O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish
4000 so'm
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim

Slayd 1
O‘quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tashxis etish.
Slayd 2
Reja:
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari.
Slayd 3
“5″ Va «3» bahoga o’qiydigan o’quvchilar baxtsiz, «4» bahoga o’qiydigan o’auvchilar baxtlidirlar.
Slayd 4
Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Slayd 5
Didaktik tashxislashning maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
Slayd 6
Tashxislash
Nazorat, tekshirish baholash statistik ma’lumotlar to‘plash ularni tahlil qilish Dinamika tendensiyalarni aniqlash voqealarning keyingi rivojini taxminlash
Slayd 7
Baho nimani ko‘rsatishi lozim?
Ta’lim oluvchi o‘zlashtirishning qat’iy belgilovchisi – sifat ko‘rsatkichi bo‘lishi kerakmi
u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi va kamchiliklarining ko‘rsatkichi bo‘lishi kerakmi
Slayd 8
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi.
Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.
Slayd 9
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi xamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
Slayd 10
Tekshirish tizimi
Birinchi bo‘g‘in – oldindan aniqlash;
ikkinchi bo‘g‘ini – joriy tekshirishdir;
uchinchi bo‘g‘ini – takroriy tekshirish;
to‘rtinchi bo‘g‘ini – davriy tekshirish;
beshinchi bo‘g‘in – yakuniy tekshirish va hisobga olishdir
Slayd 11
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Slayd 12
O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi B=A/T*100% nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T – o‘zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to‘liq hajmi
Slayd 13
Baho – pedagog ixtiyoridagi o‘qishni, ijobiy motivatsiyani rag‘batlantirishning va shaxsga ta’sir ko‘rsatishning yagona vositasi.
Slayd 14
O‘quv dasturi asosida mavzu va bo‘limni o‘rganishda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati to‘g‘risida to‘liq xulosa chiqarish;
o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholamaslik;
o‘quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish
Slayd 15
O‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish:
Nazorat,
o‘qitish,
tarbiyalash
rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Slayd 16
Nazorat qilish vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi ham-da o‘qituvchining o‘quv metodlarini va usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir.
Slayd 17
O‘qitish vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi. Chunki guruhdagi boshqa o‘quvchilar javob berayotgan o‘quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitishadi.
Slayd 18
Tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar.
Slayd 19
Rivojlantiruvchi vazifa shaxsning tafakkurini rivojlantirish, his-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
Slayd 20
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari
Xolislik (ob’ektivlik)
tizimlilik (sistemalilik)
ko‘rgazmalilik (oshkoralik)
Slayd 21
Xolislik (ob’ektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan iborat.
Slayd 22
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashhislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida olib borish kerak.Tizimlilik barcha ta’lim oluvchilar o‘quv muassasida bo‘lgan birinchi kundan boshlab oxirigacha muntazam tashhisga jalb etilishini anglatadi.
Slayd 23
Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir hil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi.
Slayd 24
O‘quvchilar o‘quv faoliyatini nazorat qilishning turlari:
Joriy nazorat;
oraliq nazorat;
yakuniy nazorat
Slayd 25
Nazoratning asosiy besh shakli mavjud:
Ommaviy (frontal);
guruhli;
individual
kombinatsiyalangan (biriktirilgan);
o‘z-o‘zini nazorat qilish
Slayd 26
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish metodlari:
Og‘zaki tekshirish,
yozma tekshirish,
amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish,
uy vazifalarini tekshirish.
Slayd 27
Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati o‘quvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi.
