Ona tili o‘qitishning umumdidaktik va o‘ziga xos tamoyillari

4000 so'm


Ona tili o‘qitishning umumdidaktik va o‘ziga xos tamoyillari

=== Taqdimot: Ona tili o‘qitishning umumdidaktik va o‘ziga xos tamoyillari.pptx ===

=== Slayd 1 ===
Ona tili o‘qitishning umumdidaktik va o‘ziga xos tamoyillari

=== Slayd 2 ===
Reja:

=== Slayd 3 ===
G‘ulomov.A
Ona tili o‘qitish prinsiplari va metodlari
01
Adabiyotlar:
G‘ulomov.Y
O‘zbek tili o‘qitish metodikasi
02
To‘xliyev.B
O‘zbek tili o‘qitish metodikasi
03

=== Slayd 4 ===
Umumta’lim maktablarda o‘tiladigan hamma predmetlar uchun umumiy bo‘lgan didaktik tamoyillar:
bolaga tarbiya, ma’lumot berish va rivojlantirish;
ilmiylik va tushunarlilik;
tizimlilik va izchillik, nazariya va amaliyotning aloqadorligi;
onglilik va faollik;
mustaqillik;
o‘qitishning o‘quvchilar saviyasiga mos kelishi;
ko‘rgazmalilik va individual munosabatda bo‘lish kabilardir.

=== Slayd 5 ===
Prinsip (tamoyil) – lot. Qoida, asos ma’nolarini anglatadi.
Ta’limning prinsiplari maktablar oldiga qo‘yilgan talablardan kelib chiqadi. Uni muvaffaqiyatli qo‘llash shaxsni har tomonlama kamol toptirishda ahamiyati katta. O‘qitishda prinsiplarga amal qilish dars samaradorligini ta’minlaydi, ko‘zlangan maqsadga erishishga zamin bo‘ladi.

=== Slayd 6 ===
Ta’lim va tarbiya mosligi umumiy ta’lim maktablarining asosi sanaladi. “Tarbiya ta’limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga  yetkazadi”. (A.Sent Ekzyuperi. fran. yozuvchisi, uchuvchi). Bu orqali o‘quvchilar ma’naviy, g‘oyaviy rivojlanishning tamoyillari belgilanadi. Chunki fonetika o‘rganilganda talaffuz me’yorlarini o‘zlashtirish, qofiyadosh so‘zlar hosil qilish, she’riyatga qiziqtirish, badiiy tarbiya berish imkoniyatlarini yaratsa, tovushdosh, ohangdosh, qofiyadosh so‘zlar topish badiiy ijodga o‘rgatish usullaridan biri sanaladi.
Ta’lim-tarbiya va rivojlantirishning uyg‘unligi tamoyili

=== Slayd 7 ===
Leksikologiyada ma’no nozikligi, so‘z go‘zalligi kengroq his qilinadi. Unda o‘z va ko‘chma ma’noli, ma’nodosh, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli, paronim so‘zlar ustida nazariy va amaliy ish olib boradilar. Bu orqali ona tili va uning qudratiga muhabbat hissi tarbiyalanadi.

=== Slayd 8 ===
Mavzu uchun tanlanadigan matnlar o‘rganilayotgan til hodisalariga muvofiq kelishi bilan bir qatorda tarbiyaviy ahamiyati ham bo‘lishi kerak. Maktabning maqsadi, tarbiya va faqat tarbiyadir. (I,Pestalotski Shveysariya pedagogi). “Gapning uyushiq bo‘laklari” mavzusini o‘tishda quyidagi matndan foydalanish mumkin. “Ustoz otangdek ulug‘“, degan hikmatda olam-olam ma’no bor. Ustoz-bebaho, ulug‘, g‘amxo‘r, mehribon bir inson. Xalq o‘rtasida murabbiy-ustozlar, umuman, ko‘pni ko‘rib, ko‘pni bilgan, bilimdon, mehnatda, aql-zakovatda el orasida tanilgan, qaysi sohada bo‘lmasin o‘z tajribasi, bilimini boshqalarga, xususan, yoshlarga bergan kishilar ayricha e’zozlangan. Cheksiz hurmatga ustozlar o‘z bilimdonliklari, bag‘ri kengliklari, donoliklari, saxovatlari tufayli erishdilar”.

