar bilan ham tenglashtiradilar. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda massagetlar yirik qabilalar uyushmasi bo‘lib, jumladan, tarkibiga derbeklar, daxlar, sakarauklar, apasiaklar, assianlar va boshqalar kirgan.
=== Slayd 17 ===
Hindlarning “Maxabharata” dostonida bayon etilishicha, podsho Yuudxingxira o‘tkazgan qurbonlik marosimida turli mamlakatlar va elatlardan kelishgan mehmonlar ishtirok etishgan. Ular orasida Sirdaryoning shimoli-sharqidan kelgan shaklar, toharlar va qang‘lilar (Qang‘arlar) ham bo‘lganligi qayd etilgan.
=== Slayd 18 ===
Bu davrda Turon zamin kengliklarida yashagan etnik guruhlar va qabilalar o‘rtasida o‘zaro yaqinlashish, qo‘shilish kabi murakkab jarayonlar kuchaygan. Bu jarayonlar ta’sirida ko‘chmanchi guruhlarning o‘troqlashish jarayonlari yanada tezlashgan. Jumladan, O‘rta Osiyoning Orol dengizi shimoli g‘arbi va janubi-sharqiy qismlari, Tangritog‘ va Oloyda turkiy tilli guruhlar paydo bo‘la boshlaydi. Bu guruhlarning tub yerli aholi bilan aralashishi natijasida mil.avv. II – milodiy I asrlarda (O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i) tipiga xos xususiyatlar paydo bo‘lgan. Milodiy eraning birinchi yarmiga oid materiallarda O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlarida ham bu tipga xos antropologik guruhlar yashaganligi yaqqolroq ko‘rinadi.
=== Slayd 19 ===
Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida O‘rta Osiyo vohalarida dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar bilan bir qatorda, tog‘ oldi rayonlari, cho‘l va dasht zonalarida chorvador qabilalar keng tarqalgan edi. 2-ming yillikning oxirlarida ularning dehqonchilik jamoalari hududlariga kirib kelishi O‘rta Osiyoda etnik jarayonlarning faollashuviga va o‘zaro tovar almashinuvining kuchayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, o‘troq va chorvador qabilalar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalar mulkiy tengsizlikni tezlashtirdi. Natijada, ibtidoiy jamoa tuzumiga zarba berilib, uning negizida sinfiy jamiyatning shakllanishiga zamin yaratildi. Ana shunday tub o‘zgarishlar asosida ikki xil xo‘jalik jamoalari orasida etnik aloqalar kuchaydi.
=== Slayd 20 ===
O‘zbekistonning antik davri aholisining etnik tarkibi
03
=== Slayd 21 ===
Xorazm tarixining massagetlargacha bo‘lgan davrida bu zaminda Suvyorg‘on va Tozabog‘yob madaniyatlari asosidagi qovundi qabilalari yashagan (mil.avv II minginchi yillikning oxirgi choragi ziroatchilik bilan shug‘ullangan qabilalar Amirobod madaniyati, chorvachilik bilan shug‘ullangan qabilalar Quyisom madaniyati deb yuritiladi. Ziroatchilar turmushida dehqonchilik endi paydo bo‘lib, Nomozgoh va Sopolli madaniyati aholisi allaqachon shaharsozlik, ilk davlatchilikni boshdan kechirayotgan edi.
=== Slayd 22 ===
Miloddan avvalgi VI asrning 2-yarmida siyosiy, iqtisodiy etnomadaniy vaziyat o‘zgardi. Ko‘zaliqir, Qal’aliqir kabi qal’a- shaharlar qad ko‘tardi. Xorazm tarixi bilan bog‘liq yozma manbalar: Avestoning Mitra Yashtida Xorasmiya xilment vodiysida joylashganligiga ishora qilinadi.
Kariyalik Skilak (mil. avv VI asr) “Sayohatnoma” asarida xorazmiylar to‘g‘risida ma’lumot bor. Lekin, asar bizgacha yetib kelmagan. Undan miletlik Gekatey foydalanib, o‘zining “Yer kurrasi tavsifi” asarida ma’lumot keltirgan. Yana Geradot (mil.avv V asr), Strabon (mil.avv 63 – milodiy 24), Aviney (milodiy II-III asrlar), Stepan (milodiy VI asr) asarlarida ham Xorazm haqida ma’lumot bor.
=== Slayd 23 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.