Slayd 28
Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Slayd 29
Xarfli shkalalar
Ta’rifi
Raqamli shkalalar
A
Judayam a’lo
5
A
A’lo
-5
B
Judayam yaxshi
4
B
Yaxshi
-4
D
Judayam qoniqarli
3
D
Qoniqarli
-3
E
Qoniqarsiz
2
E
Judayam qoniqarsiz
-2
F
Uyat
1
Milliy o‘quv dasturi asosida baholash mezonlari
Slayd 30
№
Ball
Baho
Talabaning bilim darajasini aniqlash mezonlari
1
5
A’lo
-Mavzuning mazmuni dastur, darslikda va tavsiya etilgan o’quv qo’llanmalarda berilgan o’quv materiallari orqali to’lig’icha ochib berilsa;
-mavzuni mehnat fanidagi terminologiya va usullardan aniq foydalanib, ma’lum mantiqiy ketma-ketlikda, savodli tilda bayon etsa;
-javob bilan bog’liq bo’lgan rasmlarni, chizmalarni, grafiklarni to’g’ri bajarsa;
-nazariyani aniq misollarda tasvirlab, uni amaliy topshiriqlarni bajarishda yangi vaziyatlarga qo’llay olish ko’nikmalarini ko’rsatsa;
-javob berishda ilgari o’rganilgan materiallarning o’zlashtirilganini, foydalanilayotgan ko’nikma va malakalarning shakllanganini va mustahkamligini namoyish etsa;
-o’qituvchining yordamchi savollarisiz, mustaqil ravishda javob bersa.
Slayd 31
№
Ball
Baho
Talabaning bilim darajasini aniqlash mezonlari
2
4
Yaxshi
-Bayon etishda javobning mehnat metodikasi mazmunini buzishga olib kelmaydigan. Unchalik katta bo’lmagan noaniqliklarga yo’l qo’yilsa;
-javobning asosiy mazmunini yoritishda bir-ikkita kamchilikka yo’l qo’yilsa va o’qituvchi bildirgan e’tirozdan so’ng tuzatilsa;
-ikkinchi darajali savollarga yoki qo’shimchalarni yoritishda xato yoki ikkitadan ortiq kamchilikka yo’l qo’yilsa hamda o’qituvchi bildirgan e’tirozdan so’ng ular osonlik bilan tuzatilsa.
Slayd 32
3
3
Qoniqarli
-Tushunchalarni ta’riflashda, chizmalarda, qo’shimchalarda qiynalsa yoki xatolarga yo’l qo’yib, o’qituvchining bir nechta yordamchi savollaridan so’ng tuzatsa;
-o’quvchi amaliy topshiriqlarni bajarishda nazariyani yangi vaziyatga qo’llay olmasa, biroq berilgan reja bo’yicha belgilangan qiyinlik darajasidagi topshiriqlarni bajarsa;
-nazariy mavzudan yetarli bilimlar bo’lgani holda asosiy ko’nikma va malakalarning yetarli darajada shakllanganligi aniqlansa.
Slayd 33
4
2
Qoniqar-siz
-Mavzuning asosiy mazmuni yoritilmasa;
-o’quvchi mavzu mazmunining katta yoki juda muhim qismlarini bilmasligi yoki tushunmasligi aniqlansa;
-tushunchalarni ta’riflashda, xatolarga yo’l qo’yilsa, ular o’qituvchining bir necha yordamchi savollaridan so’ng ham tuzatilmasa.
Slayd 34
Motiv va motivatsiya haqida umumiy tushuncha.
O’z navbatida, ehtiyojlarning rivojlanishi yanada samarali motivatsiya shakllanishiga olib keladi. «Motivlar shaxsning yo’nalganligi bilan bog’liq bo’lib, inson o’z oldiga qo’ygan hayotiy muhim maqsadlari yig’indisining ifodasi bo’ladi. Motivlar yuzaga kelishida inson o’zi uchun zarur ehtiyojlarni anglab boradi.
Motivlar — bu ehtiyojlarning anglanishidir. Bir motiv inson shaxsi uchun muhim sanalgan bir necha ehtiyojlar asosida yuzaga kelishi mumkin.
