Ona tilini o’qitish metodikasi nutq uslublari
4000 so'm

Slayd 1
Nutq uslublari ustida ishlash metodikasi.
Slayd 2
• Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida qo‘llanadigan ko‘rinishi nutq uslublari deyiladi. Til birliklaridan qachon,qayerda, qanday vaziyatda foydalana bilish ham katta ahamiyatga ega.
• Masalan, muhtaram, qimmatli, aziz singari so‘zlarni ma’lum shaxs bildiruvchiso‘zlarga faqat rasmiy, publitsistik uslublarda qo‘shib ishlatishingiz mumkin:
• «Muhtaram Solijon Soqiyevich!», «Aziz opajon!» kabi. Bunday birikmalarni yoningizda siz bilan oddiy holatda jonli muloqot qilib turgan kishilargaqo‘llay olmaysiz. Agar shunday birikmalarni qo‘llasangiz, noqulay ahvolga tushasiz.
Nutq uslublari:
Slayd 3
Biosfera haqida tushuncha. Verdanskiy ta‘limoti. Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti
Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari
Neosfera – biosferaning yangi sifat holati.
Reja:
So‘zlashuv uslubi
So‘zlashuv nutqi ikki ko‘rinishga ega. Birinchisi – rasmiy, ikkinchisi – norasmiy.
Muloqotning rasmiy vaziyati bayon (so‘zlash) ning jiddiy (ko‘pincha uni mantiqli deb ta’kid etadilar), nutqiy muloqot ishtirokchilarining muloyim, odobli bo‘lishini taqozo etadi,boshqacha aytganda, nutqiy odobga rioya etishni nazarda tutadi.
Slayd 4
Rasmiy nutqqa quyidagi belgilarga ega:
• adabiy me’yorlarga rioya qilish, asoslanganlik;
• aniqlik, til birliklari – so‘z, grammatik shakl, so‘z va so‘z shakllarni talaffuzining tanlanganligi, sintaktik konstruksiyaning me’yoriyligi;
• nutqning qisqa, aniq, iboralarning aniq ma’noviy bog‘langanligi, ularning mantiqiy izchilligi;
Slayd 5
– nutqning bosiq, xotirjam ohangdaligi;
– so‘zlash tarziga ko‘ra nutq sur’ati – me’yoriy, tezlashgan, sust;
– tinglovchiga hurmat ifodasi rasmiylikka bo‘ysunadi: notiqlik, ko‘rsatuv olib boruvchining tashqi ko‘rinishi, adabiy nutq me’yorlari nuqtayi nazaridan nutqning sifati (elektron OAVdagi nutq, og‘zaki ommaviy nutq matni) nutq madaniyati talablari darajasida bo‘lishi kerak.
Slayd 6
– adabiy nutqqa rioya etilmaydi;
– muayyan maqsadsiz;
– mavzular aniq belgilanmagan;
– me’yorlashmagan birliklar qo‘llanadi (oddiy so‘zlashuv, jargonlar, lahjalar);
– uslubiy xoslanmagan unsurlar;
– til birliklari – so‘zlar, grammatik shakllar aniq emas (taxminiy);
– erkin (tabiiy) talaffuz;
– sintaktik konstruksiyalar me’yorlashmagan (uzuq-yuluq, to‘mtoq, gap
bo‘laklari tartiblanmagan);
– nutq tuzilishi: sintaktik jihatdan yaxshi tashkillashtirilmagan, xususan, ma’noviy jihatdan, so‘z tanlash tartibsiz, so‘zlarning bog‘lanishi, so‘z birliklari gap tarkibidagrammatik qoidadan chetlashgan holda keladi;
– nutq jo‘shqin yoki emotsional;
– nutq uzuq-yuluq, takallufsiz, tortinishsiz, quruq rasmiyatchilikdan iborat.
Norasmiy nutqqa quyidagi belgilarga ega:
Slayd 7
Rasmiy uslub hozirgi o‘zbek tilining davlat ma’muriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo‘ladigan ko‘rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas, barcha rasmiy ish qog‘ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning o‘z me’yorlari mavjud.
Qonunchilikda, ish yuritishda (ishga aloqador yozishmalarda, huquqiy munosabatlar sohasida rasmiy-ish yuritish uslubidan foydalaniladi. Maskur uslubda xabar (darak) vazifasi o‘z ifodasini topadi.
Rasmiy uslub
Rasmiy-ish yuritish uslubi andozaga aylangan deyish mumkin. Chunki u yillar davomida amalda qo‘llanib keladi, shaklan deyarli o‘zgarmaydi. Masalan, ishga joylashish, ishdan bo‘shash haqidagi ariza, tarjimayi hol, tushuntirish xati va b. Bundan tashqari, qonunchilik hujjatlari, yuridik terminlar, davlatlararo shartnomalar uzoq yillar mobaynida takomillashib borgan.
