- Savatga boshqa "Nafas olish sistemasi tuzilishi" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
O‘qituvchi-murabbiyning kasbiy-pedagogik funksiyalari
8000 so'm

Slayd 1
O‘qituvchi-murabbiyning ko‘p qirrali kasbiy-pedagogik funksiyalari.
Slayd 2
Reja:
O‘qituvchi-murabbiy kasbini tanlashning biopsixologik va ijtimoiy-pedagogik asoslari
O‘qituvchi-murabbiyning kasbiy-pedagogik faoliyatini nazorat qilish va baholash shakllari
Slayd 3
Kasbga o‘rgatish tamoyillari
Murabbiylik kasbini o‘rgatib bo‘lmaydi, ushbu kasbda faqat o‘rganish mumkin! (Xalq maqoli)
Slayd 4
Jadal o‘zgarib borayotgan jamiyat oliy o‘quv yurti bitiruvchilariga katta talablar qo‘ymoqda. Jamiyatda zamonaviy hayot sharoitlarida faoliyat yurita oladigan, yuqori kasbiy layoqatga ega mutaxassislarga talab kuchaymoqda. Bozor munosabatlari mutaxassislar orasidagi raqobatni kuchaytirmoqda. Sportchi muvaffaqiyatga erishish va hayotda o‘z o‘rnini topish uchun o‘z ishining ustasi bo‘lishi lozim. Biroq raqobat mahoratni egallashning yagona rag‘bati bo‘lmasligi kerak. Bunda kasbga, ijodiyotga, o‘z-o‘zini rivojlantirish va namoyon etishga qiziqish muhimroqdir. Oliy o‘quv yurtida tanlangan kasb bo‘yicha mahoratga erishishning eng muhim dastlabki bosqichi bo‘lib, zaruriy kompetensiyalarni egallash kasbiy o‘sishning asosi hisoblanadi.
Slayd 5
Talabalarni o‘qitishda yuqori samaradorlikka erishish uchun bir qator umumiy qonuniyatlardan foydalanish zarur. Ularni, muayyan darajada, tamoyillar sifatida belgilash mumkin. Ular pedagogikaning umumiy didaktik tamoyillari bilan birgalikda kasbni egallashda yuksak natijalarni ta’minlaydi. Ularning har biri mahoratning muhim layoqatlarini shakllantiradi.
Slayd 6
Muammoli o‘qitish tamoyili. Talabalar tomonidan oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilangan ko‘plab layoqatlarni egallash vazifasini belgilaydi. Uning mohiyati keng ma’noda o‘quv dasturi mavzulari bo‘yicha mavjud materialni o‘rganishni taqozo etadi.
Bugungi chegara insonning haqiqatga, mavjud ziddiyatlarni aniqlashga yaqinlashuvida, farazlarni, turli nuqtai nazarlarni baholashda, hali o‘rganilmagan yo‘nalishlarni aniqlashda ko‘rinib, aynan bilish muammosini tashkil etadi. Ularning hal etilmaganligi, bir tomondan, voleybol nazariyasi va amaliyotining rivojlanish jarayonlarini cheklaydi, ikkinchi tomondan esa, haqiqatni izlovchilarga bilish yo‘llarini ko‘rsatadi. Mavjud bilimlardagi muammolarni aniq ko‘rsatib berish muammoli o‘qitishning mohiyatini tashkil etadi.
Slayd 7
Bunda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar mazmuni bilan cheklanib qolish mumkin emas. Boshqa ilmiy va uslubiy adabiyotlarni ham o‘rganish, turli yo‘nalishdagi mutaxassislarning ma’ruzalarini, olimlarning anjumanlardagi ma’ruzalarini ham eshitish lozim. Darslarni olib boruvchi o‘qituvchilar talabalarga katta yordam ko‘rsatishlari mumkin. Talabaning bilim olishga, mutaxassislik layoqatini egallashga intilishi belgilovchi holat hisoblanadi.
Zamonaviy voleybol nazariyasi va uslubiyati muammolarini tushunish, yosh mutaxassislarga mavjud bilimlarni obyektiv baholash, ularning kasbiy mahoratni takomillashtirishning samarali yo‘llarini izlashlari va shu jumladan, ushbu muammolarni hal etish jarayonida yangi yo‘llarni topishga imkon beradi.