Slayd 35
“Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasidan kengroq tushunchadir. Zamonaviy psixologiyada ular kamida ikkita ruhiy hodisani belgilaydilar:
shaxsning faolligini va uni belgilaydigan faoliyatini keltirib chiqaradigan motivlar to’plami, ya’ni xatti-harakatni belgilovchi omillar tizimi (bu, xususan, ehtiyojlar, sabablar, maqsadlar, niyatlar, intilishlar va boshqalarni o’z ichiga oladi);
ta’lim jarayoni, motivlarni shakllantirish, muayyan darajadagi xatti-harakatlarni rag’batlantiradigan va qo’llab-quvvatlaydigan jarayonning o’ziga xos xususiyati.
Slayd 36
Hozirgi yangi milliy dasturdagi ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida diktantning baholash mezonlari asosan uning uchta xususiyatini hisobga olish maqsadga muvofiq ekanligi takidlanib o‘tilmoqda:
Nutqiy savodxonlik darajasi:
Matnning adabiy til meyorlariga (fonetik ,leksik, grammatik, punktuatsion, uslubiy )ga amal qilgan holda yozish 70 ballgacha baho qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xat boshi (abzas)ni to‘g‘ri ajratish malakasi. 15 Ballgacha baho qo‘yish maqsadga muvofiq boladi
Tuzatishlarsiz va husnixat bilan yozish malakasi 15 ballgacha baho qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Slayd 37
Diktantda orfografik uslubiy va punktuatsion xatolar mavjud bo‘lmasa-70 ball
– 2ta orfografik, 3ta puktuatsion, 1ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-65 ball
– 2ta orfografik, 3ta punktuatsion, 2ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa -60 ball
– 3ta orfografik, 4ta punktuatsion, 3ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-55ball
– 4ta orfografik,5ta punktuatsion, 4ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa -50ball
– 5ta orfografik, 6ta punktuatsion, 5ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-45ball
– 6ta orfografik, 7ta punktuatsion, 6ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-40ball
– 7ta orfografik, 8ta punktuatsion, 7ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-35ball
– 8ta orfografik, 9ta punktuatsion, 8ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-30ball
– 9ta orfografik, 9ta va undan ortiq punktuatsion, 9ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa-25ball
-10ta va undan ortiq orfografik , 10ta undan ortiq uslubiy vapunktuatsion xato mavjud bo‘lsa-20ball
Slayd 38
Xatoliklar yuqoridagilardan ortiq bo‘lganda-15ball qo‘yiladi.
Xat boshi(abzas)ni to‘g‘ri ajratish malaksi (15 ball)
Matndagi barcha xatboshilar to‘g‘riajratilgan bo‘lsa 15 ball beriladi.
Matndagi xatboshilarning ayrimlari ajratilgan bo‘lsa 10 ball beriladi.
Matndagi xat boshilar umuman ajratilmagan bo‘lsa 0 ball qo‘yiladi.
Tuzatishlarsiz va husnixat bilan yozish malakasi:
Matnda tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmagan va husnixat bilan yozilgan bo‘lsa 15 ball qoyilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Matnda 1-2ta tuzatishlarga yo‘l qo‘yilgan va husnixat bilan yozilgan bo‘lsa 10 ball
matnda 3-4 ta tuzatishlarga yo‘l qo‘yilgan va husnixat bilan yozilgan bo‘lsa -5 ball
matndagi tuzatishlar soni 5dan ortiq bo‘lsa, husnixati talabga javob bermasa o ball qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Slayd 39
Biz hozir umumuiy 100 ballik sistemasida ko‘rsatdik. O‘quvchi ozi yig‘gan umumiy ballni bahoga almashtiramiz:
100 balldan 86ballgacha a’lo yani -5baho
71 -85 ballgacha yaxshi ya’ni -4baho
56-70 balgacha qoniqarli ya’ni -3 baho qo‘yiladi
0-55gacha yomon baho – 2 bilan baholanadi .
Slayd 40
“Aktivator – 3, 2, 1″ metodi
Eslab qoldim:
__________
Menuchun muhim:
Qo’llayman:
Slayd 41
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 42
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Buyuk geografik kashfiyotlar davri mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.