O‘qituvchining-ta’lim-jarayonidagi-mahorati

Slayd 1

O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati

Slayd 2

Reja:
1. Hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik faoliyati.
2. Dars – ta’lim jarayonining asosiy shakli.
3. Ta’lim jarayonida o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar va ijodiy kayfiyatni boshqarish.
4. O‘qituvchining ta’lim jarayonida kasbiy omilkorligi.
5. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi.

Slayd 3

Hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik faoliyati
O‘qituvchi – pedagogik va psixologik jihatdan o‘z ixtisosligi bo‘yicha maxsus ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga boy, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir.

Slayd 4

Didaktik qonuniyatlar!
Hozirgi kunda o‘qituvchining pedagogik mahoratida “bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash” kabi didaktik qonuniyatlar ta’lim berishning muhim kategoriyalari sifatida e’tirof etilgan

Slayd 5

yangi axborotni o‘zlashtiradi
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis
yangi bilimlarni izlab topadi
03
o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi
04
davr talablarini chuqur anglaydi
qayta ishlaydi
va amaliyotda qo‘llaydi

Slayd 6

1. Psixologik kompetentlik
Maxsus kompetentlik sifatlari
5. İnnovatsion kompetentlik
2. Metodik kompetentlik
3. İnformatsion kompetentlik
4. Kreativ kompetentlik
6. Kommunikativ kompetentlik

Slayd 7

Dars – ta’lim jarayonining asosiy shakli

Slayd 8

Zamonaviy didaktikada darsning quyidagi turlari ajratib ko‘rsatilgan:
Aralash darslar;
Yangi materiallar bilan tanishish darslari;
Bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darslari;
O‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari;
Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
Bilimlarni tekshirish darslari;

Slayd 9

Pedagogik texnika
O‘qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir.

Slayd 10

Aralash (kombinatsiyalashgan) darslar
yoki murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ushbu dars jarayonida o‘qituvchi quyidagi kombinatsiyani qo‘llashi mumkin: uy vazifalarini tekshirish va o‘quvchilar bilan savol-javob, yangi materialni o‘rganish, bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa berish.

Slayd 11

Yangi materiallar bilan tanishish darsi
Yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (o‘rganish) darsida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning mustaqil ishlari olib boriladi, o‘qituvchi darsning tuzilishi va olib borilishini quyidagicha ta’minlaydi: yangi materialni o‘rganish uchun asos bo‘lgan avvalgi materialni takrorlash, o‘qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tekshirish va mustahkamlash, uyga vazifa berish.

Slayd 12

Bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darsi
O‘qituvchi asosiy e’tiborni o‘rganilgan mavzularni takrorlash tarzida mashg‘ulot olib borishga qaratadi. Tuzilishi bo‘yicha bunday darslarni o‘qituvchi quyidagi bosqichda tashkil etadi: o‘quvchilarning bilish qobiliyatini va tafakkurini tekshirish, og‘zaki va yozma mashqlarni bajarish, topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish, uyga vazifa berish.
ESPAÑOL

Slayd 13

O‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslarida bevosita o‘qituvchi rahbarligida o‘rganilgan o‘quv materiallaridan murakkab savollarni takrorlash va tizimlashtirish asosida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarning mavjud kamchiliklari to‘ldiriladi va o‘rganilayotgan yangi mavzuning muhim g‘oyalari ochib beriladi. O‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslarini o‘qituvchi o‘rganilgan mavzuning, bo‘lim yoki o‘quv kurslarining yakunida o‘tkazadi.
O‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari

Slayd 14

Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darsi egallangan bilimlarni o‘quvchilar tomonidan mustahkamlash hamda amaliyotda qo‘llay olish bilan bog‘liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslarda amalga oshiriladi. Yangi mavzularni o‘rganishda davom ettiriladi. Bunda o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarning nazariy bilimlar asosida egallagan malaka va ko‘nikmalarini, hayotiy amaliyotlarida turli vaziyatlarda qo‘llashni o‘zlashtirib olishlarini nazorat qilishdan iborat.
Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darsi

Slayd 15

Bilimlarni tekshirish (nazorat) darsi
Bilimlarni tekshirish (nazorat) darsida o‘qituvchi o‘quvchilarning fanlar yuzasidan o‘zlashtirgan bilimlarini egallash, ko‘nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini, o‘quv materiallarining o‘zlashtirishdagi kamchiliklarini aniqlash, navbatdagi topshiriqlarni bajarish yo‘llarini belgilab olishiga yordam beradi.

Slayd 16

Tarbiyaviy
1
Ta’limiy
Rivojlantiruvchi
Bilimlarni tekshirish (nazorat) darsida
2
3

Slayd 17

Ta’limiy talablar
Ta’limiy talablar har bir darsning ta’limiy vazifalarini aniq belgilash, darsni turli axborot vositalari bilan boyitish, yangi o‘rganilayotgan mavzuni ijtimoiy hayot bilan, turmush tarzi bilan bog‘lab mazmunan boyitish va optimallashtirish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, darsni yuksak pedagogik mahorat talablari asosida o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.

Slayd 18

Tarbiyaviy talab
Tarbiyaviy talablardan asosiy maqsad, dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan yangi o‘quv materiali asosida egallangan bilimlardan tashqari uning tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tirishqoqlik, tartiblilik, intizomlilik, erkin fikr yuritish, qobiliyatlilik, halollikni shakllantirishdir.