=== Slayd 9 ===
Ilmiylik va tushunarlilik tamoyili
Ona tili ta’limining mazmuni davlat va jamiyat ehtiyojlari hamda fan-texnika taraqqiyotiga mos ravishda yangilanadi. Maktabda faqat ilmiy asoslangan, tilshunoslikda qat’iy aniqlangan ma’lumotlar beriladi. Masalan, fonetika — tovushlar tizimi, leksikologiya — so‘z ma’nosi, grafika — harf tizimi, orfografiya va orfoepiya — to‘g‘ri yozish va talaffuz qilish, morfologiya — so‘z turkumlari, sintaksis — gap tuzilishi, leksikografiya — lug‘atshunoslik bo‘yicha bilimlar ilmiy tarzda o‘rgatiladi.Bu esa o‘zbek adabiy tilidan og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri foydalanish uchun zarurdir. O‘qituvchi til hodisalarini o‘zaro bog‘liq va taraqqiyot nuqtai nazaridan izohlaydi.

=== Slayd 10 ===
O‘qitishning ilmiylik tamoyili o‘qituvchining hamisha ziyraklik bilan fan yutuqlarini kuzatib borishni talab qiladi. O‘qitishning tushunarli bo‘lishi, asosan, o‘qituvchiga bog‘liq. Sinfda teng yoshdagi bolalar o‘tirsa ham ularning materialni qabul qilishi bir xil bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘qituvchi qiyin o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan individual ishlashi kerak. Shu bilan birga har bir darsda o‘quvchilarning yoshini, sinfning darsga tayyorgarligini hisobga olish zarur. Har qanday masalalarni sinfga kiritish kerak emas. Ilmiylik va tushunarlilik bir-birini to‘ldiradigan tamoyillardir. Har bir tushuncha va atamalar ma’nosini ochib berish, har bir mashg‘ulotda mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgata borish zarur. Fikrni og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri, aniq ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish kuzatuvchanlik va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishni talab qiladi.

=== Slayd 11 ===
Ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi o‘quvchilarni tilga oid bilimlar yig‘indisi bilan qurollantirib qolmay, ulardagi bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini shakllantirishdan iboratdir.
Tizimlilik va izchillik

=== Slayd 12 ===
Tizimda tizimlilik bilan izchillik uzviy bog‘lanadi. O‘quv ishlarida puxta o‘ylab tuzilgan rejasiz ko‘ngildagidek natijaga erishib bo‘lmaydi. Fan asoslari izchil o‘rganilmas ekan, o‘rganilgan, o‘rganilayotgan va o‘rganiladigan bilimlar mantiqiy bog‘lanmas ekan, oldingi bilimlarni hisobga olish, nutqiy tayyorgarlikka tayanish ham bo‘lmaydi. Tizimlilik va izchilik tamoyili o‘zbek tili o‘qitishda alohida o‘rin tutadi. Bu tamoyil ona tili bilimlarini tartib bilan o‘rganishdan tashqari, o‘zlashtirish jarayonini ham yengillashtiradi. Shuning uchun ham dastur va darsliklar tuzishda ushbu tamoyilga qat’iy amal qilinadi.

=== Slayd 13 ===
Tizimlilik va izchilik tamoyiliga kundalik darsda ham amal qilinadi. Bunda o‘tgan mavzu yangi mavzu bilan bog‘lab tushuntiriladi. Bu hol o‘quvchilarning anglash faoliyatini yaxshilaydi, o‘tilgan materialni ham esga olish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham har bir mavzuni boshlashdan oldin o‘tgan mavzu so‘raladi. Natijada, yangi mavzu bilan o‘tgan mavzu orasida bog‘lanish yuzaga keladi. Bu tamoyilni amalda tatbiq qilish ta’lim mazmunini takomillashtirishda o‘quv-biluv ishlarida faollikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.

=== Slayd 14 ===
Tilning ijtimoiy hayotdagi o‘rni beqiyosdir. Chunki til bo‘lmasa jamiyat ham, ijtimoiy hayot ham bo‘lmaydi. Maktab jamiyatning kelgusi a’zolarini tarbiyalab yetishtiradi: Jamiyat a’zolarining nutqiy savodxonligini oshirish bugungi kun talabidan kelib chiqadi. Maktabni bitirgan o‘quvchi ijtimoiy hayotdan o‘rin oladi. Shuning uchun ona tili ta’limining yangilangan mazmuni ta’lim jarayoni tuzilishining maqsadi, vazifasi, bayon etish usullarini belgilab berishi hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bilimlarning puxtaligi va ongli o‘zlashtirilganligi amaliy ko‘nikmani hosil qiladi.
Nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish

=== Slayd 15 ===
O‘quvchilarning grammatika, orfografiya va punktuatsiyaga oid nazariy bilimlari bilan amaliy tayyorgarligi orasida farq bo‘lishi mumkin. Tilning qonun qoidalarini bilgan holda unga amal qilmagan o‘z fikrini ona tilida mustaqil ravon, go‘zal va lo‘nda ifodalay olmagan o‘quvchi (mutaxassis)ning amaliyotdan tayyorgarligi past (sust) hisoblanadi.

