O‘qituvchi psixologiyasi
5000 so'm

=== Taqdimot: O‘qituvchi psixologiyasi.pptx ===
=== Slayd 1 ===
O‘qituvchi psixologiyasi
=== Slayd 2 ===
O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
O‘qituvchining shaxsiy xislatlari.
O‘qituvchining bilimi va o‘z kasbiga xos xislatlari.
O‘qituvchining tashkilotchilik va kommunikativ malakalari.
Pedagogik qobiliyatlar.
Reja:
=== Slayd 3 ===
O‘qituvchi psixologiyasi – bu ta’lim jarayonida o‘qituvchi shaxsining psixologik holati va xususiyatlarini o‘rganishdir. Ushbu soha o‘qituvchining hissiy, kognitiv va motivatsion jarayonlarini chuqur tushunishga yordam beradi. O‘qituvchining psixologik barqarorligi ta’lim sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
=== Slayd 4 ===
Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lishi kerak va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
=== Slayd 5 ===
O‘qituvchi maktabning pedagogik jamoa a’zosi sifatida maktab hayoti faoliyatini uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi.
=== Slayd 6 ===
O‘qituvchi oldiga qo‘yilgan asosiy talablar:
O‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lish
Shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalash
Turli bilimlardan xabardor bo‘lish
Ta’lim va tarbiya metodikasini egallash
Psixologiya sohalari doirasida chuqur bilimlarga ega bo‘lish
O‘z ishiga ijodiy yondashish
01
04
02
05
03
06
=== Slayd 7 ===
O‘qituvchi oldiga qo‘yilgan asosiy talablar:
Bolalarni bilish, ularning ichki dunyosini tushuna olish
Pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limninig ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lish
O‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borish
07
08
09
=== Slayd 8 ===
Psixologlardan N.V.Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin, R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar o‘qituvchilik kasbini atroflicha o‘rganib, batafsil ko‘rsatmalar berish imkoniyatini yaratdilar.
=== Slayd 9 ===
O‘qituvchining shaxsiy xislatlari:
bolalarni yaxshi ko‘rish, ularni sevish;
amaliy-psixologik aql-farosatlilik;
mehnatsevarlik;
jamoat ishlarida faollik;
mehribonlik, kamtarlik, odamiylik, dilkashlik;
uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo‘lish;
o‘z bilimlarini oshirishga intilish.
=== Slayd 10 ===
Kasbiga xos bilimlari:
hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallanganligi;
maktab yoshidagi bolalarning psixologik pedagogik xususiyatlarini tushunish;
o‘z fanini o‘qitish metodikasini bilish;
o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilish.
ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunish;
psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilish;
etnopsixologik bilimlarni egallash;
hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilish;
=== Slayd 11 ===
O‘z kasbiga xos xislatlari:
o‘qituvchining kuzatuvchanligi;
o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi;
pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi;
o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘la olishi;
o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi;
pedagogik takt;
nutqning emotsional ifodalanishi.
=== Slayd 12 ===
O‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olish
Pedagogik vazifalarni shakllantirish
Shaxsiy-pedagogik uddaburonligi:
Dars mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilish
Bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoliyatini rejalashtira bilish
O‘quv maqsadlarini rejalashtira olish
O‘zini talim-tarbiya ishlariga tayyorlash tizimni rejalashtira olish
=== Slayd 13 ===
Tashkilotchilik malakalari:
Bolalar jamoasini uyushtira bilish;
Turli sharoit va vaziyatlarda bolalar jamoasini boshqara olish;
Bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olish;
Bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo‘llay olish.
=== Slayd 14 ===
Kommunikativ malakalari:
bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o‘zaro munosabatlarini tartibga solishni bilish;
bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog‘lashni bilish.
– bolalarii o‘ziga jalb etishni bilish;
– bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilish.
=== Slayd 15 ===
Gnostik malakalari:
bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilish;
o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olish;
boshqa o’qituvchilarning tajribalarini o‘rganib, undan nazariy va amaliy tomondan to‘g‘ri xulosa chiqara olish;
psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilish;
o‘quvchilarni to‘g‘ri tushunib, ularning xulq-atvor sabablarini tushuntirishni bilish.
=== Slayd 16 ===
Ijodiy xislatlari:
pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish;
o‘quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati;
o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yib, bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olish;
o‘quvchiga pedagogik ta’sir natijalarini oldindan ko‘ra bilishga intilish.
=== Slayd 17 ===
Pedagogik qobiliyat – o‘qituvchining pedagogik faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishidir.
=== Slayd 18 ===
Bolaga o‘quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg‘otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg‘ota olish qobiliyatidir.
Didaktik qobiliyatlar
=== Slayd 19 ===
Akademik qobiliyatlar
Matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir.
=== Slayd 20 ===
Perseptiv qobiliyatlar
Psixologik kuzatuvchanlik, o‘quvchi shaxsining individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish, o‘quvchining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog‘liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.
=== Slayd 21 ===
Nutq qobiliyati
Kishining o‘z tuyg‘u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir.
=== Slayd 22 ===
Tashkilotchilik qobiliyati
O‘quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va o‘zining shaxsiy ishini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir.
=== Slayd 23 ===
Kommunikativ qobiliyat
Bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, o‘quvchilarga yondashish uchun to‘g‘ri yo‘l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
=== Slayd 24 ===
Avtoritar qobiliyat
O‘quvchilarga bevosita emotsional – irodaviy ta’sir etib, ularda obro‘ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir.
=== Slayd 25 ===
Pedagogik xayol
Kishining o‘quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda o‘z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladigan qobiliyat.
=== Slayd 26 ===
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati
Bu qobiliyat bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‘lib, o‘qituvchi ishida g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
=== Slayd 27 ===
«O‘qituvchi – deydi Al Farobiy, – aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur». U o‘z fikrini davom ettirib: «O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlamog‘i, adolatli bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi», deb ta’kidlaydi.
=== Slayd 28 ===
Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi mehnatini xolisona baholab: «Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi“.
=== Slayd 29 ===
Nasiriddin Tusiy o‘zining «O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida» degan asarida shunday deydi: «O‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchining o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin“.
=== Slayd 30 ===
Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:
Pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos jihatlari bilan ma’lum qila oladi
Modellashtirilgan tizimli faoliyat va o‘quvchilar xulq-atvori xususiyatlarini anglay oladi
Pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga yetkazib bera oladi
O‘qituvchi fanning ma’lum bir bo‘limi bo‘yicha malakalar strategiyasini egallaydi
O‘qituvchi o‘quvchilarda fan malakalarini shakllantirishning yo‘l-yo‘riqlarini biladi
01
02
03
04
05
=== Slayd 31 ===
O‘quv faoliyatini idora qilish uchun quyidagi jabhalar ishtirok etishi shart:
Tafakkurning mustaqilligi
O‘quv materialining tez va puxta o‘zlashtirilishi
O‘quvchilardagi aqliy topqirlik
Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyat mohiyatiga chuqur kirib borish
Fikrlashda tanqidiylik,
ijodiylik va boshqalar
=== Slayd 32 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.