Oqsillar almashinuviga kirish
8000 so'm

Slayd 1
Oqsillar almashinuviga kirish.
Slayd 2
Oqsillar- aminokislotalardan tuzilgan polimer moddalardir. Aminokislotalar orasidagi kimyoviy bogʻ peptid bogʻ deyiladi. Aminokislotalar soni 50 dan kam boʻlsa peptidlar deyiladi (ular asosan biologik aktiv moddalardir), 50 dan koʻp hollarda Oqsillar deyiladi. Odamda 20 xil aminokislotadan tuzilgan oqsillar bor.
Funksiyalari:
-Ferment
-Boshqarish(oqsil tabiatli gormonlar)
-Retseptor
-Transport
-Qurilish
-Ximoya
-Qisqarish
Anobolizm-har bir oqsil oʻziga xos bosqichlarda sintezlanadi
Katobolizm-endogen oqsillar katepsin fermentlari yordamida, ekzogen oqsillar poteazalar yordamida parchalanib ketadi.
Oqsillar Almashinuvi
Slayd 3
Biologik qiymatiga koʻra aminokislotalar:
Almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar
Yarim almashtirib boʻladigan Aminokislotalar
Almashinadigan aminokislotalar
Leysin
Gistidin
Glitsin
Izoleysin
Tirozin
Alanin
Treonin
Arginin
Serin
Triptofan
Prolin
Lizin
Aspartat
Valin
Sistein
Metionin
Glutamat
Fenilalanin
Slayd 4
Biologik qiymat -ovqatdagi oqsillar odam ehtiyojiga qanchalik mosligini bildiruvchi qiymat:
-almashinmaydigan aminokislotalarga boyligi
-yaxshi hazmlanishi
-tarkibi odamnikiga yaqin boʻlishi
yaxshi soʻrilishi
!Odamsoch, tirnoq,jun oqsillari odam uchun mos hisoblanadi. Ammo hazm fermentlari bu oqsillarni hazmlab bilmagani uchun Biologik qiymati 0 ga tengdir
Ayrim mahsulotlarni biologik qiymati:
Tuxum,sut – 100
Goʻsht – 98
Makkajoʻxori – 36
Slayd 5
Azot Balansi
Manfiy
Musbat
Azot muvozanati
Orgaznizmga oqsillar bilan kirayotgan azot miqdori mochevina tarkibida chiqayotgan azotdan kam:
-qarilarda
-ochlikda
-kasallik avj olgan davrda
-vegetarianlarda
Orgaznizmga oqsillar bilan kirayotgan azot miqdori mochevina tarkibida chiqayotgan azotdan koʻp:
-oʻsish davrida
-tuzalayotganda
-koʻp ovqat isteʼmol qilish
Orgaznizmga oqsillar bilan kirayotgan azot miqdori mochevina tarkibida chiqayotgan azot bilan teng:
-katta yoshli sogʻlom va normal ovqat isteʼmol qilayotgan odamlarda
Yosh bolalarda 12-15 yoshgacha har 1 kg tana vazni oshganda oqsilning kunlik miqdorini 1,5 grammga oshirish kerak. Bu Rubner koefitsienti deyiladi.
Slayd 6
PARENTERAL OVQATLANTIRISH
-O.I.T dan ovqat bera olmaydigan darajadagi shikastlanishlarda qoʻllaniladi.
Uglevodlarni – monosaxaridlar, Oqsillarni- aminokislotalar (gidrolizat) koʻrinishida beriladi. Yoʻqsa ular qonda antigen boʻlgani uchun sensibilizatsiya va keyinchalik anafilaksion shok chaqirishi mumkin.
! Gidrolizat tarkibida glitsin va glutamat miqdori kam boʻlishi kerak. Sababi ular miyada NMDA,AMPA,Kainat kabi glutamat va glitsin retseptorlarini qoʻzgʻatib nerv-psixik oʻzgarishlar chaqirishi mumkin.
Slayd 7
Organizmdagi endogen oqsillar doimo yangilanib turadi. 1sutkada taxminan 400g oqsil parchalanib,shuncha sintezlanadi. 100 g oqsil toʻliq energiya uchun parchalanib ketadi. Shuning uchun insonning oqsilga sutkalik ehtiyoji 100-120 g dir. Turli azolarda almashinish muddati turlicha hisoblanadi:
•jigar, ichak, pancreasda – 10 kunda
•gormon, fermentlar – soat yoki daqiqalarda
•kollogen, elastin – 300 kun va undan koʻp
•gemoglobin,teri,mushak oqsillari- 100 kunda
•plazma globulinlari- 20kunda
Ekzogen oqsillar organizmga oziq-moddalar tarkibida qabul qilinadi va hazmlanib, organizmga oʻzlashtiriladi.
Oqsillar almashinuv dinamikasi:
Slayd 8
Oqsillarning oshqozondagi hazmi:
Oqsillarning fermentativ hazmi meʼdada boshlanadi. Bunga kattalarda Pepsin,Gastriksin, chaqaloqlarda Rennin fermentlari yordam beradi. Ular meʼda boʻshligʻiga Pepsinogen,Progastriksin va Prorennin holida tushadi va keyin faollanadi. Bu fermentlar oshqozon devoridagi BOSH hujaryalardan sintezlanadi.
