O’zbekiston ta’lim tizimi boshqaruvi tahlili
4000 so'm

Slayd 1
O’zbekiston ta’lim tizimi boshqaruvi tahlili
Slayd 2
Reja:
Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari.
Umumiy oʻrta ta’lim maktabi, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom, ta’lim muassasasalarining
Ustavi – ta’lim muassasalarini boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy hujjati Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari
Slayd 3
Ta’lim muassasasi menejmenti
Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos boʻlgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni toʻgʻri tashkil etilishi juda muhim.
Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun oʻta muhim hisoblanadi.
Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish malum bir obyektga tashkiliy, rejali, tizimli tasir koʻrsatish demakdir.
Slayd 4
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga koʻra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, ragʻbatlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish boʻyicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «tasir etish» tushunchasining oʻrniga «oʻzaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qoʻllanilmoqda.
Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda oʻzaro hurmat bilan tavsiflanadi.
Slayd 5
Xoʻsh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?
Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasida davlat-jamoa boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yoʻnalishda tadqiqot olib borgan pedagog R. Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari oʻz mulklari va xodimlarni oʻzlari boshqarganlaridan koʻra tanlangan yoʻnalish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib yetganlaridan soʻng paydo boʻldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.
Slayd 6
Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga tasir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida soʻz yuritilganda, Oʻzbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida soʻz yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil toʻxtalib oʻtilganligini alohida takidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:
Slayd 7
Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yoʻLI bilan boshqarib borilishi;
Barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq belgilanadi;
Ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi;
Moliya-xoʻjalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda oʻquv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi taminlanadi;
Ta’lim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestasiyadan oʻtkaziladi hamda akkreditasiyalanadi. Akkreditasiya yakunlariga koʻra ta’lim sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi beriladi;
Slayd 8
Muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni oʻz ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator oʻziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham takidlab oʻtishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
Ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» soʻzi bilan aniqlanadigan manaviy oʻlchovga ega;
Ta’lim menejmenti – bu fan va sanat (chunki bunda insonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar katta rol oʻynaydi);
Menejment mazmunida oʻz aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining oʻzaro dialektik birligi;
Ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Slayd 9
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga oʻtiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, oʻqituvchilar, oʻquvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarish Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi qonunining (1997 yil) 3-moddasida belgilangan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi qonunida Oʻzbekistonda ta’lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatilgan.
Slayd 10
Slayd 11
Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim Vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar oʻzini vakolatlik doirasida:
Ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini roʻyobga chiqaradi; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik qiladi;
Davlatta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligiga boʻlgan talablarning bajarilishini taminlaydi;
Oʻqitishning ilgʻor shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni,ta’limning texnik va axborot vositalarini oʻquv jarayoniga joriy etadi, oʻquv va oʻquv-usulbiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;
Ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat toʻgʻrisidagi nizomlarini tasdiqlaydi;
Davlat oliyta’lim muassasasining rektorini tayinlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi
Xalqta’limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:
Slayd 12
Xalq ta’limi viloyat
Boshqarmasi
Shaxar xalq ta’limi
Boʻlimi
Tuman xalq ta’limi
Xalq ta’limi Vazirligi tasarrufidagi maxalliy organlar
Xalq ta’limi Vazirligining mahalliy organlari
Slayd 13
Tuman xokimligi
Xalq ta’limi boʻlimlari, shuningdek, mahalliy hokimlik organlari tasarrufiga kiradi va unga boʻysunadi.
Qoraqalpoq respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati ikki yuqori organ nazorati ostida tashkil etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi Vazirligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasi
Viloyat xokimligi
Shaxar xokimligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq ta’limi Vazirligi
Xalq ta’limi viloyat boshqarmasi
Shahar xalq ta’limi
Boʻlimi
Tuman xalq
Ta’limi boʻlimi
36 – Chizma. Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq ta’limi Vazirligi faoliyatini nazorat qiluvchi xamda uning tasarrufiga kiruvchi maxalliy organlar
Slayd 14
Yuqorida qayd etilgan organlar maktab faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boradi va uning rivojini taminlash uchun koʻmaklashadi. Ularning vakolatiga maktab direktorlari va ularning oʻrinbosarlarini tayinlash ham ikradi.
Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, yani, vazirliklar va xalq ta’limi boʻlimlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab faoliyatini oʻrganadi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilgʻor tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni anihlab, ularni bartaraf etish yoʻllarini izlaydi, maktab direktori va oʻqituvchilarga metodik va moddiy yordam koʻrsatadi.
Slayd 15
Akademik lisey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, oʻquv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, oʻquv-ta’lim va kasb-hunar dasturlarini birlashtirish, pedagog kadrlar bilan taminlsh, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va oʻrta maxsus ta’lim Vazirligi (Oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limi Markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda amalga oshiriladi1.
Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy oʻrta ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yoʻnaltirilgan faoliyatidir.
1 «Urta maxsus kasb-shunar ta’limi to’g’risida»gi Nizom, 1998.
Slayd 16
Bir yilda bir marta oʻtkaziladigan maktab konferensiyasi ham jamoatchilik boshqaruviga kiradi. Konferensiyada maktab Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi.
Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat koʻrsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi.
Slayd 17
Oʻzbekiston Respublikasining «Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisida»gi Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:
Umumiy qoidalar
Umumiy oʻrtata’limning maqsadi va vazifalari.
Umumiy oʻrtata’limni tashkil etish.
Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Umumiy oʻrtata’limni boshqarish.
Mablagʻ bilan taminlash va moddiy-texnika taminoti
Slayd 18
Xalqaro hamkorlik.
Nizomga asosan, umumiy oʻrta ta’limning maqsadi oʻquvchilarni davlat ta’lim standartlariga muvofiq oʻqitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini roʻyobga chiqarish hisoblanadi.
Umumiy oʻrta ta’lim mazmunini yoritish Nizomning asosiy gʻoyalaridan biri boʻlib, majburiy va qoʻshimcha komponentlar umumiy oʻrta ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi.
Majburiy komponent davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi va oʻquvchilarni tayyorlashning oʻrta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puxta oʻrganish va kasb egallash uchun yetarli boʻlgan zarur darajasini belgilaydi.
Qoʻshimcha komponent oʻquvchining ehtiyojlari va qobiliyati, maktabning moddiy-texnika va kadrlar bilan taminlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Qoʻshimcha oʻquv yuklanmalarining hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan normativlariga muvofiq belgilanadi. Oʻquvchilar bilim sifati va ta’lim natijalarining davlat ta’lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni taminlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan birga bosqichli nazorat oʻtkazish ham nazarda tutiladi.
Slayd 19
Bosqichli nazorat oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlandi va oʻquvchini navbatdagi sinfga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli boʻlmagan ta’lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta ta’lim xalqaro hamkorlik asosida ham tashkil etiladi. «Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisida»gi Nizomning sakkizinchi boʻlimida qayd etilganidek, umumiy oʻrta ta’limni boshqarish organlari va ularning mahalliy organlari sanalgan ta’lim muassasalari halqaro hamkorlikni pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning tajriba oʻrganish va malaka oshirish maqsadida progressiv xalqaro jamgʻarmalar va tashkilotlarning grantlarini olish sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
Mazkur Nizom umumiy oʻrta ta’lim (maktab)ni har tomonlama boshqarish mohiyatini oʻzida ifoda etadi.
«Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari toʻgʻrisida»gi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 204-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizom mazmunida quyidagi maslalar yoritilgan.
Slayd 20
Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish.
Akademik lisey va kasb-hunar kollejlariga oʻquvchilarni qabul qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.
Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablagʻ bilan taminlash va moddiy-texnika taminoti.
Xalqaro hamkorlik.
Umumiy qoidalarda oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy oʻrta ta’lim negizida oʻqitish muddati 3 yil boʻlgan uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanishi hamda Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga muvofiq amalga oshirilishi, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarining yuridik shaxs hisoblanishi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilishi bayon etilgan.
Umumiy qoidalar.
Slayd 21
Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi:
Davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim va kasb-hunar dasturini bajarish;
Oʻquvchilarning uzluksiz ta’limning keyingi bosqichida oʻqishni davom ettirish, tanlagan mutaxassisliklar boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun zarur va yetarli boʻlgan bilimlar ham kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish;
Respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish
Nizomda akademik liseylarning oliyta’lim muassasalari huzurida, kasb-hunar kollejlarining esa hududlarning demografik va geografik sharoitlari, tegishli soha mutaxassisliklariga boʻlgan mahalliy ehtiyojlarini hisobga olgan holda tashkil etishlari koʻrsatib oʻtilgan.
Oʻrta maxsus, kasb-hunarta’limi muassasalarining asosiy vazifalari sirasiga oʻquvchilarni qabul qilish, umumiy va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish, nazorat turlarini tashkil etish, kursdan-kursga, oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limining bir turidan boshqasiga oʻtkazish hamda diplom berish kabilar kiradi.
Slayd 22
Slayd 23
Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlgan subyektlar, ta’lim muassasasiga professor-oʻqituvchilar va muhandis pedagoglarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi malumotlar berib oʻtiladi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tartibi akademik lisey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, oʻquv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish hamda joriy etish, oʻquv ta’lim va kasb-hunar dasturlarini bir xillashtirish, pedagog kadrlar bilan taminlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi (Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi), ularning hududiy boshqarmalari, shuningdek, ta’lim muassasasi direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Slayd 24
Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablagʻ bilan taminlash amaldagi qonunchilikka muvofiq taminlanadi. Ta’lim muassasasining moliyaviy mablagʻlari uning tasarrufida boʻladi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari belgilangan tartibda xorijiy sheriklar bilan bitimlar tuzish huquqiga ega boʻlib, xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashi mumkin.
Ta’lim muassasalarining faoliyati, shuningdek, meyoriy hujjatlardan biri sanalgan Ustav yordamida ham amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib koʻrsatiladi:
Davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zahirasini egallash yoʻlida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi;
Bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga oʻrgatish).
Slayd 25
Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qoʻyiluvchi talablar, oʻqituvchi, oʻquvchilar hamda ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan.
Mazkur oʻquv yurtida oʻquvchilar ta’lim standartlari asosida ta’lim olish uchun intilishlari, ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta’lim berishlari, ta’lim oluvchilarning oʻquv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida oʻzlashtirishlarini taminlashlari zarur. Ta’lim muassasasi rahbari (direktori) esa oʻquv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini tamin etadi, oʻquv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga toʻlaqonli rioya etilishi, manaviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Slayd 26
Ustavda oʻz-oʻzini boshqarish, jamoada oʻzaro munosabatning oʻrnini kabi masalalar mohiyati ham yoritib beriladi. Chunonchi, ta’lim muassasasining direktori oʻqituvchilar bilan baland ovozda, ularning nafsoniyatiga tegadigan soʻzlar bilan muomala qilish huquqiga ega emas.
Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan «Umumiy oʻrta ta’lim muassasasi (maktabi)ning muvaffaq namunaviy Ustavi» Xalq ta’limi Vazirligining 221-sonli (1998 yil 17 dekabr), «Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Ustavi» esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998 yil 5 yanvar) qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta’limni boshqarishning vakolati masul davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Slayd 27
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim muassasasining joylashgan oʻrni, uning turi, ta’lim tili, guruh raqbarlari, oʻqituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xujalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq belgilanishi koʻrsatib berilgan.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi boʻlimlardan tashkil topadi:
Qisqacha ta’lim muassasasi haqidagi malumotlar.
Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.
Ta’lim muassasasini boshqarish;
A) ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va oʻz-oʻzini boshqarish asosida amalga oshirilishi;
B) pedagogik-jamoa Kengashi;
V) direktor, uning huquq va burchlari;
G) direktorning oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosarining huquq va burchlari;
D) manaviyat va marifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining huquq va burchlari.
