O’qituvchi kommunikativ qobiliyatining o’rni
4000 so'm

Slayd 1
O’qituvchi pedagogik faoliyatida kommunikativ qobiliyatning o’rni
Slayd 2
Blits-so’rov savollari
Muloqot nima?
Kommunikatsiya deganda nimani tushunasiz?
Ijtimoiy pertsepsiya nima?
Interaktsiya nima?
Slayd 3
Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan axborot almashinuvi, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni
Slayd 4
Kommunikatsiya – o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni
Slayd 5
Ijtimoiy persepsiya – odamlarning bir-birlarini to’g’ri idrok qilish va tushunish jarayoni
Interaktsiya til vositasida kishining xatti-harakatini boshqarish jarayoni
Slayd 6
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
Slayd 7
Muloqot mazmuni – bu o’zaro aloqalarda bir insondan ikkinchisiga yetkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga insonning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi
Slayd 8
Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Ularga dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va yetkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi.
Slayd 9
Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi:
Til.
Ohang, emotsional ifodalanganlik.
Mimika, gavda holati, nigoh.
Imo-ishoralar .
Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa .
Slayd 10
Kommunikativ qobiliyat – bu pedagogik o’zaro harakat sohasida maxsus ko’rinishga ega bo’lgan muloqotga qobiliyatlilikdir.
Slayd 11
Kommunikativ yoki to’g’ri muomala qila olish qobiliyati –bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan juda samarali munosabatlar o’rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
Slayd 12
Insonning insonni tushuna olishi insonni shaxs sifatida, uning alohida jihatlarini, motiv va ehtiyojlarini baholash, tashqi xulq-atvorini ichki olami bilan bog’liqlikda ko’rib chiqish, yuz, qo’l, gavda harakatlarini «o’qish» ko’nikmasi;
Insonni o’z-o’zini anglay olishi o’z bilimi, qobiliyati, xarakteri va boshqa qirralarini baholash, inson boshqalar tomonidan qay tarzda qabul qilinishi va atrofdagilar ko’zi bilan baholash;
Muloqot vaziyatini to’g’ri baholay olish mavjud holatni kuzatish, uning namoyon bo’lish belgilari haqida ko’proq axborotlarni ajarata olish, ularga e’tiborni qaratish, yuzaga kelayotgan vaziyatning ijtimoiy va psixologik mohiyatini to’g’ri idrok etish va baholash
Slayd 13
O’qituvchining fikr almashuvi bilan bog’liq kommunikativ qobiliyatini shakllantiruvchi asosiy xususiyatlari o’quvchi ongiga qaratilgan faoliyat bo’lib, nihoyatda murakkab jarayonda takomillashadi. O’zaro fikr almashish omillari bilan bevosita bog’liq bo’lgan kommunikativ qobiliyatning quyidagi yo’nalishlari mavjud:
O’quvchilarni ishontirish;
O’quvchilar ongiga ta’sir etish;
O’zgalarga taqlid qilish
Slayd 14
O’quvchilarni ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan bo’lib, o’qituvchi fikr mulohazalarini ta’sirchan nutq orqali o’quvchining bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, xatti-harakatiga ta’sir etadi va uni qisman o’zgartiradi. Ishontirish o’qituvchining kasb faoliyatiga taalluqli bo’lgan murakkab faoliyatida asosiy ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonida ishlatiladigan usullardan biri hisoblanadi. O’quvchi ongiga ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan ishontirish usuli o’qituvchidan bahs-munozara asosida dalillar keltirishni, isbot va mantiqqa tayanishni talab qiladi.
Slayd 15
O’quvchilar ongiga ta’sir o’zaro fikr almashish jarayonida shakllanadigan murakkab psixologik xususiyat bo’lib, o’qituvchi kommunikativ qobiliyatining universal omili hisoblanadi. O’qituvchilarning o’zaro suhbati va faoliyati jarayonida tarbiyalanuvchi ongiga ta’sir etishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u o’quvchilarning psixikasi va xulq-atvoriga sezilarsiz ravishda ta’sir ko’rsatadi. Ta’sir o’quvchilar ongiga, psixikasiga nazoratsiz kirib borishi bilan alohida ahamiyatga ega, o’quvchilarning ijodiy faoliyatida, xatti-harakatlarida, intilishlarida yo’l-yo’riqlar ko’rsatish tarzida amalga oshiriladi.
Slayd 16
Taqlid qilish shaxsning psixologik xususiyati bo’lib, o’zi sevgan biror inson harakatiga, namunasiga, ibratiga amal qilishidir. O’quvchi o’zi uchun ideal deb bilgan kishining xulq-atvor namunalariga ongsiz ravishda taqlid qiladi. O’quvchilar o’zgalar xulq-atvoridan andoza olib, taqlid qilish yo’LI bilan ulardan o’zining muhitida foydalanadi. Taqlid qilishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, o’quvchilar o’z xatti-harakati va muomalasi jarayonida o’zi ko’rgan, kattalar bajargan harakatlarni takrorlashga intiladi. Taqlid qilishning yana bir xususiyati o’quvchi badiiy asarlarda o’qigan, kinofilmlarda ko’rgan sevimli idealidagi qahramon obraziga, xarakteriga, jasoratiga, imo-ishora, nutq, kiyinish uslublariga beixtiyor taqlid qiladi, o’z faoliyatida takrorlaydi.
Slayd 17
Pedagogik ta’sir ko’rsatish – kommunikativ qobiliyatning asosiy usuli
Pedagogik ta’sir ko’rsatish – tarbiyalanuvchiga ongli intizom va mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilish, tarbiyani ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir ko’rsatish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini takomillashtirish, yosh avlodni muayyan maqsad asosida tarbiyalashga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir. Pedagogik ta’sir ko’rsatish asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg’ulari rivojlanadi, unda ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi.
Slayd 18
Talab
Istiqbol
Rag’batlantirish va jazolash
Jamoatchilik fikri
Slayd 19
O’quvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatishda o’qituvchi amal qiladigan qoidalar
Tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi
Tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog’liq hodisa ekanligi
Shaxsni jamoada tarbiyalanishida o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish
Tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo’lish va uning shaxsini hurmat qilish
Tarbiyalanuvchining yosh va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi
Tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini ta’minlash
Slayd 20
So’z bilan og’zaki ta’sir o’tkazish o’qituvchining madaniy saviyasida va o’quvchi muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki insonning aql-zakovati, fikr-tuyg’ulari, bilimi va madaniy saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so’zda ifoda etiladi. So’z bilan og’zaki ta’sir o’tkazishni amalda o’z pedagogik faoliyatida qo’llovchi o’qituvchi o’z hissiyotlarini, ijodiy ta’sirlanishini boshqarish ko’nikmalariga ega bo’lishi va o’z his-tuyg’ularini faqat ta’lim–tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish uchun ifodalashi hamda o’quvchi qalbini noo’rin so’zlar bilan jarohatlab qo’ymasligi, so’zlarni aniq ifodalashda pedagogik takt normalaridan chiqib ketmasligi lozim.
O’qituvchining kommunikativ qobiliyatida so’z bilan og’zaki ta’sir o’tkazish
Slayd 21
O’qituvchining imo–ishoralari va yuz harakatlari so’z bilan og’zaki ta’sir qilishni kuchaytiradi. Yuz harakatlari va imo-ishoralar nutqda ovozning baland-pastligi bilan mos kelishi kerak. Ogohlantiruvchi so’zlar, notiqlik san’ati asosida ta’sir etish, vazifani ijro etishga undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralarni ishlatmaslik, hazil orqali fikrini anglatish, o’quvchining erkin mulohazalarini ma’qullash yoki nojo’ya harakatlari uchun ayblash so’zning og’zaki ta’sir etuvchi komponentlaridir.
Slayd 22
O’qituvchining sinf jamoasi bilan bo’lg’usi muloqotga tayyorgarlikka doir ibratli misol F. Samoylenkovning «O’qituvchining mahorati va takti – uning obro’sidir» kitobida keltiriladi: «Men VIII «B» sinfga kirishga otlanayotgan vaqtimda o’qituvchilar xonasidayoq yuzimdagi tabassumni quvaman. Sinfga kirishdan oldin ongli ravishda bir lahza to’xtab o’zimni to’g’rilab olaman, o’zimga jiddiy, deyarli ifodasiz tus beraman. O’quvchilar bilan kam, juda aniq, keskin gaplashaman. Hech qanday hazilga yo’l qo’ymayman. Dars berayotgan vaqtimda o’tirmayman, bolalar bilan rasman xushmuomalada bo’laman. Bunday maromni saqlash menga oson emas, lekin shunga o’rganganman, chunki hozircha bu sinfda o’zimni boshqacha tutishim mumkin emas: sinf tez ta’sirlanuvchan, tezda «qirg’oqdan chiqib ketadi va yana qaytib oqimga tushishi qiyin».
Slayd 23
Yosh o’qituvchi amal qilishi lozim bo’lgan xushmuomalalik mezonlari
O’quvchilarga og’zaki ta’sir qilishda shirinsuxanlik va insoniylik tuyg’ularini namoyish etish
So’z bilan og’zaki ta’sir etishning barcha bosqichlarida hissiy osoyishtalikning namoyon bo’lishi
O’quvchilarning ta’lim va bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini kuchaytirish
Mustaqil fikr yuritish, o’z fikrini erkin bayon eta olish, insoniy qadr-qimmat tuyg’usini shakllantirish
O’zaro fikr almashishga doir sifatlar, ko’nikmalar va malakalarning mavjudligi.
Slayd 24
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Shu boisdan hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo‘lg‘usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi
Slayd 25
Pedagogik muloqot madaniyatini to‘g‘ri tashkil etishda:
Birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
Slayd 26
Ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga «kirib borish»ga yo‘l ochadi;
Uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va xotirjamligini ta’minlaydi.
Slayd 27
Pedagogik muloqot madaniyati vositasida o‘qituvchi har qanday axborotni qarab chiqar ekan, o‘quvchilarning shaxsi va psixologik xususiyati haqidagi axborotlarning muhimligini alohida e’tiborga olishi lozim. Pedagogik muloqot madaniyati, o‘qituvchini g‘oyat xilma-xil sharoit va ko‘rinishlarga moslashishiga imkoniyat yaratadi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo‘lmasada, o‘quvchilar ichki dunyosida sodir bo‘layotgan, ularni tushunish uchun juda muhim bo‘lgan zarur ichki jarayonlar ko‘rinishlarining alomatlarini bilib, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi.
Slayd 28
«Globoalfavit» metodi
Slayd 29
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 30
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.