Parietal hujaryalar esa HCl va vitamin B12 soʻrilishida muhim boʻlgan Ichki Kasl omilini ishlab chiqaradi.
Slayd 9
Fermentlar Ishlashi:
Pepsinogen – pepsinga aylanib faollanadi. U pH=1,25-2,5 boʻlsa yaxshi ishlaydi, Oqsillardagi alanin-alanin va alanin-serin peptid bogʻlarini uzadi(Endopeptidaza) Oshqozonda quyidagi yoʻllar bilan faollanadi:
Progastriksin- HCl taʼsirida gastriksinga aylanib faollanadi. U pH=3,5-4,5 boʻlsa yaxshi ishlaydi va Endopeptidaza hisoblanadi.
Kislota tabiati kuchli ovqatlar(goʻsht va boshqa) isteʼmol qilinsa Pepsin, asos tabiati kuchli ovqatlar(oʻsimlik mahsulotlari) isteʼmol qilinsa Gastriksin yaxshi ishlaydi. Ular mos ravishda 4:1 nisbatda sintezlanadi. Oshqozon yarasi kasalligida nisbat Pepsin tomonga kuchli siljiydi, Atrofik gastritlarda gastriksin tomonga siljiydi.
Prorennin- HCl taʼsirida Renninga aylanib faollanadi. U faqat chaqaloqlarda bor va sutni ivitishda va hazmlashda zarurdir
Slayd 10
Meʼdadagi hazmlanish regulatsiyasi:
Ogʻizga ovqat tushganda soʻlak ajratuvchi Parasimpatik oʻzaklar aktivlashadi. Bunda 1-dan soʻlak ajralishi kuchayadi, 2-dan N.Vagusning parasimpatik tolalari orqali Meʼdaga impulslar keladi. U Bosh va Parietal hujaryalardagi M3-xolineretseptorlarni(Gq-proteinli) aktivlaydi. Bunda Oshqozon sekretsiyasi kuchayib hazmlanish stimullanadi.
Bundan tashqari Meʼdaga ovqat tushganda mahalliy Gistamin va Gastrin gormonlari chiqib oshqozon sekretsiyasini stimullaydi.
Simpatik nerv sistemasi aktivlashganda meʼdadagi alfa-2 adrenergik retseptorlar(Gi-proteinli) qoʻzgʻalib oshqozon sekretsiyasini ingibirlaydi. Shu sababli jahl chiqqanda ishtaha pasayadi.
Slayd 11
Xlorid kislota ahamiyati:
Kuchli kislotali muhit yaratadi
Antibakterial xususiyatga ega
Oqsillarni denaturatsiya qiladi
Pepsinogenni faollaydi
Xlorid kislota sintezi:
Slayd 12
Normada me’da Umumiy kislotaligi 40-60mmol/l boʻladi.
Erkin Xlorid kislota esa 20-40mmol/l boʻladi.
•Giperxlorgidriya- kislotalik oshishi. Giperasid gastrit va meda yarasi kasalligida kuzatiladi
•Gipoxlorgidriya- kislotalik kamayishi. Atrofik gastrit boshlanishida kuzatiladi.
•Axlorgidriya- HCl umuman yoʻqligi. Atrofik gastrit va meʼda rakida kuzatiladi.
•Axiliya- HCl va barcha Oshqozon fermentlarining sintezlanmasligi. Me’da rakida kuzatiladi.
Giperasid gastrit koʻp uchraydi, bunga sabab asosan Helicobacterium Pylori va boshqa holatlardir. Bunda HCl ni kamaytirish uchun Proton Pompasi ingibitorlari beriladi(masalan OMEPRAZOL, PANTOPROZOL)
Slayd 13
Vaziyatli masalalar:
47 yoshli erkak to’rt kundan beri yoʻqolmagan isitma, qorin og’rig’i va qayt qilish shikoyatlari bilan Shifoxonaga keldi. Kasallik tarixida gipertenziya va 2-toifa qandli diabet aniqlangan. Nosteroid yallig’lanishga qarshi dorilar va alkogol qabul qilmagan. Qabul qilinganida bemorda taxikardiya aniqlandi -122 ta/min. Obyektiv koʻrikda epigastral sohada ogʻriq aniqlandi. Qon analizida Leykotsitlar 30,3 ming/ml chiqdi(normada 6-9 ming) chiqqan, betta-Gemolotik Streptokokli bakteremiya aniqlangan. EGDS da va kontrastli KT da quyidagi natija olingan:
Sizning dastlabki tashhisingiz va taktikangiz?
Slayd 14
Javoblar:
Bemorda diffuz flegmonoz gastrit.Diabet tufayli immunitet pasayganligi uchun betta-gemolitik streptokok uchun sharoit yaralgan. Ular kamdan-kam hollarda boʻlsa ham Oshqozon shilliq osti qavatida kuchli bakteriyal yalligʻlanish chaqiradi. Bemorda meʼda devoridagi yiring drenaj qilinib, keyin meʼdani rezeksiya qilish va qoʻshimcha 10 kun davomida streptokokka taʼsir qila oladigan penitsillin qatori Antibiotiklari buyuriladi.
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.