Slayd 28
Oʻquv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:
A) ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlari boʻyicha ishlab chiqilgan oʻquv reja va dasturlari asosida belgilanishi;
B) oʻquv jarayonini tashkil etish;
V) iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
G) ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish tartibi;
D) qoʻshimcha pulli mashgʻulotlarni joriy etish;
J) kunlik ish tartibi (seminar, mashgʻulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar)
Oʻqituvchi. Huquq va burchlari
Oʻquvchi. Huquq va burchlari
Oʻquv-ishlab chiqarishta’limi ustalari, mamuriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va masuliyatlari
Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xoʻjalik taminoti.
Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari. Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham oʻz vazifalarini bir qator tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim tizimini boshqarishda asos boʻlib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda belgilanishiga alohida urgʻu berilgan. Mazkur oʻrinda ta’lim muassasasini boshqarishning har bir tamoyiliga alohida-alohida tarif berishga harakat qilamiz1. Ta’lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
Slastenin V. A. Obshaya pedgogika. – Moskva, Pedagogika, 2003.
Slayd 29
Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli joriy etish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida mamuriyatning muntazam hisobot berishi, oʻqituvchi va oʻquvchilarga ta’lim muassasasi hayotiga oid oʻz fikrlarini bildirishga imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik gʻoyalarning ustuvor oʻrin tutishini anglatadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda boʻlish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda subyektning subyektga munosabati darajasiga erishish, oʻquvchi va oʻqituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, oʻz istedodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.
Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta’lim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega boʻladi. Tizimning birinchi belgisi yagonaligi hamda uni boʻlaklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir. Ikkinchi belgisi tizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi. Uchinchi belgisi tizimning integrsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi oʻziga xos sifatga ega boʻlgani bilan, oʻzaro harakat orqali tizimning yangi integrasiyalana olish sifati hosil boʻladi. Toʻrtinchi belgisi ta’lim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas bogʻliqligidir. Chunki ta’lim muassasalari tashqi muhitga moslashib, ushbu ta’lim jarayonini qayta quradi hamda oʻzining maqsadlariga erishish uchun tashqi muhitni oʻziga boʻysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa oʻrtasidagi oʻzaro harakat va aloqani taminlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.
Slayd 30
Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining rasional uygʻunligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq boʻlganda, albatta, mamuriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat oʻqituvchilar va oʻquvchilarning ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va oʻqituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi.
Shuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq etibor berilsa, pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi koʻzga tashlanadi.
Ta’lim muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uygʻunlashtirish mamuriy va jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.
Yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi tamoyili pedagogik jarayonni boshqarishda yakka hokimlikka yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan. Boshqarish faoliyatida oʻquvchilarning tajribasi va bilimiga tayanib, turli qarashlarni taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish oʻta muhimdir. Vazifalarni kollegial hal qilish har bir jamoa azosining javobgarligini yoʻqqa chiqarmaydi.
Oʻz navbatida yakkahokimlikning oʻziga xos jihatlari bor. Yakkahokimlik pedagogik jarayonda tartib-intizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni taminlaydi.
Qarorni qabul qilishda kollegial yondashuv maqul boʻlsa, qarorning ijrosini taminlashda yakkahokimlikka boʻysunish maquldir.
Ta’lim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri ushbu tamoyilni amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Slayd 31
Slayd 32
Ta’lim tizimini boshqarishda axborotlarning obyektivligi va toʻliqligi. Ta’lim tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va toʻliqligiga ham bogʻliq. Agar axborotlar aniq, toʻliq yigʻilsa yoki haddan ziyod koʻp boʻlsa, qaror qabul qilishda chalkashlikka olib keladi.
Biz ta’lim-tarbiya jarayonida oʻquvchilarning oʻzlashtirishi haqidagi malumotlarni yigʻamiz, lekin ularning qiziqishlari, xulq-atvori, shaxs sifatidagi yoʻnalishiga etibor beramiz. Ana shuning uchun ham tarbiya jarayonida koʻplab ogʻishlar kuzatiladi.
Ta’lim muassasasining rahbari oʻzining faoliyatida menejer vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun u oʻz faoliyatida kuzatish, anketa, test, instuktiv va metodik materiallardan keng foydalana bilishi lozim. Ta’lim muassasasi mamuriyati maktab ichidagi axborotli boshqaruv texnologiyasini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida etibor qaratishi kerak.
Slayd 33
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 34
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.