Slayd 8
Obro‘-e’tiborga tegishlicha (samarali yoki yetarlicha) tayanish tamoyili. Qadimiy naqllardan biri bo‘lgan «O‘zingga namuna yaratma» degan qoidani har kuni tatbiq etishdan boshlash lozim. Bu bilish va o‘zini anglash jarayonini buzuvchi tashqi obro‘-e’tiborlarga haddan ortiq ta’zim qilishga yo‘l qo‘ymaslikni anglatadi. Aks holda qandaydir shaxsning obro‘li nazariyasi yoki umum qabul qilgan ko‘rsatmalar ta’siriga tushib qolishi mumkin. Ular yaratuvchi, mustaqil izlanishga qodir kishi tadqiqotchini faqatgina qayta ijro etuvchi kishiga aylantirib qo‘yadi. Bunday holda murabbiylik mahoratining o‘sishi va bo‘lg‘usi mutaxassislarning kasbiy yutuqlariga erishishi dargumondir.
Mashhurlikni so‘zsiz tan olish tarbiyalanuvchining o‘z kuchiga ishonmaslikka, ko‘r-ko‘rona ishonish va bo‘ysunishiga olib keladi. Bu esa voyaga yetgan bolaning bolalarcha roli bo‘lib, unga tashqi rahbarlik talab etiladi. Bu hodisa kuzatilgan mashhurlik ta’siridan ajralganidan so‘ng o‘z-o‘zidan yo‘qoladi, deb o‘ylash xatodir.
Slayd 9
Tarbiyalanuvchi bo‘ysunish jarayonida mashhurlikka emas, balki o‘zining psixoemotsional holatiga «bog‘lanib» qoladi, bu esa boshqa nufuzlilarni izlashga va ularga taqlid qilishga majbur qiladi. Afsuski, ushbu tarzdagi xulq-atvor (aralashma, boshqalar kabi bo‘l deyish) bizning jamiyatimizda mustaqil va erkin nuqtai nazar vakillariga emas, balki vaziyatga moslashuvchilarga ijtimoiy muvaffaqiyatni ta’minlab beradi.
Shu bilan birga barcha mashhurlarni mutlaq inkor etish ham yaxshilikka olib kelmaydi. Agar velosiped mavjud bo‘lsa, uni ixtiro qilish emas, balki unda yurishni o‘rganish shart, keyinchalik esa vaqti-soati bilan uni takomillashtirishning samarali g‘oyalari paydo bo‘ladi.
Agar yoshlarga yuksak axloqiy va pedagogik sifatlarga ega, kasbiy faoliyatning barcha sir-asrorlarini o‘rgata oladigan, taqlid qilishga arziydigan o‘qituvchi duch kelib qolsa, bu juda katta yutuqdir.
Slayd 10
Bunday imkoniyatni yoshlar qo‘ldan chiqarmasligi kerak. Biroq, nufuzlilar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘zaro qaramlik darajasigacha olib borish ham kerak emas. Bu insonni bo‘shashtiradi, uning barqarorligini pasaytiradi, shaxsning muhim tamoyillarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Mashhur shaxslarga so‘zsiz ishonishga yo‘l qo‘ymaslik kerak, tez-tez ikkilanib «Nega?», «Bu haqiqatdan ham shundaymikan?» degan savollar qo‘yilishi lozim. O‘rnatilgan va belgilangan ko‘rsatmalar, nazariya va usullarga nisbatan asosli ikkilanishlar bilish jarayonini sog‘lomlashtiradi va shaxs shakllanishi hamda yosh mutaxassislarning kasbiy mahorati o‘sishini tezlashtiradi. Aks holda, mustaqil bo‘lmaslik va o‘ziga ishonmaslik kelajakda ularni quruq ijrochilarga aylantirib qo‘yadi.
Slayd 11
Nufuzli shaxslardan ma’lum darajagacha foydalanish ham foydali, ham samaralidir. Biroq ularning xomxayoldan iborat qadriyatlariga berilmaslik uchun mavjud kishilardan o‘tib ketishga intilish, imkon qadar ulardan barcha yaxshi tomonlarni olish, ularga hurmat bildirish lozimdir. Faktlar, haqiqatlar, sababiy aloqadorlik muhimligiga e’tibor qaratishni asta-sekin o‘rganish, o‘z aqliga ishonish kerak. Shundagina bu vaziyat sermahsul bo‘ladi. Nufuzni inkor etish ham mumkin emas – bu bilan ko‘p narsani yo‘qotish va salbiy oqibatlarga – bir joyda turib qolish, o‘z fikriga yuqori baho berish, muvofiq kelmaslikka olib kelishi mumkin.
Slayd 12
Ijodiy o‘qish tamoyili. Bu talabalarda ijodiylikni shakllanishi, ijodiy usul bilan ularda yaratuvchilik qobiliyatlarini rivojlantirishni taqozo etadi. Bu tamoyil dogmatik (qotib qolgan, o‘zgarmas) o‘qishga, ta’lim tizimida keng tarqalgan «eslab qoldim-yodladim-topshirdim-unutdim» formulasiga teskari jarayon hisoblanadi.
Talabalarda ijodiy tafakkur erkinligi bo‘lmasa, o‘zlari nimanidir aniqlashga urunishmasa, mustaqil baholanishmasa, oxir-oqibatda esa ikkilanish va o‘zgacha fikrlash paydo bo‘ladi. Ana shu joyda muammoli o‘qitishning «maktab» usuli – o‘quv topshiriqlarini mustaqil ijodiy bajarish usuli ish berishi mumkin.
Slayd 13
Ijodiy qayta ishlash va ularni tizimli holda saralashga urinishda talabalar oladigan bilim murabbiyning kelgusi ishlarida sezilarli yordam bo‘lishi mumkin. Agar yangi bilim va tajribaning ijodiy birlashuvi yoshlikda shakllanmasa, unda kelajakda kasbiy o‘sishda katta to‘siqlar paydo bo‘ladi. Axir, g‘ijjakka ega bo‘lish, uni chala olish degani emas.
Slayd 14
Boshqa tajribadan ko‘r-ko‘rona nusxa olish besamardir, nusxa doimo asl holdagidan ko‘ra xiraroq va oxir-oqibat masxarali chiqishi mumkin. Ma’lumotlar miqdorini ko‘paytirish natijasida mahoratning o‘sishi turg‘unlik bilan almashadi. Yangi bilim, faktlar va mashq usullari o‘yinchilarni tayyorlash uslubida o‘z aksini topishi kerak.
Slayd 15
Uni qayta ishlash va yaratuvchilik qobiliyati bilan takomillashtirish mumkin. Ijodiy mehnatning o‘zi – inson rivojlanishi genetik dasturini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biridir. Har qanday rivojlanish jarayoni ijodiy yondashuv asosidagina amalga oshadi. Har qanday mehnat ijodkorlik bilan bajarilganda samara beradi. Ijodkorlik faoliyatga qiziqish bilan, qiziqish esa muvaffaqiyat bilan rivojlantiriladi: «Men uddalayapman» deya olish kerak.
Anatol Frans «Bilimni hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish kerak», deb hisoblagan. Har qanday fanning har bir darsida qo‘yilgan aniq vazifalarni hal etish va uy vazifalarini bajarish muvaffaqiyat garovidir.
Slayd 16
Ilmiylik tamoyili. Oliy o‘quv yurtlarida ta’limning o‘rganilayotgan tamoyillaridan aksariyatini ilmiy yondashuvsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ilmiylik tamoyili talabalarning ilmiy dunyoqarashi, takomillashuv yo‘llarini samarali izlash, ularning tadqiqotchilik qiziqishlarini faollashtirishni ta’minlovchi tafakkur va bilim usullari shakllanishini taqozo etadi. Aynan bilishdagi ilmiy yondashuv ma’lumotlarning, olinadigan bilimlar haqiqiyligi to‘g‘risidagi savollarga to‘g‘ri javob berish imkonini beradi. Haqiqatni aniqlash masalalarida tafakkurning qat’iyligi, o‘rganuvchining jiddiy munosabati, yosh mutaxassislarni ancha chuqurroq anglashi, hodisalar mexanizmini bilish va olingan bilimlarni haqiqiylik mezonlari asosida baholashda qo‘l keladi.
Slayd 17
Mashhur sportchilar xulosalari va umum qabul qilgan e’tiqodlarga tayanib qolmasdan, sababli asoslardan kelib chiqib, aqlga tayangan holda fikrlardan foydalanish lozim. Tanqidiy fikrlash, ikkilanish, «Qanday?», «Nima uchun?», «Nega shunday, boshqacha emas?» kabi savollar berishni o‘rganish kerak, ya’ni tahliliy yondashuv, o‘rganilayotgan ma’lumotning kuchli va kuchsiz tomonlarini mustaqil baholay olish qobiliyatini shakllantirish zarur.
Agarda o‘qitishda asosiy o‘rinni isbotlash, sababiy asoslarni izlash ko‘nikmasi egallansa, unda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha to‘plangan bilimlarning cheklanganligi yaqqol ko‘rinadi, bilishdagi muammolar birdaniga namoyon bo‘ladi. Oliy o‘quv yurtida olingan bilim mutaxassis uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bu tayanch yetakchi bo‘lib, kelgusi ishlarda «Men kabi bajar» va «Bo‘laqol» degan ishonarsiz qoidalarga emas, qat’iy asosga tayanish shart.
Slayd 18
Kurs ishi va diplom ishlarini yozish, anjumanlar va davra suhbatlarida qatnashish, ilmiy adabiyotlarni o‘qish bo‘lg‘usi mutaxassislarda ilmiy yondashuvni shakllantirishga yordam beradi. Bu esa kasbiy sohada ilmiy yutuqlarga erishishga qiziqishni uyg‘otadi.
Agarda bo‘lg‘usi murabbiylar, mutaxassislarda ilmiy dunyoqarash, kasbiy va hayotiy muammolarni hal etishga ilmiy yondashuv shakllanmasa, ularning kasbiy o‘sish istiqbollari uncha yuqori bo‘lmaydi. Ular yuqori darajadagi ehtimollik bilan xomxayollar asiriga aylanadilar, har qanday nufuzni haqiqat deb qabul qiladilar, begona tajribadan chin dildan foydalanuvchilarga aylanadilar, umum qabul qilgan «haqiqat», namuna va xatolarni o‘zlashtiradilar. Bunday mutaxassislar murabbiylik yutuqlariga erisha olmaydilar.
Slayd 19
O‘qitish va o‘z-o‘zini tarbiyalashning birligi tamoyili. Oliy o‘quv yurtidagi fanlarni o‘qitish jarayonida bo‘lg‘usi murabbiylar uchun zarur bo‘lgan yuqori axloqli shaxs sifatlari shakllanishini taqozo etadi. Shaxsiy sifatlar kabi sof kasbiy sifatlar ham murabbiyga zarurdir. Ular ko‘p jihatdan, tarbiyalanuvchilar shaxsini shakllanishidan iborat bo‘lgan kasbiy faoliyat natijalarini belgilaydi. Yuqori axloqiy sifatlar murabbiylar va o‘yinchilar uchun zarur. Ushbu sifatlarsiz o‘yinchi shakllanmaydi, kuchli jamoa vujudga kelmaydi. Ayrim hollarda murabbiy va o‘yinchilarning barcha mehnati behuda bo‘lib qoladi. Bo‘lg‘usi murabbiylarda axloqiy sifatlarning shakllanishiga o‘ta kuchli e’tibor qaratish, o‘z-o‘zini tarbiyalash uchun barcha kuchlar safarbar etilishi zarur.
Slayd 20
Barcha turdagi bilimlarning o‘zaro aloqadorligi tamoyili.
Voleybol nazariyasi va uslubiyati bo‘yicha o‘rganilayotgan materiallarning oliy o‘quv yurtida o‘quv kursidagi boshqa fanlar bo‘yicha olinadigan bilimlar bilan mustahkam aloqadorligini o‘rnatishni taqozo etadi. Talabalar tomonidan olinadigan barcha ma’lumotlar natijada mantiqiy va o‘zaro qat’iy tizimga bog‘langan bo‘lishi lozim. Bu voleybolning o‘ziga xosligini, uning amal qilish mexanizmini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Ijodkor insonning butun umri olam manzarasini tuzish va aniqlashtirishga sarflanadi, uning doimiy kasbiy o‘sishining asosiy sharti ana shundadir. Shuning uchun, oliy o‘quv yurtida uning shakllanish mexanizmlarini egallashga intilish zarur.
Slayd 21
Nazariya va amaliyotning birligi tamoyili. Bu juda muhim tamoyil bo‘lib, olingan barcha bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati mutaxassislar mahoratini tez o‘sishiga yordam beradi va ta’lim shu nomli uslubiy yondashuvda kasb egasining deyarli eng asosiy layoqatini taqdim etadi.
Ushbu tamoyil asosan o‘quv-pedagogik amaliyoti, «Mutaxassislik» fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarda va talabalarning sport mahoratini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Agar talabalar yuqori kurslarda jamoa bilan (Bo‘Sm yoki OZKda) ishlay olsalar, kasb asoslariga o‘rgatish samaradorligi ancha yuqori bo‘ladi. Bunda o‘quv jarayoniga ko‘proq ongli munosabat shakllanadi, kasbga qiziqish oshadi, 14
O‘qituvchilarda kasbga doir savollar paydo bo‘ladi, ularning murabbiylik mahorati jadal o‘sadi.
Slayd 22
O‘qitishning mahsuldorligi tamoyili. Ushbu tamoyil olinadigan bilim va ko‘nikmalarni sermahsul darajada natija olish va foydalanish qobiliyatini ta’minlaydi. Yuqorida keltirilgan 3-4-6 va 7-tamoyillar ham u yoki bu darajada ro‘yobga chiqaradi. Agar bo‘lg‘usi mutaxassislar oliy o‘quv yurtida kasbiy faoliyatida foydalanish, o‘yinchilarni o‘qitish va tarbiyalashning yanada mukammal usullarini yaratish uchun bilimlarni, o‘z mahoratini oshirish uchun malaka va ko‘nikmalarni o‘rgangan bo‘lsalar, o‘qitish yetarlicha sermahsul bo‘ladi. Shaxs o‘sishga manfaatdor bo‘lganda bu bilim va ko‘nikmalar faol o‘zlashtiriladi. Bunday holda bilim hayot bilan taqqoslanadi, sermahsul fikrlashda ishtirok etadi, olam manzarasini yaratishga, mahoratning o‘sishiga yordam beradi. Faol bilimlar tafakkur jarayonini tezlashtiradi va fikrlashning vosita va predmetiga aylanadi. Bunda tabiiy holda o‘sib boruvchi o‘z kuchiga ishonish, fikrlash mustaqilligi, izlanuvchanlik ruhi, o‘qish, kasbiy o‘sishga intilish kabilarni shakllanishida yaxshi natija beradi.
Slayd 23
Uzluksiz o‘qitish tamoyili. Ushbu tamoyil mutaxassisdan butun kasbiy faoliyati davomida doimiy o‘qish-o‘rganishni nazarda tutadi. Bu quyidagi hollarda: talabaning o‘qishga, jumladan, mustaqil o‘qishga qobiliyatli bo‘lsa, o‘qish jarayonida o‘zi o‘rgangan, o‘zi tushungan, o‘zi yaratgan taassurot tug‘ulsa, uzluksiz o‘qitish tamoyilini amalga oshirish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha vazifa muvaffaqiyatli hal etilgan deyish mumkin. Bunga shakllantirilayotgan ilmiy dunyoqarash, kasbiy o‘sishga qiziqish, olinayotgan ma’lumotlarni ijodiy qayta ishlash ko‘nikmasi va uning asosida o‘z mashq uslublarini takomillashtirib borish yordam beradi. Demak, oliy o‘quv yurtida murabbiy mahoratini shakllantirishning eng muhim vositasi – bu sport maydonidir.
Slayd 24
Voleybol bo‘yicha mutaxassis-murabbiyga qo‘yiladigan talablar
Jamoani yuqori sport natijalariga erishishida o‘qituvchi va tarbiyachi sifatida murabbiy shaxsining ahamiyati yuqoridir. Murabbiyning kasb mahorati va uning shaxsiy sifatlari zamonaviy sportda muvaffaqiyatga erishishning muhim shartidir. Murabbiylik ishi samaradorligi, kasbiy majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarilishi murabbiyning ko‘plab tayanch va o‘ziga xos qobiliyatlari (layoqatlari)ning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Voleybol bo‘yicha murabbiyning barcha qobiliyat va sifatlarini kasbiy va shaxsiy sifatlarga bo‘lish mumkin. Unisi ham, bunisi ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning mahoratlilik darajasini belgilaydi.
Slayd 25
Murabbiyning kasbiy qobiliyatlari va sifatlari
Layoqatlilik – murabbiyning mahoratini tashkil etuvchi layoqatlar to‘plamidir. Layoqatlilik samarali murabbiylik ishi uchun zarur bo‘lgan barcha bilimlar majmuasini asosli va chuqur egallashni nazarda tutadi. Layoqatlilik deganda voleybol nazariyasi va uslubiyatlarini chuqur tushunish, anatomiya, fiziologiya, sport tibbiyoti, psixologiya, pedagogika bo‘yicha bilimlarni, o‘yin texnikasi va taktikasini atroflicha bilish, jamoani boshqarish san’atini egallash, ayrim o‘yinchilar va butun jamoaning psixologik muammolarini samarali hal etish kabilar tushuniladi.
Slayd 26
Slayd 27
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 28
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.