Quyidagilar rasmiy-ish yuritish uslubining vazifalari hisoblanadi:
Slayd 8
Ilmiy uslub publitsistik va rasmiy ish uslublari bilan bar qatorda kitobiy uslub tarkibiga kiradi. Har bir uslubning o‘z funksiyaviy vazifasi bo‘lgani singari ilmiy ma’lumotni aynan yetkazishni ta’minlash ilmiy uslubning funksiyaviy vazifasi hisoblanadi. Mazkur uslubdagi matn xabar yetkazishdek vazifani bajarishida o‘ziga xoslik mavjud.
Ilmiy uslubda ilmiy xabar (ma’lumot) aniq, obyektiv, mantiqan izchil, aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishiga erishiladi. Alohida umumlashganlik va mantiqan ta’kidlanganlik ilmiy uslubdagi bayonga xosdir.
Ilmiy uslub
Slayd 9
Ilmiy uslubda ta’rif (definitsiya) tarkibida asosan umumilmiy so‘zlar, ya’ni terminlar ko‘plab uchraydi (fan, hodisa, narsa, voqea ifoda, qurol va b.), shuningdek,»kitobiy» so‘zlar ham ko‘pgina (tavsiflanadi, hisoblanadi, ataladi, nomlanadi,uchraydi, tashkil etadi, berilgan, -ga muvofiq va h.k.).
Ilmiy uslubga definitsiya va uning mantiqiy izohi [ta’rif – tanish bo‘lmagan termin (so‘z) ning ma’no (mazmunini) tanish bo‘lgan termin (so‘z) yordamida ochib berishi]dan iborat konstruksiya (tuzish) xosdir. Mazkur tuzilma ilmiy uslubni yuzaga keltiradi va ilmiy matn tuzishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ilmiy uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik,o‘quv qo‘llanmasi, o‘quv-metodik qo‘llanma, dastur, ma’ruza, taqriz, referat singarilar ana shu janr ko‘rinishlari hisoblanadi.
Slayd 10
Mazkur tuzilma ilmiy uslubni yuzaga keltiradi va ilmiy matn tuzishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ilmiy uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik, o‘quv qo‘llanmasi, o‘quv-metodik qo‘llanma, dastur, ma’ruza, taqriz, referat singarilar ana shu janr ko‘rinishlari hisoblanadi.
Slayd 11
Publitsistik matn o‘z nutqiy tuzilishiga ko‘ra nimadir xususidagi dolzarb,ahamiyatli ma’lumotdan va shu ma’lumot mazmunining talqinidan tashkil topadi.talqin o‘z navbatida yuqori ta’sirchanlik va his-hayajonli uslubda bo‘ladi. Publitsistik asar muallifi kundalik hayotdagi odamlar, dalillar, hodisalar haqida ma’lumotlarni yoki kundalik hayotda ishtirok etuvchi ijtimoiy, siyosiy kuchlardan darak berar ekan, albatta, bularga g‘oyaviy, siyosiy tus beradi. Bundan maqsad matn qaratilgan auditoriyaga, uning dunyoqarashiga, ongi, kayfiyatiga, publitsistik materialni idrok etishga kuchli ta’sir o‘tkazuvchi nutq sohasiga taalluqli hisoblanadi. Shu jihatdan u siyosiy nutqqa yaqin turadi. Radio, kino va televideniye nutqlari (uchlik) bilan birga ommaviy axborot uslubini tashkil etadi.Publitsistik matn o‘z nutqiy tuzilishiga molik nimadir haqida xabar ma’lumot) beradi va uni talqin etadi. Talqin, odatda, ancha ta’sirchan bo‘ladi hamda uslubiy jihatdan emotsional-ekspressiv munosabat ifoda topadi.
Publitsistik uslub
Slayd 12
Badiiy uslub o‘zbek tili vazifaviy uslublari orasida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib, ayni paytda o‘zining alohida me’yorlariga ham ega. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo‘lgan barcha lingvistik birliklarning, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo‘lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga badiiy estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati sanaladi (M.Qurbonova, M.Yo‘ldoshev. Matn tilshunosligi. – T.: Universitet, 2014.).
Badiiy uslub
Slayd 13
Badiiy uslub – uslublarning eng murakkabi. Unda muallif asarning go‘yaviy mazmuni va o‘z maqsadidan kelib chiqib turli uslub unsurlarini qorishiq holda qo‘llashi mumkin. Masalan, O‘ktam Usmonovning «Girdob» romanida qishloq xo‘jaligiga oid terminlar, ilmiy ma’ruza (nutq) ko‘p uchraydi. Badiiy uslubning asosiy xususiyati – bo‘yoqdor til birliklaridan, ko‘chma ma’noli ifodalardan foydalanishning ustuvorligi. Bu uslubda jumlalarning qisqargan shakli, ritorik so‘roq gaplar, yig‘iq va to‘liqsiz, bo‘laklar o‘rni almashgan gaplar cheklanmagan holda qo‘llanadi
Slayd 14
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 15
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.