=== Slayd 16 ===
Ijodiy fikrlash fikrni og‘zaki va yozma shaklda ravon, chiroyli, adabiy til me’yorlarida ifodalash vositasidir. Shuning uchun ham nutq madaniyatini rivojlantirish ona tili o‘qitishning bosh maqsadi, deb qaralmog‘i kerak.
Shu nuqtai nazardan fikrni turli sharoitlarda bayon eta olish, bir ma’noni turli ko‘rinishlarda to‘g‘ri ifodalay olish, zaruriy ish qog‘ozlarini yoza olish malakalarini shakllantirish lozim. Badiiy, ilmiy, ijtimoiy adabiyotlar haqida fikr yuritish, shaxsiy munosabatlarni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri ifodalash madaniyatini, boshqalar bilan muloqotda ona tilining go‘zal va rang-barangligini namoyish qilish kabi amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish lozim.

=== Slayd 17 ===
Shuningdek, mantiqiy tafakkurni o‘stirish o‘qituvchining muntazam vazifasiga aylanmog‘i lozim. Buni amalga oshirish uchun:
grammatik qonun-qoidalar asosida og‘zaki va yozma nutqni tartibga solish;
til hodisalarini kuzatish, taqqoslash va umumlashtirish asosida xulosa chiqarishga o‘rgatish;
imloviy, punktuatsion va uslubiy masalalarni hosil qilish maqsadida matn tuzishga o‘rgatish;
til materiallarini yiriklashtirish, tejalgan vaqt hisobidan amaliy ishlarni ko‘paytirish;
ijodiy fikrlashni talab qiladigan noan’anaviy o‘quv topshiriqlaridan, o‘quv qo‘llanmalaridan unumli foydalanish kerak bo‘ladi.

=== Slayd 18 ===
“O‘lka materiallarini o‘rganamiz”, “So‘z mulkiga sayohat”, “Bu kim, bu nima?” kabi ruknlar bilan devoriy gazetalar chiqarib, unga maqolalar yozish mumkin. Bunday ishlarni to‘g‘ri qo‘llash orqali nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy darslarning samaradorligini oshirish mumkin.

=== Slayd 19 ===
Ona tili predmetining tabiati ko‘rgazmalilikni ko‘proq talab qiladi. Tildagi mavhumlik, umumlashtirish, uning mohiyatini anglash va ongli o‘zlashtirish ko‘rgazmali vositalar yordamida jonli va qiziqarli bo‘ladi.
O‘qitishda ko‘rgazmalilik tamoyili

=== Slayd 20 ===
Ko‘rgazmali vositalar tabiiy yoki aniq buyumlardan hamda rasm, sxema, jadval, kartina kabi tasvir vositalaridan, texnik (film, teleeshittirish) vositalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Shuningdek, rasmli va grammatik topshiriqli tarqatmalardan barcha shakldagi darslarda, darsning barcha bosqichlarida foydalanish mumkin. Ko‘rsatmalilikdan me’yorda foydalanilgani maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ona tili o‘qitishda umumdidaktik tamoyillar dars samaradorligini oshirishni ta’minlaydi.

=== Slayd 21 ===
Ona tili materiallarini ongli o‘zlashtirish o‘qituvchi oldiga qator talablarni qo‘yadi:

=== Slayd 22 ===
Onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili
Onglilik ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faollik ko‘rsatishi bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘quvchi dars jarayonida ongli o‘zlashtirgan bilimlarini amaliy faoliyatda bemalol foydalanishi mumkin.
Ta’limda faollik va mustaqillik o‘zaro uzviy bog‘langan kategoriyalardir. Har qanday faollik asosida aqliy faoliyat yotadi. Mustaqillikka nisbatan faollik kengroq tushunchadir. Faollik deganda o‘quvchining ham o‘qish, ham mehnat, ham ijtimoiy topshiriqlarni bajarishni nazarda tutamiz, O‘quv faolligi umumiy faollikning bir qismi, Bilish faolligi bola faoliyatining mahsulidir.
Faollik bazasida mustaqillik yuzaga keladi, ya’ni o‘zgalar ishtirokisiz mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatishdir.

=== Slayd 23 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.

Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Ona tili o‘qitishning umumdidaktik va o‘ziga xos tamoyillari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar