Oila psixologiyasi va tarbiya ahamiyati

4000 so'm


Oila psixologiyasi va tarbiya ahamiyati

 

 

Slayd 1

Oila psixologiyasi

Slayd 2

Reja:
Inson psixiktaraqqiyotida oilaning ahamiyati.
Oilaijtimoiy-psixologik tadqiqotlar obyekti sifatida.
Oiladagishaxslararo munosabatlar va ularning shaxs shakllanishiga tasiri.
Tayanch tushunchalar: shaxs, oila, shaxslararo munosabatlar, oila tipi, tarbiya tipi, muhabbat, ijtimoyilashuv, ijtimoiy ustanovka.

Slayd 3

Inson psixik taraqqiyotida oilaning ahamiyati.
Soʻngi yillarda oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida har tomonlama tarbiyalash masalasiga etibor kuchaymoqda. Oʻzbekiston istiqlolini mustahkamlashda va rivojlantirishda manaviy sogʻlom avlodni voyaga etkazish ularning ongi, xarakterini milliy qadriyatlarimiz asosida axloqli-odobli qilib trabiyalashimiz zarurdir. Chunki, manaviy kamol topgan insonlargina barkamol jamiyat qurishlari mumkin.

Slayd 4

Demak, oila-hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasl qanday inson boʻlib etishishiga tasir koʻrsatadigan katta tarbiya oʻchogʻidir.
Sharq mamlakatlarida ayniqsa, ota-onalarning shaxsiy namunasi farzand tarbiyasining eng muhim usullaridan biri hisoblangan. Shunga koʻra, oʻgʻil bolalar yurish-turishi, oʻzaro muomalasi, erga ishlashi va kasb egallashda otasiga oʻxshashlikka harakat qilgan. Ota kasbini egallash yaxshi tarbiyaning natijasi hisoblangan. Qizlar esa uyni saranjom-sarishta tutish, turli taomlar tayyorlash, toʻqish va tikish, mehmon kutish kabi ishlarda onasiga oʻxshashga harakat qilganlar.
Demak, jamiyat mustahkam, manaviy va axloqiy jihatdan sogʻlom oila boʻlishidan manfaatdordir. Shunday ekan, kattalarning farzand tarbiyasi yuzasidan masuliyatini, salohiyatini kuchaytirish, ularning pedagogik layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini taminlash davr talabidir.

Slayd 5

Oila ijtimoiy – psixologik tadqiqotlar obyekti sifatida.
Gʻ. B. Shoumarov va E. A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalar tarbiyasiga bevosita tasir koʻrsatadigan ijtimoiy-psixologik omillar oʻrganildi, chunonchi, unda oʻziga xos milliy va ananaviy oʻzaro munosaoat xususiyatlarining oʻrni belgilandi.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida oʻtkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Sogʻinovning oʻzbek oilasiga xos boʻlgan nikoh va oila munosabatlari – nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning oʻzbeklarga xos boʻlgan yosh xususiyatlari, yosh oʻzbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda oʻrgangan ilmiy ishidir.

Slayd 6

Bu tadqiqotda ilgari hech oʻrganilmagan ilmiy malumotlar toʻplandiki, ularga koʻra, oʻzbek oilasining qurilishiga sabab boʻladigan asosiy motiv—bu «Farzandli bulish», (birinchi oʻrinda), ikkinchi oʻrinda «Jamoatchilikning gap-soʻziga qolmaslik», uchinchi oʻrinda «Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish» va hokazolar aniqlandi. N. Sogʻinovning toʻplagan malumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashgʻul boʻlganlar uchun muhim ilmiy yoʻl-yoʻriqdir.

Slayd 7

Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar oʻtkazildi. Masalan, V. M. Karimovaning oʻzbek xotin-kizlari ijtimoiy tasavvurlarining oʻzgarishi mexanizmini oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqoti (1987), E. Usmonovning oʻzbek ayollarining suisidal (yani oʻz-oʻziga oʻt qoʻyish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqoti (1993), E. Noʻmonovaning oʻzbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlariga bagʻishlangan, M. Zokirovaning erkak va ayollardagi rollar hakidagi tasavvurlarning oʻziga xosligini oʻrganishga bagʻishlangan ilmiy tadqiqoti, M. Toshpoʻlatovning oʻzbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi oʻziga xos qirralarini oʻr­ganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir.

Slayd 8

Mazkur tadqiqotlarning koʻrsatishicha, bizning hududimizda ham oila-nikoh munosabatlari yil sayin oʻzgarib 6ormoqda. Bu boradagi oʻzgarishlarga: 1) oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining oʻzgarib borishi; 2) oila azolari sonining va tugʻilishning kamayishi, murakkab koʻp oilali tipdan, alohida mavjud boʻlgan alohida oilalar tipiga aylanib borayotganligi; 3) oilaviy munosabatlar tizimida er va xotin funksiyalarining oʻzgarib, oilaviy rollar haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning oʻzgarib borayotganligi; 4) iqtisodiy inqirozlarning oila azolari oʻrtasidagi munosabatlarga tasiri; 5) ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning oʻzgarib borayotganligi kabilarni kiritish mumkin. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga oʻz hissasini qoʻshadi.

Slayd 9

Oilaviy munosabatlar sohasidagi alohida tadbiqiy tarmoq bu yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Bu ish bizning oʻlkamizda ham alohida ahamiyatga ega boʻlib, yangilik bilan eskilik qarama-qarshi kelayotgan sharoitlarda ayniqsa muhimdir. Oʻsmirlik va oʻspirinlik yillarida shakllanadigan attraksiya hodisasi, yani shaxslarning bir-birlariga emosional bogʻlanishlari — doʻstlik sevgi hislarini tarbiyalash, ana shunday tarbiyaga shart-sharoitlar yaratish bizning sharoitlarimizda yangi va kelajagi porlok sohalardandir.

Slayd 10

Oiladagi shaxslararo munosabatlar va ularning shaxs shakllanishiga tasiri.
Insoniy munosabatlar shunday oʻzaro tasir jarayonlariki, unda shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon boʻladi. Bunday jarayon dastlab odamlar orasija roʻy beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda boʻlishgani sari, ular oʻrtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular oʻrtasida umumiylik, oʻxshashlik va uygʻunlik kabi sifatlar paydo boʻladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunidigan yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon boʻladigan boʻlib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning muloqotning tigʻizligi teskari reaksiyalarni- bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi.

Slayd 11

Demak, oila-hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasl qanday inson boʻlib etishishiga tasir koʻrsatadigan katta tarbiya oʻchogʻidir.
Oila farovonligi-milliy farovonlikning asosidir. Oilada eng avvalo: halollik, rostgoʻylik, mehr-oqibat ,or-nomus, sharmu-hayo, mehnasevarlik kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sogʻlom va mustahkam boʻlsa , mahallada tinchlik va osoyishtalik hukm suradi.

Slayd 12

Oila va bola tarbiyasi muammosi hamma vaqt dolzarb masala boʻlib kelgan. Oila muhiti qanchalik axloq-odobning madaniyat qoidalari va milliy qadriyatlari asosida tashkil topgan boʻlsa, bola shaxsining toʻgʻri shakllanishi uchun shart-sharoit yaratilsa, shaxs shunchalik barkamol, komil inson boʻlib etishadi.
Oʻzbek oilasidagi ananaviy talim-tarbiya namunalarini farzandlarimizga amaliy tarzda oʻrgatib, oilaviy munosabatlar madaniyatini yuksaltirishga davat etib shu orqali ota-ona va bolalar oʻrtasidagi munosabalarni oqilona tashkil etishga yordamlashish hammamizning vazifamizdir.

Slayd 13

Oiladagi nosogʻlom muhit juda koʻp illatlar qatori, odam­ning oʻz salomatligi holatiga boʻlgan munosabatini salbiy tomonga oʻzgartirib yuborishi mumkin. Bunday oʻzgarishlarning ham turlicha sabablari bor. Masalan, agar oila azolari malum sogʻlom turmush tarziga oʻrgangan boʻlsalar ham, biror sabab bi­lan shu oilada nizo, janjal kelib chiqsa, bu holat barcha oila azolari tafakkurining salbiy tomonga oʻzgarishiga olib kela­DI. Bu oʻz navbatida umuman faollikning pasayishini keltirib chiqaradi. Demak, oʻzaro muomaladagi sogʻlom ruhiyat, samimiyat mavjud ijobiy odatlarning barqarorligini kafolatlaydi.

Slayd 14

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 15

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Oila psixologiyasi va tarbiya ahamiyati” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar