O’qituvchi pedagogik muloqot madaniyati va psixologiyasi
4000 so'm

Slayd 1
Kasbiy pedagogik muloqot. O’qituvchi pedagogik faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi
Slayd 2
Reja:
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi.
Pedagogik muloqotda muomala madaniyati.
O’qituvchi pedagogik faoliyatida muloqot psixologiyasi.
Slayd 3
O‘qituvchiso‘z aytishdan avval, har daqiqada so‘z ortidan keladigan oqibatlarni o‘ylashi kerak.
I. Pavlov.
Slayd 4
Birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi.
Pedagogik muloqot madaniyati quyidagi vazifalarni hal qilishga yordam beradi:
Slayd 5
Ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga «kirib borish»ga yo‘l ochadi;
Uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va xotirjamligini ta’minlaydi.
Slayd 6
Muloqot madaniyati individual uslublarini shakllantirish metodikasi
O‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishi:
O‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish;
O‘quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish;
O‘qituvchining muloqot madaniyatini to‘g‘ri tashkil etishi.
2
Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etishi:
Kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish;
Har qanday vaziyatda o‘quvchilarga qo‘pollik qilmaslik;
O‘quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish.
3
O‘qituvchi o‘zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay bo‘lgan uslublarini tanlab olishi:
Pedagogik faoliyatiga monand muloqot madaniyati modelini ishlab chiqishi;
O‘z-o‘zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini muntazam taqqoslab borishi;
Muloqotda milliy ma’naviyatimiz, urf-odat va an’analarimiz imkoniyatlaridan doimiy foydalanish.
4
Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik:
Har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini ishlab chiqishi;
Muloqotning tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e’tirof etish;
Muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish.
Slayd 7
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim:
O‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
Slayd 8
Muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar hatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;
O‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang,xulq-atvorni vujudga keltirish;
Pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-sharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘quvchilar bilan o‘zaro muomalaning «ustoz-shogird» an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob’ektining diqqatini o‘ziga jalb qilish.
Slayd 9
Muloqot ob’ekti, ya’ni o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qilish deganda nimani anglash kerak?
Buning ma’nosi o‘qituvchi o‘zining xushmuomalaligi, madaniyati, go‘zal xulqi, muloqotda o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olishi bilan o‘z mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-psixologik negizni asos qilib olishidir
Slayd 10
Amerikalik taniqli shoir Rolf Emerson: «Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur qiladi» deydi.
Slayd 11
Pedagogik muloqotda muomala madaniyati
Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti-harakatlari o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining o‘qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning xatti-harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. O‘qituvchi sub’ekti bilan, o‘quvchi ob’ekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada o‘quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.
Slayd 12
Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir.
Slayd 13
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:
O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi
Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi
Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi.
O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi
Slayd 14
Pedagogik muloqot madaniyati vositasida o‘qituvchi har qanday axborotni qarab chiqar ekan, o‘quvchilarning shaxsi va psixologik xususiyati haqidagi axborotlarning muhimligini alohida e’tiborga olishi lozim. Pedagogik muloqot madaniyati, o‘qituvchini g‘oyat xilma-xil sharoit va ko‘rinishlarga moslashishiga imkoniyat yaratadi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo‘lmasada, o‘quvchilar ichki dunyosida sodir bo‘layotgan, ularni tushunish uchun juda muhim bo‘lgan zarur ichki jarayonlar ko‘rinishlarining alomatlarini bilib, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi.
Slayd 15
O’qituvchi pedagogik faoliyatida muloqot psixologiyasi
Kanadalik psixolog, o’qituvchi Jon Kexo bola bilan muloqot chog’ida uni qanday bo’lishini xohlasangiz shunga qarab muloqot qishingiz kerak deya o’z tavsiyalarini bergan.
Slayd 16
Dars qilmaydigan bolaga
«Sen dars qilmaysan» –
«Dars tayyorlab keling» –
Shovqin solib baqiradigan bolaga
«Baqirma»-
«Sekin chiroyli so’zlang» –
Slayd 17
Birovga tanbeh berishga majbur bo’lsangiz, avval uni maqtab qo’ying
Kichkina muvaffaqiyat uchun maqtash – keyingi muvaffaqiyatlarga ilhomlantiradi.
Deyl Karnegi
Slayd 18
O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqot psixologiyasidagi muammolar:
O’qituvchilarda psixologik bilimning yetishmasligi;
O’quvchining mustaqil fikrini tinglamaslik;
O’quvchini shaxs sifatida hurmat qilmaslik;
Ota-onaning o’qitivchini tushunmasligi;
O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi yosh va fikrlashdagi tafovut;
O’quvchini erkin harakat qilishga qo’yib bermaslik;
Slayd 19
Odamlar bilan yaxshi munosabatda bo’ling
Tabassumni darig’ tutmang
Har bir odam uchun eng yoqimli eshitiladigan narsa – uning ismidir
Sabrli tinglovchi bo’ling
Ko’proq suhbatdoshingizni qiziqtiradigan narsalar haqida gapiring
Suhbatdoshingiz qadr-qimmatini yuqori tutishingiz muomalangizdan bilinib tursin.
Slayd 20
Odamlarning mehr-oqibati, bir-birlariga nisbatan o‘zaro hurmat e’tiborda bo‘lishlari o‘zaro muomala jarayonida namoyon bo‘ladi. Xalqimizda azaldan muloqot salomlashish madaniyatidan boshlanadi. Salomlashish turli xalqlarda har xil amalga oshiriladi. Xalqimizda salomlashish axloqlilikning yuksak namunasi sifatida e’tirof etilib, uning negizida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, shu millatning ruhiy xususiyatlari, o‘zaro munosabatlarining ma’naviy asoslari, bo‘lajak muloqotning xarakteri, o‘zaro hamkorligi aks etadi. «Qur’oni karim»da salomlashish odobi musulmon ahlining qat’iy majburiy burchi tarzida bayon etiladi: «Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad ushbu eslatmadan ibrat olsangizlar».
Slayd 21
Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri
Slayd 22
Ajdodlarimiz madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so‘z, xalq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Hisrav Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va G‘arb donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga yetkazish asosiy muammo sifatida targ‘ib qilingan.
Slayd 23
Ular so‘zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb bilishgan hamda har bir so‘zning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so‘zdan kuchliroq va qudratliroq narsa yo‘qligini, tilga e’tibor – elga e’tibor ekanligini, so‘z sehri mo‘jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar. Bularning barchasi mudarris va shogirdlarning samimiy muloqoti jarayonida amalga oshirilgan.
Slayd 24
Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan insonning o‘nta nishonasi borligini alohida ta’kidlashgan:
Birinchisi: xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga noto‘g‘ri deb qaramaslik;
Ikkinchisi: yoshlikdan o‘z nafsiga erk bermaslik;
Uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik;
To‘rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo‘yish;
Beshinchisi: agar gunohkor uzr so‘rasa, uzrini qabul qilish va
Kechirimli bo‘lish;
Oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish;
Yettinchisi: doimo el g‘amini eyish;
Sakkizinchisi: aybini tan olish;
To‘qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo‘lish;
O‘ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo‘lish
Slayd 25
Alisher Navoiy o‘z adabiy meroslarida muomala madaniyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati to‘g‘risida, shirinso‘zlik haqida noyob fikrlarni bayon qilgan. Bugungi kunda ham bu fikrlar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. «Til shirinligi – ko‘ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydali. Shirin so‘z sof ko‘ngillar uchun asal kabi totlidir» – deydi alloma.
Slayd 26
Insonning tili shirin, muomala madaniyatiga ega bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro‘-e’tibor topadi. Ko‘p gapirish hech qachon kishiga obro‘ keltirmaydi. Shuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, aytiladigan har bir so‘zga hurmat bilan, o‘ylab yondashish lozimligini uqtirib o‘tganlar.
Slayd 27
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchining til boyligi muhim ahamiyatga ega: bir tomondan, shirin tillilik o‘quvchilarni o‘qitish va tafakkurini rivojlantirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, o‘qituvchining til boyligi nutqining obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo‘lishini ta’minlaydi, natijada o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etadi. Zotan, til va nutqning teranligi, o‘qituvchining mahoratini, ma’naviy boyligini, o‘qituvchilik qobiliyatining qay darajada ekanligini ifodalaydigan o‘lchov, ko‘rsatkich hisoblanadi.
Slayd 28
Sharq mutafakkirlari ijodida til va nutq vositalari orqali notiq, voiz, badihago‘y, qissaxon kabi maxsus san’at ahillari va mudarrislar diniy, ta’lim-tarbiyaviy, islomiy aqidalarni ommaga singdirishgani, pand-nasihatlar qilishgani bayon etiladi. Ushbu nutq sohiblari keng qamrovli bilimga, boy axborotga ega bo‘lishgan.
Slayd 29
Alisher Navoiy «Voiz olimning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘lishini, uning nasihatidan chiqmaslikni» o‘z asarlarida bayon etgan. Shuning uchun til shirinligi va notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir o‘qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O‘qituvchining tili, nutqiy qobiliyati o‘quvchilarning o‘zlarini tuta bilishlariga, xulq-avtori va fikr yuritishlariga ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir.
Slayd 30
O‘qituvchining «til boyligi va notiqlik san’ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan» (A. P. Chexov). Uning his-tuyg‘usi, intilishlari, iroda va e’tiqodi nutqida aks etadi. O‘qituvchi til boyligi bilan o‘quvchilarda xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g‘azablanish, nafratlanish hissiyotlarini uyg‘otadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun o‘qituvchi «tilning xalq o‘tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita» (K. D. Ushinskiy) ekanligini unutmasligi kerak.
Slayd 31
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 32
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.