Slayd 19

Rivojlantiruvchi talablar
Rivojlantiruvchi talablar dars jarayonida o‘qituvchi o‘z imkoniyatlarini o‘quvchilarda o‘quv-bilish faoliyatining ijobiy sifatlariga nisbatan qiziqishni oshirishga, ijodiy tashabbuskorlik va faollikni rivojlantirishga hamda o‘quvchilarning mudroq qobiliyatlarini uyg‘otishga, ong va tafakkurlarini dars jarayonida shakllantirishga qaratadi.

Slayd 20

Zamonaviy ta’lim o‘qituvchidan quyidagi vazifalarni e’tiborga olishni talab qiladi:
O‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng so‘nggi bilimlardan xabardor bo‘lib borish, ta’limni pedagogik texnologiyalar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib amaldagi o‘quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi;

Slayd 21

Ta’limda o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib o‘z mahoratini, bilimini va qobiliyatini namoyish etishi;
O‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan xolda, ular tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirilishiga sharoit yaratish;

Slayd 22

O‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorlikni ta’minlash;
Ta’limni tarbiyaviy jarayon bilan o‘zaro aloqadorligi asosida shaxsni kamol topishini faollashtirish;
O‘quv faoliyatning barcha bosqichlarida ta’limning emotsionalligini ta’minlash;
4
5
6

Slayd 23

Kompyuter va axborot texnologiyalari asosida fanning eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lib borish;
Ta’limda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari, fikrlash va faoliyat turlarini boyitish maqsadida ular ruhiyatini doimiy o‘rganib borish;
Har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.

Slayd 24

Ijodiy kayfiyat
Ijodiy kayfiyat – o‘qituvchining ruhiy holatini bir maromda ushlab turuvchi, kasbiy jihatdan ijodkorligini ta’minlovchi, kasbiy xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatuvchi, o‘quvchilar jamoasiga tez kirishib ketishini ta’minlovchi vositadir.

Slayd 25

Ijodiy kayfiyatni ta’lim jarayonida shakllantirishning ba’zi vositalari:
Yangi o‘rganilayotgan o‘quv mavzusidan o‘z ijodiy kayfiyati uchun vositalar qidirish.
Sinf o‘quvchilari bilan bo‘layotgan har bir muloqotdan ijodiy kayfiyat uchun motivlar topa olish.
His tuyg‘u va kechinmalarini yaxshilikka, ijodiy kayfiyatga yo‘naltira olish.

Slayd 26

O‘qituvchi o‘zini boshqarishi:
– O‘quvchilarning nojo‘ya xatti-harakatlariga doimiy e’tibor bermaslik va qulay vaziyatda rasmiy, ta’sirchan tanbeh berish.
– Dars jarayonida aslo g‘azablanmaslik, o‘quvchilar kulgisini achchiq so‘z bilan to‘xtatmaslik, aksincha to‘g‘ri qabul qila olish.
– Dars jarayonida muloyimlik, mehr shafqatli bo‘lish ulkan pedagogik yutuqlar kaliti ekanligini unutmaslik.
– Doimiy jiddiylik va asabiylashish, asab va yurak tizimini tez charchatishini unutmaslik.

Slayd 27

Pedagogik mahorat bilimini ta’minlovchi xususiyatlar

Slayd 28

Bazaviy bilim
Kasbiy pedagogik tayyorgarlik:
– asosiy fanlar;
– o‘qitish metodikasi;
– falsafiy bilimlar;
– pedagogik bilimlar;
– psixologik bilimlar;
– pedagogik axloq.
Metodologik bilim
Falsafiy, umumilmiy va aniq fanlar darajasiga mos keluvchi metodologik bilimlarni, ta’lim muammolarini, integral, faoliyatga taalluqli bilimlarni mustaqil yondashuv asosida o‘zlashtira olish qobiliyati.

Slayd 29

O‘qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
Rejalashtirish
Tashkil etish
O‘quv harakatlari
1
2
3

Slayd 30

Rejalashtirish
bosqichi kalendar-tematik yoki darslarning rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ijodiy faoliyat lozim bo‘ladi. O‘qituvchi mustaqil ravishda o‘quvchilarning tayyorgarliklari darajasini, ularning o‘quv imkoniyatlarini, moddiy baza holatini, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini ishlab chiqishi kerak.

Slayd 31

Tashkil etish
O‘quvchilarga dars o‘tish faoliyatini tashkil etish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga o‘rganilgan mavzu asosida o‘quv masalalarini qo‘yishi va uni bajarishi uchun imkoniyatlar yaratishi lozim.

Slayd 32

O‘quv harakatlar
Bilim olishning yana bir komponenti o‘quv harakatlari sanalib, ular belgilangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O‘quv harakatlari o‘quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinishda bo‘ladi.

Slayd 33

O‘qituvchining ma’lum bir fan asosida darsga tayyorgarlik ko‘rishida quyidagi uchta bosqich muhim ahamiyatga ega: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish).

Slayd 34

O‘qituvchining tashxislashida o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
1

Slayd 35

Bashoratlash o‘qituvchi tomonidan bo‘lajak darsni samarali tashkil etilishining turli variantlarini tanlab olib baholash va qabul qilingan mezonlarga muvofiq darsni tashkil etishning eng ma’qul variantini tanlab olish va qo‘llashdir.
2

Slayd 36

Loyihalashtirish (rejalashtirish) o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, o‘qituvchi o‘zi uchun boshqarish jarayoni (kimdan va qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish)ni belgilab olishga imkoniyat beruvchi faoliyatdir.
3

Slayd 37

Slayd 38

Slayd 39

“3D” metodi

Slayd 40

3 tomonlama o‘rganish
3D metodi
Nimani o’rgandim?
Menga foydasi qanday?
Kimga o‘rgataman?
1
2
3

Slayd 41

Slayd 42

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar